ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
40
MAXDUMQULI
FIROG‘IY
SHE’RLARIDA
INSON VA VATAN TASVIRI
Muhammad Ashraf
Sharıfı
Foryob davlat universititi,
o‘zbek
tili va adabyoti
bo‘limi dotsenti, Afg‘oniston;
Foryob,
Maymana
Contact: +93799886985
https://doi.org/10.5281/zenodo.15807643
Annotatsiya.
Ushbu maqola, Maxdumquli F
irog‘iy sherlaridan mustahkam o‘rin olgan
inson va vatan muzusining qisqacha sharh va tahliliga bag‘ishlangan; ish yo‘suni ham
kitobxona usulida tahlili tavsufiy ruvishdadir.
Kalit
so‘zlar:
Maxdumquliy, turkman, sher, inson, vatan.
Abstract.
This article is dedicated to a brief review and analysis of the themes of human
and homeland, which hold a significant place in the poetry of Magtymguly Pyragy. The
approach of the work follows a descriptive and library-based method of analysis.
Keywords:
Magtymguly, Turkmen, poetry, human, homeland.
Резюме
.
Данная статья
посвящена
краткому обзору и
анализу музы человека и
страны, занимающей прочное место в стихах Махдумкули
Фироги;
Анализ
трудовой
жизни
осуществляется
и в библиотечном методе –
в описательном анализе
.
Ключевые слова
: Махдумкули, туркмен, лев, человек, родина.
Kirish
Maxdumquli
Firog‘iy
she’rlarining
mavzusi
kamalak yanglig‘ rang ba rang tovlanib
turadi, chunki inson sevgi va vatan sevgisidagi mavzulardan olib, davlat ishlarining rivoji,
yo‘llovchining ij
obiy xususiyatlari, turmush uchun munosib xotinning xulq-atvori,
o‘qish va
o‘rganish,
insoniy jamiyatning istak va tilaklari va turkmanlarning milliy qadriyatlari kabi yuzlab
mavzularning keng qamrovda aks ettirilgan. Shuning uchun Sharqning taniqli tarixchisi
Bertels Maxdumquli haqida:
“Maxtumquli
va uning asarlari jomi-jamga
o‘xshaydi”deb
yozadi. [9, B. 28]
Jomi-
jam qadimgi Eron usturasiga ko‘ra qirol Jamshidga tegishli jomdan iborat; bu jom
barmoq bilan chertilganda butun dunyoning voqialarini ko‘rsatar ekan. Yuqoridagi mavzuni
inobatga olish bilan, BBC radiyusining fors tilidagi yangiliklar dasturining
jomi-jam
deb
nomlanishi bejiz emasligiga ishonsak bo‘ladi.
Maxdumquli Firog‘iy she’rlarining maroq bilan o‘qiydigan payt,
uning
she’rlaridagi
yuzlab mavzu va mazmun orasidan inson
va vatan mavzusi meni ko‘proq qiziqtirdi; shuning
uchun dengizdan tomchi deganidek, uning she’rlaridan necha baytni tanlab uning tevaragida fikr
yurutishga ulgurdim. Bu maqola yozilishining asosiy maqsadi bulardan iborat:
Maxdumqulining hayot yo‘lini o‘rganish; Firog‘iy she’rlarining mavzu
-mazmuni bilan
tanishish va uning devonidan o‘rin olgan muhim mavzu –
inson va vatan mavzularini tekshirib
o‘tishdir.
Tekshiruv yo‘suni: ushbu maqola kitobxonayi usul va tahlili –
tavsufiy yo‘sun asosida
yozilgan.
Maxdumquli
Firog‘ining
hayot
yo‘li
Davlat Muhammad Ozodining uchinchi farzandi
–
Maxdumquli Firog‘i (hijriy 1146,
milodi 1733-yil) Eronning shumoli-sharqida joylashgan
“keng
joy
–
kengjoy”
degan mahallada
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
41
tug‘ildi. Bolalik payti ota
-
onasining tarbiyati ostida tug‘ilgan mahallasida kechdi. [guli
- B. 249]
Maxdumquli
so‘zi xizmati bajarilgan, buyuk, nukardor kishiga nisbatan ataladi. [3, B.
1776]
Quli
so‘zi
g‘ulom, banda,
nukar, xizmatchi
demakdir. Shuning uchun shoirning ismi
Maxdumquli
suratida yozilgan. U 7-8 yoshida maktabga borgan:
Yetti
–
sekkiz yoshingda otong
mullog‘a
berdi, O‘qib quron kitobi ulolib o‘na gelding.
Maxdumquli Firog‘i, boshlang‘ich tahsilotni o‘zininig olim va orif
otasi
–
Davlat
Muhammad Ozodidan olgan, bu mavzu
shoirning quyidagi baytida e’tirof etilgan:
Duao qilsom jabiru jafo aksar dur,
Ilm
o‘grdon
ustod qiblam padar dur
[fidokor, B. 50-51]
Maxdumquli keyinchalik Buxoro va Xeva shaharlarida o‘z tahsiliga davom berdi. U
turkmanlarning ayrim qabilalari, hind, Afg‘oniston va Turkistonning ayrim shaharlariga sayr va
sayohat qildi; Firog‘i arab, fors va turkiy tillarda musallat bo‘lib Qur’on va Hadisni yaxshi
bilardi.
Maxdumquli 20-
30 yoshlar orasida ichki va ruhoniy o‘zgarishga
duch kelib,
g‘aflat
uyqusidan
uyg‘ondi
va
naqshbandiya tariqasiga kirdi. Uning adabiy merosi katta hajmli yolg‘iz
she’riy devondir. U hijriy
-qamariy 1203, milodi 1790-yili, Eron va Turkmaniston chegarasi
yaqinida “Abosori” bulog‘ining yonida haqqa qovushgan. [4, B. 1386]
Shunday ekan, birinchidan, Maxdumquli Firog‘ining inson haqidagi fikr va
mulohazalarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiramiz.
Firog‘i,
birinchidan, insonni moddiy
jihatdan tanishtirib, inson umrining ayrim bosqichlariga ajratib, har bir bosqich xususiyatlari va
istaklari haqida o‘zining fikrini ochiq tarzda bayon qiladi; quyidagi baytlarga diqqat qiling:
Ayyoronlor odami zod Mani bilmaz yoshinda. Beg‘am
bo‘lar
dunyodan Do‘rdunda yo
boshinda. Boshinda bogdir bilmaz Dunyoni go‘ra olmaz.
Zarra
qayg‘isi
bo‘lmaz.
Gezar
o‘yung
dashinda
[5. B. 59]
Firog‘iga ko‘ra yoshlik –
beboshlik; chunki yosh bola hech narsaga tushunmaydi, to‘rt
-
besh yoshlarida dunyo qayg‘ularidan ozod, dunyo nimaligini anglamaydi, zarracha qayg‘usi
yo‘q, ish –
yumushi uydan tashqarida ko‘cha –
ko‘yda gezishdan iboratdir.
Agarki o‘n yoshgullar O‘g‘lonliqdon hushgullar. Yemak
–
ichmak
xo‘shgullar Ko‘y ko‘p
bo‘lar boshinda. O‘n bosha yetsa soli
Qolar
ko‘ngul
xayoli Chorlar johilliq yili
Javon
go‘rnar
duyshunda
[5, B. 59]
O‘n
yoshda
o‘g‘il
bola boshida es
–
hush kelar, yemak
–
ichmak va hart unis ovqatni
yoqtirar va
o‘n
beshga kirganda, yigitlik kuchini sezib, johillik va bugungi atamaga
ko‘ra,
junun bosqichiga
o‘tadi.
Javonliq o‘di yonar, O‘g‘lonliqdan
narx
do‘nar. Hargun bir ishqqa munar Avul yigirmi
yoshinda.
Go‘zung
qoldirsan
molo, O‘g‘rorsan xom xiyolo. Gujung gilar kamolo, O‘tuzda
ulonshondo Johil bo‘lon kam bo‘lar Na
ango marham
bo‘lar.
Qirqda aql jam bo‘lar odamzoding
boshida
[5, B. 60].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
42
Yigirma yoshda yigitlik olovi alanga uradi, har kun bir sevgi tuzog‘iga aylanadi; yosh
o‘ttizga borganda insonning kuchi o‘z kamoliga yetadi va mol
-
davlat to‘plash sezgisi kuchayadi.
Bugungi ilmiy tekshiruvlar va tadqiqotlar yigirma besh yoshdan so‘ng insonlarning
bo‘ylari
va suyaklari
o‘smaydi, degan
xulosaga kelgan; biroq
Firog‘i
uchqarn oldin bu mavzuni
payqab,
o‘z
she’rlarida
bayon qilgan. Qirq yoshda aqli takomillashib, johillik bosqichi tugaydi,
deb ta’kid qilgan Firog‘i –
birinchidan, “qirqqa qilich bo‘ladi”, degan xalq
maqoliga tayangan va
so‘ng
islom dinining
payg‘ambari
Hazrat Muhammd(SAV) qirq yoshda
payg‘ambarlik
maqomiga
yetishganini o‘ziga hujjat qilib olgan bo‘lishligi mumkin.
Yigirma birinchi qarnda dunyoning ko‘plab o‘lkalarida jamhurrayislik lavozimiga
nomzod bo‘lishlikning shartlaridan biri –
qirq yoshni to‘ldirishlik deb, asosiy qonunlarda qayd
qilingan; qirq yoshda aql takomillashishi va olinadigan qarorlar pishiqligiga ishonish deb qaror
qilsak, o‘rinsiz bo‘lmasa kerak.
Yosh illiga gedanda Bo‘lori qorri odinda. O‘lum
bo‘lar
yodinda
Song‘i adir ishinda. Dushmusham
savdoya
dyip, Savdoli g‘avg‘oya diyip.
Yetmishda losh qolonar Jon jasadda saqlanar. Qayg‘i
–
hasrat
cho‘qlanar
Ko‘sti
bo‘lor
ishinda
[5, B. 60].
Maxdumquli fikriga
ko‘ra,
yosh ellikka yetganda sekin
–
sekin kuch ozayib, qarilik
alomati boshlanib, insonlarga tushib, dunyoda qiladigan ishlari yakun topadi.
Quvvati yo‘q tutonda Injolmoyin yotanda Yosh
saksonga
yetanda, Tanimaz o‘g‘roshonda.
Chiqmaz ichardan dosh
Boqmaz qavm
–
qorindosh. O‘lai dirlar ul kishi
Yosh
to‘g‘sono
oshanda
[5, B. 60].
Yosh saksonga borganda ishlashda kuch, uxlashda rohat bo‘lmay; ko‘rishgan tanish –
bilishlarni tanimay qolish kutilgan voqeadir. To‘qson yoshga
kirganda ichkaridan tashqariga
chiqish va qavm
–
qarindoshlar bilan uchrashish mumkin bo‘lmay va har on o‘lim qo‘li
yoqamizdan tutishi aniq, deb yozgan:
Maxdumquli himmati Qolmaz qadr
–
qimmati. Payg‘ambarning
ummati
Hech
bo‘lar
yuz yoshinda
[5, B. 60].
Firog‘ining yuqorida zikr etilgan baytlari haqiqatdan, inson hayotining “yilnomasi”dir.
Bu yetuk shoir o‘z davrining dahosi sifatida, nafaqat shoir, balki ruhshunos,
jamiyatshunos olim hamdir.
Maxdumquli insonning moddiy jihatdan tanishtirilgandan so‘ng, ma’naviy qirraga o‘tadi
va insonning ijobiy va salbiy sifatlarini sodda til bilan bayon qiladi:
Yer bila osmon farqi odamdan,
Kimning
so‘zi
zahr
–
bol domar kimdan
[5, B. 70].
Odamlarning bir-birlaridan
bo‘lgan
farqlari yer bilan osmondek; chunki bir xilining tilidan
og‘u
va yana bir xilining tilidan bol
tomadi. “Qilich zaxmi ketar va til zaxmi ketmas”, degan xalq
maqoli she’r
fikrini kuchaytiradi.
Hech bir ozor berma bir musulmona, O‘g‘ridan
bir
do‘g‘ri
it
yag‘shidir
[5, B. 188].
Musulmonga ozor yetkazma; chunki o‘g‘ri erkakdan to‘g‘ri it yaxshi. O‘g‘ri erkakdan
to‘g‘ri it afzalligi, itning qo‘rmollik ishini yaxshi suratda bajarishiga borib taqaladi.
Odam
o‘g‘li
bu dunyodan
o‘tinchak
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
43
Odam bilan
obro‘y
olon
yog‘shidir
[5, B. 188].
Bu dunyo va ko‘hna falak o‘tkinchi; insonlardan qoladigan esdalik
faqat yaxshi ot bilan
obro‘dir.
“Yaxshidan
ot, yomondan
dod qolar”, degan xalq maqoli, Firog‘i so‘zini takidliydi.
Shirin so‘zlab, mo‘min ko‘nglun xo‘sh etgil, Arining
zahrindan boli yaxshidir
[5, B.
189].
Mo‘minlar bilan shirin so‘zlab ko‘ngillarini ovlagil; arining nishidan
ko‘ra,
boli yaxshidir.
“Yaxshi
so‘z
bilan ilon inidan
–
yomon so‘z bilan pichoq qinidan chiqar”, degan xalq
maqoli Firog‘ining bergan o‘gitiga tayid tamg‘asini bosadi.
Behuda emasdir umring guzashti,
Har oshingga bir gunugi sotarsan
[5, B. 262]. “Tengridan
bir kunlik rizq olish
o‘rniga
bir kunlik umringi
sotasan”,
degan fkir yuqoridagi baytda
o‘z
aksini topgan.
Bir
so‘zan
o‘rnunda
so‘ylay
bilmayin,
Odam diyin bila inson
bo‘larmi?
[5, B. 334]
Maxdumquli har bir so‘zni o‘rnida so‘ylashga qurbi yetmagan odamni inson qatoriga
kiritmaydi. Shoir fikriga ko‘ra, bunaqa odamlar –
odam degan bilan inson bo‘lmaydi.
Qadrdon do‘stingdan yuzung o‘virma Borsang
depasina toj adr sani
[5, B. 345].
Maxdumquli uchun do‘stlardan yuz o‘girmaslik va ular bilan har doyim yaxshi
muomalada bo‘lish, insoniy fazilatlarning biridir; shuning uchun Firog‘i ham qadrdon do‘stdan
voz kechmaslikka undaydi; unga ko‘ra qadrdon do‘stlar bir –
birlarining boshidagi tojdir.
Maxdumquli gumanistik shoir sifatida dunyoning eskiligi va
o‘tkinchiligi ustida ta’kid qilib, insonlar faqat sevish va sevilish uchun yaralgan va bu
masala zamon buyrug‘i deydi.
Bu dunyo mulkinda sultondur shohdur Qismatina qoyil
bo‘lsa
odamzod
[5, B. 331].
Maxdumquli Firog‘i sherlaridan muhim o‘rin olgan dolzarb mavzulardan biri vatan
sevgisidir. Shu sababdan ustod Jamolzoda “Maxdumqulini
turkmanlarning Firdavsiysi deb
nomlagan.”
olaytirganda qaqshatqich javob qaytarish, vatan tuprog‘ini tark etmaslik har bir
vatansevar insonning qutlug‘ burchi deb ishongan Firog‘i,
ushbu mavzuni keng
ko‘lamda
o‘zining
ijodida aksi ettirilgan. Quyidagi baytlarga diqqat qiling:
Gel, ay
go‘nglum,
sango nasihat
qilay, Vatanni tark etip gediji bo‘lma.
O‘zungdan igsik bir g‘iri nomarding Xizmatinda
qulluq idiji
bo‘lma
[5, B. 73].
Maxdumquli,
o‘ziga
–
o‘zi
nasihat qilib vatanni tark
etma, o‘zingdan kichik yot va
nomardlarga qullik qilma, deydi.
Har yigit kim
g‘arib
tushsa vatandan
Xabar
so‘rar
har bir
yo‘ldan
o‘tindan
[5, B. 127]
Elidan ayrilgan oh chekib, elini qayta topishni o‘ziga maqsad qilib
tayinlaydi va yo‘lidan
adashgan kimsa jahat etib yo‘lini ko‘zlaydi:
Ayriliq o‘dina yonib bishmion Zolim eli bila o‘lka oshmion Vatandin
ayrilib
g‘arib
dushmion
Ulka sinda el qadrini hech bilmaz
[5, B. 280].
Chindan ham ariqdan o‘tgan suvning qadri yo‘q.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
44
Vatanda yashash, yaxshi
–
yomon kunlarda qavm-qarindoshlar, yor va
do‘stlar
va
mahalladoshlar yonlarida turib, sevinch va qayg‘ularni baham ko‘rishlik begona yurtda nasib
bo‘lmaydi. Afg‘oniston o‘zbeklarining
orasida
“begona
–
sag devona; jigar
–
jigar va digar
–
digar” degan fors maqollarining ko‘p qo‘llanishi ham hikmatdan uzoq emas.
Xo‘sh, maqolani yakunlar ekanmiz, yaxshisi shuki, Maxdumquli Firog‘idan so‘ng yuzaga
chiqqan ichki va tashqi turkman va
g‘ir
turkman bilimdonlarning
Firog‘i
haqida fikrlarini
ham bilib olsak. Taniqli turkman shoiri
–
Muhammad Vali Kmina bunday yozgan:
Ko‘p
voqealar
go‘rip
getdi, Ular haqida duzib getdi.
So‘z naydoning urog‘ini Maxdumquli
o‘rib
getdi
[9, B. 28].
Maxdumquli, achchiq
–
chuchuk
ko‘p
voqea-hodisalarni
ko‘rdi va ularning har
qaysisining borasida haqiqiy she’r yozdi. Shunday qilib u, so‘z ekinzorini o‘rib dunyoni tark
etdi.
Majoristonlik sayyoh Orminiys Vamberi Maxdumquli she’rlarining xususiyati borasida
bunday yozgan:
“Maxdumquli she’rlarining to‘plami o‘ziga xos xususiyatga ega; chunki birinchidan,
turkmanlarga xos lahjani ochiq namoyon etadi. Ikkinchidan, uning ijodida mahkam qoida va
intizom mavjud, bunday narsa Sharqning boshqa adabiy mahsulotida ozdan oz uchraydi”
[10, B.
411-
412]. Maxdumquli haqida sharq va g‘arbda o‘nlab va yuzlab kitob va maqola, ilmiy
tekshiruvlar va tadqiqotlar amalga oshirilgan, she’rlari ayrim tillarga tarjuma bo‘lgan, sharh
tahlil qilingan, milliy va xalqaro kanfaros(konferensiya) va simpozium o‘tkazilgan.
Shunday qilib, ushbu taniqli shoir yetarli darajada dunyoga tanilgan.
Maxdumquli Firog‘i Sharq adabiyoti, ayniqsa turkman she’riyatida
zuhur qilgan tengsiz
va nodir siymolardan biridir. Uning ijodida dunyoviy sevgi va hayotdan tutib irfon va tasavvuf;
bilim o‘rganish ahamiyatidan tutib ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy va shularga
o‘xshash
muhim
mavzular
o‘zining
munosib aksini
topgan. El ardog‘ida bo‘lgan Maxdumquli Firog‘i o‘zidan
qoldirgan mangu adabiy merosi bilan nomi va izi o‘chmaydigan shoirlardan biridir. uning
she’rlarining ko‘zgusida hayotning yoqimli va yoqimsiz tasvirlari jilvalanib turadi. Firog‘ining
she’rlari til, qavm va milliyat va har qanday siyosiy va jug‘rofiy chegaralardan o‘tib, xalqaro
miqyosda tanilgan va bugunga qadar o‘z borligi va boyligini ko‘z –
ko‘z
qilib kelgan va dunyoda
inson, qalam va kitob va madrasa bilim yurt va adabi
jamg‘armalar
boricha, uning ijodiyoti
eskirmaydi va izi
o‘chmaydi.
Adabiyotlar
1
ـ
،یجهيد
نمحرلادبع
.
.(1995/1373)
همانیگهدنز
و
یهديزگرب
راعشا
،یلقمودخم
نارهت
:
اراقلخ
یدهلا
یتايرشن
.
2
ـ
،یلراس
دمحمزارا
.
.(1986/1364)
ناتسکروت
رد
،خيرات
نارهت
:
ریبکریما
یتايرشن
.
3
ـ
،دیمع
نسح
.
.(1991/1369)
گنهرف
یسراف
،دیمع
1
و
2
،دلج
یچنیتېي
،میساب
نارهت
:
ریبکریما
یتايرشن
.
4
ـ
،راکادف
چیلیقرون
.
.(2009/1386)
،یغارف یلقمودخم لاوحا و راثآ لیلحت و دقن
نارهت
:
ناسحا
یتايرشن
.
5
ـ
،یغارف
یلقمودخم
.
/1383)
.(2005
یلقمودخم
یغارف
گنین
لماک
،یناويد
دارم
یدرود
یضاق
یششوک
،نلیب
یچنیچوا
،میساب
ناريا
ـ
دهشم
:
رشنلگ
یتايرشن
.
6
ـ
،یغارف
یلقمودخم
.
/1388)
.(2009
ناويد
یلقمودخم
یغارف
)
نتم
یداقتنا
(
،
یششوکروپروشاعدمحمرون
،نلیب
یچنيریب
،میساب
ناريا
ـ
ناگرگ
:
یلقمودخم
یغارف
یتايرشن
.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
45
7
ـ
،یغارف
یلقمودخم
.
.(1980/1358)
ناويد
لماک
،یلقمودخم
دارم
یدرُد
یضاق
یششوک
،نلیب
سوباق
یسهمساب
.
8
ـ
،یلگ
للهانیما
.
.(1988/1366)
یریس
رب
خيرات
یسایس
و
یعامتجا
،اهنمکرت
نارهت
:
ملع
یتايرشن
.
9
ـ
یتام
فياسۉک
.
)
ب
ـ
ت
(
.
یلقمودخم
گنین
یرمع
و
،یگیلیجيدارود
ناتسنمکروت
:
قشع
دابآ
.
10
ـ
یربماو
سوینیمرآ
.
.(1987/1365)
یشيورد
،نیغورد
یلعحتف
هجاوخ
نايرون
،یسهمجرت
یچنیچوا
،میساب
نارهت
:
یملع
و
یگنهرف
یتايرشن
.
