Authors

  • Dilnoza Shavkatova
  • Iroda Quvvatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.118608

Keywords:

piroliz moyi superplastifikator beton qorishmasi plastifikator sintezi fizik-kimyoviy xossalar iq-spektroskopiya sem (skanerlovchi elektron mikroskopiya) termogravimetrik tahlil (dta) naftalin hosilalari mahalliy xomashyo organik qo‘shimchalar sement kompozitsiyasi dispersiyaviy xususiyatlar.

Abstract

Ushbu maqolada piroliz moyi asosida yangi superplastifikatorlar olish usullari ishlab chiqilgan, sintez jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan, ularning kimyoviy tuzilishi va funksional guruhlari infraqizil spektroskopiya (IQ-spektroskopiya), skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va termogravimetrik tahlil (DTA) usullari yordamida tadqiq etilgan. Shuningdek, superplastifikatorlarning suvli mineral suspenziyalar hamda sement asosidagi kompozitsion tizimlarga ta’siri o‘rganilgan. Piroliz moyi, sulfat kislota, formalin, dietanolamin va natriy gidroksid asosiy reaktivlar sifatida qo‘llanilgan. Yangi superplastifikatorlarning tarkibiy tuzilmasi, fizik-kimyoviy va dispersiyaviy xossalari, shuningdek, beton qorishmalarining oquvchanligi va mustahkamligiga ta’siri aniqlanib, ular kontsentratsiyasiga bog‘liq qonuniyatlar asosida baholangan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

155

PIROLIZ MOYI ASOSIDA OLINGAN SUPERPLASTIFIKATORNI NEYTRALLASH

JARAYONINI O’RGANISH

Shavkatova Dilnoza Shavkatovna

texnika fanlari falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent.

Quvvatova Iroda Qulmahmatovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Shahrisabz sh., Shahrisabz.

E-mail:

shavkatova89dilnoza@mail.ru

+99891-949-10-30

ORCID: 0009-0002-3013-7457

https://doi.org/10.5281/zenodo.15814073

Annotatsiya.

Ushbu maqolada piroliz moyi asosida yangi superplastifikatorlar olish

usullari ishlab chiqilgan, sintez jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan, ularning kimyoviy
tuzilishi va funksional guruhlari infraqizil spektroskopiya (IQ-spektroskopiya), skanerlovchi
elektron mikroskopiya (SEM) va termogravimetrik tahlil (DTA) usullari yordamida tadqiq
etilgan. Shuningdek, superplastifikatorlarning suvli mineral suspenziyalar hamda sement

asosidagi kompozitsion tizimlarga ta’siri o‘rganilgan.

Piroliz moyi, sulfat kislota, formalin, dietanolamin va natriy gidroksid asosiy reaktivlar

sifatida qo‘llanilgan. Yangi superplastifikatorlarning tarkibiy tuzilmasi, fizik

-kimyoviy va

dispersiyaviy xossalari, shuningdek, beton qorishmalarining oquvchanligi va mustahkamligiga

ta’siri aniqlanib, ular kontsentratsiyasiga bog‘liq qonuniyatlar asosida baholangan.

Kalit so‘zlar:

piroliz moyi, superplastifikator, beton qorishmasi, plastifikator sintezi

fizik-kimyoviy xossalar, iq-spektroskopiya, sem (skanerlovchi elektron mikroskopiya)
termogravimetrik tahlil (dta), naf

talin hosilalari, mahalliy xomashyo, organik qo‘shimchalar,

sement kompozitsiyasi, dispersiyaviy xususiyatlar.

ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССА НЕЙТРАЛИЗАЦИИ СУПЕРПЛАСТИФИКАТОРА,

ПОЛУЧЕННОГО НА ОСНОВЕ ПИРОЛИЗНОГО МАСЛА

Аннотация

.

В данной статье разработаны методы получения новых

суперпластификаторов на основе пиролизного масла, определены оптимальные условия
проведения процесса синтеза, а также изучено их химическое строение и
функциональные группы с использованием методов инфракрасной спектроскопии (ИК

-

спектроскопии),

сканирующей

электронной

микроскопии

(СЭМ)

и

термогравиметрического

анализа

(ДТА).

Также

было

изучено

влияние

суперпластификаторов на водные минеральные суспензии и композитные системы на
основе цемента.

В качестве основных реагентов использовались пиролизное масло, серная кислота,

формалин, диэтаноламин и гидроксид натрия. На основе законов концентрации
определены и оценены структурная структура, физико

-

химические и дисперсионные

свойства новых суперпластификаторов, а также их влияние на текучесть и прочность
бетонных смесей.

Ключевые слова:

пиролизное масло, суперпластификатор, бетонная смесь, синтез

пластификатора, физико

-

химические свойства, ИК

-

спектроскопия, СЭМ (сканирующая

электронная микроскопия), термогравиметрический анализ (ДТА), производные


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

нафталина, местное сырье, органические добавки, цементный состав, дисперсионные
свойства.

STUDY OF THE NEUTRALIZATION PROCESS OF PYROLYSIS OIL-BASED

SUPERPLASTIFIER

Abstract.

In this article, methods for obtaining new superplasticizers based on pyrolysis

oil were developed, optimal conditions for the synthesis process were determined, their chemical
structure and functional groups were studied using infrared spectroscopy (IR-spectroscopy),
scanning electron microscopy (SEM) and thermogravimetric analysis (DTA). The effect of
superplasticizers on aqueous mineral suspensions and cement-based composite systems was also
studied.

Pyrolysis oil, sulfuric acid, formalin, diethanolamine and sodium hydroxide were used as

the main reagents. The structural structure, physicochemical and dispersion properties of the
new superplasticizers, as well as their effect on the flowability and strength of concrete mixtures
were determined and evaluated based on the laws of their concentration dependence.

Keywords:

pyrolysis oil, superplasticizer, concrete mix, plasticizer synthesis,

physicochemical properties, IR spectroscopy, SEM (scanning electron microscopy),
thermogravimetric analysis (DTA), naphthalene derivatives, local raw materials, organic
additives, cement composition, dispersion properties.

KIRISH.

Yurtimizda mahalliy xomashyolar va ikkilamchi resurslardan foydalangan holda, import

o‘rnini bosa oladigan yangi avlod plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalarni ishlab chiqish, ularni

beton aralashmalarining mustahkamligini oshirishdagi samaradorligini amaliy sinovdan

o‘tkazish borasida ilmiy

-

texnik yutuqlarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasini har tomonlama

taraqqiy ettirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida “mahalliy resurslar asosida import o‘rnini
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish” eng muhim ustuvor
yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Xususan, qurilish sohasi uchun tejamkor va ekologik

xavfsiz superplastifikatorlar ishlab chiqarish hamda mavjud ishlab chiqarish usullarini uzluksiz
takomillashtirib borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi PF-60-

sonli “2022–

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni,

2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-

sonli “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifati

hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017

-yil 29-

avgustdagi PQ-3264-

sonli “Kimyo sanoatining eksport

-import faoliyatini takomillashtirish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy

-huquqiy hujjatlarda

belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida mazkur dissertatsion tadqiqot o‘zining muayyan

ilmiy-amaliy ahamiyatiga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda beton va temir-

beton buyumlari qurilish sohasidagi ko‘plab muammolarni

bartaraf etishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Beton mahsulotlarini ishlab chiqarish

jarayonini modernizatsiya qilish yo‘nalishlaridan eng istiqbollisi —

superplastifikator

qo‘shimchalaridan foydalanish sanaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Superplastifikatorlarning

kuchli

suyuqlashtiruvchi

xususiyati

tufayli

beton

texnologiyasida yuqori darajada harakatchan va ishlov berishga qulay quyma beton

aralashmalarini olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu qo‘shimchalar yordamida tayyorlangan beton
aralashmalari o‘z harakatchanligini ma’lum vaqt davomida saqlab qolishi bilan ajralib turadi, bu

esa beton mahsulotlarini ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi.

Qo‘shimchalar bilan tayyorlangan betonning reologik (oqim) ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi

bilan an’anaviy beton aralashmalariga o‘xshash tarzda o‘zgaradi. Shu bilan birga, qo‘shimcha

moddaning miqdorini oshirish orqali betonning harakatchanligi uzoqroq saqlanishiga erishiladi.

Superplastifikatorlardan foydalanish beton aralashmasining suvga bo‘lgan ehtiyojini 20–

25 foizgacha kamaytiradi, shu bilan birga uning harakatchanligi saqlanib qoladi va yakuniy
mahsulotning mustahkamligi ortadi.

Suv miqdorining kamayishi faqat betonning mustahkamligini kuchaytiribgina qolmay,

balki uning suvga, tuzga hamda past haroratga nisbatan chidamliligini ham yaxshilaydi. Ayni bir
suv-

sement nisbati saqlangan holda, superplastifikatorlarning beton mustahkamligiga ta’siri

sezilarli darajada bo‘lmaydi. Ko‘plab ilmiy manbalarda shuni ko‘rish mumkinki,
superplastifikator qo‘shilgan betonning mustahkamlik darajasi oddiy quyma betonnikiga teng
yoki unga yaqin bo‘ladi.

Sement - beton qorishmasini

ng muhim komponenti bo’lib, beton qorishmasining

harakatchanligi, betonning mustahkamligi, issiq sovuqqa chidamliligi va boshqa xususiyatlarini
aniqlaydi. Shuning uchun C

Б

-

3 superplastifikatorining ta’sirining reologik tadqiqotlardan

foydalangan holda turli mineralogik tarkibli va o’ziga xos sirtli sement qorishmalarida o’tkazildi.

Qo’shimchalar beton qorishmasining sifatini yaxshilaydigan samarali va oddiy usuldir.

Qo’shi

mchalar betonlarga zaruriy xossalar berish muammolarini hal qilish imkonini

beradi.

Ular yordamida mustaxkam, sovuqqa chidamli va umrboqiyligi yuqori bo’lgan beton

mahsulotlari tayyorlanadi.

Betonlar

qorishmalarining

xususiyatlarini

o’zgartirish

uchun

ishlatiladigan

qo’shimchalar, 3 guruhga bo’linadi:

Birinchi guruh: tayyor beton qorishmalarining xususiyatlarini yaxshilash uchun

qo’shiladigan qo’shimchalar.

Bularga me’yorlashtiruvchi, plastifikatsiyalovchi, oquvchanligini

boshqaruvchi, makro va mikrog’ovaklar xosil qiluvchi qo’shimchalar kiradi.

Ikkinchi guruh: beton qorishmalarning qotishini tezlatish va sekinlatishni boshqaruvchi,

mustaxkamligini oshiradigan, o’tkazuvchanligini kamaytiruvchi, po’lat armaturaning kimyoviy
xususiyatlarini oshiruvchi qo’shimchalar kiradi.

Uchinchi guruh: beton qorishmalarning sovuqqa chidamlilik; suvsizlantirish;

sho’rlanishga chidamliligini oshirish kabi xususiyatlarni namoyon qiladigan qo’shimchalardir.

So’ngi yillarda mamlakatimizda qo’shimchali beton mahsulotlaridan foydalanish 50%

dan ortiq bo’lishini taxmin qilinmoqda. Bunda, asosan plastifikatorlar, sovuqqa chidamli va
kompleks qo’shimchalarning ulushi yuqori bo’ladi.

Beton va temir-beton maxsulotlarini ishlab chiqarishda plastifikatsiyalovchi

qo’shimchalar xozirgi kunda qo’llanib kelinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

158

Plastifkatorlarning yuqori samaradorligi, beton va armaturaga salbiy ta’sirlarining

yuqligi, shuningdek, plastifikatorlarning keng tarqalganligi va nisbatan past narxda ekanligidir.

Superplastifikatorlar sirt-

faol xossalarga ega bo’lgan moddalar bo’lib, ular beton

qorishmalarining xarakatchanligi va joylashuvchanligini oshiradi

NATIJA VA MUHOKAMA

Olingan

superplastifikatorni neytrallash jarayonida alohida e’tibor beriladi, chunki

qo’shiladigan ishqor yoki dietanolamin miqdori oshishi, superplastifikatorni betonga
qo’shilganda yoyiluvchanligiga va mustaxkamligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Superplastifikatorni

neytrallash 2 usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda NaOH eritmasi bilan neytrallanadi.

Ikkinchi usulda dietanolaminni bilan neytrallanadi. Muhiti pH 7-

8 bo’lganda neytrallash

jarayoni to’xtatiladi. Hosil bo’lgan mahsulotni quritish shkafida massa o’zgarmay qolguncha

105

0

C haroratda quritildi. Natijada och jigarrangli qattiq murt maxsulot hosil bo’ldi. Quritib

olingan qattiq maxsulot kukun holigacha rotorli maydalagich yordamida maydalandi. Ushbu
kukun suvda yaxshi eriydi, plastifikatsiyalovchi xossasini saqlab qoladi.

Sintez qilingan superplatifikatorni neytrallash jarayoni natriy gidroksidining 20% li suvli

eritmasi yordamida amalga oshirildi. Tadqiqotlarda sintez qilingan superplastifikatorlarni ishqor
eritmasi bilan ishlov berishdan maqsad, superplastifikator strukturasidagi sulfoguruhlarni

neytrallash hisoblanadi. Ilmiy izlanishlarimiz davomida shunga amin boʼldikki, neytrallash
jarayonida ishqor miqdori superplastifikatorni plastifikatsiyalash xossasiga ta’sir qiladi.

Superplastifikatorlarni ishqor bilan ishlov berishda ishqor miqdorini olinadigan

superplastifikatorning plastifikatsiyalash xossasiga taʼsiri qo’yidagi 2.1

-

rasmdagi grafikda oʼz

aksini topgan.

1. -rasm. Olingan plastifikatorni neytrallashda NaOH konsentratsiyasini sement

qorishmasining oquvchanligiga ta’siri


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

159

Yuqorida keltirilgan 2.1.

rasmdagi diagrammadan

ko’rinib turibtiki,

hosil bo’lgan

superplastifikatorni NaOH eritmasi bilan ishlov ishlov berishda uning miqdori sement

qorishmasining oquvchanligiga sezilarni ta’sir qilmoqda.

Neytrallash jarayonida

superplastifikator massasiga nisbatan 10% dan 40% gacha miqdorda foydalanildi. Olingan

natijalar shuni ko’rsatdiki, ishqor eritmasi superplastifikator massasiga nisbatan 10% miqdorda
foydalanilganda plastifikasiyalash xossasi eng yuqori natijani ko’rsatib, sement qorishmasining
yoyiluvchanligi 16 sm ni tashkil qildi. Ishqor eritmasi 20% miqdorda qo’llanilganda oquvchanlik
14, 30% qo’llanilganda oquvchanlik 12 va ishqor eritmasi 40% qo’llanilganda olingan
superplastifikator sement qorishmasiga qo’llanilganda eng past plastifikatsiyalash xossasini
namoyon qilib, 10,8 sm ni tashkil qildi. Bundan ko’rinadiki superplastifikatorni neytrallash

jarayonida 20%li natriy gidroksidi eritmasidan superplastifikator massasiga nisbatan 10%

qo’llanilganda plastifikasiyalash xossasi eng yuqori bo’lgan superplastifikator olinadi. Tajribalar

GOST 310.3-76 asosida amalga oshirildi. [106; 394-bet].

Superplastifikatorni dietanolamin bilan

neytrallab ko’rildi.

2-rasm. Sintez qilingan superplastifikatorni neytrallashda

dietanolamin

konsentratsiyasini sement kompozitsiyasining oquvchanligiga ta’siri

2-

rasmdan ko’rinib turibdiki, hosil bo’lgan superplastifikatorni

NaOH eritmasi bilan

ishlov

ishlov berishda uning miqdori sement qorishmasining oquvchanligiga sezilarni ta’sir qildi.

Lekin, NaOH bilan neytrallangan

superplastifikatorga Na ioni uchun qo’yilgan talab bor.

Shuning uchun sintez qilingan superplastifikatorni

NaOH o’rniga

dietanolamin bilan

neytrallashni lozim topdik. Neytrallash jarayonida dietanolamindan superplastifikator massasiga
nisbatan 5% dan 30% gacha

miqdorda foydalanildi. Olingan natijalar shuni ko’rsatdiki,

dietanoamin superplastifikator massasiga nisbatan 10% miqdorda foydalanilganda

plastifikasiyalash xossasi eng yuqori natijani ko’rsatib, sement qorishmasining yoyiluvchanligi

20 sm ni tashkil qildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

160

Dietanolamin 20% miqdorda qo’llanilganda oquvchanlik 16%, 25% qo’llanilganda

oquvchanlik 14 sm va dietanolamin 30% qo’llanilganda olingan superplastifikator sement
qorishmasiga qo’llanilganda eng past plastifikatsiyalash xossasini namoyon qilib, 11 sm ni
tashkil qildi. Bundan ko’rinadiki superplastifikatorni dieatanolamin bilan neytrallash jarayonida
20%li dietanolamin eritmasidan superplastifikator massasiga nisbatan 5% qo’llanilganda
plastifikasiyalash xossasi eng yuqori bo’lgan superplastifikator olinadi. Tajribalar

GOST 310.3-

76 asosida amalga oshirildi.

Piroliz moyi asosida superplastifikatorning chiqish unumiga turli xil omillarning:

vaqtning va dastlabki olingan moddalar mol nisbatlarining ta’sirini ifodalovchi grafik qo’yidagi

3

rasmda keltirilgan.

Piroliz moyi va Sulfat kislota, formaldegidning molyar nisbati:
1- (1:1:2.74); 2-(1:0.5:2.74); 3(1:1.5:2.74).

3-

rasm. Piroliz moyi asosida olingan superplastifikator unumini vaqtga bog’liqligi

Piroliz moyi asosida olingan superplastifikator unumini vaqtga bog’liqligi

3-rasmda

keltirildi.

3-

rasmdan ko’rinib turibdiki, boshqalarga nisbatan eng yuqori rentabellik piroliz moyi,

Sulfat kislota va formalinning nisbati 1:1:2,74 bo’lganida olinadi. Sintez qilish jarayoni 3 soat

olib boriladi. 3,5 soatda olib borilgan tajribada superplastifikatorning chiqish unumi kamayib

boradi. Bunga 3 soat va ko’p vaqt oralig’ida hom ashyo uchun olingan moddalarning turli
agregat xolatlarda bo’lishini sabab sifatida keltirishimiz mumkin. Chunki o’zaro ta’sirlovchi
moddalar ikki xil agregat xolatida bo’lishi ularning ta’sirlashuvini kamaytiradi.

Sintez qilingan superplastifikator unumining haroratga bog’liqligini 4

-

rasmda ko’rishimiz

mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

161

Piroliz moyi, sulfat kislota va formalinning molyar nisbati 1-(1:1:2,74); 2-(1:0,5:2,74); 3-

(1:1,5:2,74);

4-rasm. Piroliz moyi asosida olingan superplastifikator unumini piroliz moyi, sulfat

kislota va formalinning molyar nisbatiga

bog’liqligi

4-

rasmdan ko’rinib turibdiki, superplastifikatorini ishlab chiqarishda komponentlarning

optimal nisbati 1:1:2,74, bunday sharoitda superplastifikatorning rentabelligi 79.8% ni tashkil

qiladi. Eng yuqori quruq qoldiq 1:0,5:2,74 va 1:1,5:2,74; boshlang’ich mahsulotlarning nisbati
bilan olinadi, ammo olingan superplastifikatorlarning plastifikatsiyalovchi ta’siri past bo’ladi.

Shundan kelib chiqib, superplastifikatorni olish uchun optimal harorat 160

0

C tanlandi.

Superplastifikatorlar ishlab chiqarishda reaksiya vaqti ham muhim rol o’ynaydi. Optimal

reaksiya chiqish haroratini tanlash uchun dastlabki mahsulotlarning uchta nisbati ham tanlangan.

Quyidagi rasmda superplastifikator unumining 160

0

C haroratdagi reaksiya vaqtiga

bog’liqligi ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, reaksiyani optimal sharoitda 180 minut
davomida o’tkazish natijasida superplastifikatorning 79.8% unumi olinadi. Bunday sharoitda

reaksiyaning keyingi davom etishi hosilning pasayishiga olib keladi. Bu superplastifikator

qo’shimchalarning plastifikatsiyalovchi ta’sirining pasayishiga olib keladigan parallel
reaksiyalarning kuchayishi (masalan, o’zaro bog’lanish, parchalanish, molekulalararo o’zaro
bog’lanish) bilan bog’liq.

Tadqiqotlarimizda piroliz moyi, sulfat kislota va formaldegid yordamida

superplastifikator olishda maxsulot unumiga xaroratning, vaqtning va moddalarning mol

nisbatlarining ta’siri o’rganilgan. Olingan natijalar qo’yidagi

1

jadvalda keltirilgan.

1-jadval.

Mahsulot unumiga moddalar mol

nisbatlari va vaqtning ta’siri


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

162

Mol
nisbatlari

Vaqt,
soat

Unum,
%

Mol
nisbatlari

Vaqt,
soat

Unum, %

1

1:1:1

1

26,2

11

1:1:1

3

49,4

2

1:0,5:2,74

37,3

12

1:0,5:2,74

65,8

3

1:0,5:1

47,4

13

1:0,5:1

72,5

4

1:1,5:2,74

54,3

14

1:1,5:2,74

78,7

5

1:1:2,74

56,5

15

1:1:2,74

79.8

6

1:1:1

2

35,5

16

1:1:1

4

49,5

7

1:0,5:2,74

60,5

17

1:0,5:2,74

65,9

8

1:0,5:1

70,5

18

1:0,5:1

72,6

9

1:1,5:2,74

72,4

19

1:1,5:2,74

78,7

10

1:1:2,74

75,5

20

1:1:2,74

78,9

1

jadval keltirib o‘tilgan natijalar asosida superplastifikatorning chiqish unumiga turli

xil omillarning: vaqtning va dastlabki olingan moddalar mol nisbatlarining ta’sirini ifoda

laydi. 5-

rasmdan ko’rinib turibdiki, boshqalar bilan taqqoslaganda piroliz moyi, sulfat kislota va
formalinning eng yuqori nisbati 1: 1:2,74 hosil bo’lganida olinadi, ammo hosil bo’lgan mahsulot

tarkibida di-naftilsulfonlar hosilasi mavjud. Shuning uchun mono-, di- va boshqalarning

plastifikatsiyalovchi ta’sirini o’rganishda ko’p atomli spirtlarning hosilalari alohida ahamiyatga
ega. Olingan natijalardan ko‘rinib turibdiki, piroliz moyi, sulfat kislota va formaldegidning mol

nisbatlari 1:1:2.74 va jarayon 3 soat davom etganda olingan superplastifikatorni chiqish unumi

eng yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi

2-jadval

Superplastifikatorning sifati va sinov natijalari

Superplastifikatorning sifati va sinov natijalari

Ko

rsatkichlar

nomi

Namunalar

Eng

yaqin

prototip

1

2

3

4

5

6

1 Tashqi ko

rinish

Jigar

rang

suyuqli

k

To’q

jigar

rang

suyuq

lik

To’q

jigar

rang

suyuqlik

To’q

jigar

rang

suyuqlik

To’q

jigar

rang

suyuqlik

To’q

jigar

rang

suyuqlik

To’q

jigar

rang

suyuqlik

2

Quruq

mahsulotga

nisbatan faol

moddalarning

massa ulushi, %

dan kam emas

71

70

69

70

71

72

67

3

Suvning massa

ulushi, % ortiq

emas

66,5

68

67

67

66,5

66

67


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

163

4

Konsentratsiyasi

2,5 massa ulush

bo'lgan suvli

eritmaning

vodorod ionlari

(pH) faolligi

ko’rsatkichi. %

7,6

7,0

7

8,4

7,6

7.5

7,3

5

Konusning

cho’kmasi

1

, kam

emas sm

421

21

21

20

21

19

18

6

Siqilishdagi

mustahkamlik

2

,

kgk/sm

2

440

530

420

440

420

490

510

Eslatma: 1. Konus cho

kmasini aniqlashda barcha namunalarda suv-sement nisbati bir

xil bo`lgan va mustahkamlikni aniqlashda suv sement nisbati nazorat namunasining konus
cho

kmasiga to

g

ri keladigan suv sement nisbatidan foydalanilgan 2. Siqilishdagi

mustahkamlik GOST 30459-59[107]

Qo'shimchalarning samaradorligini aniqlash usullari

bo

yicha aniqlangan.

Quyidagi jadvalda piroliz moyi asosidagi superplastifikatorning texnik talablari

ko’rsatilgan.

3-jadval

Piroliz moyi asosidagi superplastifikatorning texnik talablari

Ko’rsatkichlar nomi

Eritma shaklida

Kukun shaklida

Qo’shimchalar uchun ko’rsatkichlarning qiymati

Tashqi ko’rinish

Bir xil quyuq jigarrang suyuqlik,

cho’kma ruxsat etiladi

Bir xil och jigarrang kukun

Zichligi

20 °C, g / sm

3

1,07

0.5

Suvning massa ulushi, % ortiq

emas

70

3,0

Vodorod ioni faolligi

ko'rsatkichi (pH), 2,5% suvli

eritma

3.0

3.0

Quruq moddada xlor ionlarining

massa ulushi, dan ortiq emas

2,0

2,0

Suvda eruvchanligi 20

0

C, g/100

g suv

Talab qilinmaydi

35

3-

jadvaldan ko’rinib turibdiki, olingan plasti

fikatsiyalovchi

qo’shimcha texnik

ko’rsatkichlar GOST 30459

-

2008 bo’yicha barcha talablariga javob beradi.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

164

XULOSA

Piroliz moyi asosidagi superplastifikatorlar olindi va olingan superplastifikator sement

toshining reologik va fizik-

mexanik xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Olingan superplastifikatorlar sement og‘irligi bo‘yicha 0,2

-

0,8% oralig‘ida foydalanish

tavsiya etilgan. Kimyoviy tuzilishida suvda eruvchanligini va superplastifikator
makromolekulaning sement zarralariga adsorbsiyasini yaxshilaydigan funksional guruhlarni

jamlagan superplastifikatorlar olish ko‘rsatib berildi.

Olingan superplastifikator beton qorishmalariga qo‘shilganda yuqori plastifikatsiyalovchi

ta’sirga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Piroliz moyi asosidagi superplastifikatorlar an’anviy

naftalinformaldegid smolalari asosidagi superplastifikatorlarga qaraganda 10-15 % ga
samaraliroq.

Suvda eruvchanligini va sement zarrachalarida adsorbsiyasini yaxshilaydigan funksional

guruhlarga ega bo‘lgan piroliz moyi asosidagi superplastifikator taklif etildi. Olingan
superplastifikator suvga bo‘lgan talabni 10

-15% ga kamaytirishi, sement toshining

mustahkamligini oshirishi ko‘rsatilgan.

Sement

bog‘lovchilar asosidagi qorishmalarga dietanolamin va natriy gidroksid bilan

neytrallangan superplastifikatorlar qo‘shilganda yoyiluvchanligi va mustahkamligi oshishi

aniqlandi.

1.

Mahalliy xomashyolar asosida superplastifikatorlar olish va ularni sement

kompozitsiyalarida qo‘llash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy na

tijalar

asosida s

intez qilingan superplastifikatorini olish texnologiyasi “Qashqadaryo Neft G

az Qurilish

va Ta’mirlash” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy qilingan. (“Qashqadaryo Neft Gaz
Qurilish va Ta’mirlash” AJning 2023

-

yil 5 iyundagi №142 son ma’lumotnomasi). Natijada,

beton mahsulotlari uchun ishlatiladigan superplastifikatorlarni chetdan olib kelinishini
kamaytirish, betoning mustahkamligini oshirish, sement sarfini 10-15% ga kamaytirish imkonini
bergan.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Гулмат Д., Вахидулла Х. Применение высокопрочных бетонов в конструксиях
современных высотных зд

a

ний //СтудНет. 2022. Т. 5. №. 6. С. 6276

-6285.

2.

Ломаченко Д. В. Влияние суперпл

a

стифик

a

тор

a

СБ

-

3 н

a

реологические свойств

a

сементных суспензий //Современные наукоемкие технологии. 2004. №. 2. С. 108.

3.

Вишневский В.И. Супер и гиперпластификаторы для бетонов нового поколения
//В.И. Вишневский, Й.

A

. Шкред Текст: непосредственный, електронный

//Техническийе науки в Росси и за рубежом: материалы ВИИ Междунар. Науч.
Конф. (Москва, ноябр 2017 г.) Москва: Буки

-

Веди, 2017 г. 99

-

102 с.

4.

Тарасов В. Н. Отечественные поликарбоксилатные суперпластификаторы
производства ООО «НПП «Макромер» для бетона, гипса и строителных смесей /В.
Н. Тарасов //Технологии бетонов, 2015. № 12. 16–18 с.

5.

Современныйе суперпластификаторы для сухих строителных смесей: [Електрон,
ресурс]: Информ. бюллетен журн. Строителство. Новосибирск, 2006. Режим доступа:

www

. урл:

http://www

. троту

a

р.

ru 14.10.2006. 1c


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

165

6.

Гувалов

A. A., A

ббасова С. И., Кузнесова Т. В. Еффективност модификаторов в

регулировании свойств бетонных смесей //Строителные материалы. –

2017.

№. 7. –

С. 49

-51.

7.

Полуектова В.

A

. Регулирование реологических свойств и агрегативной

устойчивости водных минералных суспензии суперпластификатором на основе
флороглюсинфурфуролных олигомеров //дисс. канд. техн. наук. Казан. 2011.,155 с.

8.

Жаббар Ф.

A. O

бщ

a

я х

a

р

a

ктеристик

a

и кл

a

ссифик

a

сия химических доб

a

вок для

бетон

a

//Вестник Науки и Творчества. –

2016.

№. 12 (12). –

С. 216

-225.

9.

Шаповалов Н.

A

. Влиянийе олигомерных електролитов на агрегативную

устойчивост и реологическийе свойства водных минералных суспензий / Н.

A

Шаповалов,

A. A

. Слюсар, О.

A

. Слюсар // Коллоидный журнал. 2006.Т. 68, №3. С.

384

390c.

10.

Пузач В. Г. и др. О возможности повышения еффективности производств
строителных материалов. Особенности действия добавок, пластифисирующих
бетонныйе смеси //Екология промышленного производства. 2020. №. 4. С. 6

-14.

11.

Изотов В.С., Соколова Ю.

A

. Химическийе добавки для модификации бетона. М.:

Казанский государственный архитектурно

-

строителный университет: Издателство

«Палеотип», 2006. 244 с.

12.

Леонович С. Н. и др. Прочност, трещиностойкост и долговечност конструксионного
бетона при температурных и влажностных воздействиях. 2018. 258

c.

13.

Долгорев

A

. В. Конструксионный высокопрочный гипсовый нанопрекомпозит. Част

ИИИ. Премиксы //Технологии бетонов. 2020. №. 9

-

10. С. 72

-75.

14.

ГОСТ 24211

-

91. Добавки для бетонов. Общие технические требования.

-

М.: Изд

-

во

стандартов, 2003г.12 с.

15.

Косухин, М.М. Регулированийе свойств бетонных смесей и бетонов комплексными
добавками с разными гидрофилными группами / М.М. Косухин. Белгород: Изд

-

во

БГТУ им В.Г. Шухова, 2005г. 194 с.

16.

Ушеров

-

Маршак

A

.Б. Добавки нового поколения /

A

.Б. Ушеров

-

Маршак //

Химические и минералные добавки в бетон. Харков: Колорит, 2005г.С.45

-50.

References

Гулмат Д., Вахидулла Х. Применение высокопрочных бетонов в конструксиях современных высотных здaний //СтудНет. 2022. Т. 5. №. 6. С. 6276-6285.

Ломаченко Д. В. Влияние суперплaстификaторa СБ-3 нa реологические свойствa сементных суспензий //Современные наукоемкие технологии. 2004. №. 2. С. 108.

Вишневский В.И. Супер и гиперпластификаторы для бетонов нового поколения //В.И. Вишневский, Й.A. Шкред Текст: непосредственный, електронный //Техническийе науки в Росси и за рубежом: материалы ВИИ Междунар. Науч. Конф. (Москва, ноябр 2017 г.) Москва: Буки-Веди, 2017 г. 99-102 с.

Тарасов В. Н. Отечественные поликарбоксилатные суперпластификаторы производства ООО «НПП «Макромер» для бетона, гипса и строителных смесей /В. Н. Тарасов //Технологии бетонов, 2015. № 12. 16–18 с.

Современныйе суперпластификаторы для сухих строителных смесей: [Електрон, ресурс]: Информ. бюллетен журн. Строителство. Новосибирск, 2006. Режим доступа: www. урл: http://www. тротуaр. ru 14.10.2006. 1c

Гувалов A. A., Aббасова С. И., Кузнесова Т. В. Еффективност модификаторов в регулировании свойств бетонных смесей //Строителные материалы. – 2017. – №. 7. – С. 49-51.

Полуектова В.A. Регулирование реологических свойств и агрегативной устойчивости водных минералных суспензии суперпластификатором на основе флороглюсинфурфуролных олигомеров //дисс. канд. техн. наук. Казан. 2011.,155 с.

Жаббар Ф. A. Oбщaя хaрaктеристикa и клaссификaсия химических добaвок для бетонa //Вестник Науки и Творчества. – 2016. – №. 12 (12). – С. 216-225.

Шаповалов Н. A. Влиянийе олигомерных електролитов на агрегативную устойчивост и реологическийе свойства водных минералных суспензий / Н. A Шаповалов, A. A. Слюсар, О. A. Слюсар // Коллоидный журнал. 2006.Т. 68, №3. С. 384 – 390c.

Пузач В. Г. и др. О возможности повышения еффективности производств строителных материалов. Особенности действия добавок, пластифисирующих бетонныйе смеси //Екология промышленного производства. 2020. №. 4. С. 6-14.

Изотов В.С., Соколова Ю.A. Химическийе добавки для модификации бетона. М.: Казанский государственный архитектурно-строителный университет: Издателство «Палеотип», 2006. 244 с.

Леонович С. Н. и др. Прочност, трещиностойкост и долговечност конструксионного бетона при температурных и влажностных воздействиях. 2018. 258c.

Долгорев A. В. Конструксионный высокопрочный гипсовый нанопрекомпозит. Част ИИИ. Премиксы //Технологии бетонов. 2020. №. 9-10. С. 72-75.

ГОСТ 24211-91. Добавки для бетонов. Общие технические требования. - М.: Изд-во стандартов, 2003г.12 с.

Косухин, М.М. Регулированийе свойств бетонных смесей и бетонов комплексными добавками с разными гидрофилными группами / М.М. Косухин. Белгород: Изд-во БГТУ им В.Г. Шухова, 2005г. 194 с.

Ушеров-Маршак A.Б. Добавки нового поколения /A.Б. Ушеров-Маршак // Химические и минералные добавки в бетон. Харков: Колорит, 2005г.С.45-50.