92
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
SHUHRATNING JANNAT QIDIRGANLAR ASARI ASOSIDA
Xo'jayeva Mohinur
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining
1-kurs magistranti
E-mail:
mokh.khujaeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15814622
Annotatsiya
. Mazkur maqolada o'zbek va sovet yozuvchisi, shoir, dramaturg va
tarjimoni, O'zbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat Alimovning ilk bor chet elda yurgan o'zbeklar
hayotini ochib bergan "Jannat qidirganlar " asari orqali yozilgan. Asar qahramonlar haqida
aniq va to'liq ochib berilgan va mustaqil fikrlar bildirilgan.
Kalit so’zlar:
Vatangadolik fojeasi, ayol jasorati, jannat tushunchasi, talabalik davri,
an'ana va qadriyatlar, vatanparvarlik, milliy o‘zlik tushunchasi, fidoiylik xislatlari, xiyonat va
nomardlik.
Аннотация.
Данная статья написана на основе произведения «Жаннат
кидирганлар» («В поисках рая») узбекского и советского писателя, поэта, драматурга и
переводчика, Народного писателя Узбекистана Шухрата Алимова. Это первое
произведение, в котором раскрывается жизнь узбеков, находящихся за границей. В
статье подробно и точно анализируются образы героев произведения, приводятся
независимые мнения и размышления.
Ключевые слова:
Трагедия предательства, женская отвага, понятие рая,
студенческие годы, традиции и ценности, патриотизм, национальная идентичность,
самоотверженность, измена и подлость.
Absract.
This article is based on the work “Jannat Qidirganlar” (“Those Who Sought
Paradise”) by Shuhrat Alimov, an Uzbek and Soviet writer, poet, playwright, and translator, as
well as the People’s
Writer of Uzbekistan. The novel is the first to depict the lives of Uzbeks
living abroad. The article provides a clear and comprehensive analysis of the novel's characters
and offers independent interpretations and reflections.
Keywords:
Tragedy of betrayal, courage of a woman, concept of paradise, student life,
traditions and values, patriotism, national identity, selflessness, betrayal and dishonor.
Kirish
Adabiyot-
bu xalq qalbining, uning tarixiy xotirasi va ma’naviy olamining in’ikosi
sanaladi. Har bir asar muallif qalbidan tug‘ilgan hayotiy tajriba, o‘y
-xayollar va jamiyatdagi
muammolarning badiiy talqinidir. O‘zbek adabiyotida inson qismati, vatanparvarlik, milliy
qadriyatlar va ma’naviy izlanishlarni o‘zida mujassam etgan asarlar ko‘plab yaratilgan. Ulardan
biri O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat Alimovning “Jannat qidirganlar” asaridir.
Mazkur asar
ilk bor xorijda yashayotgan o‘zbeklar taqdirini tasvirlash orqali o‘zbek adabiyotida yangi
yo‘nalish boshlab bergan. Asarda xorijda tahsil olayotgan talabalarning hayoti, ularning orzu
-
umidlari, ma’naviy iztiroblari va milliy o‘zlikni yo‘qotmaslik yo‘lida olib borayotgan kurashlari
chuqur yoritilgan. Shuhrat Alimov obrazlar orqali vatansizlik fojiasi, xiyonat, fidoiylik, vatan
sog‘inchi kabi tushunchalarni teran ifodalaydi. Ushbu maqolada “Jannat qidirganlar” asarining
g‘oyaviy
-badiiy mazmuni, qahramonlarning ichki kechinmalari, muallif yondashuvi va asarning
bugungi yoshlar ma’naviyati uchun tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqola doirasida mustaqil
mulohazalar orqali asar xulosalari o‘quvchi uchun yangi qirralarda ochib beriladi.
Asosiy qism
93
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Shuhrat Alimovning “Jannat qidirganlar” asarini mutolaa qildim. Adabiyot ixlosmandlari
tomonidan “Oltin zanglamas”ning davomi sifatida baholanadigan “Jannat qidirganlar” asarini
o‘qib, vatangadolik fojiasining badiiy ifodasini ko‘rdim. Bu asar o‘zbek xalqi uchun, uning
boshiga tushgan turli sinovlar, savdolar haqida hikoya qiluvchi bebaho xazina. Unda chet elda
yurgan o‘zbeklar hayoti, ko‘rgan qiyinchiliklari tasvirlangan. “Jannat qidirganlar” 26 ta kichik
qismdan iborat bo‘lib, har qismga mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo‘yilgan. Asar
qahramonlari shunday mahorat bilan tanlanganki, voqealar rivoji insonni o‘ziga jalb qiladi.
Ayniqsa, ayolning jasorati, bosh qahramonlarning turli xil kechinmalari va jannat
insonning o‘z vatanida ekanligi mahorat bilan ochib berilgani uchun ham u ko‘plab kitobxonlar
eʼtiboriga tushdi. Mutolaani boshlaganimdayoq voqealar rivoji mavj urib oqayotgan dengizga
qo‘shilib ketdim, qahramonlar bi
lan yashadim, ularning qaygusi-yu xursandchiligiga sherik
bo‘libgina qolmay, xayolot dunyoyimda ham birga bo‘ldim. Asar boshidan yozuvchi, taqdir
hukmidan qochib bo‘lmasligini va haqiqat qaror topishini “Tulki tumshugidan ilindi”
hikoyasidayoq yaqqol korsatib beradi.
Qahramonlardan biri Azam avval yolg‘onchi qilib tasvirlanadi. Qizlarga qarmoq tashlab,
“ilintirib” yuradigan bola obrazida ko‘rsatiladi. Xotimada esa u jazosini oladi: Azam talabalik
davridanoq ko‘plab qizlarning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib yuradi. U doim boy insonning
qiziga uylanib, qaynotasi orqali boylik orttirishni orzu qiladi. Boy va chiroyli qizni izlaydi.
Azam o‘qishni tugatib bir korxonaga oddiy ishchi bo‘lib ishga qabul qilingach, hech
qanday o‘sishga erisha olmadi. Kunlarning birida taksiga chiqib, bir qizni uchratdi (Bu
bog‘chada ishlaydigan Nafisa edi). Azam uni yoqtirib qoladi. Yoshlar 1 hafta birga yurib,
Nafisaning ota-
onasi yo‘q, kambagal qiz bolgani uchun Azam uni tashlab ketadi.
Asar oxirida esa baribir ikalasi birga b
o‘ladi. Inson xayoli bilan emas, balki taqdir hukmi
bilan yashaydi. Taqdir esa haqiqat tarafdori ekani bu voqeada ochib berilgan. Asarda milliylik,
vatanparvarlik, anʼana va qadriyatlarga ham to‘xtalib o‘tilgan. Voqealar rivojida milliy o‘zlik
tushunchasi doim ustunlik qiladi.
Inson qaysi yurtda tug‘ilishidan qatʼiy nazar kindik qoni to‘kilgan yerga sodiq, vafoli
inson bo‘lib qolishi kerakligi ochib beriladi. Boshqa yurtlardagi odamlar hayoti go‘zal ko‘rinsa
-
da, har erda tosh-u tarozi borligi ifodalangan. Azam chet davlatda musofirlikda yurganida unga
insonning o‘z yurti aziz ekanligi, Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zga yurtda shoh bo‘lsa
-da,
Vatan sog‘inchi uni bir daqiqa ham tark etmagani alohida taʼkidlangan. Inson yurt tanlab
tug‘ilmaydi, qaysi yurtda tug‘ilsa ham u uchun jannat o‘z yurti, uning tuprog‘i bo‘ladi,
Vatanining bir qarich yeri ham bebaho. Shuhratning bu asarida ayolning yoriga sadoqati,
qaynotasiga mehr-
oqibati, begona inson bolasiga ham o‘z farzandidek achinishi, bosh
qahramonning Vatanini qo‘msab qiyinchiliklarga duchor bo‘lishi, qahramonlarning bir
-biriga
odamiylik, insonparvarlik, fidoyilik xislatlari hamda Vatanni tashlab ketgan odamning
kechinmalarini yoritilganini ko‘ramiz.
Bu asar har qanday kitobxonni eʼtiborini tortibgina qolmay, unga hayotiy dars vazifasini
o‘taydi. Asar yakunida taqdirdan qochib bo‘lmasligi va har qanday yomonlik o‘z jazosini
topishi, xiyonat va nomardlik bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligi tasvirlangan. Hayotni
o‘zgalarning olamidan izlamaslik, birovlar orqali mansabga, boylikka erishishni ko‘zlamaslik
lozimgini aks ettirilgan. Har bir inson mansab yoki yaxshi natijagatinimsiz mehnat, buyuk
jasoratlari orqali erishadi. Birovlarning boyligini o‘zlashtib emas. Halol hayotga, shukronalik
bilan yashashga nima etsin?! Jannatni o‘z qo‘limiz, go‘zal amallarimiz, vafo va sadoqatimiz
bilan yarataylik.
94
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Shuhrat Alimovning “Jannat qidirganlar” asari o‘zbek adabiyotida
o‘ziga xos mavzu —
xorijda yashayotgan o‘zbeklarning hayotini ochib bergan ilk badiiy
namunadir. Asarda aks ettirilgan qahramonlarning hayotiy kurashi, ma’naviy izlanishi, vatan
sog‘inchi va milliy qadriyatlarni saqlab qolish yo‘lidagi intilishi bugungi yosh avlod uchun ham
dolzarb saboqlarga boydir. Muallif har bir obraz orqali nafaqat jamiyatdagi muammolarni
ko‘rsatadi, balki o‘quvchini o‘ylantiradi, uni mustaqil fikrlashga, vatanparvarlik va fidoyilikka
undaydi. “Jannat qidirganlar” asari orqali yozuvchi o‘zbek xalqining kuchli ma’naviy tayanchga
ega ekani, uning xalq sifatida milliy o‘zligini har qanday sharoitda saqlab qolishga qodirligini
chuqur badiiy ifoda etadi. Mazkur asar bugungi globallashuv davrida yurtidan yiroqda
yashayotgan yoki tahsil olayotgan yoshlar uchun nafaqat ruhiy tayanch, balki o‘zlikni anglash,
an’ana va qadriyatlarni qadrlash borasida muhim manbadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Shuhratning "Jannat qidirganlar "roman (1968)
2.
Shuhratning "Oltin zanglamas" roman (1965)
3.
Zahiriddin Muhammad Bobur g'azallari
4.
4.www.ziyouz.com
