Authors

  • Xursandbek Egamberganov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.118653

Keywords:

O’zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy islohotlar inson huquqlari davlat boshqaruvi sud tizimi qonun ustuvorligi shaxsiy erkinlik.

Abstract

Ushbu maqolada 2023-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi mazmuni, uning milliy va xalqaro huquqiy tamoyillar bilan uyg’unlashuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimga ta’siri, davlatning fuqarolarga nisbatan ma’suliyatini oshirish va inson huquqlarini kafolatlash borasidagi yangi normalar havola etilgan. Yangi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi tizimi, sud hokimiyati mustaqilligiga qaratilgan o’zgarishlar o’rganilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1403

YANGI O’ZBEKISTON VA YANGI KONSTITUTSIYA

Egamberganov Xursandbek Faxriddin o’g’li

Xorazm viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15762332

Annotatsiya.

Ushbu maqolada 2023-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining

yangi konstitutsiyasi mazmuni, uning milliy va xalqaro huquqiy tamoyillar bilan uyg’unlashuvi
hamda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimga ta’siri, davlatning fuqarolarga nisbatan ma’suliyatini
oshirish va inson huquqlarini kafolatlash borasidagi yangi normalar havola etilgan. Yangi
Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi tizimi, sud hokimiyati
mustaqilligiga qaratilgan o’zgarishlar o’rganilgan.

Kalit so’zlar:

O’zbekiston Konstitutsiyasi, huquqiy islohotlar, inson huquqlari, davlat

boshqaruvi, sud tizimi, qonun ustuvorligi, shaxsiy erkinlik.

Abstract.

This article examines the content of the new Constitution of the Republic of

Uzbekistan adopted in 2023, its alignment with national and international legal principles, as
well as its impact on the social-economic and political system. It highlights the state’s increased
responsibility towards its citizens and the introduction of new norms to ensure human rights and
freedoms. The article also explores the reforms aimed at strengthening the independence of state
governance, the rule of law, and personal liberties in the new Constitution.

Keywords:

Constitution of Uzbekistan, legal reforms, human rights, state governance,

rule of law, system, supremacy of law, individual freedom.

Insoniyat tarixi ixtirolarga juda boy, shu ixtirolar natijasida hayot rivojlanib yashash

uchun imkoniyatlar kengayib boradi. Insoniyat tarixida insonlarni aql zakovati mahsuli sifatida
ixtiro qilingan va taraqqiyotga katta hissa qo’shgan ixtirolardan biri Konstitutsiyadir. U dastlab
alohida bir maqsad, vazifani bajarish uchun vujudga kelgan bo’lsa, keyinchalik uning vazifalari
kengayib bordi. Dastlab Konstitutsiyaning o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, Konstitutsiya
davlatimizning eng asosiy qonunidir. Konstitutsiya atamasi qadimgi Rimdayoq bor edi, misol
qilib aytadigan bo’lsak Amir Temur “Tuzuklar’’i Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga
xos alohida shakldagi Konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lgan. Undan tashqari
birinchilardan bo’lib Konstitutsiya AQSH da ham vujudga kelgan bo’lib uning to’g’ridan to’g’ri
vazifasi hokimiyat bo’linish prinspi o’rnatish bilan, davlat hokimiyatini cheklash, tartibga solish
bo’lib, shu orqali insonning erkinligini taminlash bo’lgan. Undan keyingi Konstitutsiyalar,
hokimiyat va inson munosabatida inson manfaatlari ustuvorligini taminlash yo’lidan bordi.
Keyingi qabul qilinayotgan Konstitutsiyalarda inson masalasi Konstitutsiyaning dastlabki
boblarida berilmoqda.

1991-yildagi O’zbekistonning mustaqilligi o’z konstitutsiyasini mustaqil qabul qilish

imkoniyatini berdi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda demokratik xorijiy mamlakatlar
Konstitutsiyalarini, xalqaro normalarini o’rganish, tahlil qilish natijasida bo’lajak
Konstitutsiyamizda inson huquqlari bosh masala qilib olindi. Konstitutsiyaning 2-bo’limi “Inson
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari’’ deb nomlanib uning 6 ta bobi inson
huquqlariga bag’ishlandi. Unda barcha fuqarolarning millatidan qatiy nazar qonun oldida
tengligi belgilandi. Konstitutsiyamizda barcha millatlarni hamma sohada tengligi taminlanganligi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1404

bekorga urg’u berayotganimiz yo’q. Chunki ayrim eng demokratik davlatlar Konstitutsiyalarida
ham shu mamlakatdagi asosiy millat mavqei yuqori qo’yilishi hollari mavjud. Masalan
Germaniya Konstitutsiyasining 3-moddasida “Barcha kishilar qonun oldida teng’’ degan qoida
mavjud, lekin uning bir necha qoidalarida tegishli huquq nemislargagina tegishliligi ko’rsatilgan.
11- moddasida “Barcha nemislar federatsiyaning hududida erkin ko’chib yurishi mumkin’’
degan qoidalar bor. Bunday holatni O’zbekiston Konstitutsiyasida uchratmaysiz. O’zbekiston
fuqarosi qaysi millatga mansub bo’lmasin barcha konstitutsiyaviy huquqlardan birdek
foydalanadi.

O’zbekistonda 2023-yilda yangi tahrirda Konstitutsiya qabul qilinishi masalasi

ko’tarilganda, unda inson huquqlarini yanada kengaytirish, inson huquqlarini taminlash
mexanizmini, inson huquqlarini taminlashda davlat masuliyatini kuchaytirish zarurati
mavjudligidan kelib chiqildi. Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga
murojaatnomasida “Yangi o’zbekistonga mos bo’lgan konstitutsiyani har tomonlama o’ylab,
shoshilmasdan ishlab chiqish kerak’’ligini takidlab o’tdilar.

Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o’tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi orqali Yangi O’zbekiston strategiyasini
amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy
muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab
berildi. Referendum ko’p millatli buyuk xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli
ifodasi bo’ldi.

Konstitutsiyamizdagi qo’shimcha va o’zgarishlarini yangi holatlarda ko’rishimiz

mumkin. Avvalo Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligi, to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi
hujjat ekanligi belgilandi. Inson huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi, inson huquq va
erkinliklari qonunlarining, davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari,
ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi, inson bilan davlat
organlarining o’zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va
noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilab qo’yildi.

Konstitutsiyamizda inson huquqlari va erkinliklari ancha kengaytirilishi bilan yangi

huquqlar va qoidalar belgilandi. Bunga misol qilib aytadigan bo’lsak, o’lim jazosi taqiqlanadi,
insonni shani va qadr-qimmati daxlsizdir, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo’lishi
mumkin emas, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa
olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uni ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari
huquqlarini cheklash uchun asos bo’lishi mumkin emasligi to’g’risidagi qoidalarni o’rnatilishi
insonparvar davlat yo’lidan borayotganimizni ko’rsatadi.

Konstitutsiyamizda fuqarolarning siyosiy sohadagi huquqlari ham kengaytirildi, unga

mutlaqo yangi “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa
egadirlar’’ degan qoida kiritildi. Bu fuqarolarning davlat boshqaruv ishlarida ishtirokiga teng
imkoniyat yaratadi. Konstitutsiyada homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga
qabul qilishni rad etish, ishdan bo’shatish va ularning ish haqini kamaytirishni taqiqlovchi
qoidani kiritilishi esa, ayollarni jamiyatdagi o’rni munosib bo’lishiga qaratilgan etibordir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1405

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari o’z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan

barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi, har kim qonunchilik va xalqaro
shartnomalarga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalardan
foydalanib bo’lingan bo’lsa insonning barcha huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro
organlarga murojaat qilishga haqli ekanligi belgilandi.

Fuqarolar agar sud orqali ximoya qilishning boshqa barcha vositalardan foydalanib

bo’lingan bo’lsa, sudda ko’rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o’ziga
nisbatan qo’llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risidagi shikoyat bilan
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishga haqli, degan qoida bunga misol bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatda ham o’z o’rniga ega. O’zbekiston Respublikasi

mustaqillikga erishganidan so’ng turli hil tashkilotlarga azo bo’lib, xorijiy mamlakatlar bilan
turli hildagi aloqalarni yo’lga qo’ydi. Bu borada yangi O’zbekiston tashqi siyosatining eng
muhim o’ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:

Birinchidan

, barcha an’anaviy hamkorlar, shuningdek, yaqin va uzoq xorij davlatlari

bilan munosabatlarni o’rnatishda pragmatizm, tashqi aloqalarda iqtisodiy pragmatizmni
mustahkamlash;

Ikkinchidan

, mamlakat tashqi siyosatida ko’p tomonlamalik tamoyilini ilgari surish,

globallashuvning ijodiy jarayonlarini rivojlantirish, muloqot, o’zaro ishonch va bir-birining
manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan o’zaro manfaatli va teng huquqli xalqaro hamkorlikni
yo’lga qo’yish;

Uchinchidan

, davlatimizni dunyoning faol va tadbirkor mamlakatlaridan biriga

aylantirish.

Buni 2017-2022 yillarda birgina BMT doirasida O’zbekiston Prezidenti tomonidan

xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, ta’lim, ma’naviyat, ekologiya, turizmni
yanada rivojlantirish, inson huqlarini himoya qilish va boshqa sohalarda 30 dan ortiq tashabbus
ilgari surilgani ham tasdiqlaydi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan so’ngi yillarda BMT
Bosh Assambleyasining 7 ta rezolyusiyasi qabul qilindi va bularning barchasi, albatta, BMTga
a’zo davlatning eng faol va samarali rahbari sifatida e’tirof etilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev
siyosatning bemisl muvaffaqiyatidir.

Xulosa qilib shuni aytamanki inson huquqlarini Konstitutsiyada belgilanishi bir tomoni,

Konstitutsiyalarda u turlicha va har tomonlama belgilanishi, chiroyli so’zlar bilan yozib
qo’yilishi mumkin. Bunga misol qilib Sovet davridagi Konstitutsiyalarda ham inson huquqlari
yaxshi belgilangan edi, lekin ularni amal qilishi qoniqarsiz edi. Shuning uchun
Konstitutsiyamizda inson huquqlari keng va mukammal belgilanishi bilan muammolar hal
bo’lmaydi. Ularni amal qilishini taminlovchi kuchli mexanizm va sharoitlar lozim. Bu haqda
Prezidentimiz “Hammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish-bu ishning bir qismi
faqat. Asosiy masala-qonunlarning mazmun mohiyatini xalqimizga va masul ijrochilarga o’z
vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to’g’ri tashkil etish hamda qonun talablariga qatiy amal
qilishni taminlashdan iboratdir’’ degan so’zlari ham buni ko’satadi.




background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1406

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O’zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish
to’g’risida’’gi F-53-son farmoyishi// qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

2.

Konstitutsionnoye pravo zarubejnix stran: ucheb. Dlya vuzov / pod ob. Red. M. V.

Baglaya.- M; NORMA, 2010.- S. 431-438

3.

Konstitutsii mira (Sbornik konstitutsiy gosudarstv mira. t. 1) Sostaviteli i avtorы

vvedeniye, vstupitel nыx statey U.Tadjixanov i A.X.SAIDOV.- T.: Akademiya
MVD,1997. – S. 360-342

4.

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining Konstitutsiyasi. T: “O’zbekiston’’, 1977 yil.

5.

O’zbekiston Respublikasining 1992-yl 8-dekabrdagi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston,

2021. – 76 b.

6.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahriri). – T.: Yuridik adabiyotlar

publish, 2023. – 112 b

7.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni katiyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko’taramiz.- T.: O’zbekiston, 1-jild, 2017. – B. 107.

8.

O’zbekiston Prezidentining 2023 yil 8 maydagi “ Yangi tahrirdagi O’zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to’g’risida’’gi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
10.05.2023 y., 06/23/67/0269-son

9.

Lex.uz sayti

10.

https://constitution.uz/oz/pages/inson_huquqlari2

11.

https://kun.uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya-10-ta-asosiy-

ozgarish?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F05%2F02%2Fyangi-konstitutsiya-10-ta-
asosiy-ozgarish

12.

http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11846


References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida’’gi F-53-son farmoyishi// qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

Konstitutsionnoye pravo zarubejnix stran: ucheb. Dlya vuzov / pod ob. Red. M. V. Baglaya.- M; NORMA, 2010.- S. 431-438

Konstitutsii mira (Sbornik konstitutsiy gosudarstv mira. t. 1) Sostaviteli i avtorы vvedeniye, vstupitel nыx statey U.Tadjixanov i A.X.SAIDOV.- T.: Akademiya MVD,1997. – S. 360-342

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining Konstitutsiyasi. T: “O’zbekiston’’, 1977 yil.

O’zbekiston Respublikasining 1992-yl 8-dekabrdagi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2021. – 76 b.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahriri). – T.: Yuridik adabiyotlar publish, 2023. – 112 b

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni katiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.- T.: O’zbekiston, 1-jild, 2017. – B. 107.

O’zbekiston Prezidentining 2023 yil 8 maydagi “ Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida’’gi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023 y., 06/23/67/0269-son

Lex.uz sayti