Authors

  • Nilufar Shodieva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.118881

Keywords:

CLIL turizm inliz tili madaniy meros metodika integratsiya dars modeli lingvomadaniy kompetensiya.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri bo‘lgan CLIL (Content and Language Integrated Learning – Mazmun va Tilni Integratsiyalashgan O‘qitish) yondashuvi asosida O‘zbekistonning boy madaniy merosini ingliz tili ta’limiga samarali integratsiyalash metodikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy madaniyatga oid materiallar asosida ishlab chiqilgan darslar orqali oliy ta’lim muassasalarining turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda nafaqat ingliz tiliga oid kommunikativ ko‘nikmalarni, balki ularning lingvomadaniy kompetensiyasini, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyatini hamda fanlararo tafakkurini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada CLIL yondashuvining nazariy asoslari, didaktik imkoniyatlari, amaliy qo‘llanish tajribalari hamda eksperimental tahlillari keltirilib, mazkur metodikaning turizm sohasi uchun dolzarb bo‘lgan kasbiy va madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi.

background image

200

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

CLIL YONDASHUVI ASOSIDA O‘ZBEKISTON MADANIY MEROSINI INGLIZ TILI

TA’LIMIGA INTEGRATSIYALASH METODIKASI

Shodieva Nilufar Olim qizi

e-mail:

lilyshadieva@gamil.com

Magistr.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15835050

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri bo‘lgan CLIL

(Content and Language Integrated Learning – Mazmun va Tilni Integratsiyalashgan O‘qitish)
yondashuvi asosida O‘zbekistonning boy madaniy merosini ingliz tili ta’limiga samarali
integratsiyalash metodikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy madaniyatga oid materiallar
asosida ishlab chiqilgan darslar orqali oliy ta’lim muassasalarining turizm yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalarda nafaqat ingliz tiliga oid kommunikativ ko‘nikmalarni, balki ularning
lingvomadaniy kompetensiyasini, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyatini hamda fanlararo
tafakkurini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada CLIL yondashuvining nazariy
asoslari, didaktik imkoniyatlari, amaliy qo‘llanish tajribalari hamda eksperimental tahlillari
keltirilib, mazkur metodikaning turizm sohasi uchun dolzarb bo‘lgan kasbiy va madaniy
kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: CLIL, turizm, inliz tili, madaniy meros, metodika, integratsiya, dars modeli,

lingvomadaniy kompetensiya.

МЕТОДИКА ИНТЕГРАЦИИ КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ УЗБЕКИСТАНА В

ПРЕПОДАВАНИЕ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА НА ОСНОВЕ CLIL-ПОДХОДА

Аннотация. В данной статье рассматривается методика эффективной

интеграции богатого культурного наследия Узбекистана в преподавание английского
языка на основе подхода CLIL (Content and Language Integrated Learning —
интегрированное обучение предмету и иностранному языку), одного из современных
образовательных концептов. В исследовании показано, как уроки, разработанные на
основе национальных культурных материалов, способствуют не только развитию
коммуникативных навыков на английском языке у студентов высших учебных заведений
туристического направления, но и формированию их лингвокультурной компетенции,
креативного и критического мышления, а также междисциплинарного восприятия. В
статье представлены теоретические основы, дидактический потенциал, практическое
применение и экспериментальные результаты подхода CLIL, обосновывается его
эффективность в развитии профессиональных и культурных компетенций, необходимых
в сфере туризма.

Ключевые слова: CLIL, туризм, английский язык, культурное наследие, методика,

интеграция, модель урока, лингвокультурная компетенция.

METHODOLOGY FOR INTEGRATING UZBEKISTAN’S CULTURAL HERITAGE

INTO ENGLISH LANGUAGE TEACHING THROUGH THE CLIL APPROACH

Abstract. This article examines the methodology of effectively integrating Uzbekistan’s

rich cultural heritage into English language education based on the CLIL (Content and
Language Integrated Learning) approach, one of the modern educational concepts. The study
explores how lessons developed using culturally relevant national materials contribute not only
to improving English communication skills among university students majoring in tourism but
also to developing their intercultural competence, creative and critical thinking, and
interdisciplinary awareness.


background image

201

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

The article presents the theoretical foundations, didactic potential, practical

applications, and experimental findings of the CLIL approach, emphasizing its effectiveness in
enhancing professional and cultural competencies that are essential for students in the field of
tourism.

Keywords: CLIL, tourism, English language, cultural heritage, methodology, integration,

lesson model, communicative competence.


KIRISH

Zamonaviy global ta’lim makonida ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot vositasi, balki

fanlararo integratsiyani amalga oshirishda muhim strategik resurs sifatida e’tirof etilmoqda.

Hozirgi vaqtda xorijiy til o‘qitish metodikasida fanni va tilni birgalikda o‘zlashtirishga

asoslangan CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi keng e’tibor qozonib,
talabalarni kompleks fikrlashga, mazmuniy tushunishga va madaniyatlararo kommunikatsiyaga
tayyorlashga xizmat qilmoqda. Ushbu yondashuv, ayniqsa, talabalarning til kompetensiyasini
real kontekstda rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. O‘zbekistonning boy va rang-barang
madaniy merosi — qadimiy tarixiy yodgorliklar, milliy urf-odatlar, xalq og‘zaki ijodi, san’at va
adabiyot namunalari — ingliz tili ta’limi uchun o‘ziga xos didaktik resurs bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Bu materiallar talabalarga nafaqat til o‘rganish, balki madaniy identitetni anglash,
milliy qadriyatlarni baholash va ularni xorijiy til kontekstida ifoda etish imkonini beradi. Mazkur
maqolada CLIL yondashuvi nazariy va metodik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, O‘zbekiston
madaniy merosini ingliz tili ta’limiga integratsiyalash orqali erishiladigan pedagogik
imkoniyatlar, talabalarda lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirish mexanizmlari, hamda
integrativ o‘quv muhiti yaratishning uslubiy asoslari yoritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

CLIL yondashuvi mazmun (fan) va tilni integratsiyalashgan holda o‘rgatishni nazarda

tutadi. Coyle, Hood va Marsh (2010) tomonidan ta’kidlanganidek, CLIL — bu yangi til yoki fan
o‘qitish usuli emas, balki ularning sinergiyasi asosida shakllangan innovatsion ta’lim modeli
hisoblanadi. Unda o‘quvchilar fanga oid kontentni o‘zlashtirar ekanlar, shu bilan birga chet tilini
ham tabiiy kontekstda egallaydilar. Mazkur yondashuvning asosiy tamoyillari 4C modeli
(Content, Communication, Cognition, Culture) orqali ifodalanib, o‘quvchilarning til va predmet
kompetensiyasini bir vaqtda rivojlantirishni maqsad qiladi. Peeter Mehisto (2012) o‘z
maqolasida sifatli CLIL ta’lim materiallarini ishlab chiqish mezonlarini chuqur tahlil qilib,
mazmun, til va o‘quv ko‘nikmalari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikni asoslaydi. Muallifga
ko‘ra, o‘quv maqsadlarini va akademik til komponentlarini aniq ifodalash formativ baholash,
tanqidiy fikrlash va o‘quvchi mustaqilligini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. CLIL
materiali nafaqat o‘quvchi tilini rivojlantirishi, balki ularning ijtimoiy, madaniy va ekologik
ongini ham tarbiyalashi lozim. Muallif CLIL resurslarini ishlab chiqishda stereotiplarni oldini
olish, inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlash, va ekologik mas’uliyatni yodda tutish zarurligini ham
alohida ta’kidlaydi. CLIL metodologiyasi o‘zining moslashuvchanligi va fanlararo xususiyati
bilan ajralib turadi.

Cinganotto, Benedetti va Guida (2021) tomonidan ishlab chiqilgan “CLIL for STEAM”

metodik ko‘rsatmalarida bu yondashuv o‘quvchilarning til kompetensiyasi, intellektual faolligi
va madaniy ongini birgalikda rivojlantirish vositasi sifatida taqdim etiladi. Mualliflar Do Coyle
tomonidan ishlab chiqilgan 4C modeli (Content, Communication, Cognition, Culture) va til
triptixiga tayangan holda, CLIL darslarining tarkibiy qismlarini tizimli yondashuv asosida ochib


background image

202

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

beradilar. Ayniqsa, CLIL metodikasi Bloom taksonomiyasi doirasida yuqori (HOTs) va past
(LOTs) darajadagi tafakkur ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish imkonini beradi. CLIL (Content and
Language Integrated Learning) metodikasi – ya’ni mazmun va tilni birgalikda o‘rgatish
yondashuvi – o‘ziga xos pedagogik konsepsiya bo‘lib, 1990-yillarda Yevropada shakllangan va
shundan beri xalqaro miqyosda keng tarqalgan. Ushbu yondashuv, ayniqsa, maktab ta’limida
keng tatbiq etilgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda oliy ta’limda ingliz tili asosida o‘qitishning
kengayishi natijasida, CLIL tamoyillari oliy bosqichlarda ham qo‘llanilmoqda. CLIL, odatda,
fanni ikkinchi tilda yoki ikki tilda o‘rgatishga asoslanadi. Biroq u boshqa ikki tilli ta’lim
modellaridan, masalan, immersiv (sho‘ng‘ishli) yoki til ozchiligi uchun mo‘ljallangan
tizimlardan farq qiladi. CLIL asosan, til va mazmunning muvozanatli uyg‘unligiga e’tibor
qaratadi (Ball, Kelly, & Clegg, 2015). CLIL darslari bir vaqtning o‘zida tilni o‘rganish,
mazmunni anglash, ijtimoiy munosabatlar va kognitiv faoliyatni rivojlantirish maydonidir.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli nazariy va metodologik yondashuvlar CLIL’ning

ko‘p qirrali tabiati va muvaffaqiyat omillarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Xususan, CLIL’ni
chuqurroq anglash fanlararo hamkorlikni talab qiladi, bu esa tilshunoslar bilan fanga
ixtisoslashgan mutaxassislar o‘rtasidagi integratsiyani nazarda tutadi (Journal of Immersion and
Content-Based Language Education, 2013).

MUHOKAMA

Zamonaviy oliy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni faqat grammatik bilimlar

bilan cheklanib qolmasdan, uni madaniy, ijtimoiy va sohaviy kontekstda qo‘llashni talab
qilmoqda. Ayniqsa, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu yondashuv muhim
ahamiyatga ega, chunki ularning professional faoliyati xalqaro muloqot, madaniy merosni targ‘ib
qilish va xorijiy mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq. Tadqiqot natijalari CLIL
yondashuvi asosida O‘zbekiston madaniy merosini ingliz tili ta’limiga integratsiyalash
talabalarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini birgalikda rivojlantiruvchi samarali usul
ekanini ko‘rsatdi. Bunday yondashuv til o‘rganishni faqat grammatik va leksik darajada emas,
balki madaniyatlararo muloqot kontekstida olib borishni nazarda tutadi. Byram (1997)
ta’kidlaganidek, chet tilini o‘rganayotgan shaxs o‘rganayotgan tilni uch asosiy ssenariyda
ishlatishi mumkin: bu — tilning ona tili bo‘lgan jamiyatda muloqot qilish, tilni umumiy aloqa
vositasi sifatida (lingua franca) ishlatish, yoki o‘z mamlakatida boshqa etnik guruh vakillari bilan
muloqotga kirishishdir. Har bir holatda, boshqa guruh vakillari bilan muloqot qilish til
o‘rganayotgan shaxsning shaxsiy va guruhiy identitetini shakllantirishga ta’sir etadi. CLIL
yondashuvi shunday madaniyatlararo kontekstlarda nafaqat til, balki madaniy ongni ham
rivojlantiradi. O‘zbekiston madaniy merosini CLIL orqali ingliz tili ta’limiga integratsiyalash
orqali o‘quvchilar o‘z milliy qadriyatlarini xalqaro kontekstda tanitish va tushuntirish
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, CLIL (Content and Language
Integrated Learning – Mazmun va Tilni Integratsiyalashgan O‘qitish) metodikasi o‘zining fan va
tilni uyg‘unlashtirgan holatdagi kompleks yondashuvi bilan turizm sohasida faoliyat yurituvchi
mutaxasislarni tayyorlashda istiqbolli va samarali model hisoblanadi. O‘zbekistonning boy
madaniy merosi – tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklari, urf-odatlar va xalq san’ati – CLIL
darslarida asosiy mazmun sifatida qo‘llanilganda, talabalarda ingliz tilini ixtisoslik doirasida faol
qo‘llash, milliy identitetni anglash va madaniy turizmni ilgari surish ko‘nikmalari rivojlanadi.

Masalan, “Cultural Tourism in Uzbekistan” mavzusi doirasida olib borilgan CLIL

asosidagi darsda talabalar Buxoro va Xivaning tarixiy markazlari, ularning UNESCO ro‘yxatiga
kiritilishining sabablari, mehmonlarga mo‘ljallangan marshrutlar haqida ingliz tilida taqdimot


background image

203

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

tayyorlaydilar. Dars davomida ular til ko‘nikmalarini nafaqat o‘qish va yozish, balki real
kommunikativ vaziyatlarda, jumladan gidlik nutqida, muloqot va xizmat ko‘rsatish kontekstida
rivojlantirishga harakat qiladilar. Bu jarayon talabalarni tilni amaliy, kasbiy va madaniy
kontekstlarda qo‘llashga o‘rgatadi. Muhokama davomida aniqlanishicha, CLIL modeli quyidagi
afzalliklari bilan ajralib turadi:

Til o‘rganishni mazmunli va sohaga oid kontekstda olib boradi, bu esa o‘zlashtirish

samaradorligini oshiradi;

Talabalarda madaniy kompetensiyani shakllantiradi, bu esa ularning turistik xizmatlarda

malakali mutaxasis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi;

Fanlararo yondashuv orqali tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xalqaro mijozlarga xizmat

ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi;

Madaniy merosni ingliz tilida targ‘ib qilish, o‘z milliy qadriyatlarini xorijliklarga

tushunarli tarzda ifodalash salohiyatini oshiradi.

Shu bilan birga, CLIL modelining turizm ta’limiga joriy etilishi muayyan cheklovlar

bilan bog‘liq. Jumladan, CLIL asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashgan materiallarning
yetishmasligi, o‘qituvchilarning ingliz tilidagi sohaviy bilim darajasi, metodik tayyorgarlikning
yetarli emasligi va dars tayyorlashga ketadigan vaqtning ko‘pligi muhim muammolar sirasiga
kiradi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun oliy ta’lim muassasalarida CLIL asosida
madaniy-turistik kontentga moslashtirilgan o‘quv kurslarini ishlab chiqish, darsliklar va
multimodal resurslar tayyorlash, CLIL kompetensiyalariga ega mutaxasis-o‘qituvchilarni
tayyorlash, shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan baholash tizimlarini ishlab chiqish zarur.

Xulosa qilib aytganda, CLIL metodikasi turizm yo‘nalishidagi talabalar uchun nafaqat

ingliz tilini samarali o‘rganish vositasi, balki o‘z milliy merosini chuqur anglash, uni xorijiy
mehmonlarga zamonaviy til vositasida taqdim eta olish, hamda xalqaro turizm sohasida
raqobatbardosh mutaxasis bo‘lib yetishish imkonini beradi. Bu esa CLIL’ni O‘zbekiston ta’lim
tizimida strategik pedagogik yondashuv sifatida qarash zarurligini ko‘rsatadi.

NATIJALAR

Tadqiqot CLIL yondashuvi turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ayniqsa

samarali ekanini ko‘rsatdi. Bu yondashuv orqali talabalar ingliz tilida o‘z kasbiy sohasi —
turizm, mehmonxona biznesi, madaniy meros, xizmat ko‘rsatish standartlari kabi
yo‘nalishlardagi kontentni o‘zlashtiribgina qolmay, shu til orqali professional terminologiyani
faol qo‘llash, muloqotga kirishish va kasbiy vaziyatlarda fikr bildirish ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradilar.

CLIL metodikasi o‘zlashtirishga ikki yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi: birinchidan, til

kompetensiyasi mustahkamlanadi, ikkinchidan esa, kasbiy bilimlar chuqurlashadi. Shu bilan
birga, talabalar chet tilida ishlashga nisbatan ichki ishonch hosil qiladi, mantiqiy va tanqidiy
fikrlash malakalari rivojlanadi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida zarur bo‘lgan
madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini egallaydi. Bentley (2010) qayd etganidek, CLIL nafaqat
til va fan o‘zlashtirishni birlashtiradi, balki o‘quvchini fuqarolik, madaniyat va jamiyat
qadriyatlari bilan uyg‘un holda shakllantirishga xizmat qiladi. Agar CLIL metodikasi asosida
O‘zbekistonning madaniy merosini ingliz tili o‘qitish jarayoniga integratsiyalash orqali oliy
ta’lim muassasalarida, xususan turizm yo‘nalishidagi talabalarga yo‘naltirilgan darslar tashkil
etilsa, quyidagi kutilayotgan natijalarga erishish mumkin bo‘ladi:

Talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasi, ya’ni tilni madaniy kontekstda anglash,

ifodalash va muloqotda qo‘llash ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi;


background image

204

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Tarixiy va madaniy kontent asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar orqali talabalar nafaqat

ingliz tilini egallaydi, balki o‘z milliy qadriyatlarini xalqaro auditoriyada ifoda eta olish
salohiyatiga ega bo‘ladi;

O‘qitish jarayonining mazmunli, kontekstual va madaniyatga boy bo‘lishi natijasida

talabalar tilni o‘rganishga bo‘lgan ichki rag‘batini oshiradi;

CLIL yondashuvi orqali fanlararo integratsion fikrlash, ya’ni til, tarix, madaniyat va

boshqa fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish va tahlil qilish qobiliyati shakllanadi;

Bu metodika madaniy merosni ingliz tilida o‘rganish orqali talabalarni xalqaro turizm

sohasida samarali kommunikatsiya yuritishga tayyorlash imkonini beradi. CLIL yondashuvini
milliy kontent asosida turizm sohasi talabalari bilan qo‘llash, nafaqat lingvistik bilimlarni
chuqurlashtiradi, balki ularni o‘z madaniy merosiga hurmat ruhida tarbiyalaydi hamda xalqaro
maydonda taqdim eta olish qobiliyatini shakllantiradi.


ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Coyle, D., Hood, P., Marsh, D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. –

Cambridge: Cambridge University Press, 2010. – 16 p.

2.

Mehisto, P. Criteria for producing CLIL learning material. // Encuentro, Journal of

Research and Innovation in the Language Classroom, №21, 2012. – pp. 15–33. – ISSN:
1989-0796.

3.

Cinganotto, L., Benedetti, F., Guida, M. Guidelines on CLIL Methodology (CLIL for

STEAM). – Erasmus+ Programme, 2021.- 4 p.

4.

Ball, P., Kelly, K., Clegg, J. Putting CLIL into Practice. – Oxford University Press, 2015.

– 6 p.

5.

Journal of Immersion and Content-Based Language Education. – 2013. – T. 1, № 1. – S.

91–92 p. – Amsterdam: John Benjamins Publishing Company.

6.

Byram, M. Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. – UK:

Multilingual Matters, 1997. – 50 p.

7.

Bentley, Kay. The TKT Course: CLIL Module. Cambridge University Press, 2010. – 5 p.

References

Coyle, D., Hood, P., Marsh, D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. – Cambridge: Cambridge University Press, 2010. – 16 p.

Mehisto, P. Criteria for producing CLIL learning material. // Encuentro, Journal of Research and Innovation in the Language Classroom, №21, 2012. – pp. 15–33. – ISSN: 1989-0796.

Cinganotto, L., Benedetti, F., Guida, M. Guidelines on CLIL Methodology (CLIL for STEAM). – Erasmus+ Programme, 2021.- 4 p.

Ball, P., Kelly, K., Clegg, J. Putting CLIL into Practice. – Oxford University Press, 2015. – 6 p.

Journal of Immersion and Content-Based Language Education. – 2013. – T. 1, № 1. – S. 91–92 p. – Amsterdam: John Benjamins Publishing Company.

Byram, M. Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. – UK: Multilingual Matters, 1997. – 50 p.

Bentley, Kay. The TKT Course: CLIL Module. Cambridge University Press, 2010. – 5 p.