302
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
KVALIMETRIYA PEDAGOGIK FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH
VOSITASI SIFATIDA
A’zamova Mashhuraxon Nodirxon qizi
FarDU pedagogika yonalishi 3-bosqich talabasi.
+99890-274-25-14
https://doi.org/10.5281/zenodo.15869974
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kvalimetriya tushunchasi, uning pedagogik faoliyat
samaradorligini baholashdagi o‘rni va amaliy ahamiyati yoritilgan. Ta’lim sifatini oshirishga
qaratilgan islohotlar doirasida o‘qituvchilar mehnatini, ta’lim jarayonining natijadorligini aniq,
ob’yektiv va tizimli baholash ehtiyoji ortib bormoqda. Mazkur maqolada kvalimetriya vositasida
o‘qituvchilik faoliyatining turli jihatlarini (metodik yondashuv, dars sifati, o‘quvchilarning
natijalari va h.k.) baholash mexanizmlari va tamoyillari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
pedagogika, kvalimetriya, baholash, reyting, ta’lim sifati, ko‘rsatkichlar,
mezonlar, kvalimetrik metodlar, statistika, tahlil.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ta’lim
islohotlari ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy baholash mezonlarini joriy etish va pedagogik
faoliyatni tizimli tahlil qilishni talab qilmoqda. O‘zbekiston
-2030 rivojlanish strategiyasi,
shuningdek, Prezidentning PQ
–
4310-sonli qarorida belgilangan vazifalar pedagogik jarayonni
samarali tashkil etish va baholash mexanizmlarini yangilash zaruratini ko‘rsatmoqda. Bu
jarayonda kvalimetriya fanining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Kvalimetriya
—
bu faoliyat natijalarini raqamli ifoda etish, obyektiv ko‘rsatkichlar
asosida baholash, taqqoslash va takomillashtirish imkonini beradigan fan bo‘lib, ayniqsa
pedagogik faoliyat samaradorligini tahlil qilishda muhim vositaga aylanmoqda. Ushbu maqolada
aynan kvalimetriyaning pedagogik baholashdagi o‘rni, uning zamonaviy talablarga muvofiqligi,
ta’lim sifati monitoringi bilan bog‘liqligi hamda uni amaliyotda qo‘llash yo‘llari keng tahlil
qilinadiKvalimetriya-
tabiatdagi barcha obyektlarni va jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha
jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash
muammolari va metodologiyasini o‘rganuvchi ilmiy fan. Kvalimetriya
-(lotincha quails-sifat,
qadimiy yunoncha metros-
o‘lchov) mdegan ma’noni anglatib, obyekt, mahsulot, jaraѐnlar
sifatini miqdoriy baholash
metodlarini o‘zida mujassamlashtirgan, turli metod va vositalar
yordamida erishilgan natijani belgilovchi fan tarmog‘i. Kvalimetriya fan sifatida o‘rganilishi va
baholanishi lozim bo‘lgan obyektning sifatini belgilovchi hajm, birlik, shkala, talablar yordamida
mazkur obyektning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlashni belgilangan va qabul qilingan
o‘lchov jaraѐnini amalga oshirish nazariyasi asosida o‘rganadi.
Kvalimetriya yuqorida qayd etilgan har bir guruhning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini
yaxlitlikda o‘rganadi va baholashning umumiy tartibini ishlab chiqadi. Obyekt va
mahsulotlarning sifatini tashxislash va miqdoriy baholash eramizdan avvalgi XV-
asrda yo‘lgan
qo‘yilgan bo‘lib, dastlab hunarmandlar o‘z mahsulotlari sifatini belgilaydigan ko‘rsatkichlarni
aniqlagan va sifat belgilarini qo‘ya boshlaganlar. Shu tariqa sifat ko‘rsatkichlariga asoslangan
tovarshunoslik vujudga kelgan va 1549-yili Italiyadagi Paduan universitetida dastlabki
tovarshunoslik kafedrasi tashkil etilgan. XIX-XX- asrning boshlarida AQSH va Yevropa
mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni ballar vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga
qo‘yildi.
303
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Shu tariqa boshqa mamlakatlarda ham sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va amaliyotga
qo‘llash borasida muayan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu harakatlar kvalimetriyaning ilmiy
fan sifatida maydonga chiqishigam va tadqiqot ko‘lami kengayishiga turtki bo‘ldi.
Kvalimetriyaning uchta: nazariy (umumiy), maxsus, va amaliy tarmoqlari mavjud.
Nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi (abstraksiyalanadi) va uning sifat
ko‘rsatkichlarining umumiy qonuniyatlari va matematik modellari o‘rganiladi. Nazariy
kvalimetriyaning tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish mahsulotlari, obyekt va subyektlarning
sifatini miqdoriy baholashning falsafiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish sanaladi.
Nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt va mjarayonlarning sifatini
baholash metodikasi va nazariy asoslari umumiy xususiyatga ega. Maxsus kvalimetriya turli
xildagi va har xil maqsadda foydalaniladigan aniq obyektning sifatini baholashning aniq
metodikasi va matematik modelini ishlab chiqadi. Maxsus kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik-
statistik, indeksli, kvalimetrik taksonomiya kabi turlari mavjud. Amaliy kvalimetriya-texnika,
ishlab chiqarish, inson mehnati faoliyati, turli loyiha va jaraѐnlarning sifatini baholashni ishlab
chiqad
igan soha sanaladi. Amaliy kvalimetriyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘lanib, texnik
kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya, pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik
kvalimetriya va hakoza tarmoqlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti davrida mahsulot (buyum,
xizmatlar, jarayonlar)ning raqobatbardoshligi hal qiluvchi ahamiyatga ega yoki bu buyum,
xizmatlar,
jarayonlarga
ehtiyoj
bo‘lishi
uchun
muayyan
xususiyatlarni
o‘zida
mujassamlashtirish, maqsadga muvofiq bo‘lish, belgilangan vazifalarni bekamu
-
ko‘
st bajarish
kabi qiymatga ega bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish mahsulotlari va jaraѐnlarda mazkur
belgilarning bo‘lishi ular sifatining miqdoriy baholash imkonini beradi. Xalqaro tajribalar
buyum, xizmatlar, jarayonlarning yuqori sifatli bo‘lishiga erishis
h uchun ularning sifatini
aniqlaydigan ilmiy, texnik va tashkiliy mezonlar ishlab chiqilishi lozimligini ko‘rsatdi. Muayyan
obyekt yoki jarayon borishi, xizmatlar, jarayonlar sifati etalon sifatida qabul qilingan modelning
mezonlari bo‘yicha o‘lchash va olingan natijalarni taqqoslash orqali baholash amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda kvalimetriya buyum, xizmatlar, jarayonlarning sifatini baholash
masalalarini o‘rganadi. Bu jarayonda kvalimetriyaning asosiy metodlari: tahlil, sintez, qiyoslash
va taqqoslash sanaladi. Etalon sifatida qabul qilingan modelning sifat ko‘rsatkichlari asosida
baholanayotgan obyektning xususiyatlari hisobga olingan holda uning sifati aniqlanadi.
Kvalimetriyaning amaliy tarmog‘i bo‘lgan pedagogik kvalimetriyada kadrlarni
tayyorlashda malaka talablari etalon sifatida qabul qilingan bo‘lib, pedagogik kadrlarning kasb
malakasi va pedagogik mahorati sifati taqqoslash orqali aniqlanadi. Raqobatbardosh pedagogik
kadrlarni tayyorlash jarayonida mazkur jarayonni maqsadga muvofiq tashkil etish va
boshqarishni rejalashtirish, o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, mazkur jarayonni metodik va
texnik jihatdan ta’minlashni talab etadi. Ta’lim sifatini baholash keyinchalik uning
natijadorligini bir necha barobarga oshirish, ta’limdagi samarasiz metodlarni samaralisiga
almashtirish, o‘qituvchi o‘z faoliyatida davomida o‘z o‘zini refleksiya qilishi imkoniyatini
beradi. Pedagogik kvalimetriyadagi har bir metod o‘z xususiyatini ta’limning yo‘nalishlariga
muvofiq moslashtiradi hamda o‘quvchining qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda obyektiv
baholashdan foydalanish zarurligini nazarda tutadi. Pedagog olim Q. Nazarov ta’kidlaganidek,
“Kvalimetriya metodlari ta’lim sifati bahosini faqat sonlar bilan emas, balki chuqur tahlil asosida
aniqlash imkonini beradi”. “Pedagogik kvalimetriya ta’lim sifatini boshqarishning muhim
vositasi bo‘lib, o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlashda mezon va ko‘rsatkichlarga
tayangan ilmiy yondashuvni ta’minlaydi”.
304
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Ushbu fikr esa pedagogik kvalimetriya o‘quv jarayonida ilmiy aspektda ish ko‘rishning
asosi sifatida eng muhim ilmiy va amaliy jarayon ekanligini tasdiqlaydi. Uning pedagogikadagi
muhim ahamiyati quyida atroflicha yoritiladi. Fanning ta’limdagi ahamiyati, dolzarbligi
yurtimizda ta’lim islohotlarini muhim tarkibiy qismi sifatida yuksak O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PQ
–
4310-
sonli qarorida ta’lim sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish,
shaffof va ilmiy mezonlar asosida baholash tizimini yaratish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu
qarorda qayd etilganidek, pedagogik faoliyat natijadorligini obyektiv mezonlar asosida tahlil
qilish, o‘quvchilarning bilim va kompetensiyalarini aniqlashda kvalimetrik yondashuv muhim
vosita sifatida ko‘rilmoqda.
1. Ta’lim sifati monitoringini ta’minlaydi.
Kvalimetriya yordamida o‘quv dasturlarining samaradorligi, o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalari ilmiy asosda baholanadi. Bu esa ta’lim sifatini muntazam nazorat qilish
imkonini beradi.
2. Obyektiv baholashni yo‘lga qo‘yadi.
An’anaviy baholash usullarida subyektivlik (o‘qituvchining shaxsiy qarashlari) mavjud
bo‘lishi mumkin. Kvalimetrik yondashuv esa mezon va ko‘rsatkichlarga tayangan holda, aniq va
ishonchli baholashni kafolatlaydi.
3. Pedagogik jarayonni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Talabalar bilim darajasini tahlil qilib, qaysi sohalarda kamchilik borligini aniqlash orqali
o‘qitish metodikasi va mazmunini yangilash imkoniyati yaratiladi.
4. Individual yondashuvni rivojlantiradi.
Har bir o‘quvchining yutuq va kamchiliklari aniq mezonlar asosida tahlil qilinib,
individual rivojlanish yo‘nalishlari belgilanishi mumkin.
5. Innovatsion yondashuvlarni baholashga yordam beradi.
Yangi o‘quv texnologiyalari yoki usullari samaradorligini taqqoslash va tahlil qilishda
kvalimetriya muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
6. Ta’lim natijalarini standartlar bilan solishtirish imkonini beradi.
O‘quvchilarning yutuqlarini davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari bilan solishtirish
orqali sifatni nazorat qilish imkonini yaratadi.
Kvalimetriya metodlari
—
ta’lim sifatini aniqlash, o‘quvchilar yutuqlarini baholash va
tahlil qilishda mezonlarga asoslangan, aniq, tizimli yondashuvlar yig‘indisidir. Bu metodlar
yordamida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining darajasi ob’yektiv ko‘rsatkichlar
asosida baholanadi.
Asosiy kvalimetrik metodlar va ularning pedagogikadagi qo‘llanilishi:
1. Ekspert baholash metodi
Tajribali mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan ta’lim sifatining yoki o‘quv dasturining
samaradorligi baholanadi. Dars samaradorligini, o‘qituvchi faoliyatini, yangi o‘quv
metodikalarini baholashda keng qo‘llaniladi.
2. Reyting (ballik) baholash metodi
Talabalar bilimini ballar yoki reyting tizimi orqali baholashdir. Pedagogikadagi
qo‘llanilishi: Yillik, semestrlik natijalarni hisoblashda, talabani reyting asosida
rag‘batlantirishda.
3. Ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida baholash
Oldindan belgilangan mezon va ko‘rsatkichlar asosida baholashdir. O‘quvchilarning
yozma ishlari, loyiha ishlari, mustaqil ishlari mezon asosida tahlil qilinadi.
305
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
4. Matematik-statistik usullar
O‘quvchilar bilimini sonli ifodalar orqali tahlil qilish (o‘rtacha ball, modali baho,
dispersiya va boshqalar). Sinalgan testlarning ishonchliligi, o‘quvchilarning umumiy baholar
tahlili, guruhlar kesimidagi taqqoslovchi tahlil.
5. Diagnostik testlar va monitoring
Maxsus testlar yordamida o‘quvchilar bilim holati aniqlanadi.
Boshlang‘ich, joriy va yakuniy baholashda keng foydalaniladi. Masalan, o‘quv yili
boshida diagnostika o‘tkaziladi.
Metodlarning afzalliklari:
•
Baholashda adolat va shaffoflikni ta’minlaydi.
•
Talabalarning individual yutuq darajasini aniqlash imkonini beradi.
•
O‘qituvchiga metodik tahlil asosida o‘z faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi.
•
Ta’lim jarayonini optimallashtirish va innovatsiyalarni joriy etish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, kvalimetriya
—
ta’lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini
aniqlash, baholash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi zamonaviy ilmiy yo‘nalishdir. Uning
pedagogikadagi o‘rni nihoyatda muhim bo‘lib, u ta’lim jarayonini samarali boshqarish,
natijalarni obyektiv baholash hamda o‘quvchi va o‘qituvchilarning faoliyatini tahlil qilish
imkonini beradi.
Zamonaviy pedagogikada kvalimetriya ta’lim sifati monitoringi, kompetensiyalarni
o‘lchash, o‘quv dasturlarini baholash, test tizimlarini ishlab chiqish va ta’lim standartlarini tahlil
qilishda muhim metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, baholashda shaffoflik, aniqlik
va adolat tamoyillarini ta’minlashda kvalimetriya uslublari o‘zining ustun afzalliklarini
ko‘rsatadi.
Shu bois, kvalimetriya nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, balki ta’lim
tizimini chuqur tahlil qilish va takomillashtirishda muhim vosita bo‘lib, pedagogik faoliyatda
ajralmas o‘rin egallaydi. Kelajakda raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashgan kvalimetrik
tizimlar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ
-4310-
son qarori. Ta’lim sifatini baholash
tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. —
2019-yil, 23-aprel
2.
Азгальдов Г.Г. Основы квалиметрии. —
Москва: Экономика, 1974.
3.
Абдусатторов А.Х.
Pedagogik o
‘
lchov va baholash asoslari.
—
Toshkent: TDPU, 2020.
4.
3.Назаров Қ. Ta’limda baholash va monitoring asoslari. —
Toshkent: O‘zbekiston, 2018.
5.
Абдусалимова Н. Ta’lim sifatini baholashning innovatsion metodlari. —
Toshkent: Fan
va texnologiya, 2019.
6.
Бабаева М. Pedagogik diagnostika va kvalimetriya. —
Toshkent: TDPU nashriyoti,
2021.
7.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. —
Toshkent: Fan,
2006.
8.
Xolbekov Q. Ta’lim sifatini boshqarish asoslari. —
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022.
9.
UNESCO. Education Quality Monitoring: Principles and Practice.
—
Paris, 2017.
10.
Комаров С.А., Лебедев О.Е. Педагогическая квалиметрия: теория и практика
оценки качества образования. —
Москва: Педагогическое общество России, 2016
