Authors

  • Rushana Farmonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.120721

Keywords:

auditorlik faoliyati mustaqil audit xalqaro audit standartlari moliyaviy hisobot audit sifati raqamlashtirish sun’iy intellekt AI-audit kasbiy etik blokcheyn auditorlar malakasi normativ-huquqiy baza audit nazorati auditorlik tashkilotlari transformatsiya.

Abstract

O‘zbekiston iqtisodiy tizimida shaffoflik, moliyaviy mas’uliyat va ishonchlilik tamoyillarini mustahkamlashda auditorlik faoliyati, ayniqsa moliyaviy institutlar va sug‘urta kompaniyalari kontekstida, muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozori hajmi va ishtirokchilari sezilarli darajada kengayib, bu sohaga oid moliyaviy oqimlar va tavakkalchilik darajasining ortib borishi auditorlik xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Ushbu ehtiyoj auditorlik faoliyatining institutsional va normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, ularni zamonaviy raqamli vositalar bilan boyitish zarurligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqolada auditorlik faoliyatining yangi bosqichi – ya’ni xalqaro standartlar, ilg‘or texnologiyalar va kasbiy malakaga asoslangan professional yondashuv aynan sug‘urta kompaniyalari misolida tahlil qilinadi. Sug‘urta tashkilotlari – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab moliyaviy institutlar bo‘lib, ularning faoliyatida auditorlikning dolzarbligi yanada yuqoridir. Audit sifati, kasbiy etikaga rioya etilishi, xalqaro tajribaga moslashuvdagi cheklovlar, shuningdek, raqamlashtirish darajasining sustligi – bular sug‘urta sektorida auditorlik nazoratining muammoli jihatlaridir. Maqolada ushbu muammolarni hal qilish uchun xorijiy ilg‘or amaliyotlar asosida sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan tahlil tizimlari (data analytics), blokcheyn texnologiyalari kabi vositalarni audit jarayoniga joriy etish orqali sug‘urta faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

background image

306

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

AUDITORLIK FAOLIYATINING YANGI BOSQICHI VA UNI

TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Farmonova Rushana Akmalovna

O‘zbekiston Respublikasi Bank

-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15870011

Annotatsiya.

O‘zbekiston iqtisodiy tizimida shaffoflik, moliyaviy mas’uliyat va

ishonchlilik tamoyillarini mustahkamlashda auditorlik faoliyati, ayniqsa moliyaviy institutlar va

sug‘urta kompaniyalari kontekstida, muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda
sug‘urta bozori hajmi va ishtirokchilari sezilarli darajada kengayib, bu sohaga oid moliyaviy
oqimlar va tavakkalchilik darajasining ortib borishi auditorlik xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni

yanada oshirmoqda. Ushbu ehtiyoj auditorlik faoliyatining institutsional va normativ-huquqiy
asoslarini takomillashtirish, shuningdek, ularni zamonaviy raqamli vositalar bilan boyitish
zarurligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqolada auditorlik faoliyatining yangi bosqichi

ya’ni xalqaro standartlar, ilg‘or texnologiyalar va kasbiy malakaga asoslangan professional
yondashuv aynan sug‘urta kompaniyalari misolida tahlil qilinadi. Sug‘urta tashkilotlari –

bu o‘z

mohiyatiga ko‘ra murakkab moliyaviy institutlar bo‘lib, ularning faoliyatida auditorlikning

dolzarbligi yanada yuqoridir. Audit sifati, kasbiy etikaga rioya etilishi, xalqaro tajribaga
moslashuvdagi cheklovlar, shuningdek, raqamlashtirish darajasining sustligi

bular sug‘urta

sektorida auditorlik nazoratining muammoli jihatlaridir. Maqolada ushbu muammolarni hal

qilish uchun xorijiy ilg‘or amaliyotlar asosida sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan tahlil

tizimlari (data analytics), blokcheyn texnologiyalari kabi vositalarni audit jarayoniga joriy etish

orqali sug‘urta faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

auditorlik faoliyati, mustaqil audit, xalqaro audit standartlari, moliyaviy

hisobot, audit sifati, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, AI

-audit, kasbiy etik, blokcheyn, auditorlar

malakasi, normativ-huquqiy baza, audit nazorati, auditorlik tashkilotlari, transformatsiya.

Abstract.

Auditing, especially in the context of financial institutions and insurance

companies, plays an important role in strengthening the principles of transparency, financial
responsibility and reliability in the economic system of Uzbekistan. In recent years, the size and
number of participants in the insurance market in our country have significantly expanded, and
the growth of financial flows and the level of risk in this area has further increased the need for
audit services. This need creates the need to improve the institutional and regulatory framework
of audit activities, as well as enrich them with modern digital tools. This article analyzes a new
stage in audit activities - a professional approach based on international standards, advanced
technologies and professional qualifications - using the example of insurance companies.
Insurance organizations are complex financial institutions by their nature, and the relevance of
auditing in their activities is even higher. Audit quality, compliance with professional ethics,
limitations in adapting to international experience, as well as the low level of digitalization -
these are problematic aspects of audit control in the insurance sector. The article considers the
issues of strengthening control over insurance activities by introducing tools such as artificial
intelligence, automated analysis systems (data analytics), and blockchain technologies into the
audit process based on foreign best practices to solve these problems.

Keywords:

audit activities, independent audit, international audit standards, financial

reporting, audit quality, digitization, artificial intelligence, AI-audit, professional ethics,
blockchain, auditor qualifications, regulatory and legal framework, audit supervision, audit
organizations, transformation.


background image

307

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Kirish:

Bozor munosabatlari chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda iqtisodiy

subyektlar, ayniqsa moliyaviy institutlar va sug‘urta kompaniyalari faoliyati ustidan samarali
nazorat o‘rnatish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va investitsion muhitga ishonchni oshirishda

auditorlik faoliyatining roli tobora ortib bormoqda. Auditorlik faolligi

bu nafaqat moliyaviy

hisobotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligini baholash vositasi, balki sug‘urta sohasida risklarni
boshqarish, zarar qoplash fondlarini to‘g‘ri shakllantirish va ishonchli iqtisodiy aloqalarni
ta’minlashning ham muhim vositasidir. O‘zbekiston Respublikasida ayniqsa sug‘urta sektori
faoliyatini nazorat qilishga oid auditorlik mexanizmlari so‘nggi yillarda takomillashib bormoqda.
“Audit to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri, auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyasi,
auditorlar malakasi bo‘yicha qat’iy mezonlar va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS)
moslashuv sug‘urta kompaniyalarida audit amaliyotining sifat jihatdan o‘zgarishiga zamin

yaratmoqda.

Joriy bosqichda auditorlik tizimida, ayniqsa sug‘urta kompaniyalarini qamrab oluvchi

yo‘nalishda, hali ham qator tizimli muammolar mavjud. Jumladan, audit sifati va kasbiy

tayyorgarlik darajasi yetarli darajada emas, texnologik yechimlar, raqamli audit platformalari va

mustaqillik prinsiplarining amalda qo‘llanishi sust darajada. Bu ayniqsa, yirik aktivlar bilan
ishlovchi sug‘urta tashkilotlarining xavfsizligi va investorlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Dunyo miqyosida raqamli transformatsiya auditorlik faoliyatiga ham sezilarli ta’sir
o‘tkazmoqda –

sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili (big data) va blokcheyn

texnologiyalariga asoslangan avtomatlashtirilgan audit vositalari, aynan yuqori xavfli moliyaviy

tarmoqlarda, jumladan sug‘urta sohasida samarali qo‘llanmoqda. Shu nuqtayi nazardan,
O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini sug‘urta sektori bilan integratsiyalashgan holda yangi

bosqichga olib chiqish va uning samaradorligini oshirish uchun strategik va innovatsion
yondashuvlar ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu maqolada auditorlik

faoliyatining sug‘urta kompaniyalari kontekstida zamonaviy bosqichi, uni takomillashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro tajriba va ilg‘or texnologiyalarning roli, shuningdek, milliy
tizimdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar tahlil qilinadi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

O‘zbekistonlik olimlar ichida Xusanov B. (2022) va

Abdullayeva N. (2024) sug‘urta sohasi va auditorlik faoliyatining institutsional asoslarini chuqur
tahlil qilgan. Xusanov o‘z ishida auditorlik nazoratining sug‘urta kompaniyalaridagi tashkiliy

-

huquqiy asoslarini o‘rganib, auditorlik monitoringini tavakkalchiliklar va rezervlar shakllanishi

ustida

n kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi. Abdullayeva esa xalqaro audit standartlarini (ISA)

sug‘urta sektoriga joriy etishdagi muammolarni yoritib, milliy amaliyotni global talablarga
moslashtirish bo‘yicha metodik yechimlarni taklif etgan. Rossiya olimlari ham sug‘urta

kompaniyalarida auditorlik faoliyatining texnologik va metodologik rivojlanishini yoritgan.

Абрамов А.В. (2020) tomonidan taklif etilgan konseptual yondashuvlar raqamli audit vositalari
va shaffoflikni oshirishga qaratilgan. Орлова Н.Ю. (2023) esa sug‘urta rezervlarini baholashda
auditor va aktuariy o‘rtasidagi metodik muvofiqlik muammosini ko‘tarib chiqib, auditda

tavakkal baholash aniqligini oshirish zarurligini asoslaydi. Shuningdek, Shushunova M. (2021)

Rossiya sug‘urta kompaniyalarida IT

-

audit joriy etilishi bo‘yicha amaliy tajribalarni o‘rganib,

avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarining samaradorligini ko‘rsatgan.

Yevropa ilmiy maktabi vakili Michael Power (2019) o‘zining “Insurance, Risk and

Auditing in the Post-

Crisis World” nomli tadqiqotida sug‘urta kompaniyalaridagi auditni

risklarni boshqarish vositasi sifatida talqin qiladi. U auditorlik faoliyatini moliyaviy nazoratdan

tashqari, ishonch va tavakkal menejmenti bilan bog‘laydi.


background image

308

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Belgiyalik olima Petra Andries (2023) esa sun’iy intellekt yordamida auditorlarning qaror

qabul qilish jarayonlarini o‘rganib, AI

-auditda etik mezonlarning ahamiyatini yoritadi. Ayniqsa,

sug‘urta kabi tartibga solinadigan sohalarda AI

-

auditning mas’uliyati yuqori ekani ko‘rsatiladi.

Osiyolik tadqiqotchilar, xususan Janubiy Koreya olimlari Kim Sang-Wook (2020) va

Choi Jong-

Hag (2017) sug‘urta kompaniyalarida raqamli audit vositalarining amaliyotdagi

natijalarini tahlil qilgan. Kim blokcheyn asosidagi audit tizimlarining shaffoflikni oshirishdagi

o‘rnini ko‘rsatgan bo‘lsa, Choi katta ma’lumotlar asosida tavakkalchilik baholovchi AI

-

modellardan auditorlik jarayonlarida foydalanishni taklif etadi. Bu tadqiqotlar Osiyo bozorlarida

texnologik innovatsiyalar auditorlik faoliyatining ajralmas qismiga aylanganini ko‘rsatadi.

Anglosakson ilmiy maktabining yetakchi vakillari

David Hay (2021) va Francis J.R.

(2018) o‘z izlanishlarida sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va likvidligi ustidan
auditorlik nazoratining asosiy mexanizmlarini tahlil qilgan. Hay qayta sug‘urtalash

shartnomalari, zahiralar va aktivlar sifati ustidan nazoratni muhim deb biladi. Francis esa

auditorlik sifati va sug‘urta bozorlarining makroiqtisodiy barqarorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
empirik dalillar asosida asoslab bergan. Deloitte Insights (2023) tomonidan tayyorlangan “AI
and the Future of Audit: Focus on Insurance” nomli hisobotda sun’iy intellekt yordamida
sug‘urta kompaniyalarida auditorlik sifatini qanday oshirish mumkinligi bo‘yicha amaliy

tavsiyalar berilgan. Unda AI-audit vositalarining real vaqtli tahlil, tavakkal identifikatsiyasi va

operatsion monitoringga qo‘shgan hissasi chuqur yoritilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda auditorlik faoliyatining zamonaviy

bosqichini o‘rganishda ilmiy

-tahliliy yondashuv asosiy metod sifatida tanlandi. Avvalo,

auditorlik tizimining institutsional asoslari, xalqaro tajribalar, milliy normativ-huquqiy baza va

mavjud holatning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash uchun sistemali tahlil va komparativ (taqqoslov)
tahlil usuli qo‘llanildi. Bu orqali O‘zbekiston auditorlik tizimi Rossiya, Yevropa Ittifoqi va

Osiyo mamlakatlari bilan qiyoslanib, rivojlanishdagi umumiy va farqli jihatlar aniqlab berildi.

Tadqiqotda empirik usullar, xususan, so‘ngi yillar davomida e’lon qilingan xalqaro va

milliy statistik ma’lumotlar, audit hisobotlari, davlat organlarining rasmiy nashrlari tahlil qilindi.

Shuningdek, auditorlik tashkilotlarining faoliyat samaradorligi, audit sifati, malaka

mezonlari va texnologik innovatsiyalarni joriy etish darajasi bo‘yicha kontent

-analiz usuli orqali

mavjud holat baholandi. Shu bilan birga, xorijiy tadqiqotlar va ilmiy maqolalardagi yondashuvlar
asosida transformatsiya tendensiyalari aniqlashtirildi.

Bundan tashqari, mavzuga oid ilmiy qarashlar, nazariy yondashuvlar va ekspert

mulohazalari asosida deduktiv-

induktiv tahlil usuli qo‘llanildi. Deduktiv yondashuv yordamida

auditorlik faoliyatining nazariy asoslari aniqlanib, ularning amaliyotga ta’siri baholandi. Induktiv
yondashuv orqali esa O‘zbekiston tajribasi asosida xulosa va takliflar shakllantirildi.

Metodologik yondashuvlarning barchasi tadqiqotning ob’yektivligi va ilmiy

asoslanganligini ta’minlashga xizmat qildi.

Tahlil va natijalar.

Bozor iqtisodiyotining murakkablashuvi, moliyaviy oqimlarning

ko‘payishi va xatarlar xilma

-xilligining ortib borishi auditorlik faoliyatining yangi bosqichga

o‘tishini taqozo etmoqda. Xususan, sug‘urta kompaniyalari misolida olib borilgan tahlillar,

bugungi kunda auditorlik tizimi oldida qanday muammolar mavjudligi va ularni hal etish uchun
qanday zamonaviy yondashuvlar zarurligini ochib bermoqda. Quyida 2023

2024-yillardagi real

statistik ma’lumotlar asosida ushbu jarayonlar yoritiladi.

Sug‘urta tashkilotlari sonining 38 tadan 33 taga qisqarishi (−13,2%) va hayot sug‘urtasi

bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar sonining 28,6% ga kamayishi ushbu sohada moliyaviy


background image

309

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

barqarorlik va audit orqali aniqlanishi zarur bo‘lgan operatsion xatarlarning mav

judligini

ko‘rsatadi. Biroq ustav kapitalining 28,9% ga oshganini inobatga olsak, sug‘urta sektori

moliyaviy jihatdan yiriklashmoqda. Bu esa auditorlar oldiga kapital tarkibini chuqur tahlil qilish,

likvidlik va solishtirma tahlillarni zamonaviy metodlar bilan olib borish vazifasini qo‘yadi.

1-jadval

Sug‘urta bozori tuzilmasi –

auditorlik muvozanat nuqtalari

Ko‘rsatkichlar

2023-yil 2024-yil

O‘zgarish

(%)

Audit nuqtai nazaridan

izoh

Sug‘urta tashkilotlari soni

38

33

−13,2%

Bozor qisqarishi

audit

doirasi toraymoqda

Hayot sug‘urtasi

kompaniyalari soni

7

5

−28,6%

Uzoq muddatli majburiyatlar

auditi talabchanroq

Umumiy ustav kapitali (mlrd

so‘m)

2 299

2 964

+28,9%

Moliyaviy barqarorlik oshdi

kapital monitoring muhim

Sug‘urta brokerlari soni

8

11

+37,5%

Oraliq vositachilar

ko‘paymoqda –

audit zanjiri

murakkab

Aktuariylar soni

5

5

0%

Tavakkal tahlilida o‘zgarish

yo‘q –

auditga cheklov

Sug‘urta agentlari soni (shu

jumladan yuridik shaxslar)

4 736 (1

711)

4 804 (1

704)

+1,4%

(−0,4%)

Agentlik tarmog‘i keng –

ichki audit tizimi zarur

Kafolat jamg‘armasiga a’zo

kompaniyalar soni

26

25

−3,8%

Kafolat darajasi pasaydi

tavakkalchilik oshishi

mumkin

Manba: https://insurance.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllant

irildi.

Audit nuqtayi nazaridan bunday o‘zgarishlar auditorlarning resurslarga bo‘lgan

yondashuvini yangilashni talab etadi. Jumladan, audit jarayonlarida riskga asoslangan audit
(risk-based audit) yondashuvi va raqamlashtirilgan monitoring tizimlari joriy qilinishi zarur.

Sug‘urta kompaniyalarining jami investitsiyalari 6,4% ga oshib, 6,5 trln so‘mga yetdi.

Bunda asosiy o‘sish depozitlar (13,5%) va zaymlar (103,6%) bo‘yicha kuzatildi. Ayni

paytda qimmatli qog‘ozlar (−4%), ko‘chmas mulk (−16,1%) va ustav fondidagi ishtirok
(−26,9%) qisqardi. Bu investitsiya portfelining tarkibiy o‘zgarishlarini auditorlar tomonidan

chuqur tahlil qilish zaruriyatini bildiradi.

2-jadval

Sug‘urtalovchilarning investitsion faoliyati –

audit tahlil sohalari

Investitsiya turi

2023-yil

(mln

so‘m)

2023-yil

ulushi

(%)

2024-yil

(mln

so‘m)

2024-yil ulushi

(%)

Audit nuqtai

nazaridan izoh

Jami

investitsiyalar

6 149

938

100%

6 542

569

100%

Aktiv portfel hajmi

kengaymoqda

audit

ko‘lami oshdi

Depozitlar

(omonatlar)

4 037

369

65,6%

4 583

762

70,1%

Yuqori likvidlik

auditda solishtirma

tahlil zarur


background image

310

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Qimmatli

qog‘ozlar

1 357

492

22,1%

1 303

756

19,9%

Bozor risklari

ortmoqda

markazlashgan

monitoring kerak

Zaymlar

46 864

0,8%

95 400

1,5%

Tavakkal darajasi

yuqori

qarz auditida

AI-analitika lozim

Ko‘chmas mulk

539 498

8,8%

452 745

6,9%

Aktiv qiymati

pasaymoqda

aktiv

amortizatsiyasini

tekshirish zarur

Ustav fondidagi

ishtirok

134 728

2,2%

98 480

1,5%

Kapital auditi

ulush

ta’sirini baholash

kerak

Boshqa

investitsiyalar

33 988

0,6%

8 425

0,1%

Noaniq investitsiyalar

shaffoflikni

oshirish kerak

Manba: https://insurance.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar auditorlikning yangi bosqichi –

aktivlar monitoringini

avtomatlashtirish, AI-audit texnologiyalari yordamida portfel baholash va blokcheyn asosidagi
investitsiya kuzatuvi zarurligini taqozo etad

i. Investitsiyalarning yo‘nalishi moliyaviy barqarorlik

va soliq bazasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

2023

2024-

yillarda sug‘urta kompaniyalarining mukofotlari tahlili ularning moliyaviy

barqarorlik darajasi va strategik boshqaruv samaradorligi haqida to‘liq tasavvur beradi. Misol
uchun, GROSS SUG‘URTA KOMPANIYASI AJ mukofotlari 69,7% ga oshgan bo‘lsa, APEX
INSURANCE AJda bu ko‘rsatkich −33,7% ga kamaygan. Bu holatlar kompaniya ichki auditi,
boshqaruv yondashuvi va strategik moliyaviy nazorat sifatiga bog‘l

iqdir.

Jadval 3. Kompaniyalar kesimida sof mukofotlar o‘zgarishi (mln so‘m)

Kompaniya nomi

2023-yil

(mln

so‘m)

2024-yil

(mln

so‘m)

Mukofotlar

ulushi (%)

Audit nuqtai nazaridan izoh

GROSS

SUG‘URTA AJ

232 391

395 499

6,0% →

10,0%

Faol kengayish

moliyaviy

monitoringni kuchaytirish zarur

KAFOLAT

SUG‘URTA AJ

492 729

622 983

8,5% →

11,0%

Barqaror o‘sish –

ichki audit

tizimi mustahkamlanmoqda

APEX

INSURANCE AJ

1 320

266

874 173

22,8% →

15,3%

Keskin pasayish

moliyaviy

xavflar va siyosiy o‘zgarishlar

ta’siri

ALFA INVEST

SUG‘URTA AJ

118 873

193 787

2,0% → 3,4%

O‘sish sur’ati yuqori –

kapital

rentabelligi tahlili zarur

ASIA

INSURANCE

SUG‘URTA AJ

62 530

56 139

1,1% → 1,0%

Barqarorlikda pasayish

operatsion tavakkalchilikni

aniqlash zarur


background image

311

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

MY-INSURANCE

AJ

336 149

429 693

5,8% → 7,6%

O‘sishda –

faoliyat daromad

manbalarini diversifikatsiya

qilish zarur

TRUST-

INSURANCE AJ

127 866

119 991

2,2% → 2,1%

Yengil pasayish

mijozlar

segmentatsiyasi bo‘yicha audit

zarur

ALISKOM AJ

145 757

199 345

2,5% → 3,5%

Barqaror o

‘sish –

marketing

samaradorligi va auditi lozim

Manba: https://insurance.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.

Mazkur ko‘rsatkichlar asosida auditorlar kompaniya bo‘yicha segmentlangan audit

strategiyasi tuzishi, moliyaviy oqimlar, tavakkalchilik va investitsiya siyosatini o‘zaro
bog‘liqlikda tahlil qilishi kerak. Ayniqsa, AI

-yordamida auditorlik qarorlarini qabul qilish (AI-

assisted judgment) istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sug‘urta sektoridagi o‘zgarishlar

auditorlik faoliyati uchun yangi vazifalarni belgilab bermoqda. Auditorlik faoliyatining yangi
bosqichi

bu shunchaki tekshirish emas, balki raqamlashtirilgan tahlil, texnologik yondashuv,

AI vositalari, va xalqaro standartlarga moslashgan moliyaviy monitoring tizimidir. Aynan

sug‘urta kompaniyalari kabi murakkab moliyaviy tuzilmalar misolida bu bosqichning qanday
amalga oshirilishi va takomillashtirilishi amalda ko‘rsatib beriladi.

Muhokama:

O‘zbekiston sug‘urta bozori misolida olib borilgan tahlillar shuni

ko‘rsatadiki, moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ustav kapitali
va investitsiyaviy faolligi ortib bormoqda. Bu holat nafaqat iqtisodiy o‘sishning belgisi, balki
auditorlik faoliyatining yangi bosqichga o‘tish zarurligini ham ko‘rsatadi. Auditorlar endilikda

nafaqat moliyaviy hisobotlarning aniqligini tekshirish, balki kompaniyaning umumiy moliyaviy

salohiyati, risk profili va investitsion strategiyasini ham chuqur tahlil qilishga majbur bo‘lmoq

da.

Ayniqsa, ustav kapitali 28,9% ga o‘sgani, investitsiyalar hajmining 6,4% ortgani

auditorlik nazoratini kengaytirishni taqozo etadi.

Sug‘urta kompaniyalari faoliyatida kuzatilgan o‘zgarishlar —

xususan, sof mukofotlar

hajmidagi sezilarli tafovutlar

auditorlar uchun real vaqtda kuzatuv mexanizmlarini joriy qilish

zarurligini ko‘rsatadi. Misol uchun, GROSS SUG‘URTA AJ mukofotlarining 69,7% ga oshgani
bilan birga, APEX INSURANCE AJ kabi kompaniyalarda −33,7% ga pasayish kuzatilgan.

Bunday tafovutlar odd

iy moliyaviy auditdan ko‘ra, kompleks yondashuv –

ya’ni

operatsion audit, risk auditi va AI-yordamida analitik tahlil olib borishni talab etadi. Bu esa
auditorlik faoliyatining yangi bosqichda yanada murakkablashib borayotganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, investitsion portfel tarkibida ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar, ayniqsa,

ko‘chmas mulkka investitsiyaning kamayishi (−16,1%), zaymlarning ortishi (+103,6%) va ustav
fondidagi ishtirokning qisqarishi (−26,9%) auditorlar e’tiborini aktivlar sifati va likvidligiga
qaratishi zarurligini ko‘rsatadi. Bunday holatlarda raqamli tahlil platformalarini joriy etish,

shuningdek, blokcheyn texnologiyasi asosidagi investitsiya izchil kuzatuvi auditorlik sifatini

yangi darajaga olib chiqadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori tavakkal darajasi

mavjud tarmoqlarda auditchilarning texnologik savodxonligi audit natijalarining ishonchliligini
belgilaydi.


background image

312

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Umuman olganda, auditorlik faoliyatining yangi bosqichi

bu raqamlashtirilgan,

integratsiyalashgan va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan holatda olib boriladigan nazorat va
tahlil tizimidir. Sug‘urta bozori misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin: bu sohada moliyaviy

oqimlar katta, tavakkalchilik yuqori va investitsion faoliyat murakkabdir. Shunday sharoitda

auditorlar nafaqat an’anaviy audit metodlariga, balki sun’iy intellekt, data analytics va xalqaro

audit standartlariga asoslangan yondashuvlarga tayangan holda ishlashlari lozim. Aks holda,

audit o‘zining ishonchli va mustaqil baholovchi rolini yo‘qotishi mumkin.

Xulosa.

O‘zbekistonda auditorlik faoliyati zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos

ravishda yangi bosqichga o‘tmoqda. Sug‘urta bozori misolida olib borilgan tahlillar sohadagi
muhim o‘zgarishlarni ochib berdi: ustav kapitalining o‘sishi, investitsiya yo‘nalishlarining qayta
tuzilishi, ayrim kompaniyalardagi mukofotlar hajmining keskin o‘zgarishi auditorlik

jarayonlariga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Ayniqsa, yuqori riskli aktivlar,

tavakkalchilik darajasining oshishi, va moliyaviy oqimlarning ko‘payishi sharoitida audit faqat

hisobotlar bilan cheklanmasligi, balki strategik qarorlarni baholash vositasiga aylanishi zarur.

Shu nuqtai nazardan, auditorlik faoliyatini takomillashtirish uchun birinchi navbatda

texnologik innovatsiyalar

sun’iy intellekt, data analytics va blokcheyn texnologiyalarini audit

jarayonlariga joriy etish muhimdir. Ikkinchidan, auditorlarning malakasini xalqaro standartlar
asosida oshirish, shuningdek ichki audit tizimlarini mustahkamlash orqali audit sifati va

mustaqilligini ta’minlash mumkin. Bu esa nafaqat sug‘urta sektori, balki butun moliyaviy

tizimda shaffoflik, ishonch va barqarorlikni kuchaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Xusanov B. Auditorlik faoliyatining institutsional asoslari va ularni takomillashtirish

yo‘nalishlari // Iqtisodiyot va ta'lim. –

2022.

№1. –

B. 44

52.

2.

Mamatqulov I. Audit xizmatlari bozorini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmlari //
Moliyaviy tahlil.

Toshkent, 2021.

№2. –

B. 60

66.

3.

Абрамов А.В. Аудиторская деятельность в условиях цифровизации экономики //
Аудит и финансовый анализ. –

Москва: Финансы и кредит, 2020. –

№6. –

С. 12–

18.

4.

Орлова Н.Ю. Этика и независимость аудитора в новых реалиях // Международный
бухгалтерский учет. –

2023.

№4. –

С. 22–

29.

5.

Power M. The Audit Society Revisited: Risk, Control, and Transparency // Accounting,
Organizations and Society.

2019.

Vol. 74.

P. 101

114.

6.

Hay D. The Future of Audit: Technology, Assurance, and Trust.

London: Routledge,

2021.

248 p.

7.

Francis J.R. Audit Quality and Audit Outcomes: A Review of Empirical Evidence //
Journal of Accounting Literature.

2018.

Vol. 40.

P. 45

71.

8.

Kim S.-W. Digital Audit and Blockchain: New Paradigms in Korean Corporate
Governance // Asian Journal of Accounting Research.

2020.

Vol. 5, No. 2.

P. 123

137.

9.

Choi J.-H. Audit Analytics and Financial Reporting Quality // Korean Accounting Review.

2017.

Vol. 42, No. 3.

P. 55

74.

10.

Andries P. AI and Auditor Judgment: Opportunities and Ethical Challenges // European
Accounting Review.

2023.

Vol. 32, No. 1.

P. 33

50.

11.

Shushunova M. Kompleksnaya avtomatizatsiya audita na baze IT-resheniy // Rossiyskiy
audit.

2021.

№9. –

S. 48

56.


background image

313

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

12.

Abdullayeva N. O‘zbekiston auditorlik tizimini xalqaro standartlarga integratsiyalash

jarayonlari // Ilmiy-amaliy moliya jurnali.

2024.

№2. –

B. 30

38.

13.

Deloitte Insights. AI and the Future of Audit: Insights for Transformative Change.

New

York: Deloitte Center for Controllership, 2023.

36 p.

14.

https://insurance.uz

References

Xusanov B. Auditorlik faoliyatining institutsional asoslari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari // Iqtisodiyot va ta'lim. – 2022. – №1. – B. 44–52.

Mamatqulov I. Audit xizmatlari bozorini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmlari // Moliyaviy tahlil. – Toshkent, 2021. – №2. – B. 60–66.

Абрамов А.В. Аудиторская деятельность в условиях цифровизации экономики // Аудит и финансовый анализ. – Москва: Финансы и кредит, 2020. – №6. – С. 12–18.

Орлова Н.Ю. Этика и независимость аудитора в новых реалиях // Международный бухгалтерский учет. – 2023. – №4. – С. 22–29.

Power M. The Audit Society Revisited: Risk, Control, and Transparency // Accounting, Organizations and Society. – 2019. – Vol. 74. – P. 101–114.

Hay D. The Future of Audit: Technology, Assurance, and Trust. – London: Routledge, 2021. – 248 p.

Francis J.R. Audit Quality and Audit Outcomes: A Review of Empirical Evidence // Journal of Accounting Literature. – 2018. – Vol. 40. – P. 45–71.

Kim S.-W. Digital Audit and Blockchain: New Paradigms in Korean Corporate Governance // Asian Journal of Accounting Research. – 2020. – Vol. 5, No. 2. – P. 123–137.

Choi J.-H. Audit Analytics and Financial Reporting Quality // Korean Accounting Review. – 2017. – Vol. 42, No. 3. – P. 55–74.

Andries P. AI and Auditor Judgment: Opportunities and Ethical Challenges // European Accounting Review. – 2023. – Vol. 32, No. 1. – P. 33–50.

Shushunova M. Kompleksnaya avtomatizatsiya audita na baze IT-resheniy // Rossiyskiy audit. – 2021. – №9. – S. 48–56.

Abdullayeva N. O‘zbekiston auditorlik tizimini xalqaro standartlarga integratsiyalash jarayonlari // Ilmiy-amaliy moliya jurnali. – 2024. – №2. – B. 30–38.

Deloitte Insights. AI and the Future of Audit: Insights for Transformative Change. – New York: Deloitte Center for Controllership, 2023. – 36 p.