Authors

  • Ortiqova E’tibor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.120728

Keywords:

Falsafiy lirika Intim lirika Psixologik lirika Romantizm Simvolizm Modernizm Ekzistensializm Poetik eksperiment Feminizm Introspeksiya.

Abstract

Ushbu maqolada avtopsixologik lirikaning poetika va uslubiy o‘zgarishlari Emily Dickinson ijodi misolida tahlil qilingan. Muallif avtopsixologik lirikaning jahon adabiyotidagi rivoji va uning turli adabiy oqimlar, xususan, romantizm, simvolizm, modernizm hamda ekzistensializm bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Emily Dickinsonning qisqa, ixcham shakldagi, o‘ziga xos punktuatsiya va metaforalarga boy she’rlari ichki ruhiy kechinmalar, yolg‘izlik, o‘lim va vaqt kabi mavzularni chuqur ifodalashi bilan ajralib turadi. Maqolada shuningdek, Dickinsonning "Because I could not stop for Death" va "I felt a Funeral, in my Brain" kabi she’rlari asosida avtopsixologik lirikaning mohiyati va uning badiiy uslubi batafsil yoritilgan. Tadqiqotda shoiraning ruhiy izlanishlari va o‘zlikni anglash jarayoni orqali adabiyotdagi avtopsixologik lirikaning yangi yo‘nalishlari ochib berilgan.

background image

321

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

AVTOPSIXOLOGIK LIRIKADA POETIK FORMA VA USLUBNING O‘ZGARISHI:

EMILY DICKINSON IJODI MISOLIDA

E’tibor Ortiqova

Qarshi davlat universiteti

“Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi”

kafedrasi

o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15870350

Annotatsiya.

Ushbu maqolada avtopsixologik lirikaning poetika va uslubiy o‘zgarishlari

Emily Dickinson ijodi misolida tahlil qilingan. Muallif avtopsixologik lirikaning jahon
adabiyotidagi rivoji va uning turli adabiy oqimlar, xususan, romantizm, simvolizm, modernizm

hamda ekzistensializm bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Emily Dickinsonning qisqa, ixcham
shakldagi, o‘ziga xos punktuatsiya va metaforalarga boy she’rlari ichki ruhiy kechinmalar,
yolg‘izlik, o‘lim va vaqt kabi mavzularni chuqur ifodalashi bilan ajralib turadi.

Maqolada

shuningdek, Dickinsonning "Because I could not stop for Death" va "I felt a Funeral, in my

Brain" kabi she’rlari asosida avtopsixologik lirikaning mohiyati va uning badiiy uslubi batafsil
yoritilgan. Tadqiqotda shoiraning ruhiy izlanishlari va o‘zlikni anglash

jarayoni orqali

adabiyotdagi avtopsixologik lirikaning yangi yo‘nalishlari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar

:

Falsafiy lirika,

Intim lirika,

Psixologik lirika, Romantizm, Simvolizm,

Modernizm, Ekzistensializm, Poetik eksperiment, Feminizm, Introspeksiya

Аннотация.

В данной статье анализируются изменения поэтической формы и

стиля автопсихологической лирики на примере творчества Эмили Дикинсон. Автор
показывает развитие автопсихологической лирики в мировой литературе и её связь с
различными литературными направлениями, такими как романтизм, символизм,
модернизм и экзистенциализм. Короткие, лаконичные стихи Эмили Дикинсон,
отличающиеся оригинальной пунктуацией и богатством метафор, глубоко выражают
внутренние душевные переживания, одиночество, смерть и время. В статье также
подробно освещается сущность автопсихологической лирики и её художественный стиль
на примере стихотворений Дикинсон «Because I could not stop for Death» и «I felt a
Funeral, in my Brain». В исследовании раскрываются новые направления
автопсихологической лирики в литературе через душевные искания поэтессы и процесс
осознания себя.

Ключевые слова:

Философская лирика, интимная лирика, психологическая лирика,

романтизм, символизм, модернизм, экзистенциализм, поэтический эксперимент,
феминизм, интроспекция

Annotation.

This article analyzes the changes in poetic form and style of lyric poetry of

self-reflection through the example of Emily Dickinson's work. The author demonstrates the
development of lyric poetry of self-reflection in world literature and its connection with various
literary movements, particularly Romanticism, Symbolism, Modernism, and Existentialism.

Emily Dickinson’s short, concise poems, distinguished by unique punctuation and rich

metaphors, deeply express inner psychological experiences, loneliness, death, and time. The
article also provides a detailed exploration of the essence and artistic style of lyric poetry of self-

reflection” based on Dickinson’s poems such as "Because I could not stop for Death" and "I felt

a Funeral, in my Brain." The study reveals new directions of lyric poetry of self-

reflection” in

literature through the poetess’s spiritual quests and the process of self

-awareness.

Keywords:

Philosophical lyricism, Intimate lyricism, Psychological lyricism, Romanticism,

Symbolism, Modernism, Existentialism, Poetic experiment, Feminism, Introspection.


background image

322

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Avtopsixologik lirika (ya'ni,

shoirning ichki dunyosini tahlil etuvchi, o‘z qalbidagi

holatlarni she’r orqali ifodalovchi lirika

)

jahon adabiyotida ham alohida ahamiyatga ega. Bu

yo‘nalish ko‘p hollarda falsafiy lirika, intim lirika, yoki psixologik lirika nomlari bilan ham
yuritiladi. Jahon adabiyotida mazkur yo‘nalish, ayniqsa, romantizm

davridan boshlab shakllana

boshlagan. Shoirlar o‘z

ichki kechinmalari

,

ruhiy izlanishlari

,

yolg‘izlik

,

tashvish

,

hayot va

o‘lim

,

o‘zlikni anglash

,

Alloh yoki tabiat bilan suhbati

kabi mavzularga chuqur e’tibor berishgan.

Ushbu yo‘nalish shoirning

psixologik portreti

ni she’riy til orqali tasvirlashga xizmat

qiladi. Germaniyalik yozuvchi

Johann Wolfgang von Goethening ijod mahsuli, “Faust”

tragediyasida

1

, shuningdek lirik she’rlarida insonning ichki izlanishlari, qarama

-qarshiliklari aks

ettirilgan. Uning “Yoshlik iztiroblari” asari —

ichki psixologizm namunasi. Ingliz romantik

she’riyati

ning eng mashhur vakillaridan biri

Lord Byron "Childe Harold's Pilgrimage" asarida

o‘zini yolg‘iz, jamiyatdan begona sezgan qahramon orqali tasvirlangan ichki kechinmalar
ochiladi. Byron she’riyati —

o‘zining ichki iztiroblarini jamiyatdan qochish orqali ifodalagan

avtopsixologik lirikaning yorqin namunasi. Fransuz shoiri

,

tanqidchi va tarjimon

Charles

Baudelaire “Les Fleurs du Mal” (“Yovuzlik gullari”) to‘plamida inson qalbining qorong‘u,

xavotirli, ichki azobli jihatlari tasvirlangan. Baudelaire

modernizmga yo‘l ochgan

avtopsixologik poetika namoyandalaridan biri. Rus yozuvchisi Fyodor Tyutchev she’rlarida
inson ruhiyati, tabiat va ong orasidagi murakkab aloqalar tahlil qilinadi. “O‘zlik”ni tushunishga

intilgan lirik qahramon

uning asosiy obrazidir.

Avtopsixologik lirikada

shoirning shaxsiy ruhiy holati, his-

tuyg‘ulari va ichki

kechinmalari orqali ifodalanadi. Adabiyot tarixida avtosixologik lirikaning shakllanishi va

rivojlanishi ko‘plab adabiy oqimlar va shoirlarning ijodi orqali amalga oshgan.

Xususan, Emily Dickinsonning ijodi bu jarayonning muhim qismidir. Emily Dickinson

(1830

1886)

amerikalik mashhur shoira, jahon adabiyotidagi o‘ziga xos, ta’sirchan lirik

shoiralaridan biridir. U avtopsixologik lirikaning asoschilaridan biri hisoblanadi. To‘liq ismi:
Emily Elizabeth Dickinson bo`lib, 1800 dan ortiq she’rlar (hayoti davomida faqat bir nechtasi

nashr etilgan) yozgan.

Emily Dickinsonning she’rlari, asosan, tinchlik, yolg‘izlik, o‘lim, hayot, vaqt, sevgi, Xudo

va ong dunyosi tasvirlanadi. Uning she’rlari, asosan, 4 qatorli qisqa tuzilishga ega, lekin
mazmuni ko‘p ma’noli so`zlarga boy bo‘lgan. Dickinson hayotining oxirgi yillarida o‘zini
butunlay jamiyatdan uzib, faqat yozishga e’tibor bergan. She’rlaridagi katta harflar, tirelar,
klassik sintaksisdan chekinish va ritmlar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Uning mashhur

she`rlari

"Because I could not stop for Death"

2

, "I felt a Funeral, in my Brain", "Hope is the

thing with feathers", "I'm Nodiv! Who are you?" kabilarni tashkil etadi.

Emily Dickinson

bugungi kunda Modern adabiyotga katta ta’sir ko‘rsatgan shoiralardan biridir. Feminizm,
Psixologiya, Poetik eksperiment kabi mavzularda tadqiqotlar uchun asos bo‘lgan ijodkor. Uning
avtopsixologik lirikasi o‘z ruhiy holatini she’riy tilda ifoda qilish bo‘yicha jahon adabiyotidagi

eng kuchlilardan biri ekanligini isbotlaydi.

Dickinsonning she’riyati inson ruhiyatining chuqur

qatlamlarini ochib berishga qaratilgan. Uning asarlarida ichki kechinmalar, o‘lim, vaqt,
yolg‘izlik kabi mavzular keng yoritiladi.

Dickinson ijodida poetik forma va uslub an’anaviy shakllardan farq qiladi: Qisqa va

ixcham shakl shoiraning she’rlarida o`z aksini topgan.

1

Goethe. J. W. von.

(2005).

Faust

. Tarjima: A. Jo‘rayev. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti.

2

Dickinson, E. (1960).

The Complete Poems of Emily Dickinson

. Little, Brown and Company.


background image

323

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

An’anaviy uzun she’rlar o‘rniga, u ko‘pincha faqat bir necha qatordan iborat she’rlar

yozgan.

Dickinson she’rlarida punktuatsiya va bosh harflardan o‘ziga xos tarzda foydalangan,bu

esa ularning o‘qilishi va talqinini murakkablashtiradi. U o‘z she’rlarida o‘lim, abadiyat, vaqt kabi
mavzularni noan’anaviy metafora va ramzlar orqali ifoda etgan.

Dickinsonning ko‘plab she’rlari shoiraning o‘z ichki dunyosi bilan muloqoti sifatida

yozilgan.

Emily Dickinsonning “Because I could not stop for Death” she’ri avtopsixologik

lirikaning namunasidir. Bu she’rda o‘lim mavzusi shoirning ichki dunyosida qanday qabul
qilinishi va unga qanday munosabat bildirilishi tasvirlangan. She’rning poetik formasi oddiy,
lekin mazmuni chuqur va ko‘p qatlamli.

She’rlari avval katta e’tibor qozonmagan bo‘lsa

-da,

bugungi kunda avtopsixologik lirikaning yetuk namunasiga aylangan. Avtopsixologik lirika

O‘zini anglash,

"men" va "borliq"

o‘rtasidagi aloqalar, ichki iztirob va ruhiy qarama

-

qarshiliklar, hayot, o‘lim, yolg‘izlik haqida falsafiy fikrla

r, ruhiy tushkunlik, hissiy teranlikni

o`zida aks ettiradi.

Shoira o‘z qalbi bilan muloqotda bo‘ladi. Ichki holati obrazlar orqali beriladi.

Ruhiy murakkablikni ifodalash uchun hayotiy savollar va o‘zlik izlanishi kuzatiladi. XX

asrda keng tarqalgan Adabiy oqimlar: Romantizm

lirik qahramonning jamiyatdan ajralgan

holatini tasvirlanishi, Simvolizm

ichki holatni timsollar orqali ifodalanishi, Modernizm

ruhiy

tushkunlik, begonalik, o‘zlik inqirozi,

E

kzistensializm

inson va borliq, tanho hayot haqida

psixologik tafakkur kabi mavzular muhim ahamiyat kasb etadi. Dickinsonning she’rlari bevosita
o‘z qalbi, fikrlari, tuyg‘ulari, qo‘rquv va istaklari bilan suhbat tarzida yozilgan. Uning deyarli
barcha she’rlari —

bu ichki monolog

,

subyektiv tajriba

,

ong oqimi

,

xayoliy sukunatdagi teran

tahlil namunalaridir. Shoira uslubida Sintaktik buzilishlar (qisqa satrlar, odatiy grammatikani

buzgani bilan mashhur), Punktuatsiya o‘rniga chiziqcha (—) ishlatishi, Qolipga sig‘magan

fikrlar va tajribalar bilan o`ziga xoslik mavjud. Jumladan, quyidagi misralarni tahlilga tortamiz.

"I felt a Funeral, in my Brain"
I felt a Funeral, in my Brain,
And Mourners to and fro
Kept treading

treading

till it seemed

That Sense was breaking through

3

Bu she’rda ongdagi ruhiy bosim, ruhiy halokat, psixologik og‘riq aql bovar qilmaydigan

obrazlar orqali berilgan. Emily Dickinson

jahon adabiyotida avtopsixologik lirikaning eng

yorqin va chuqur namoyondasi hisoblanadi. Uning ijodi orqali o‘zlik, ruhiy iztirob, shaxsiy
erkinlik va ruhiyatning eng nozik qatlamlariga chuqur nazar tashlanadi. Ushbu she’r
avtopsixologik lirikaga mansub bo‘lib, unda shoiraning ichki holati, ruhiy iztiroblari va ongida
kechayotgan og‘ir hissiy jarayonlar obrazli ifoda etilgan. U tashqi voqeani emas, ruhiyatda
kechayotgan “marosim”ni, ya’ni o‘z xotirjamligi, hushyorligi, balki aqliy barqarorligi ustidan
o‘tayotgan motam marosimini tasvirlaydi.

“Miyamda go‘yoki dafn marosimi bo‘ldi”

.

Bu misra bevosita ichki ongdagi iztirobli holatni

ko‘rsatadi. "Dafn marosimi" bu yerda real voqea emas, balki ongdagi sokinlik, iymon, yoki hatto
aql barqarorligining o‘limi ramzi sifatida ishlatiladi.

3

Dickinson, E. (1960).

The Complete Poems of Emily Dickinson

. Little, Brown and Company.


background image

324

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

“O‘tib qaytgan motam tutar odamlar”

Bu obraz

aql va his-

tuyg‘ularni siquvchi fikrlar

,

insonni tinimsiz o‘ylarga giriftor

etuvchi esdaliklar, xotiralar yoki tashvishlardir. “Motam tutar odamlar” –

ongdagi g‘amli fikrlar

va kuchli psixologik bosim belgisi.

“Ular bosar edi og‘ir qadamlar bilan”

Bu satrda takrorlanuvchi, zerikarli, tinimsiz fikrlar

ya’ni ongni ezuvchi kuchli ichki

ruhiy bosim aks ettirilgan. “Og‘ir qadamlar” hissiy yuklamaning og‘irligini anglatadi.

“Tuyuldiki, hushim yorilib chiqay deb turar”

Bu satr eng muhim turning nuqtasi. Ruhiy holat shu qadar chigal va bosim ostida ekanki,

insonning hushyorligi sinish arafasida

. Bu

depressiya, aqliy beqarorlik, yoki shunchaki

og‘riqli fikrlardan portlash darajasidagi holatdir.

Dickinson bu she’rida

ruhiy inqirozni marosim shaklida obrazlashtiradi. U bu yerda

tashqi dunyoni emas

,

o‘z ruhiyatini kuzatadi. She’rdagi sokin, ammo og‘ir sur’at –

depressiv

holat

,

“hushning yorilishi” esa

ongning bosimga chiday olmay to‘qnashuvi

.

She’rda shaxsiy

tajriba asosiy o‘rinda turadi.

Ichki ruhiy jarayonlar tasvirlanadi. Qahramon

o‘z fikrlari va

holati bilan yolg‘iz qoladi. Real voqelik emas, psixik jarayonlar markazda o

z o

rniga ega

bo`ladi.

Dickinsonning

she’rlarida inson ongi va ruhiyatida kechuvchi og‘ir ruhiy bosim holatini

o‘ziga xos poetik va metaforik ifoda bilan berishga urinilgan. Bu nafaqat badiiy asar, balki
psixologik kuzatuv va introspeksiya (o‘ziga qarash) namunasi hamdir. Qolaversa,

inson

ruhiyatining nozik, lekin chuqur qatlamlariga nazar tashlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Goethe. J. W. von. (2005).

Faust

. Tarjima: A. Jo‘rayev. Toshkent: G‘afur G‘ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

2.

Dickinson. E. (1960).

The Complete Poems of Emily Dickinson

. Little, Brown and

Company.

3.

Vendler. H. (2010).

Dickinson: Selected Poems and Commentary

. Belknap Press.

4.

Byron.

G. G. (2005).

Childe Harold’s Pilgrimage

. London: Penguin Classics.

5.

Baudelaire

. C.

(1993).

The Flowers of Evil (Les Fleurs du Mal)

. Oxford: Oxford

University Press.

6.

Eshtemirova. M. (2024). Gulandam Toʻgʻaevaning lirikasida peyzaj va ruhiy tasvir.

Yangi

Oʻzbek adabiyoti va nazariyasi

, Qarshi davlat universiteti.

7.

Yusuf.N. (2022). Avtopsixologik lirika va uning rivoji.

Adabiyotshunoslik Jurnali

.

References

Goethe. J. W. von. (2005). Faust. Tarjima: A. Jo‘rayev. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Dickinson. E. (1960). The Complete Poems of Emily Dickinson. Little, Brown and Company.

Vendler. H. (2010). Dickinson: Selected Poems and Commentary. Belknap Press.

Byron. G. G. (2005). Childe Harold’s Pilgrimage. London: Penguin Classics.

Baudelaire. C. (1993). The Flowers of Evil (Les Fleurs du Mal). Oxford: Oxford University Press.

Eshtemirova. M. (2024). Gulandam Toʻgʻaevaning lirikasida peyzaj va ruhiy tasvir. Yangi Oʻzbek adabiyoti va nazariyasi, Qarshi davlat universiteti.

Yusuf.N. (2022). Avtopsixologik lirika va uning rivoji. Adabiyotshunoslik Jurnali.