15-07-2025
332-336
71
16
IJTIMOIY ISH FAOLIYATI ORQALI YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
So‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda yoshlar siyosatini amalga oshirishda ijtimoiy ish faoliyatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ushbu maqolada yoshlar ijtimoiy faolligini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar, volontyorlik faoliyatini rag‘batlantirish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy ish amaliyotida yoshlar bilan ishlashning samarali usullarini joriy etish, ularning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga ko‘maklashish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga tayyorlash yo‘lidagi dolzarb vazifalarni belgilaydi.