ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
359
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY TARMOQLARDA SODIR ETILADIGAN
JINOYATLARNING HUQUQIY TAVSIFI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Samandarova Samohigul
samohigulsamandarova@gmail.com
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs B-potok talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15903448
Annotatsiya. Ushbu maqola barcha o‘z so‘z erkinligini va axborot xavfsizligini bilish
uchun kirishayotgan o‘quvchi va huquqshunoslarga asoslangan. O‘zbekistonda raqamli muhitda
so‘z va axborot erkinligi huquqini ta'minlashning huquqiy mexanizmlarini o‘rganishga
bag'ishlangan. Maqola O‘zbekiston Respublikasining raqamli jamiyatga o‘tishi va axborot
erkinligi sohasidagi islohotlar jarayonidagi huquqiy asoslar va mexanizmlarni tahlil qiladi.
O‘zbekistonning Konstitutsiyasi, axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g'risidagi
qonunlar, internetni boshqarish va raqamli infratuzilma xavfsizligini ta'minlashga oid normativ
huquqiy hujjatlar, shuningdek, jurnalistlik va matbuot erkinligi kabi masalalar maqolada ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqotda bu huquqiy mexanizmlarning amaliyotdagi samaradorligi va ularning
yuzaga kelgan muammolar bilan bog'liq holatlar tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek,
O‘zbekistonda axborot erkinligini ta'minlash borasida mavjud yutuqlar va kelajakdagi
rivojlanish istiqbollari haqida xulosalar chiqaradi. O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va
axborot erkinligi huquqini ta'minlash uchun huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish
zarurligi muhokama qilinadi. Maqola davlat organlarining axborot siyosatidagi roli va
jamiyatda demokratik jarayonlarni rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritadi.
Kalit so‘zlar: axborot erkinligi, huquqiy mexanizm, axborot xavfsizligi, internet
infratuzilmasi,
kiberhujum,
axborot
siyosati,internetni
boshqarish,raqamli
islohotlar,
kiberxavfsizlik strategiyasi va boshqalar.
Kirish
So‘z va axborot erkinligi – har bir insonning demokratik jamiyatda o‘z fikrini erkin ifoda
etish, ma'lumotlarga erkin kirish va axborotlarni erkin tarqatish huquqi hisoblanadi. Ushbu
huquq nafaqat shaxsiy erkinlikni ta'minlash, balki jamiyatning intellektual va ma'naviy
rivojlanishining poydevorini tashkil etadi. Raqamli texnologiyalar jahonni yangi asrga olib
chiqishda va jamiyatlarning rivojlanishida muhim omil bo‘lib, ular so‘z va axborot erkinligining
yangi shakllarini yaratishga yordam berdi. Internetning global tarmog‘i va raqamli
kommunikatsiyalar imkoniyatlari axborot almashishning cheksiz yo‘llarini ochdi. Ammo, shu
bilan birga, yangi texnologiyalar raqamli muhitda so‘z erkinligini himoya qilishga oid yangi
chaqiruvlarni ham keltirib chiqardi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil siyosatini va rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqishda axborot erkinligi va raqamli texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor qaratmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatda raqamli infratuzilmaning rivojlanishi va axborot
texnologiyalarining keng qo‘llanilishi so‘z va axborot erkinligini ta’minlashning yangi
imkoniyatlarini yaratdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
360
Shuningdek, O‘zbekistonda axborot erkinligi, matbuot erkinligi va internetdagi erkin fikr
almashish huquqlarini himoya qilishga doir bir qator huquqiy mexanizmlar ishlab chiqildi.
Biroq, raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligini ta'minlash jarayoni murakkab va
ko‘plab omillarga bog'liq. Jamiyatda so‘z erkinligini cheklashga qaratilgan har qanday chora-
tadbirlar, shu jumladan internetni boshqarish va axborotlarning tarqatilishi bo‘yicha davlat
nazoratining kuchayishi, bu erkinliklarni ta’minlashdagi samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligi
huquqini ta'minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlari va ularning samaradorligi o‘rganish
uchun dolzarb ahamiyatga ega.
Ushbu maqola O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligi huquqini
ta'minlashning huquqiy mexanizmlarini tahlil qilib, mamlakatda axborot siyosatining
rivojlanishi, yangi qonunlar va normativ huquqiy hujjatlar, shuningdek, bu boradagi amaliy
muammolarni ko‘rib chiqadi. Maqola, shu bilan birga, ushbu mexanizmlarni takomillashtirish va
samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Raqamli texnologiyalar jahon miqyosida so‘z va axborot erkinligi, ma'lumotlarni erkin
tarqatish va almashish jarayonini inqilobiy tarzda o‘zgartirmoqda. Raqamli muhitda so‘z
erkinligi nafaqat shaxsiy huquq, balki demokratik jamiyatning poydevori hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ham raqamli texnologiyalarni rivojlantirishni o‘zining asosiy
maqsadlaridan biri deb bilib, so‘z va axborot erkinligini ta'minlashga doir bir qator huquqiy
mexanizmlarni ishlab chiqmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va
axborot erkinligi huquqini ta'minlashning huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi va ularning
samaradorligi ko‘rib chiqiladi.
Kiber jinoyatchilik — bu kompyuter tizimlari, tarmoqlar, qurilmalar yoki internet orqali
sodir etiladigan jinoyatlar majmui.
Kiber hujumlar — bu tarmoq yoki tizimlarga ruxsatsiz kirish yoki ularni ishdan chiqarish
orqali zarar yetkazish maqsadida sodir etiladigan.
Kiberterrorizm
— bu siyosiy, diniy yoki mafkuraviy maqsadlarda, qo‘rqitish yoki
vahima chiqarish uchun axborot tizimlariga hujum qilish.
Kiber firibgarlik — foydalanuvchilarning moliyaviy yoki shaxsiy ma’lumotlarini aldab
olish.
Zararli dasturlar (Malware, Ransomware)
Zararli dasturlar — foydalanuvchi qurilmasiga yashirincha o‘rnatilib, zarar yetkazish
yoki pul talab qilish uchun ishlatiladi.
Shaxsiy ma’lumotlarni buzish va identitetni o‘g‘irlash
Bu turdagi jinoyatlar shaxsga oid ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish, saqlash yoki
tarqatishni o‘z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligi deb -ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy
yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning
himoyalanganligiga aytiladi
Metodologiya
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligini
ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda biz
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
361
nafaqat qonuniy hujjatlarni o‘rgandik, balki ularning amaliyotdagi samaradorligini ham
sinchiklab ko‘rib chiqdik.
Maqola uchun ma'lumotlar to‘plashda bir qancha usullardan foydalandik, ularning har
biri tadqiqotning turli jihatlarini yoritishga yordam berdi:
1.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish (Doktrinal metod):
Tadqiqotning asosini
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Axborot erkinligi to‘g‘risida"gi qonun,
"Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun va "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi
qonun kabi asosiy normativ hujjatlarni har tomonlama o‘rganish tashkil etdi. Biz ushbu
qonunlarning har bir moddasini so‘z va axborot erkinligi kontekstida tahlil qildik, ularning
mazmunini, maqsadini va amaliy qo‘llanilishidagi potentsial cheklovlarni aniqlashga harakat
qildik. Shuningdek, xalqaro huquqiy normalar va boshqa davlatlarning tajribasi (masalan,
Yevropa Ittifoqi davlatlari, Hindiston, Kanada, Xitoy, Yaponiya kiberxavfsizlik strategiyalari)
bilan qiyosiy tahlil o‘tkazib, O‘zbekiston qonunchiligining kuchli va zaif tomonlarini baholadik.
2.
Tarixiy-huquqiy tahlil:
Biz O‘zbekistonda axborot erkinligi va kiberxavfsizlik
sohasidagi islohotlar jarayonini tarixiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqdik. Qonunchilikdagi
o‘zgarishlar, raqamli infratuzilmaning rivojlanishi va jamiyatning axborotlashuv darajasining
o‘zgarishi so‘z erkinligiga qanday ta’sir ko‘rsatganini aniqlashga urindik. Bu esa bizga mavjud
muammolarning ildizini va ularning kelib chiqish sabablarini tushunishga yordam berdi.
3.
Qiyosiy-huquqiy tahlil:
Maqolada keltirilgan Ispaniya va Estoniyadagi kiberhujumlar
misolida ko‘rsatilganidek, biz O‘zbekistondagi vaziyatni xalqaro tajriba bilan qiyosladik. Bu
xorijiy davlatlarda kiberxavfsizlik tahdidlariga qanday munosabatda bo‘linishi, axborot
erkinligini himoya qilish mexanizmlari qanday ishlashi va qaysi yondashuvlar samarali ekanini
ko‘rib chiqish imkonini berdi. Bu qiyosiy tahlil O‘zbekiston uchun kelajakdagi rivojlanish
yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
4.
Amaliy misollar va keys-stadi usuli:
Tadqiqotda real hayotiy misollar (masalan,
Ispaniyadagi IGC ga qarshi hujum, Estoniyadagi kiberhujumlar) keltirilib, kiberjinoyatchilikning
oqibatlari va axborot xavfsizligining ahamiyati yoritildi. Bu misollar huquqiy mexanizmlarning
amaliyotdagi dolzarbligini ko‘rsatib, masala jiddiyligini o‘quvchiga yanada yaqinroq his
ettirishga xizmat qildi.
Ushbu metodologiya yondashuvlari bizga O‘zbekistonda raqamli muhitdagi so‘z va
axborot erkinligi masalasiga har tomonlama nazar tashlash, mavjud holatni baholash va
kelajakdagi takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha asosli xulosalar chiqarishga imkon berdi. Bizning
maqsadimiz – ushbu murakkab mavzuni nafaqat huquqshunoslar, balki oddiy o‘quvchilar uchun
ham tushunarli va qiziqarli tarzda yoritish edi.
Natijalar
O‘zbekistonda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik imkoniyatlari kengaymoqda.
Kelgusida O‘zbekistonda davlat idoralari va kompaniyalarga axborot xavfsizligi risklarini
kamaytiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqarro lider bo‘lmish
“Kasperskiy laboratoriyasi” hamda axborot xavfsizligi sohasidagi yechimlar va xizmatlarni
mahalliy yetkazib beruvchilari orasidagi yetakchisi “UNIVERSOFT IT” o‘zaro hamkorlikda
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik darajasini oshirish, xususan, davlat idoralari va kompaniyalarga
axborot xavfsizligi risklarini kamaytirishda yordam berish maqsadida o‘z kuchlarini
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
362
birlashtirmoqda. Natijada, “Kasperskiy laboratoriyasi” ko‘magida O‘zbekistonda birinchi mahalliy
antivirus yechimini taqdim etadi. Hamkorlik natijasida “UNIVERSOFT IT” mijozlariga o‘z brendi
ostidagi birinchi mahalliy himoya yechimini — “UZGUARD AV” dasturiy mahsulotini taklif
etadi. Yechim “Kasperskiy laboratoriyasi” texnologiyalariga asoslanadi. U zarur
sertifikatlashtirishdan o‘tadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlariga to‘liq javob
beradi.
“Biz kiberxavfsizlik sohasida tan olingan kompaniya bo‘lmish “UNIVERSOFT IT” bilan
hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Sa’y-harakatlarimizni birlashtirish O‘zbekistonda talabgir va tan
olingan innovatsion va samarali yechimlarni yaratish imkonini beradi. Ushbu hamkorlik Markaziy
Osiyo mintaqasida respublikaning kompaniyamiz uchun strategik ahamiyatini ta’kidlaydi”, —
deya sharhlaydi “Kasperskiy laboratoriyasi”ning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistondagi
boshqaruvchi direktori Valeriy Zubanov.
Kiberxavfsizlik har bir sohada muhim ahamiyatga ega va biz mijozlarga tegishli yechimlar
va xizmatlarni taqdim etishga intilamiz. Biz dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va texnik xizmat
ko‘rsatish, shuningdek, xavfsiz IT-infratuzilmalarni yaratish borasida katta tajriba to‘plaganmiz.
“Kasperskiy laboratoriyasi” bilan hamkorlik bizga o‘z kompetensiyamizni oshirish va
portfoliomizni axborot xavfsizligi sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar bilan
boyitish imkonini beradi”, — deya sharhlaydi “UNIVERSOFT IT” kompaniyasi vakili Damir
Jabborzoda. Ma’lumot uchun: “Kasperskiy laboratoriyasi” axborot xavfsizligi va raqamli
maxfiylik sohasida 1997 yildan beri faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyadir. “Kasperskiy
laboratoriyasi” texnologiyalari butun dunyo bo‘ylab 400 milliondan ortiq foydalanuvchilar va 220
ming korporativ mijozlarni himoya qiladi. Shuningdek, kompaniya “KasperskyOS” mikroyader
operatsion tizimiga asoslangan va sukut bo‘lganida xavfsizlikni ta’minlaydigan kiber-immun
yechimlarni ham yaratadi. 2011-2018 yillar davomida deyarli barcha Yevropa Ittifoqiga a’zo
davlatlar o‘zlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy strategiyalarini (yoki yangi nashrlarini) nashr
etishdi. Shunday qilib, Italiyada 2013 yilda kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy strategic asos,
Germaniya uchun kiberxavfsizlik strategiyasi-2016, Buyuk Britaniyaning 2016-2021 yillarda
milliy kiberxavfsizlik strategiyasi, Shvetsiyaning 2017-yilda kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy
strategiyasi va boshqalar tasdiqlandi. Avstraliyada ham shunday strategiyalar mavjud (2016),
Hindiston (2013), Kanada (2018), Xitoy (2016) , Yaponiya (2015) va boshqalar. 2016 yil oxirida
Rossiya Federatsiyasining yangi Axborot xavfsizligi doktrinasi tasdiqlandi. 2017 yil iyun oyida <<
Qozog’istonning kiber qalqoni >> kiberxavfsizlik kontsepsiyasi abul qilindi. Bunga bitta misol
keltirib o‘tadigan bo‘lsam,
1998-yilda ispan namoyishchilari Global Communications Institutini
(IGC) minglab soxta elektron pochta xabarlari bilan bombardimon qilishadi. E-pochta toʻsilgan
va ISP foydalanuvchilariga yetkazilmagan, qoʻllab-quvvatlash liniyalari esa oʻz pochtalarini
ololmagan odamlar bilan bogʻlangan edi. Namoyishchilar, shuningdek, IGC xodimlari va
aʼzolari hisoblariga spam joʻnatishadi, oʻzlarining veb-sahifalarini soxta kredit karta
buyurtmalari bilan yopib qoʻyishadi va IGC xizmatlaridan foydalanadigan tashkilotlarga
nisbatan xuddi shunday taktikani qoʻllash bilan tahdid qilishadi. Ular IGCdan Bask
mustaqilligini qoʻllab-quvvatlovchi Nyu-Yorkda joylashgan Euskal Herria Journal nashri uchun
veb-saytni joylashtirishni toʻxtatishni talab qilishadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
363
Namoyishchilarning aytishicha, IGC terrorizmni qoʻllab-quvvatlagan, chunki veb-
sahifalardagi boʻlimda Ispaniya siyosiy va xavfsizlik amaldorlariga suiqasd hamda harbiy
inshootlarga hujumlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan ETA terrorchilik guruhi
haqidagi materiallar mavjud edi. IGC nihoyat tavba qiladi va „pochta portlashlari“ tufayli saytni
tortib oladi. Yana bitta misol :2007-yilning may oyida
Estoniyaning Tallin
shahri markazidan
Ikkinchi jahon urushi yodgorligi olib tashlanganidan keyin mamlakat ommaviy kiberhujumlar
hurujiga uchraydi. Hujum DoS hujumlar huruji tarzida tashkillashtirilgan boʻlib, bundatanlangan
saytlarni oflayn rejimga oʻtkazishga majbur qilish uchun trafik bilan bombardimon qilingan.
Estoniya hukumatining deyarli barcha vazirliklar tarmoqlari, shuningdek, Estoniyaning ikkita
yirik bank tarmoqlari oflayn rejimda oʻtadi va ishlamay qoladi. Bundan tashqari, Estoniya
bosh
vaziri Andrus Ansipning
siyosiy partiya veb-saytida Ansipning yodgorlik haykalini olib
tashlagani uchun soxta uzr soʻragan xati joy olgan. Hujum Rossiya hukumati tomonidan
muvofiqlashtirilganligi
haqidagi
taxminlarga
qaramay,
Estoniya
mudofaa
vaziri
kiberhujumlarni
Rossiya rasmiylari bilan bogʻlaydigan ishonchli dalillarga ega emasligini
tan oladi. Rossiya oʻzining ishtiroki haqidagi ayblovlarni „asossiz“ deya iddao qiladi va
na
NATO
, na
Yevropa komissiyasi
ekspertlari Rossiya hukumatining rasmiy ishtiroki haqida
hech qanday ishonchli dalil topa olishmaydi. 2008-yil yanvar oyida mamlakat fuqarosi Estoniya
islohotlar partiyasi veb-saytiga hujum uyushtirganlikda ayblanib, jarimaga tortiladi
Bu bilan shuni aytmoqchimanki agarda biz axborot xavfsizligini yanada rivojlantirib
boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tgan ishlar bizning tinch zaminimizga ham kirib kelishini
xohlamasak mexanizmlarimizni yanada yaxshiroq ,sifatliroq va kuchliroq qilib ishlab tuzishimiz
lozim bo‘ladi. Nafaqat men har bir fuqaro, har bir davlat hech kimga bunday bo‘lib o‘tgan
ishlarni tilab qolmaydi.
Muhokama
Kiberterrorizm koʻlamining asosiy taʼrifi boʻyicha munozaralar mavjud. Ushbu taʼriflar
tor boʻlishi mumkin, masalan, Internetdagi boshqa tizimlarga hujum qilish uchun Internetdan
foydalanish, bu odamlar yoki mulkka nisbatan zoʻravonlikka olib keladi.
Shuningdek,
axborot
texnologiyalari
infratuzilmalariga odatiy hujumlar uchun terrorchilar tomonidan Internetdan
foydalanishning har qanday shaklini oʻz ichiga olgan keng boʻlishi mumkin
.
Ishda motivatsiya,
maqsadlar, usullar va kompyuterdan foydalanishning markaziyligi boʻyicha malakaning
oʻzgarishi mavjud. AQSh davlat idoralari ham turli xil taʼriflardan foydalanadilar va ularning
hech biri hozirgacha oʻz taʼsir doirasidan tashqarida majburiy boʻlgan standartni joriy etishga
urinmagan. Agar kiberterrorizmga anʼanaviy terrorizmgaoʻxshash munosabatda boʻlsa, u faqat
mulk yoki hayotga tahdid soladigan hujumlarni oʻz ichiga oladi va jismoniy, haqiqiy zarar yoki
jiddiy buzilishlarni keltirib chiqarish uchun maqsadli kompyuterlar va maʼlumotlardan, xususan,
Internet orqali foydalanish infratuzilmasi sifatida taʼriflanishi mumkin. Terrorizmni oʻrganish
boʻyicha ixtisoslashgan koʻplab akademiklar va tadqiqotchilar kiberterrorizm mavjud emasligini
va haqiqatan ham xakerlik yoki axborot urushi masalasi ekanligini taʼkidlamoqda. Hozirgi
hujum va himoya texnologiyalarini hisobga olgan holda, elektron vositalardan foydalangan holda
aholida qoʻrquv, jiddiy jismoniy zarar yoki oʻlim paydo boʻlishi ehtimoli yoʻqligi sababli uni
terrorizm deb belgilashga rozi emaslar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
364
O‘zbekistonning raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligi huquqini ta'minlash borasida
olib borilayotgan islohotlar albatta, bir qator yutuqlarga olib kelgan. Bir tomondan, axborot
erkinligi sohasida mavjud qonunlar joriy etilishi va internetda erkin fikr bildirish
imkoniyatlarining kengayishi jamiyatning demokratik taraqqiyotini ta'minlashga yordam
bermoqda. Biroq, bu jarayonda bir qator muammolar ham yuzaga kelmoqda. Misol uchun,
internetda so‘z erkinligini cheklovchi qonunlar va amaliyotlar ba'zan jurnalistlar va oddiy
fuqarolarning erkin fikr bildirish huquqini cheklashga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, raqamli infratuzilmaning rivojlanishi bilan birga, axborot xavfsizligi
masalalari ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Bunga misol sifatida, axborotlarni
nojo‘ya maqsadlarda ishlatish, shaxsiy ma'lumotlarni o‘g'irlash kabi xavf-xatarlar mavjud.
Shuningdek, internetni boshqarish bo‘yicha davlat organlarining roli va aralashuv
darajasi ham ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda.
Xulosa
Kiber jinoyatlar, shu jumladan kiber hujum va kiberterrorizm zamonaviy davrning eng
xavfli tahdidlaridan biridir. Bu soha:
•
transmilliy
(bir necha davlatni qamrab oladi),
•
tez o‘zgaruvchan
,
•
texnologik murakkab
bo‘lgani sababli, huquqiy tizimlar ham doimiy ravishda
yangilanib borishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligi huquqini
ta'minlashga qaratilgan bir qator huquqiy mexanizmlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
: O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33-
moddasida so‘z va axborot erkinligi kafolatlanadi. Bunda, har bir fuqaroning o‘z fikrini erkin
ifoda etish huquqi borligi ta'kidlangan. Bu normativ hujjat mamlakatda so‘z va axborot
erkinligini ta'minlashning asosiy huquqiy asosidir.
1
2.
Axborot erkinligi to‘g'risidagi qonun
: 2019 yilda qabul qilingan "Axborot erkinligi
to‘g'risida"gi qonun O‘zbekistonda axborot erkinligini ta'minlashda muhim huquqiy vositadir.
Ushbu qonun davlat organlarining axborotlarni erkin tarqatish va almashishda qanday
mas'uliyatga ega ekanligini belgilaydi.
2
3.
Jurnalistlik va matbuot erkinligi
: Raqamli muhitda jurnalistlarning erkin faoliyat
yuritishi, axborot olish va tarqatish huquqi o‘rnatilgan qonunlar bilan himoya qilinadi. Bunda,
"Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish"ga oid milliy va xalqaro standartlar hisobga olinadi.
4.
Kiberxavfsizlik to‘g’risidagi qonun
: Raqamli tizimlar va ma’lumotlarning xavfsizligini
saqlash, internetdagi zararli faoliyatlarni oldini olish va jazolash, yagona xavfsizlik tizimini
yaratish va qo‘llash, boshqa davlatlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qilish, ommaviy
axborot va o‘quv dasturlar orqali xavfsizlikni ta’minlash.
Bu vazifalar kiberxavfsizlikni mustahkamlash, xavf-xatarlarni kamaytirish va internetda
xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.
3
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
365
Konstitutsiyamizda aytilganidek so‘z va axborot erkinligi kafolatlanadi, har bir fuqaro o‘z
fikrini erkin ifoda etishga haqli deyilgan.Ushbu normativ hujjat mamlakatimizning ushbu bergan
erkinligining eng katta asosiy huquqiy asosidir. Jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishiga oid
qoidalarga keladigan bo‘lsak , jurnalistlar bizga o‘zlariga kelib tushgan ma’lumotlarni yetkazib
turishadi va ayrim bir joylarida ular bizga berishi kerak bo‘lgan axborotni berisha olmaydi.
Sababi shundaki ular xató ma’lumot berib qo‘yishsa buning oqibati nima bilan tugashiga
ko‘proq e’tibor qaratishadi.
O‘zbekistonda raqamli muhitda so‘z va axborot erkinligini ta'minlashga qaratilgan
huquqiy mexanizmlar mavjud bo‘lib, ular davlatning axborot siyosati va raqamli infratuzilmani
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Biroq, ushbu mexanizmlarning samaradorligini ta'minlash uchun
qonunlarni yanada takomillashtirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash va internetda so‘z
erkinligini cheklovchi amaliyotlarga qarshi kurashish zarur. O‘zbekiston raqamli muhitda so‘z va
axborot erkinligi huquqini ta'minlashda katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, bu boradagi
islohotlar davom etishi kerak. Xulosa qismida shuni aytishim lozimki , biz qayerda qanday
sharoitda bo‘lganimizdan yoki bo‘lishimizdan qat’iy nazar biz har doim davlatimizning himoyasi
ostida bo‘lamiz. Biz o‘zimizni xavfsiz deb his qiladigan bo‘lsak ijtimoiy tarmoqlarga va boshqa
kundalik hayotimizda foydalanib kelayotgan narsalarimizga hech nimadan qo‘rqmasdan o‘z
rasmimizni joylashimiz ham mumkin. O‘zbekistonda axborot erkinligini ta'minlash, davlat va
jamiyatning o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, internet va kiberxavfsizlik
sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish dolzarb vazifalardan biridir. Hukumat
tomonidan amalga oshirilayotgan qonuniy islohotlar, axborot texnologiyalari va internetni
rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar, albatta, mamlakatning raqamli infratuzilmasini
yaxshilashga yordam bermoqda. Biroq, axborot erkinligi, matbuot va jurnalistlar erkinligi
masalalarida hali ham ko‘plab muammolar mavjud. Kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini
ta'minlash, davlat va xususiy sektorning hamkorligini kuchaytirish, axborot tarqatishdagi
erkinlikni cheklovsiz ta'minlash yo‘lida yanada samarali qonunlar va me'yoriy hujjatlar ishlab
chiqilishi zarur.
Maqolada keltirilgan barcha masalalar birgalikda mamlakatda ochiq va erkin axborot
almashinuvi, shuningdek, raqamli dunyoda xavfsiz va barqaror tizimlarni yaratishga qaratilgan
islohotlar zarurligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlikni yanada kuchaytirish,
texnologiyalarni joriy qilishda davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni ta'minlash,
shuningdek, jurnalistik erkinlik va axborot huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-
tadbirlar maqsadga muvofiqdir.
Kelajakda bu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, jamiyatning axborotga
bo‘lgan talablarini qondirish, shuningdek, kiberxavfsizlikni ta'minlashda davlat va fuqarolar
o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu tariqa, O‘zbekistonning raqamli
rivojlanish yo‘lidagi muvaffaqiyatlari, xalqaro miqyosda o‘zining o‘rnini mustahkamlashga
imkon yaratadi.
Adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
366
3.
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g’risida”gi qonun.
4.
“Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni
taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi qonun
5.
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun
http://lex.uz//uz/docs/-5960604
6.
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni
himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qonun
7.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun
8.
“Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi qonun”
