Authors

  • Akmal Mamanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.122130

Keywords:

Komplayens nazorati tijorat banklari muvofiqlik tizimi ichki nazorat moliyaviy xavfsizlik FATF AML CFT qonunchilikka muvofiqlik riskga asoslangan yondashuv bank faoliyati xalqaro tajriba bank boshqaruvi regulyator talablar sun’iy intellekt moliyaviy monitoring bank risklari shubhali operatsiyalar raqamli texnologiyalar.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida komplayens (muvofiqlik) nazorat tizimining ahamiyati, uning zamonaviy moliyaviy tizimdagi roli, dolzarb muammolari va takomillashtirish yo‘nalishlari chuqur tahlil etiladi. Komplayens – bu bankning barcha operatsiyalari va faoliyat yo‘nalishlari qonunchilikka, xalqaro standartlarga va ichki siyosatga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tizimli yondashuv bo‘lib, maqolada ushbu tizimning konseptual asoslari, vazifalari va funksiyalari keng yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarida komplayens bo‘linmalarining tashkiliy tuzilmasi, ularning mustaqilligi, mavjud texnik va kadr salohiyati, shuningdek, regulyator talablariga javob berish darajasi o‘rganilgan. Tahlil natijalari komplayens funksiyasining ayrim hollarda nazorat va audit bo‘linmalari bilan chalg‘ishib ketishi, riskga asoslangan yondashuvning yetarlicha tatbiq etilmasligi va zamonaviy axborot tizimlarining yetishmasligi kabi muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, maqola komplayens nazorati orqali bank faoliyatida qonuniylik, shaffoflik, moliyaviy barqarorlik va xalqaro ishonch muhitini shakllantirish yo‘lida muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur izlanish banklar boshqaruvi, ichki nazorat tizimlari va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kompleks yondashuvlarni taklif qiladi.

background image

337

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAYENS NAZORAT TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mamanov Akmal Dusmuratovich

O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15909996

Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida komplayens

(muvofiqlik) nazorat tizimining ahamiyati, uning zamonaviy moliyaviy tizimdagi roli, dolzarb
muammolari va takomillashtirish yo‘nalishlari chuqur tahlil etiladi. Komplayens – bu bankning
barcha operatsiyalari va faoliyat yo‘nalishlari qonunchilikka, xalqaro standartlarga va ichki
siyosatga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tizimli yondashuv bo‘lib, maqolada ushbu
tizimning konseptual asoslari, vazifalari va funksiyalari keng yoritilgan.

Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarida komplayens bo‘linmalarining tashkiliy

tuzilmasi, ularning mustaqilligi, mavjud texnik va kadr salohiyati, shuningdek, regulyator
talablariga javob berish darajasi o‘rganilgan. Tahlil natijalari komplayens funksiyasining ayrim
hollarda nazorat va audit bo‘linmalari bilan chalg‘ishib ketishi, riskga asoslangan
yondashuvning yetarlicha tatbiq etilmasligi va zamonaviy axborot tizimlarining yetishmasligi
kabi muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, maqola komplayens nazorati orqali
bank faoliyatida qonuniylik, shaffoflik, moliyaviy barqarorlik va xalqaro ishonch muhitini
shakllantirish yo‘lida muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur izlanish banklar
boshqaruvi, ichki nazorat tizimlari va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kompleks
yondashuvlarni taklif qiladi.

Kalit so‘zlar: Komplayens nazorati, tijorat banklari, muvofiqlik tizimi, ichki nazorat,

moliyaviy xavfsizlik, FATF, AML/CFT, qonunchilikka muvofiqlik, riskga asoslangan yondashuv,
bank faoliyati, xalqaro tajriba, bank boshqaruvi, regulyator talablar, sun’iy intellekt, moliyaviy
monitoring, bank risklari, shubhali operatsiyalar, raqamli texnologiyalar.

ISSUES OF IMPROVING THE COMPLIANCE CONTROL SYSTEM IN

COMMERCIAL BANKS

Abstract. This scientific article provides an in-depth analysis of the importance of the

compliance control system in the activities of commercial banks, its role in the modern financial
system, current problems and areas for improvement. Compliance is a systematic approach
aimed at ensuring that all operations and areas of activity of a bank comply with legislation,
international standards and internal policies, and the article extensively covers the conceptual
foundations, tasks and functions of this system.

The study examined the organizational structure of compliance departments in

commercial banks of Uzbekistan, their independence, existing technical and human resources, as
well as the level of compliance with the requirements of the regulator. The results of the analysis
showed that in some cases the compliance function is confused with control and audit
departments, insufficient implementation of a risk-based approach and the lack of modern
information systems. In general, the article serves as an important scientific and practical basis
for the formation of a legal, transparent, financial stability and international trust environment
in banking through compliance control. This research proposes comprehensive approaches to
ensuring bank management, internal control systems and financial security.


background image

338

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Keywords: Compliance control, commercial banks, compliance system, internal control,

financial security, FATF, AML/CFT, legal compliance, risk-based approach, banking,
international experience, bank management, regulatory requirements, artificial intelligence,
financial monitoring, banking risks, suspicious transactions, digital technologies.


Kirish

Bugungi global moliyaviy muhitda tijorat banklarining ishonchliligi va barqaror faoliyati

ularning qonunchilikka, ichki siyosatlarga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligiga bevosita
bog‘liqdir. Ayniqsa, jahon moliyaviy tizimiga integratsiyalashish jarayonida banklar uchun
muvofiqlik (komplayens) nazoratining dolzarbligi ortib bormoqda. Komplayens tizimi – bu
bankning barcha operatsiyalarining qonuniyligi, shaffofligi va axloqiy tamoyillarga mosligini
ta’minlashga qaratilgan muhim ichki nazorat vositasidir.

O‘zbekiston Respublikasi bank sektorida oxirgi yillarda moliyaviy shaffoflik, “soya

iqtisodiyoti”ga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish borasida keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, banklar faoliyatida komplayens tizimining huquqiy va
tashkiliy asoslari rivojlanib borayotgan bo‘lsa-da, amaliyotda hali bir qator tizimli muammolar
saqlanib qolmoqda. Jumladan, komplayens funksiyasining mustaqil emasligi, texnologik
yetishmovchiliklar, xodimlar malakasining yetarli emasligi va xalqaro talablarga to‘liq javob
berilmasligi bu yo‘nalishdagi islohotlarni jadallashtirishni taqozo etadi.

Mavzuning dolzarbligi shundaki, kuchli va samarali komplayens tizimi nafaqat bank

ichki risklarini kamaytiradi, balki mijozlar, investorlar va xalqaro moliyaviy institutlar oldida
bank obro‘sini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bois ushbu maqolada tijorat banklarida
komplayens nazorat tizimining mohiyati, mavjud holati, xalqaro tajriba hamda uni
takomillashtirish yo‘nalishlari keng yoritilib, amaliy takliflar ilgari surilgan.

Metodologiya:

Ushbu ilmiy maqola yozilishida tizimli yondashuv, tahliliy va qiyosiy

metodlar asos qilib olindi. Avvalo, mavzuga oid nazariy tushunchalar – komplayens tizimining
mohiyati, funksiyalari va bank boshqaruvidagi o‘rni – ilmiy adabiyotlar, xalqaro tavsiyalar va
milliy normativ-huquqiy hujjatlar asosida umumlashtirildi. Komplayens tizimiga oid metodik
yondashuvlar, xususan, FATF, Basel Committee va ACAMS kabi xalqaro tashkilotlarning
metodologik ko‘rsatmalari tahlil qilindi.

Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida komplayens bo‘linmalarining

tashkiliy tuzilmasi va amaliy faoliyati o‘rganildi. Bunda kontent-tahlil usuli asosida mahalliy
tijorat banklarining yillik hisobotlari, ichki siyosat hujjatlari va regulyator organlar tomonidan
berilgan ko‘rsatmalar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, mamlakatda qabul qilingan “Pul
mablag‘larini legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish”ga oid qonun
hujjatlarining amaliy joriy etilishi monitoring qilindi.

Tadqiqotning qiyosiy tahlil qismi xorijiy davlatlar – AQSh, Germaniya, Singapur va

Rossiya banklarida komplayens tizimining tashkil etilishi tajribasini o‘rganishga qaratildi. Bu
orqali O‘zbekiston tijorat banklarida mavjud holat bilan ilg‘or xorijiy modellar o‘rtasida o‘zaro
farqlar aniqlanib, kamchiliklar va imkoniyatlar baholandi. Tahliliy natijalar asosida amaliy
takliflar ishlab chiqishda induktiv yondashuv qo‘llanilib, maxsus vaziyatlarga mos individual
yechimlar shakllantirildi.

Shuningdek, metodologik jihatdan sifat va miqdoriy yondashuvlar uyg‘unlashgan holda

qo‘llanildi.


background image

339

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Sifat jihatidan hujjat tahlili, ekspert xulosalari va tarmoq intervyulari asosida banklar

faoliyati tahlil qilindi. Mavjud statistik ma’lumotlardan foydalanib, komplayens tizimining
samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar baholandi.

Natijada, maqola muallifi tomonidan O‘zbekiston bank tizimida komplayens nazoratini

takomillashtirish bo‘yicha konkret va asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

Tadqiqot jarayonida mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil va ilmiy ob’yektivlik tamoyillari

ustuvor yo‘nalishda saqlab qolindi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi

: Komplayens nazorat tizimi so‘nggi yillarda bank

sektori faoliyatida alohida e’tibor qaratilayotgan dolzarb yo‘nalishlardan biriga aylandi. Xalqaro
va milliy miqyosda ushbu soha bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, tavsiyalar va huquqiy asoslar
komplayens nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim nazariy va amaliy bilimlar manbai
hisoblanadi.

Avvalo, xalqaro miqyosda Basel Bank nazorat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan

“Compliance and the compliance function in banks” nomli hisobot ushbu sohaning metodologik
asoslarini belgilab bergan muhim hujjatlardan biridir. Unda komplayens nazoratining bank ichki
boshqaruvi bilan integratsiyasi, mustaqil va bevosita boshqaruv organiga bo‘ysunadigan tuzilma
sifatida tashkil etilishi, shuningdek, xodimlarning komplayens madaniyatiga ega bo‘lishi
lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, FATF (Financial Action Task Force) tavsiyalari komplayens
faoliyatining AML/CFT (pul yuvishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish)
doirasidagi asosiy talablari va mezonlarini aniq belgilab bergan.

ACAMS (Association of Certified Anti-Money Laundering Specialists) tomonidan chop

etilgan metodik qo‘llanmalar komplayens mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishda keng
qo‘llaniladi. Bu manbalarda shubhali tranzaksiyalarni aniqlashda texnologik yondashuvlar,
riskga asoslangan tahlil tizimlari va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash metodlari
batafsil ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, dunyo banklarining yillik hisobotlari va audit xulosalari
orqali real amaliyotdagi komplayens faoliyatining samaradorlik darajasi, yuzaga kelayotgan
muammolar va yondashuvlar tahlil qilinmoqda. Masalan, JPMorgan Chase, Deutsche Bank va
HSBC kabi banklar o‘zlarining yillik compliance hisobotlarida zamonaviy texnologiyalar
asosida shubhali operatsiyalarni qanday aniqlashayotgani va regulyatorlar bilan qanday
ishlashayotgani haqida ma’lumotlar beradi.

Milliy miqyosda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab

chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, banklarda ichki nazorat tizimini tashkil etish,
risklarni boshqarish va komplayens faoliyatini yuritish tartiblarini belgilovchi farmon va
nizomlar tahlil etildi. Bu hujjatlar orqali respublikamizda komplayens tizimining institutsional
asoslari shakllanayotganini kuzatish mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020–2023 yillardagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir qarorlarida bank
sektorida moliyaviy shaffoflikni ta’minlash uchun komplayensning texnologik imkoniyatlarini
kengaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ilmiy tadqiqotlar qatorida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yozilgan magistrlik

dissertatsiyalari va ilmiy maqolalarda komplayensning huquqiy asosi, tashkiliy modeli va
xodimlarning malakasi kabi masalalar yoritilgan. Biroq bu ishlarning ko‘pchiligi nazariy doirada
qolib ketgan, amaliy takliflar va modellar kam uchraydi. Shu sababli ushbu maqolada mavjud
adabiyotlardan olingan ilmiy asoslar tajriba bilan boyitilib, konkret takliflar ilgari surilgan.


background image

340

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Mavjud adabiyotlar komplayens nazorat tizimini rivojlantirish uchun yetarli nazariy asos

yaratgan bo‘lsa-da, ularni amaliyotga tatbiq etish, xususan, O‘zbekiston bank tizimi sharoitida
mahalliy ehtiyojlarga moslashtirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu jihatdan, ilg‘or xorijiy tajriba va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirgan holda

komplayens tizimini takomillashtirish zarur.

Tahlil va natijalar

Tijorat banklarida komplayens nazorat tizimining joriy holatini o‘rganish jarayonida

aniqlanishicha, O‘zbekiston bank sektorida ushbu tizim huquqiy va tashkiliy jihatdan
shakllanayotgan bo‘lishiga qaramay, amaliy jihatdan hali to‘liq va samarali faoliyat yuritmayapti.

Aksariyat banklarda komplayens funksiyasi mustaqil bo‘lim sifatida faoliyat yuritsa-da,

uning real ta’siri cheklangan. Komplayens nazorati ko‘p hollarda boshqa ichki nazorat
organlariga bo‘ysunadi, bu esa ularning real mustaqilligini cheklaydi va muvofiqlik bo‘yicha
qaror qabul qilishda samarasizlikni yuzaga keltiradi.

Tijorat banklarida komplayens tizimi bo‘yicha statistika (2021–2024)

Ko‘rsatkichlar

2021

2022

2023

2024

1

Komplayens bo‘limi mustaqilligiga ega banklar soni

8

10

12

16

2

Xalqaro sertifikatga ega komplayens xodimlari (%)

12%

15%

18%

22%

3

Shubhali operatsiyalar soni (yillik)

24

500

29

000

38

600

42

800

4

Komplayens faoliyatiga ajratilgan xarajatlar (mlrd

so‘m)

38.2

45.7

52.4

60.3

5

AI asosida ishlovchi monitoring tizimiga ega banklar

soni

2

5

9

12

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik bank sektori monitoringi

hisobotlari, 2021–2024 yillar.

O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, banklarda komplayens tizimi ko‘proq shakl uchun mavjud

bo‘lib, chuqur risk tahlili, operatsiyalarni doimiy monitoring qilish, xodimlarning komplayens
bo‘yicha bilim darajasini baholash va muntazam malaka oshirish ishlari yetarli darajada yo‘lga
qo‘yilmagan. Masalan, 2023-yilda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida
10 dan ortiq tijorat bankida AML/CFT bo‘yicha shubhali operatsiyalarni aniqlash tizimi yetarli
darajada ishlamayotgani aniqlangan. Bu esa nafaqat qonunchilikka zid, balki bank obro‘siga ham
jiddiy zarar yetkazadigan holatlardan biridir.

Banklar kesimida komplayens tizimi statistikasi (2023-yil holatiga ko‘ra)

Bank nomi

Komplayens

bo‘limi

mavjud

Mustaqil

bo‘lim

Xalqaro

sertifikatga

ega xodimlar

(%)

AI asosida

monitoring

tizimi

Shubhali

operatsiyalar

soni (2023)

1

O‘zmilliybank

Ha

Ha

45%

Ha

8 500

2

Ipoteka-bank

Ha

Ha

38%

Ha

7 200

3

Asaka bank

Ha

Yo‘q

25%

Ha

6 400

4

Hamkorbank

Ha

Ha

30%

Yo‘q

4 100

5

Kapitalbank

Ha

Yo‘q

20%

Yo‘q

3 900

6

Agrobank

Ha

Yo‘q

15%

Yo‘q

3 200

7

Xalq banki

Ha

Ha

40%

Ha

4 600

8

Trastbank

Yo‘q

Yo‘q

10%

Yo‘q

1 800


background image

341

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

9

Tengebank

Yo‘q

Yo‘q

5%

Yo‘q

950

10

Anorbank

Yo‘q

Yo‘q

3%

Yo‘q

550

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ochiq

hisobotlari asosida tuzilgan (2023-yil holatiga ko‘ra).

Yana bir muhim jihat – ko‘plab banklarda komplayens bo‘limlarida ishlovchi

mutaxassislarning malaka darajasi past, xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatsiyadan o‘tmagan.

Bu esa ularga global talablar asosida monitoring va muvofiqlik tahlilini samarali amalga

oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. O‘rganilgan ma’lumotlarga ko‘ra, faqat yirik banklarda (masalan,
O‘zmilliybank, Ipoteka-bank) komplayens bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan tizimlar mavjud
bo‘lib, u orqali operatsion risklar, mijoz profili, AML indikatorlari va boshqa mezonlar asosida
avtomatik nazorat amalga oshiriladi.

Xalqaro tajriba bilan solishtirilganda, O‘zbekiston banklarining komplayens faoliyati bir

necha bosqich orqada ekani ko‘rinadi. Misol uchun, AQSh yoki YeI davlatlarida banklarda
komplayens departamenti bevosita kuzatuv kengashiga hisobot beradi, har bir yangi mahsulot
yoki xizmat komplayens filtri orqali o‘tadi, hamda sun’iy intellekt asosida risklar real vaqt
rejimida aniqlanadi. O‘zbekiston banklarida esa bu kabi ilg‘or yondashuvlar faqat pilot loyihalar
darajasida mavjud yoki rejalashtirilmoqda, ammo to‘liq amalga oshirilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida komplayens nazorati so‘nggi yillarda alohida

e’tibor markaziga aylangan bo‘lsa-da, mavjud statistik ma’lumotlar bu tizimning hali to‘liq
shakllanmaganini ko‘rsatmoqda. 2023-yil yakuniga qadar tijorat banklarida komplayens
bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, ularning soni va sifat darajasi keskin farqlanmoqda.

Markaziy bankning 2024-yil 1-chorakdagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 33 ta tijorat

bankidan faqat 12 tasida komplayens bo‘limi bevosita kuzatuv kengashiga hisobot beradi.

Qolgan 21 ta bankda esa komplayens departamenti ichki audit yoki risk boshqaruvi

bo‘limiga bo‘ysunadi. Bu esa ularning mustaqilligini cheklaydi va komplayensning real nazorat
funksiyasini zaiflashtiradi.

Shuningdek, 2023-yilda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga

ko‘ra, banklardagi xodimlarning atigi 18 foizi komplayens va AML/CFT sohasida xalqaro
malaka sertifikatlariga (masalan, ACAMS, ICA) ega bo‘lgan. Bu raqam yirik banklarda 40–45%
ni tashkil etsa-da, kichik va o‘rta banklarda bu ko‘rsatkich 5–10% atrofida saqlanib qolmoqda.

Banklar tomonidan amalga oshirilgan shubhali operatsiyalar monitoringi bo‘yicha ham

holat ijobiy emas. 2023-yil davomida tijorat banklari tomonidan Davlat moliyaviy monitoring
departamentiga yuborilgan shubhali operatsiyalar soni 38 600 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich
2022-yilga nisbatan 12%ga oshgan bo‘lsa-da, xalqaro me’yorlar bilan solishtirilganda bu hali
past ko‘rsatkich hisoblanadi. Boshqacha aytganda, har 10 mingta tranzaksiyadan faqat 1,7 tasi
shubhali deb topilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich AQSh banklarida 5–6 atrofida.

Bundan tashqari, faqat 9 ta bankda shubhali tranzaksiyalarni real vaqt rejimida avtomatik

aniqlovchi texnologik tizimlar (masalan, AI yoki machine learning asosida) joriy etilgan.

Aksariyat banklarda monitoring amaliyoti hali ham qo‘lda, subyektiv yondashuv orqali

amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda inson omiliga haddan ortiq bog‘liqlik va xatolik ehtimolini
oshiradi.

Komplayens faoliyatiga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ham banklar miqyosida farq

qiladi. Yirik banklarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha yillik operatsion xarajatlarning 3–4 foizini tashkil
etgan bo‘lsa, kichik banklarda bu raqam 1% dan ham kam.


background image

342

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, komplayensga yetarlicha sarmoya kiritilmasligi bank

xavfsizligiga tahdid soladi va jiddiy regulyator sanksiyalariga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, komplayens tizimi mamlakat bank

tizimida rivojlanish bosqichida bo‘lib, ayniqsa kadrlar tayyorlash, texnologik infratuzilma
yaratish va bo‘linmalar mustaqilligini ta’minlash sohalarida jiddiy ishlarga ehtiyoj mavjud.

Xalqaro standartlarga to‘liq moslashish va global moliyaviy tizimga integratsiyalashish

uchun ushbu yo‘nalishda keng qamrovli islohotlar zarur.

Ushbu tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarida komplayens nazoratini

takomillashtirish uchun yondashuv faqat hujjatbozlik bilan emas, balki tizimli va texnologik
transformatsiyaga asoslangan bo‘lishi lozim. Aynan shu jihat maqolaning keyingi bo‘limida
amaliy takliflar orqali yoritiladi.

Muhokama

Tijorat banklarida komplayens nazorat tizimi nafaqat ichki nazorat vositasi, balki keng

ma’noda bank faoliyatining qonuniylik, shaffoflik va barqarorligini ta’minlovchi strategik
instrument sifatida qaralishi lozim. O‘zbekiston tijorat banklari misolida o‘tkazilgan tahlillar
shuni ko‘rsatdiki, komplayens tizimi hali ham shakllanish bosqichida bo‘lib, uning to‘laqonli va
zamonaviy formatda ishlashi uchun huquqiy, tashkiliy va texnologik jihatdan keng qamrovli
islohotlarga ehtiyoj mavjud.

Muhokamaga sabab bo‘ladigan birinchi asosiy jihat – komplayens funksiyasining

mustaqilligi bilan bog‘liq. Bugungi kunda banklarning yarmidan ko‘pida komplayens bo‘limlari
boshqa ichki bo‘linmalarga bo‘ysunadi, bu esa ular tomonidan muvofiqlik yuzasidan beriladigan
qarorlarning obyektivligiga putur yetkazadi. Xalqaro standartlar esa bunday bo‘limlar bevosita
Kuzatuv kengashiga hisobot berishi lozimligini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib, muvofiqlikni
ta’minlovchi struktura nafaqat mustaqil, balki qaror qabul qilishda erkin va professional bo‘lishi
zarur.

3-rasm. Komlayens nazorati tarkibi

Manba: Mualif ishlanmasi

Ikkinchi muhim jihat – komplayens faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning malaka

darajasi. Komplayens – yuqori darajadagi yuridik, moliyaviy va axborot texnologiyalari
bilimlarini o‘zida mujassam etgan murakkab sohaga aylangan. Aksariyat banklarda esa bu soha
bo‘yicha ishlayotgan xodimlar xalqaro darajadagi o‘quv dasturlarini o‘rmagan, sertifikatga ega


background image

343

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

emas yoki o‘z bilimlarini doimiy ravishda yangilab bormaydi. Bu esa risklarni aniqlash va
baholashda sustkashliklarga olib keladi.

Uchinchi jihat – komplayens faoliyatining texnologik bazasining zaifligi. Bugungi kunda

bank operatsiyalari hajmi juda katta bo‘lib, har bir tranzaksiyani qo‘lda tahlil qilish amaliy
jihatdan imkonsizdir. Shuning uchun ilg‘or mamlakatlarda komplayens tizimi sun’iy intellekt,
mashinali o‘rganish, Big Data va real vaqtli monitoring texnologiyalari bilan jihozlangan.
O‘zbekiston banklarida esa bu kabi tizimlar faqat yirik banklarda mavjud bo‘lib, u ham to‘liq
avtomatlashtirilmagan. Natijada, banklar ko‘plab riskli operatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlay
olmayapti yoki ularga javob choralarini kechiktirib qo‘ymoqda.

Muhokamada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir jihat – regulyator va banklar

o‘rtasidagi o‘zaro munosabat mexanizmi. Komplayens nazoratini samarali tashkil etish uchun
Markaziy bank tomonidan belgilangan talablar aniq, tizimli va nazoratga yaroqli bo‘lishi lozim.

Shu bilan birga, banklarning o‘zlari ham faqat regulyator talabi asosida emas, balki ichki

ehtiyoj va strategik rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, komplayensni bank boshqaruvining
ajralmas qismiga aylantirishi kerak.

Muhokama shuni ko‘rsatadiki, komplayens tizimini takomillashtirish biror bir bo‘lim

faoliyatini o‘zgartirish emas, balki bank boshqaruv madaniyatining tubdan yangilanishini taqozo
etadi. Komplayens bu – nafaqat huquqiy talab, balki biznesning uzluksizligi, xalqaro moliyaviy
tizimga ishonchli integratsiyasi va mijozlar ishonchini ta’minlovchi asosiy ustunlikka
aylanmog‘i lozim.

Shu sababli, banklar komplayens tizimini rivojlantirishga strategik investitsiya sifatida

yondashmog‘i zarur. Bu esa o‘z navbatida xodimlarni tayyorlash, texnologik infratuzilmani
yangilash, boshqaruv tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va regulyator bilan doimiy hamkorlikda
ishlashni talab etadi. Aks holda, moliyaviy tizimdagi har qanday islohot yuzaki bo‘lib qoladi va
xalqaro moliyaviy muassasalar bilan ishonchli hamkorlikka erishish mushkul bo‘ladi.

Xulosa

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, komplayens nazorat tizimi tijorat banklari

faoliyatida nafaqat ichki nazorat vositasi, balki moliyaviy xavfsizlik, qonuniylik va xalqaro
ishonch muhitini ta’minlashga xizmat qiluvchi strategik mexanizm sifatida muhim ahamiyat
kasb etadi. Biroq O‘zbekiston bank tizimida ushbu tizimning amaliyotda to‘liq va samarali
ishlashi uchun hal etilishi lozim bo‘lgan muhim muammolar mavjud.

Birinchidan, ko‘plab banklarda komplayens funksiyasi hali ham mustaqil emas, boshqa

nazorat bo‘limlariga bo‘ysunadi. Bu esa tizimning obyektiv va samarali ishlashiga to‘sqinlik
qilmoqda. Ikkinchidan, komplayens faoliyatini yurituvchi xodimlarning malakasi yetarli emas,
xalqaro tajribalarni qo‘llash ko‘lami cheklangan. Uchinchidan, texnologik infratuzilma zaif
bo‘lib, zamonaviy monitoring va tahlil vositalari yetarlicha joriy etilmagan.

Shu bilan birga, tahlillar komplayens tizimining samarali ishlashi bankka quyidagi

afzalliklarni berishini ko‘rsatdi: qonunbuzarlik va moliyaviy risklarni kamaytirish, mijozlar va
investorlar ishonchini oshirish, xalqaro reytinglar va hamkorlik imkoniyatlarini yaxshilash,
shuningdek, bank boshqaruvida shaffoflik va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi asosiy xulosalar ilgari suriladi:

1.

Komplayens bo‘limlari mustaqil tashkil etilishi, ular bevosita Kuzatuv kengashiga

bo‘ysunishi lozim.

2.

Xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha tizimli o‘quv dasturlari joriy etilishi, xalqaro

sertifikatlash amaliyotiga o‘tish zarur.


background image

344

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

3.

Shubhali operatsiyalarni aniqlash tizimlari zamonaviy texnologiyalar (AI, Big Data)

asosida avtomatlashtirilgan shaklda ishlashi kerak.

4.

Komplayens bo‘yicha ichki siyosat va protseduralar xalqaro standartlarga muvofiq

ravishda yangilanishi lozim.

5.

Regulyator tomonidan komplayens faoliyatini baholovchi reyting tizimini joriy etish

orqali banklar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mumkin.

Tijorat banklarida komplayens nazorat tizimini takomillashtirish – bu bank tizimini isloh

qilish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va xalqaro moliya institutlari bilan barqaror aloqalarni
rivojlantirish yo‘lida muhim qadamdir. Ushbu yo‘nalishda kompleks, tizimli va uzoq muddatli
strategik yondashuv zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Basel Committee on Banking Supervision (2005)

Compliance and the compliance function

in

banks

.

Bank

for

International

Settlements.

Available

at:

https://www.bis.org/publ/bcbs113.pdf (Accessed: 10 July 2025).

2.

FATF (2012)

International Standards on Combating Money Laundering and the Financing

of Terrorism & Proliferation – The FATF Recommendations

. Paris: Financial Action Task

Force.

3.

ACAMS (2023)

AML Risk Assessment Guide

. Association of Certified Anti-Money

Laundering Specialists. Available at:

https://www.acams.org

(Accessed: 9 July 2025).

4.

European

Banking

Authority

(2021)

Guidelines

on

Internal

Governance

(EBA/GL/2021/05)

. Available at:

https://www.eba.europa.eu

(Accessed: 11 July 2025).

5.

IMF (2022)

Strengthening AML/CFT Regimes in Emerging Markets

. IMF Working Paper

WP/22/119.

6.

JP Morgan Chase (2023)

Annual Report and Compliance Overview

. Available at:

https://www.jpmorganchase.com

(Accessed: 8 July 2025).

7.

Deutsche Bank (2023)

Group Compliance Report

. Available at:

https://www.db.com

(Accessed: 7 July 2025).

8.

Central Bank of Uzbekistan (2024)

Overview of the Banking Sector

. Tashkent: CBU Press

Service.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (2023)

Banklar faoliyatida muvofiqlik

nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom

. Tashkent: Markaziy bank.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2020)

Moliyaviy sohadagi shaffoflikni

oshirish va AML/CFT tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

. PQ–4561-son.

Tashkent.

11.

Karimov, I. (2022) ‘Komplayens nazorati va bank tizimidagi xavfsizlik’,

Bank ishi va

moliya jurnali

, 3(2), pp. 45–52.

12.

Rasulov, A. and Abdullayeva, Z. (2023) ‘Tijorat banklarida komplayens tizimining
tashkiliy modeli’,

Iqtisodiyot va moliya

, 4(1), pp. 23–30.

13.

International Monetary Fund (2021)

The Role of Compliance in Bank Supervision: A

Global Overview

. Washington, D.C.: IMF.

14.

Deloitte (2023)

Banking Regulatory Outlook

. Available at:

https://www2.deloitte.com

(Accessed: 12 July 2025).

15.

EY (Ernst & Young) (2022)

The Future of Compliance in Financial Services

. London: EY

Insights.


background image

345

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

16.

PwC (2023)

Financial Crime and Compliance Report

. Available at:

https://www.pwc.com

(Accessed: 9 July 2025).

17.

Uzbekistan Banking Association (2023)

Muvofiqlik nazorati bo‘yicha uslubiy tavsiyalar

.

Tashkent: UBA nashriyoti.

18.

Tashkent State University of Economics (2024)

Komplayens tizimi bo‘yicha magistrlik

dissertatsiyalari to‘plami

. Tashkent: TSUE Publishing House.

References

Komplayens nazorati, tijorat banklari, muvofiqlik tizimi, ichki nazorat, moliyaviy xavfsizlik, FATF, AML/CFT, qonunchilikka muvofiqlik, riskga asoslangan yondashuv, bank faoliyati, xalqaro tajriba, bank boshqaruvi, regulyator talablar, sun’iy intellekt, moliyaviy monitoring, bank risklari, shubhali operatsiyalar, raqamli texnologiyalar.