370
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
YOSHLARDA RAHBARLIKKA XOS QOBILIYATLARNING PSIXOLOGIK TAVSIFI
Mallayeva Feruza Sanjar qizi
Termiz davlat universiteti psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16074876
Annotatsiya. Ushbu maqolada jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda ishlab chiqarish,
sanoat, korxonalar va boshqa koʻplab sohalar faoliyatini talab darajasida tashkil etish hamda
muvofiqlashtirishda rahbarning oʻrni katta ekanligi haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: rahbar, yoshlar, jamiyat, ishlab chiqarish, sanoat, korxona, faoliyat.
Annotation. This article provides information about the great role of the leader in
organizing and coordinating the activities of production, industry, enterprises and many other
sectors at the required level in ensuring the development of society.
Keywords: leader, youth, society, production, industry, enterprise, activity.
Yosh rahbarlar muhokama va qaror qabul qilish jarayonida yuksak aqliy salohiyatga ega
boʻlishlari kerak. Ular tashabbuskor, muayyan siyosiy va ijtimoiy mavqega ega, ishga aloqador
tanish-bilishlari koʻp, intuisiya (ichki his-tuygʻu, sezgi)si rivojlangan va tashkilot faoliyati
yoʻnalishini tezda tushunishlari kerak. Bunday salohiyat kutilmagan vaziyatni tahlil etishda,
muammoni toʻgʻri hal qilish jarayonida bir necha vazifani bir vaqtning oʻzida boshqarish
zaruratidan kelib chiqadi. Masalan, tashkilotchilik, masalaga oid echimni taklif etish, guruh
manfaatlari haqida gʻamxoʻrlik va h.k.
Shaxsiy xislatlar bu yuqorida aytib oʻtilgan umumiy qobiliyatlar muvaffaqiyatli
boshqaruvni ta'minlovchi zarur shaxs xislatlarini aniqlash va ularni rahbarlikda rivojlantirish
masalasini dolzarb qilib qoʻyadi. Yosh rahbarlarning muvaffaqiyatli boshqaruviga oid shaxs
xislatlari yuzasidan chet el olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga murojaat etamiz.
Amerika va yaponiyalik menejerlarni oʻrganish asosida samarali rahbarlikka oid,
jumladan, quyidagi xislatlar ajratib koʻrsatiladi:
1.Strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;
2.Xodimlarni, mehnat resurslarini taqsimlash boʻyicha toʻgʻri va oʻz vaqtida maqbul
qaror qabul qilish;
3.Faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish orqali mas'uliyatni
chuqur his qilish;
4.Xxavfli vaziyatda ijodiy va rasional qaror qabul qila olish;
5.Oʻz huquqlarini anglash;
6.Muloqot darajasini mukammallashtirishga intilish;
7.Murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish hamda bashorat qila olish;
8.Mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-gʻayratni safarbar etish;
9.Aaybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkal qilishdan
qoʻrqmaydigan va mustaqil fikrlaydigan xodimlar bilan ishlash istagi;
10.Aamalga oshirilayotgan gʻoya va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga
shaxsiy mulkdek qarash.
Yaponiyalik va amerikalik menejerlarning qiyosiy oʻrganish natijasida olingan xulosalari
shundan iborat boʻldiki, yapon menejerlari oʻz boshqaruv faoliyatida ijtimoiy psixologik
jihatlarga koʻproq e'tibor berishar, ularda jamoa faoliyatini tashkil etish qobiliyati etakchi oʻrinda
turar ekan. Amerikalik menejerlar esa xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni koʻproq
ragʻbatlantirishar ekan.
371
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Koʻp tadqiqotchilar diqqat-e'tiboridagi asosiy jihatlardan biri –rahbar shaxsiga xos
ustunlikka intilish. Aynan shu sifat rahbarning tashabbusni oʻz qoʻliga, murakkab vaziyatda
mas'uliyatni oʻz boʻyniga olishiga va guruhga etakchilik qilishiga zamin yaratadi. Bu holat olim
Ralf Stogdillning «Rahbar qoʻllanmasi»da boshqaruvga oid zarur xislatlar roʻyxatida birinchi
oʻringa qoʻyiladi.
“Dominantlik” soʻzi bir necha ma'noni bildiradi. Rahbarlik mavzusidan kelib chiqilsa,
“oʻzgalarga ta'sir etish” degan ma'noni anglatadi. Yuqorida ta'kidlangan ma'nodagi «ta'sir etish»
iborasi hissiyot tufayli oʻzgalarni oʻziga jalb eta bilish, oʻzaro munosabat natijasida oʻziga
nisbatan xayrixohlik tuygʻusini shakllantirishni anglatadi. Chunki tashkilotning ilgʻor faoliyati
uchun rahbar zimmasidagi majburiyat va vakolatlarning oʻzi etarli emas. Boshqaruv sohasi
mutaxassislari G.Kuns va S.Donnelning fikricha, “Agar xodimlar rahbariyat tomonidan
oʻrnatilgan tartib-qoidalargagina rioya etib mehnat qilganlarida, ular imkoniyatlarini 60–65 %
ishlata olar va oʻz majburiyatlarini bajarib, ishdan boʻshamaslikka bahona topar edilar.
Xodimlarning qobiliyatidan toʻla foydalanish niyatida boʻlgan rahbar ularda shunga loyiq
his-tuygʻuni uygʻota olishi lozim”. Bu oʻrinda rahbarning etakchilik qobiliyati namoyon boʻladi.
Tashkilot doirasidagi norasmiy munosabatlar tizimida peshqadam rahbargina oʻz
xodimlari qobiliyatini jamoa ishiga toʻliq, ya'ni 100 foiz jalb eta olishi mumkin.
Rahbarga xos fazilatlardan yana biri vazminlik va sabr-bardoshlilik. Ma'lumki, rahbar
turli dunyoqarashga ega boʻlgan odamlar bilan ishlaydi. Binobarin, oʻzaro kundalik muloqotda
unga atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy his-tuygʻulari tez «yuqishi» mumkin. Shuning uchun
rahbar ziddiyatli vaziyatlarda boshqalarning ta'siriga berilmaslik, balki ogʻir-bosiqlik bilan,
oqilona qaror qabul qilish bilan ta'sir eta olishi kerak. Shaxsning bu fazilati, bir tomondan,
tugʻma boʻlsa, ikkinchi tomondan esa hayotiy amaliy tajribaga bogʻliq. Mehnat faoliyatini
rasional tarzda tashkil etish, ya'ni mehnatdagi ijobiy jihatlarga koʻproq e'tibor berish, noxush
holatlarni donolik bilan bartaraf etish va koʻproq yaqin doʻstlar davrasida boʻlish, jismoniy
tarbiya hamda foydali mashgʻulotlarga vaqt ajratish ishchanlik qobiliyatining oshishiga xizmat
qiladi.
Boshqaruv faoliyatini samarali olib borish uchun rahbarga zarur fazilatlardan yana biri bu
maqsadga intilish. Rahbar oʻz oldiga aniq maqsad qoʻya olishi va uni bajarishga intilishi shart.
Insonga xos intilishni ikki toifaga boʻlish mumkin: birinchisi, maqsadga intilish boʻlsa,
ikkinchisi, magʻlubiyatdan qochish.
Inqirozli holat yuzaga kelganda, ba'zi rahbarlar mazkur holatni hal etish orqali
muvaffaqiyatga erishish haqida oʻylasa, boshqalar esa oʻzini oʻylab, iloji boricha «ofat»dan
qochadi. Bu bir xil vaziyatga ikki xil yondashuv boʻlib, uning egalari turlicha xarakterdagi
insonlar hisoblanadi. Boshqaruvni samarali olib boruvchi rahbar birinchi toifaga mansub
boʻlgani sababli, u muammolarni tezda hal etadi va oʻz maqsadi sari yanada oldinga intiladi.
Bunday toifadagi rahbar ba'zan tavakkal ham qilishi hech gap emas. Kezi kelganda, u
katta (strategik) maqsadni boʻlaklarga boʻlib, har bir kichik maqsad ortida turgan natijani
oldindan tasavvur etadi. Biroq, bunday usulni hamisha amalga oshirish oson ish emas.
Binobarin, rahbar tavakkal ish qila oladigan va xavf-xatardan qoʻrqmaydigan boʻlishi
lozim. Mashhur biznesmen va menejer Li Yakokkaning ta'kidlashicha: “Ba'zida tavakkal ham
ma'qul, lekin yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida tuzatib ketish lozim”. Maqsadga erishish
ishtiyoqi bilan yashaydigan rahbar doimo oʻz faoliyat natijalari haqida toʻliq xabardor boʻlishni
istaydi. Bunda mehnat bilan bogʻliq vaziyatda faoliyati boʻyicha ma'lumot olishi unga tahlil etish
imkonini beradi.
372
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Shu toifaga mansub shaxslardan birining aytishicha: “Men uchun biznes faqatgina boyish
vositasi emas, boylik orttirish men uchun hech qachon maqsadga aylanmagan.
Biznes shuning uchun ham menga rohatbaxshki, u har kuni cheksiz muammolarni hal
qilish maqsadida aql-idrokimni bir nuqtaga jamlashga undaydi”. Albatta, bunday yondashuv
koʻpgina tadbirkorlarga xos boʻlib, oʻz maqsadi yoʻlida ular uchun pul katta ahamiyatga ega
emas. Rahbarning obroʻsini oshiradigan, qiyin vaziyatda uni asosiy maqsad yoʻlidan
etaklaydigan fazilatlardan yana biri – mustaqillik. Rahbar oʻz mushohadasi va shaxsiy qarashiga
ega boʻlib, mustaqil qaror qabul qilishi shart. Toʻgʻri, etakchi oʻz hamkasblariga, shuningdek,
maslahatchilarining fikrlarini inobatga olishi kerak, lekin qaror va uning ijrosi rahbar zimmasiga
yuklatiladi. Shu nuqtai nazardan fikrlash va xatti-harakatlardagi mustaqillik samarali
boshqaruvning asosiy omillaridan biridir. Ammo, bu holat qaysarlik yoki oʻjarlikka aylanmasligi
kerak. Buning uchun rahbar etakchi sifatida hamisha oʻz fikrini jamoa maqsadi bilan
uygʻunlashtirib borishi talab etiladi.
Navbatdagi zaruriy xislatlardan yana biri – muloqotga ehtiyoj. Rahbar kundalik
faoliyatining aksariyat qismini turli-tuman muloqotga sarflaydi. Muloqotning boshqaruvdagi
ahamiyatini tahlil qilar ekanmiz, bu borada Li Yakokka esdaliklari diqqatga sazovor: “Men bir
umr avtomobil sohasida ishlagan odamni bilaman. U oliy ma'lumotli boʻlib, oʻzini boshqarish
qobiliyatiga ega, shuningdek, ajoyib strateg va oʻz kompaniyasining yirik mutaxassisi edi. Lekin,
uni hech qachon hech kim yuqori lavozimga tayinlamagan, chunki u oʻzga bilan muloqotda
boʻlishni bilmas edi”.
Samarali boshqaruv uchun yana bir zaruriy xislat bu – mas'uliyat. Ma'lumki, hech bir
inson yuqorida aytilgan xislatlar bilan birga tugʻilmaydi. Bular inson yashash tarzining
mahsulidir. Bunday xislatlarning rahbar faoliyatida namoyon boʻlishi shaxsdan muntazam tartib,
oʻz ustida ishlash, oʻzini anglash, individual “men”ni va unga amal qilishni talab qiladi.
Bugungi kunda yoshlar oʻz egallayotgan sohasi boʻyicha biror tashkilotga rahbar boʻlishi
mumkin. Yoshlar toifasiga “oʻquvchi yoshlar” guruhidagi 14 yoshdan 21 yoshgacha va undan
katta boʻlgan umumiy oʻrta ta'lim maktab, akademik lisey va kasb-hunar kolleji oʻquvchilari
hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari kiradi.
Yoshlar psixologiyasida ushbu davr oʻsmirlik hamda qadriyatlarni anglashning
shakllanishi, oʻzligini anglashi va shaxsning mavqei shakllanishi davri sifatida qaraladi. Oʻspirin
bolaning oʻzini anglashi oʻziga xos beriluvchanlik, axborotlarni qayta ishlash va oʻzlashtirish
qobiliyati bilan xarakterlanadi.
Ushbu davr tanqidiy nigohdagi tafakkur, turli jarayonlarni oʻz nuqtai nazari bilan
baholash, turli dalillar izlash va original fikrlash vaqtidir. Shu bilan birga, ushbu yoshda oldingi
avlodga xos boʻlgan hayot tarzi saqlanib qoladi. Oʻspiringa faol harakat vaqtida hayot tajribasi
etishmay qoladi, bu uning ijtimoiy munosabatlar tizimiga toʻla kirishmaganligi bilan bogʻliq.
Demak, zamonaviy etakchi guruhda etakchilik qobiliyati, umumiy va oʻziga xos
xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Психология менеджмента: Учебник для вузов / Под ред. Г. С. Никифорова. -2-е
изд., доп. и перераб. -СПб.: Питер, 2004.
2.
Кричевский Р
.Л.
Если вы
–
руководитель
…элементы психологии менеджмента в
повседневной работе. -
М
.: Дело.
1998
.
3.
Ли Якокка. Карьера менеджера. –М.: Прогресс, 1991. -С.
38.
