ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
431
“
GO’RO’G’LINING
TUG’ILISHI”
DOSTONIDA
MUBOLAG’A SAN’ATI
O’rinova
Gulsanam Husan qizi
TerDu
o’zbek
filologiyasi fakulteti 1-kurs.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16162174
Annotatsiya.
Ushbu maqola
“Go’ro’g’lining
tug’ilishi”
dostonida
mubolag’a
san’atining qo’llanishi haqida.
Kalit
so’zlar:
mubolag’a,
qahramonlar tasviri, vatanparvarlik
tuyg’usi,
alp, xarakter,
xalq, bo’rttirish.
Annotatsiya.
This article is about the use of exaggeration in the
epic “Birth
of the
Goroglu”
Keywords:
exaggeration, image of heroes, sense of patriotism, alp, character, people, to
exaggeration
Аннотация.
Это
статя
посвящена
исполь
зованию
искусства
преволичения
в
эпоса
“Рождения о Герогли”
Ключевые
слова:
преувеличение,
образ
героев,
чувсево
патриотизма, алып,
x
арактер,
люди преувеличивать.
DOSTON so’zi
qissa, hikoya, sarguzasht, tarif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy
atama sifatida u xalq og’izaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli
epic asarlarni anglatadi.
M.Saidovning ta’kidlashicha doston murakkab san’at asar bo’lib uning doston bo’lishi uchun
adabiy matn musiqa bo’lishi kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi
kerak. Xalqimiz nechi asrlardan beri dostonlarni sevib eshitib va kuylab keladilar. Asli dostonlar
qadimgi xalqimiz xonlardan zulm ko’rib qiynalib yashayotganlarida ularni shu zulmlardan
qutqaruvchi bir qahramonni orzu qilishgan va uni kuyga solib qahramonlik sifatlari bilan boyitib
aytib kelishgan. Va shu bilan qahramonlik dostonlari paydo bo’lgan. Bu dostonlarda
vatanparvarlik, mardlik, sodiqlik ulug’langan. Yaxshilar yomonlar ustidan doim g’alaba qilishi,
yurtni yovuz insonlardan qutqaruvchi bir qahramon borligi kuylangan. Bunday dostonlar
xalqimiz merosida talaygina. Masalan: “Alpomish”
“Go’ro’g’li”
“Rustamxon”
“Kuntug’mish”.
Dostonlar qiziqarli bo’lishi uchun ko’pgina san’atlardan foydalaniladi va bu san’at ichida
eng unumli foydalaniladigani
mubolag’a
san’atidir.
Bu
san’at
bir narsani
bo’rttirish
haddan
ziyod qilib tasvirlashdir. Bu
san’at
hamma dostonlarda
qo’llaniladi.
Shuningdek Alpomish
dostonida ham bu san’atdan unumli foydalaniladi.
Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, Ichida
sichqonlar bolalab yotgan, Izidan tushgan
pishak olti oyda yetgan. Odam tushmas uning
aytgan tiliga Besh yuz quloch arqon yetmas
beliga Bu qalmoqdir qalmoqlarning ravishi
Oh ursa olamni buzar tovushi
To’qson
molning terisidan kovushi Qahrlansa
toshni yorar qahari
To’qson
qorning
go’shti
bo’lmas
nahori Har
iziga ketar ancha bahori
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
432
Oltmish qari olachadan qalpog’i To’qson
qo’yning terisidan qalpog’i To’rt
yuz
to’qson
quloch
qo’lda
hassasi Shuni bilan o’n sakkizta
nashasi To’qson qari bo’zdan bo’lgan kissasi.
Dostonda “Bir kam to’qson” alplar mubolag’a bilan tasvirlangan. Hammasining “kallasi
tepaday”
“tanasi tepaday”
birining shomurti yoqalab har yoqqa ketgan ichida sichqonlar
bolalab yotgan, izidan tushgan pishak olti oyda yetgan” “besh yuz
quloch quloch yetmas
beliga”
“to’qson
molning terisidan
kavushi”
va qalmoq alplarini yuqoridagiday hayotiy
bo’lmagan bo’rttirishlardan maqsad barcha tasvirlanayotgan alplarni kuch
-qudratini badiiy
tasdiqlashdan iboratdir.
Huddi shu san’atning yorqin namunalarini “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida
ham
ko’rishimiz mumkin.
Go’ro’g’lining
go’rda
tug’ilishi
va 3 yilgacha sut kelib turishi bolaning
ulg’ayib go’rdan chiqishi undan keyin esa Rustam bilib qolib uyiga olib kelishi mubolag’ali
tasvirlangan. Go’ro’g’li hali 3
-
4 yosh bo’lishiga qaramay o’zi tenggilarni hatto kattalarni urib
o’ldirib qo’yishi ham bo’rttirib ko’rsatilgan. “
har kim oq kiyim kiyib kelsa indamayman, qora
kiyim kiyganini so’yaman. Lekin bir kuni Shohdorxon podshoning ustiga olovlar qo’yaman, oq
kiyganlarga ko’p g’avg’olar solaman”.
Go’ro’g’lidan qo’rqqan oq kiyim kiyib chiqadi, qo’rqmagani buni eshitmaganlar qora
kiyim kiyib chiqsa urib
so’kib
quvib yetganining
qo’llarini
burab, shol qiladi, yetolmaganlarini
uyiga besh-oltib tosh otib, qaytib keladi/
.
Ayniqsa Go’sfand
degan bola bilan
oshiq o’ynab
yutqizib qo’yib oshig’imni qaytarib ber deganda yo’q bermayman desa Go’ro’g’li bir tarsaki
tushirganda Go’sfandni ikki ko’zi irg’ib chiqib ketishi ham mubolag’a qilingan. Keyin shu
Go’sfandning otasi Badgirni qo’lidan ushlab bir zo’r bilan yulib oldi. Qaytarib o’z kaltagi bilan
o’zini yelkasiga bir oshirib soldi. Badgirni suyaklari yerga naqsh badanlar ayron slogan
tulupday mayda mayda bo’ldi serrayib uppa
-
uzun bo’lib o’lib qoldi deb aytishlariga nima
deysiz?
Qahramonlarning harakatlari ham mubolag’a qilinadi masalan, Zaydinoyni Go’ro’g’libek
o’g’irlab ketmoqchi bo’lib Ko’kbuloq ko’liga keladi Zaydinoy Xoljuvonning
qistovibilan nochor
o’rnidan
turib mis kosani olib
Ko’kbuloqning suvidan surimi yarim qilib Go’ro’g’libekka uzatdi
Go’ro’g’libek qo’lidagi mis kosani urib yuborib ikki qo’li bilan ikki qo’lidan ushlab silkib
ilgariga tortdi Zaydinoy buni
ko’rib
labini
tishlab achchig’i kelib og’irini solib yerga qarab
bir
tortdi G’irotning tizzasidan pasti yerga kirib ketti. Bunday bo’lishi qiz bir og’ir tashlaganda
G’irot oti tizzasigacha yerga kirib ketishiga albatta ishonish qiyin.
Dostonlarda ayollar obrazini tasvirlashda ham
mubolag’adan
ko’p
foydalaniladi.
Masalan, “Alpomish” dostonida Barchinoyni tasvirlashda
Yuzining
go’zalligi:
“Oy
ko’rmayin
qizarar, kun
ko’rmayin
o’chardi
Yuziga boqib kim ko’rsa, hayratda qolardi
Qaddi-qomadi:
“qaddi niholdan nozik, oy jamolidan o’tardi,
Bir qadam bosib yurishi butun olamni yayratdi
Deya tasvirlaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
433
Bunday tasvirlar
“Rustamxon”
dostonida ham
qo’llaniladi
Rustam ham
Go’ro’g’li
singgari yosh bola bo’la turib onasini dorga osishmoqchi bo’lishganda mardlik ko’rsatib dor
tagidan quqarib oladi va Hukumu tog’ida yashay boshlaydi. Keyin Oftoboyni ajdarndan
qutqarmoqchi bo’lganda hech kim yengga olmagan ajdarni bir
o’zi qirq to’rt go’la qilib
tashlashi ham
Azbarxo’ja ko’lni egallab yotgan devni o’ldirishi ham anchagina mubolag’aga
olingan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni bu nafaqat
qahramonlik va adolat kuylanuvchi dostondir, balki xalqimizning tarixiy madaniy va ruhiy
merosidir. U bizni har doim qiyinchiliklarga qarshi kurashishga adolat va vatanparvarlik uchun
kurashishga chaqiradi. Bu doston orqali biz an’analarimiz va madaniy merosimizni yanada
chuqurroq tushunamiz.
“Go’ro’g’lining
tug’ilishi”
dostoni xalq hayoti va turmushini, uning orzu-umidlari va
yuksak maqsadlarini, ma’naviy estetik olamini keng miqyosda badiiy aks ettiruvchi asar sifatida
bebaho meros sanaladi. Bu dostonda qo’llangan mubolag’a san’atining qo’llanishidan maqsad
o’sha davrdagi insonlar o’zlari orzu qilgan qahramonlarning kuch va qudratini badiiy
tasdiqlashdan iboratdir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oxunjon Safarov
“O’zbek
xalq
og’izaki
ijodi”
“Musiqa” nashriyoti Toshkent.2010.B.2
-
250
2.
Yo’ldoshev Q.Qodirov V. Yo’ldoshbekov Adabiyot:
Umumiy
o’rta
ta’lim
maktablarining
9-sinf uchun darslik 1-qism. Toshkent 2014-yil, 8-bet
3.
O’zMe.
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
4.
Go’ro’g’lining
tug’lishi.
Gafur
G’ulom
nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.
Toshkent -1967
