405
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
QASHQADARYO VILOYATIDAGI ASOSIY GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA
ULARNING YECHIMLARI
Jo’rayeva Zebo Xolmirza qizi
Qarshi davlat universiteti talabasi.
O’zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16419830
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida yuzaga kelayotgan asosiy
geoekologik muammolar: suv tanqisligi, havo ifloslanishi, yer degradatsiyasi, biologik xilma-
xillikning kamayishi, sanoat chiqindilari va cho‘llanish jarayonlari atroflicha tahlil qilingan.
Ushbu muammolarning yuzaga kelish sabablari, ularning ekologik va iqtisodiy oqibatlari
hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Muallif muammolarga qarshi
amaliy takliflar va tavsiyalarni ilgari suradi.
Kalit so‘zlar. Qashqadaryo viloyati, geoekologik muammo, suv tanqisligi, havo
ifloslanishi, yer degradatsiyasi, cho‘llanish, biologik xilma-xillik, ekologik barqarorlik, tabiiy
resurslar, ekologik xavfsizlik.
ОСНОВНЫЕ ГЕОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ КАШКАДАРЬИНСКОЙ
ОБЛАСТИ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ
Аннотация. В этой статье подробно анализируются основные геоэкологические
проблемы, возникающие в Кашкадарьинской области: нехватка воды, загрязнение
воздуха, деградация земель, сокращение биоразнообразия, промышленные выбросы и
процессы опустынивания. Причины возникновения этих проблем, их экологические и
экономические последствия, а также пути их преодоления рассматриваются на научной
основе. Автор выдвигает практические предложения и рекомендации по решению
проблем.
Ключевые слова. Кашкадарьинская область, геоэкологическая проблема, нехватка
воды, загрязнение воздуха, деградация земель, опустынивание, биоразнообразие,
экологическая устойчивость, природные ресурсы, экологическая безопасность.
MAIN GEOECOLOGICAL PROBLEMS IN KASHKADARYA REGION AND THEIR
SOLUTIONS
Annotation. This article provides a comprehensive analysis of the main geoecological
problems facing the Kashkadarya region: water scarcity, air pollution, land degradation,
biodiversity depletion, industrial waste and desertification processes. The reasons for the
occurrence of these problems, their environmental and economic consequences and ways to
eliminate them were considered on a scientific basis. The author puts forward practical
proposals and recommendations against problems.
Keywords. Kashkadarya region, geoecological problem, water scarcity, air pollution,
land degradation, desertification, biodiversity, environmental sustainability, Natural Resources,
Environmental Security.
Kirish
. Maʼlumki hududlarning relyef, landshaft xususiyatlari tibbiy geografik vaziyatga
oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi. Bu jihatdan Qashqadaryo viloyati oʻziga xos geografik
tafovut kasb etadi. Qashqadaryo viloyati O'zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo'lib,
geosiyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim hududlardan biridir. Viloyat hududini geomorfologik
jihatdan uchta asosiy shaklga: togʻ, togʻoldi va tekislik hududlariga ajratish mumkin.
406
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Yer usti tuzilishi oʻziga xos murakkab boʻlib, yarmidan koʻproq qismi tekislik va baland
boʻlmagan tepaliklardan iborat. Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyoti asosan qishloq xo’jaligi,
sanoat va tabiiy resurslarga tayanadi. Ammo ushbu hududda bir qancha geoekologik muammolar
tobora jiddiy tus olib, bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa viloyatning
iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligiga va tabiiy muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Ushbu maqola, Qashqadaryo viloyatidagi -geoekologik muammolarni batafsil tahlil
qilingan.
Asosiy qism.
Qashqadaryo viloyatining xo’jalikda o’zlashtirish ancha qulay bo’lgan
tabiiy sharoit va rerurslar relyef, iqlim, suv, tuproq va o’simlik mavjud. Viloyat hududida
sug’orma va lalmikor dehqonchilik, yaylov chorvachiligi, bog’dorchilik va qishloq xo’jaligining
boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun ancha katta yer resurslariga ega bo’lganligi tufayli
intensive o’zlashtiradigan rayonlar qatoriga kiradi. Ammo tabiiy resurslardan xo’jalikda
foydalanishning samaradorligini oshirishda bir talay muammolar mavjud. Bu muammolardan
biri yer resurslaridan oqilona foydalanmaslik hisoblanadi. Asosiy geoekologik muammolarning
bir nechtasi bilan tanishamiz: (1-jadval).
1. Suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi.
Qashqadaryo viloyati o'zining suv
manbalari bilan tanilgan bo'lsa-da, so'nggi yillarda suv resurslarining kamayishi sezilarli
darajada kuchaygan. Asosiy suv manbai — Amudaryo va uning irmoqlari bo'lib, aynan shu
suvlar viloyatning qishloq xo'jaligi uchun zaruriy suvni ta'minlaydi. Ammo, suvni boshqarishda
yuzaga kelgan muammolar, iqlim o'zgarishlari va amaliyotdagi kamchiliklar suv manbalarining
qisqarishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, er osti suvlarining pastga tushishi, texnologiyalarni
noto'g'ri qo'llash ham suv ta'minoti muammolarini kuchaytiradi. Suv tanqisligi natijasida,
viloyatning qishloq xo'jaligida suvni tejash va suvni oqilona boshqarish tizimlarini joriy etish
zarurati tug'ilmoqda. Har yili sug‘oriladigan bir gektardan 100–150 tonna tuproq yuvilib ketadi,
bu esa 0.5–0.8 tonna chirindi, 110–115 kg azot va fosfor yo‘qotishga olib keladi. Noto‘g‘ri
shug‘ullanish sharoitida bu daraja 15–20 % ni tashkil etsa, ba’zan bu 50–60 % gacha yetadi
Sug‘oriladigan yerlar ko‘pligi, suvni tejamasdan ishlatish, kanallarda yo‘qotishlar mavjud.
Iqtisodiy faoliyat (neft-gaz qazib olish, paxtachilik, kimyo sanoati) tufayli daryo va kanal
suvlari ifloslanmoqda. Ichimlik suvining sifati yomonlashgan, qishloq aholisi orasida salomatlik
muammolari ortgan.
Suv resurslarining qisqarishiga olib kelgan sabablar:
•
Iqlim o'zgarishi: Issiq iqlim, qisqa va kam yog'ingarchilik davrlari suvning kamayishiga
sabab bo'ladi.
•
Suvni isrof bilan ishlatish: Qishloq xo'jaligida suv resurslaridan samarali
foydalanmaslik.
•
Suv manbalarini noto'g'ri boshqarish: Irmoqlarning obodonlashtirilmagan holati va
suvni taqsimlashda yuzaga keladigan muammolar.
2.Atmosfera havosining ifloslanishi.
Viloyatning sanoat va transport infratuzilmasi
rivojlanib borayotgan bir paytda, havoning ifloslanishi katta ekologik muammoga aylanmoqda.
Havoning ifloslanishi sanoat chiqindilari, avtomobil gazlari, qishloq xo'jaligi pestitsidlari
va kimyoviy moddalar tufayli kuzatilmoqda.. Ushbu muammolarning asosiy sabababi Muborak
va Shurtan gaz kimyo komplekslari, neft-gaz qazib olish ob’ektlari, avtomobillar va ko‘mir
yoqiladigan issiqlik manbalaridir. SO₂, NO₂, CH₄ va boshqa zararli gazlar miqdori yuqori. Bu,
o'z navbatida, aholining sog'lig'iga ta'sir qilmoqda, nafas olish yo'llari kasalliklari va boshqa
sog'liq muammolari ko'payib bormoqda.
407
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
Havoning ifloslanishiga olib kelgan asosiy omillar:
•
Kimyo sanoati, to'qimachilik sanoati va boshqa korxonalarning Sanoat chiqindilari:
chiqindilari havoni ifloslantiradi.
•
Avtomobil gazlari: Yuk va yo'lovchi transportining ko'payishi havoni ifloslantirishda
asosiy omil hisoblanadi.
•
Qishloq xo'jaligi faoliyati: Pestitsidlar va o'g'itlarning ortiqcha qo'llanilishi havoni
ifloslantiradi.
3.Tuproqning degradatsiyasi va sho‘rlanishi.
Qashqadaryo viloyatida tuproq eroziyasi
ham jiddiy ekologik muammo bo'lib qolmoqda. Yirik qishloq xo'jaligi maydonlarining
kengayishi, yuqori intensivlikdagi yer ishlovlari va o'rmonlarning kamayishi natijasida
tuproqning eroziyaga uchrashi tezlashgan. Asosiy sababi noto‘g‘ri sug‘orish, drenaj tizimlarining
eskirganligi, kimyoviy o‘g‘itlar Va pestitsidlarning haddan ortiq qo‘llanilishi. Oqibatda
sug‘oriladigan yerlarning katta qismi sho‘rlangan. Qashqadaryo vodiysi va Nishon tumanida bu
jarayon kuchli. Eroziya jarayoni tuproqning unumdorligini pasaytiradi, bu esa hosilni
kamaytiradi va yerning iqtisodiy qiymatini yo'qotilishiga olib keladi. Shuningdek hosildorlik
pasaymoqda, ekin maydonlari qisqarib bormoqda.
Tuproq eroziyasining asosiy sabablari:
•
Noto'g'ri qishloq xo'jaligi amaliyotlari: Yerning intensiv ishlatilishi, ortiqcha sug'orish
va o'g'itlar.
•
O'rmonlarning kesilishi: O'rmonlarni kesish natijasida tuproqning himoyasi kamayadi.
•
Iqlim sharoitlari: Kam yog'ingarchilik va issiq havoning tuproqning eroziyaga
uchrashiga sabab bo'ladi.
4.Bilologik xilma-xillikning qisqarishi.
Qashqadaryo viloyatida tabiiy o'simlik
dunyosining kamayishi ham ekologik muammolarni kuchaytiradi. O'rmonlar va boshqa tabiiy
o'simliklar intensiv qishloq xo'jaligi faoliyati va yerlarni kengaytirish uchun kesilmoqda. Bundan
tashqari o‘rmonlarning kesilishi, yaylovlarning haddan ortiq foydalanilishi, yovvoyi hayvonlar
yashash muhitining torayishi ushbu muammoning asosiy sababi hisoblanadi. Buning oqibatida
ayrim o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolish arafasida.Bu o'z navbatida, biologik xilma-xillikni
kamaytiradi, Ekotizimlar buziladi, tabiiy muvozanat izdan chiqaradi, yerning eroziyasi
jarayonini kuchaytiradi va tabiatning tabiiy balansini buzadi.
O'simlik dunyosining kamayishiga olib kelgan omillar:
•
Qishloq xo'jaligi maydonlarining kengayishi.
•
Resurslarni ortiqcha iste'mol qilish.
•
Iqlim o'zgarishlari: O'simliklar uchun noqulay sharoitlarning paydo bo'lishi.
№
Muammo nomi
Sabablari
Ko‘lami va
oqibatlari
Yechim yo‘llari
1
Suv tanqisligi
Iqlimiy
qurg‘oqchilik,
daryolarning
kamayishi,
noto‘g‘ri suv
boshqaruvi
Sug‘oriladigan
yerlar qisqarishi,
ichimlik suvi
taqchilligi
Suv tejovchi
texnologiyalar, suv
omborlarini
modernizatsiya qilish
2
Havo ifloslanishi
G‘uzor, Muborak
Aholining nafas
Filtratsiya tizimlarini
408
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
gaz-kimyo sanoat
korxonalari,
transport
chiqindilari
yo‘llari kasalliklari,
atmosfera
muvozanatining
buzilishi
modernizatsiya qilish,
yashil hududlarni
kengaytirish
3
Yer
degradatsiyasi va
sho‘rlanish
Haddan ortiq
sug‘orish,
noto‘g‘ri
melioratsiya,
yuvilib ketish
Hosildor yerlar
yaroqsiz holga
kelmoqda, qishloq
xo‘jaligiga zarar
Sho‘r yerlarni
rekultivatsiya qilish,
drenaj tizimini
yaxshilash
4
Bilologik xilma-
xillikning
qisqarishi
Qonunsiz daraxt
kesishlar,
yong‘inlar,
chorvachilik
bosimi
Eroziya kuchayadi,
hayvonot dunyosi
yo‘qoladi
Yashillashtirish,
o‘rmonlarni tiklash
dasturlari
5
Cho‘llanish
jarayonlari
Iqlim isishi,
yerning noto‘g‘ri
ishlatilishi,
o‘rmonlar
yo‘qolishi
Yaylovlar qisqarishi,
ekologik muvozanat
buzilishi
Shamol va suv
eroziyasiga qarshi
kurash, ko‘chat ekish
6
Tog‘li
hududlarda
eroziya
Deforestatsiya,
yomg‘irli iqlim,
notekis relyef
Tog‘
yonbag‘irlarining
yemirilishi, sel xavfi
Tog‘ yonbag‘irlarini
barqarorlashtirish,
daraxtzorlar yaratish
7
Sanoat
chiqindilari
Og‘ir metall va
zaharli
moddalarning
chiqishi (neft-gaz,
kimyo)
Tuproq, suv va
havoning
ifloslanishi,
salomatlikka xavf
Chiqindilarni tozalash
tizimini yaratish,
ekologik monitoring
1-jadval. Qashqadaryo viloyatidagi asosiy geoekologik muammolar
Qo‘shimcha geoekologik holatlar:
Muborak gazni qayta ishlash zavodining
atmosferaga metan va boshqa gaz chiqindilari chiqarishi; Qarshi magistral kollektorining
atrofdagi yerlarni sho‘rlanishga olib kelishi; Chorvachilikka ortiqcha yuklama: Yaylovlarning
degradatsiyasi; Iqlim o‘zgarishlari: Qurg‘oqchilik va ekstremal iqlim hodisalari kuchaymoqda.
Xulosa va tavsiyalar.
Qashqadaryo viloyatidagi ekologik-geografik muammolar
kompleks, tizimli va uzoq muddatli yechimni talab qiladi. Suv tanqisligi, tuproq eroziyasi,
cho’llashish, havo ifloslanishi, chiqindi muammosi va biologik xilma xillikning kamayishi kabi
ekologik muammolari viloyatning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Qurg’oqchil
iqlim, yer resurslarining cheklanganligi, transport infratuzilmasining yetarli emasligi kabi
geografik muammolari esa ushbu vaziyatni yanada og’irlashtirmoqda. Ushbu muammolarni hal
qilish uchun davlat organlari, mahalliy hokimliklar, korxonalar,jamoat tashkilotlari va aholining
birgalikdagi sa‘y- harakatlari zarur. Ekologik muammolarni hal qilish viloyatining barqaror
rivojlanishini ta'minlash, aholi farovonligini oshirish va kelajak avlodlar uchun sog'lom muhitni
yaratishda muhim ahamiyatga ega.
Qashqadaryo viloyatida yuzaga kelgan ekologik-geografik muammolarni bartaraf etishda
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
✓
Suvni tejash texnologiyalarini joriy etish.
409
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7
✓
Iqlim o'zgarishlariga qarshi strategiyalarni ishlab chiqish.
✓
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va barqaror foydalanish.
✓
Sanoat chiqindilarini kamaytirish va ekologik toza texnologiyalarni qo'llash.
✓
Cho‘llashishga qarshi kurashish uchun saksovul plantatsiyalarini kengaytirish
✓
Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va suv resurslarini ifloslanishdan himoya
qilish zarur
✓
Tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish, o’rmonlarni tiklash va
yaylovlardan oqilona foydalanish zarur.
✓
Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun sanoat korxonalarida tozalash
uskunalarini o’rnatish, transport vositalarining ekologik tozaligini nazorat qilish va qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan fodalanishni kengaytirish lozim.
✓
Chiqindi muammosi hal qilish uchun chiqindilarni qayta ishlash zavodlari qurish,
aholining ekologik ongini oshirish va chiqindilarni saralash tizimini joriy etish zarur.
Viloyatda ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun ilmiy asoslangan yondashuvlar,
zamonaviy texnologiyalar, hududiy monitoring tizimlarini keng joriy etish, aholini ekologik
xabardorlik darajasini oshirish va davlat-hususiy sheriklik asosida muammolarni bartaraf etish
zarur. Ekotizimni asrash, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik yondashuvni amaliyotga
tatbiq etish Qashqadaryo viloyatining ekologik kelajagini belgilovchi eng muhim omillardandir.
Viloyatning ekologik barqarorligini ta'minlash orqali nafaqat tabiiy muvozanatni saqlash,
balki iqtisodiy o'sishni ham rag'batlantirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdurahmonov T.,Jabborov Z. Tuproqlarning ifloslanish muammolari va muhofaza qilish
tadbirlari: o'quv qo'llanma. - T ., 2007. - B.25-26.
2.
Abdullayev S.I., Usmonova R . Qashqadaryo havzasi tekslik qismi landshaftlarni
tabaqalashuvi // Ózbekiston Geografiya jamiyati axboroti. 23- jild.- Toshkent, 2003.
3.
Abdullayev S.I., Nazarov M.G. Qashqadaryo havzaning antropogen landshaftlari va
ularning geoekologik holati // Qarshi - 2020.133 b
4.
Сафаров
И.
Б.,
Халилов
Н.
Х.
Экономико-географические
проблемы
градостроительства верхне-Kашкадарьинской области //Educational Research in
Universal Sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 707-713.
5.
Qurbonov P. R. Iqlim o’zgarishi sharoitida tekislik mintaqasi shaharlarining rivojlanish
xususiyatlari (Janubiy O’zbekiston misolida) //Экономика и социум. – 2023. – №. 10
(113)-1. – С. 210-214..
6.
Safarov I. B., Chorshanbiyeva R.A. QASHQADARYO VILOYATIDAGI EKOLOGIK-
GEOGRAFIK MUAMMOLAR // Экономика и социум. – 2025. – №.2(129). – С. 153 157.
7.
Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlari
