Authors

  • Oybek Raimjonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.128343

Keywords:

Frazeologizmlar iboralar sematik tabiati frazemalar grammatik xususiyatlari.

Abstract

Ushbu maqolada Frazeologik birliklarning O‘zbek tilshunosligida mustaqillik davrida o‘rganilish ko‘lami va e’tiborga olingan jihatlari tahlil qilingan. Frazeologizmlar oid qilingan ishlar va ularda ilgari surligan masalalar borasida mulohazalar keltirilgan.

background image

423

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEK FRAZEOLOGIZMLARINING GRAMMATIK

VA SEMATIK TAHLILI

Oybek Raimjonov Xalimjon o‘g‘li

FarDU akademik litseyi o‘qituvchisi.

bekraimjonov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16493995

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Frazeologik birliklarning O‘zbek tilshunosligida

mustaqillik davrida o‘rganilish ko‘lami va e’tiborga olingan jihatlari tahlil qilingan.

Frazeologizmlar oid qilingan ishlar va ularda ilgari surligan masalalar borasida

mulohazalar keltirilgan.

Kalit so‘

zlar:

Frazeologizmlar, iboralar sematik tabiati, frazemalar grammatik

xususiyatlari.

Аннотация.

В статье анализируется состояние изучения фразеологических

единиц в узбекском языкознании в период независимости и рассматриваемые при этом
аспекты. Приводятся комментарии к работам по фразеологизмам и поднимаемым в них
вопросам.

Ключевые слова:

Фразеологизмы, семантический аспект фраз

a

, грамматические

особенности фразеологии.

Abstract.

The article analyzes the state of the study of phraseological units in Uzbek

linguistics during the period of independence and the aspects considered. Comments are given
on works on phraseological units and the issues raised in them.

Key words:

Phraseologisms, semantic aspect of phrases, grammatical features of

phraseology.

KIRISH

Til kommunikativ, emotsional-ekspressiv va boshqa bir qancha funksiyalar bilan bir

qatorda sohalarda axborot berish, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlikni ta’minlash, qadriyat

asosida tarbiyani shakllantirish vazifalarini bajaradi. Tilning antroposentrik talqinida mental ong,

tafakkur, idrok, madaniy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Frazeologizmlar ko‘chma ma’noga
asoslangan lug‘aviy birliklar bo‘lib, frazeologik ma’no asrlar davomida til egasining lisoniy
ongi, idrokiga bog‘liq ravishda shakllanib, sayqallanib boradi. Frazeologizmlar milliy tilning

barcha ijtimoiy funksiyalarini, milliy qadriyatlarni qamrab oluvchi til birliklaridir. Ularni

to‘plash, saqlab qolish, iste’mol doirasini kengaytirish va grammatik tabiatini tahlilga olish

milliy til taraqqiyotini takomillashtirish omillaridan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mustaqillik, istiqlol shabadasi boshqa fanlar qatori mamlakatimizda tilshunoslik fani

ravnaqiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Mustaqillik davrida tilimizning frazeologik boyligini to‘la
qamrab oluvchi turli xil izohli lug‘atlar, so‘zliklar yaratishga alohida ahamiyat berildi. Masalan,
Sh.Rahmatullayevning «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati» (1992), M.Sodiqovaning “Qisqacha
ruschao‘zbekcha barqaror iboralar lug‘ati” (1994), Mahmud Sattorning “O‘zbekning gapi qiziq”
(1994), B.Yo‘ldoshev, K.Bozorboyevning “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati” (so‘zlik, 1998),
Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedovlarning “Ma’nolar mahzani” (2001) singari leksikografik

asarlar shular jumlasidandir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda frazeologiya va frazeografiya muammolariga doir

ikkita respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi.


background image

424

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Bu ilmiy anjumanlarda o‘zbek frazeologiyasi bilan bir qatorda german, slavyan va eron

tillari frazeologiyasini tadqiq etishga ham e’tibor qaratilgan edi[6]. Shu bilan birga keyingi
yillarda o‘tkazilgan “Uslubshunoslikning dolzarb muammolari” (Samarqand, 1998),
“Tilshunoslikning dolzarb masalalari va nutq madaniyati muammolari” (Termiz, 2004), “Til va
milliy madaniyat” (Samarqand, 2004), “Professor Ulug‘ Tursunov va o‘zbek tilshunosligi”
(Samarqand, 2005), “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” (Farg‘ona, 2005), “O‘zbek
filologiyasining dolzarb masalalari” (Namangan, 2006), “Nutq lingvistikasi” (Samarqand, 2006),
“O‘zbek uslubshunosligining dolzarb muammolari” (Farg‘ona, 2006), “Tarjima jarayoni va
horijiy tillarni o‘qitishning dolzarb muammolari” (Samarqand, 2006), “Tilshunoslikning dolzarb
masalalari” (Toshkent, 2006), “Istiqlol va tilshunoslik muammolari” (Samarqand, 2006)

mavzuidagi xalqaro va respublika ilmiy-

nazariy anjumanlarida ham ma’lum darajada o‘zbek

frazeologiyasi masalalariga oid ma’ruzalar tinglangan hamda muhokama qilingan edi.

Mustaqillik yillarida o‘zbek frazeologiyasiga doir Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilida

fe’l frazemalarning bog‘lashuvi” (1992), A.Mamatovning “Frazeologik stilistika masalalari”
(1991), “Frazeologizmlarning shakllanish asoslari” (1996), “Frazeologizmlar shakllanishining
nazariy asoslari” (1997), A.Abdusaidovning “Frazeologizmlar –

matbuot tilida ta’sirchan vosita”

(2001), mazkur satrlar muallifining “Frazeologiya tarixidan lavhalar” (1998), “Frazeologik
uslubiyat asoslari” (1999), “Perifrazalarning frazeologizmlar bilan munosabati va ularni
maktabda o‘rganish masalalari” (hamkorlikda, 2001), “O‘zbek tilida frazeologizmlarning uslubiy
va pragmatik imkoniyatlari” (2002), “Ufq” trilogiyasining lingvopoetik tahlili masalalari”
(hamkorlikda, 2006), “Shoir Erkin Vohidovning frazeologizm qo‘llash mahorati haqida”
(hamkorlikda, 2007), “O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda
taraqqiyoti” (2008), “O‘zbek tilida o‘zlashma frazeologizmlarning semantik

-uslubiy

xususiyatlari” (hamkorlikda, 2012) singari qator tadqiqotlari maydonga keldi.

MUHOKAMA

Mustaqillik yillarida o‘zbek frazeologiyaning nazariy masalalarini o‘rganishga e’tibor

kuchaydi. Jumladan, tadqiqotchi Q.Hakimov sodda gap qolipli

joni kirib qoldi, boshi ko‘kka etdi,

yuragi orqasiga tortib ketdi, boshi osmonga etdi, yuragi shuvillab ketdi, og‘zi ochilib qoldi,

yuragi qoq yorilayozdi

singari frazeologizmlarni komponent tahlil metodi asosida o‘rgandi, shu

mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi1. Q.Hakimovning tadqiqoti shuni

ko‘rsatadiki, “frazeologizmlarning yuzaga kelishi faqat ma’no hodisasidir. Uning tarkibidagi
bo‘laklar o‘rtasida shakllangan sintaktik munosabat o‘z qimmatini saqlagan, o‘zgarishga
uchramagan holatda qoladi. Bunda sodda gap qolipli frazeologizmlar garchi ma’no jihatdan til
birligi holiga kelib qolgan bo‘lsa ham, sintaktik jihatdan sodda gaplik qimmatini saqlaydi. U
nutq tarkibida gap sifatida olinib, boshqa bo‘laklar unga moslashtiriladi va uning biror bo‘lagiga
bog‘lab qo‘llanadi”[5].

Frazemalarni komponent tahlil qilishning ayrim natijalari Sh.Rahmatullayevning ilmiy

maqolasida va 1992 yilda nashr etilgan “O‘zbek tilida fe’l frazemalarning bog‘lashuvi” nomli

monografiyasida ham umumlashtirilgan. Jumladan, Sh.Rahmatullayev

ta’bi xira, dili siyoh,

bag‘ri qon

frazemalarining semantik strukturasini quyidagicha qiyoslaydi: “Har uch frazemadan

“hafa”lik

ma’nosi anglashiladi, lekin bu “xafa”lik ta’b/i/ xira frazemasida boshlang‘ich

bosqichda (“bir oz”), dil/i/ siyoh frazemasida normal holatdan yuqoriroq (“normadan kuchliroq
darajada”), bag‘r/i/ qon frazemasida esa eng yuqori bosqichda (“o‘ta kuchli darajada”) ekani
anglashiladi. Shunga ko‘ra ta’b/i/ xira frazemasi “kayfiyati bir oz yomon holatda” ma’nosini
anglatsa, dil/i/ siyoh frazemasi “ruhiyati yomon” ma’nosini, bag‘r/i/ qon frazemasi esa “g‘am

-


background image

425

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

alam, iztirob bilan to‘lib

-

toshgan” ma’nosini anglatadi. Ma’nodagi bu qadar katta farqlanish

yuqoridagi uch frazema o‘zaro sinonim emasligini ko‘rsatadi. Asli ma’nodagi bunday
farqlanishni “emotsiyaning kuchli

-

kuchsiz darajada kechishi” semasi deb emas, balki “ma’no

gradatsiyasi” semasi deb nomlash to‘g‘riroq”[1, 19].

Prof.Sh.Rahmatullayevning ta’kidlashiga ko‘ra,

dodini bermoq, ko‘ngliga

tugmoq, yo‘lga

solmoq

kabi “fe’l frazemalardagi bog‘lashuv ko‘p qirrali o‘ta murakkab hodisa bo‘lib, o‘z

doirasiga turli-

tuman sintaktik, semantik hodisalarni qamrab oladi. Bog‘lashuv imkoniyati til

birligiga mansub xususiyat deb qaralgani bilan, bu xususiyat til birliklarining o‘zaro
bog‘lashuvida namoyon bo‘ladi, moddiylashadi. Til birligiga xos bog‘lashuvning mohiyati

leksik-

grammatik qurshov tufayligina ochiladi. Bunda til birligiga xos ochiq o‘rinni qanday

sintaktik bo‘lak egallashi (sintaktik bog‘lashuv), bu bo‘laklarning qanday grammatik shaklda
kelishi (morfologik bog‘lashuv), bu bo‘laklarning atalganligi (grammatiksemantik bog‘lashuv)
hisobga olinadi. Semantik bog‘lashuv (semantik tanlanuv) deb yuritiladigan bosqichda esa
o‘zaro bog‘lashuvchi lug‘aviy ma’nolarning ideografik semalari asosida fikr yuritiladi.”[3, 12]

1998-

yilda Sh.Usmonova “O‘zbek va turk tillarida somatik frazeologizmlar” mavzusida

nomzodlik ishini himoya qildi. Bu ish ikki bobdan iborat bo‘lib, ish oxiriga o‘zbekcha

-turkcha

muqobil somatic frazeologizmlar lug‘ati ilova qilingan[8, 20].

M.Xoliqovaning nomzodlik ishida til va tafakkur, dunyoning til kartinasi, antropomorfik

omillarning tilga ta’siri kabi muammolarga oid hozirgi zamon tilshunosligida mavjud qarashlar

va konsepsiyalar tahlil qilingan. Mazkur ishda ilk bor frazeologizmlarning milliy semantikasi,
ekstralingvistik (milliy-madaniy, etnografik, geografik, tarixiy) omillarning frazeologizmlar

semantikasiga ta’siri kabi muammolar rus va o‘zbek tillari frazeologiyasi misolida o‘rganilgan[9,

26].

Umuman olganda, bunday tadqiqotlar mamlakatimizda kelgusida qiyosiy frazeologiya

sohasida juda ko‘p ilmiy ishlar olib borish mumkinligini amaliy jihatdan isbotladi. Chunki,
o‘zbek va ingliz, o‘zbek va nemis, o‘zbek va tojik, o‘zbek va fransuz, o‘zbek va arab, o‘zbek va

qoraqalpoq tillarining frazeologiyasini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil etish xalqaro miqyosda

mamlakatimiz nufuzi ortib borayotgan bir sharoitda o‘zbek frazeologiyasining dolzarb

muammolaridan birini tashkil etadi.

1999-

yilda H. Shamsiddinov “O‘zbek tilida so‘zlarning funksional

-

semantik sinonimlari”

mavzusida doktorlik ishini himoya qildi. Bu ish muallifi FBlarni oddiy so‘zlarning funksional

-

semantik sinonimlari (FSS) deb hisoblaydi va shu nuqtai nazardan

ayyor

shaytonga dars

beradigan, pixini yorgan; xursand -

og‘zi

qulog‘ia etdi; uyalmoq –

erga qaramoq, shoshilmoq

podadan oldin chang

chiqarmoq, yuzlari lov-

lov yonmoq; go‘dak –

tuxumdan chiqqan,

aralashmoq

burnini tiqmoq; indamay

lom-mim demay, yuvosh

qo‘y og‘zidan cho‘p

olmagan, haydamoq

dumini tugmoq

kabi so‘z va frazeologizmlar orasidagi sinonimik

munosabatlarni semantik jihatdan keng o‘rganishga harakat qilgan. Bu ishda so‘zlarning

funksional-

semantik sinonimlari (SFSS)ga quyidagicha ta’rif berilgan: “muayyan narsa

-

hodisalarni, ularning belgisi, miqdori, holati, harakati va o‘zaro munosabatlarini tasviriy tarzda,
ko‘pincha ifoda maqsadiga muvofiq qayta nomlab yoki narsa

-hodisaga hoslab ifodalaydigan va

alohida so‘zga sinonim bo‘ladigan tilning so‘z va undan katta sath birliklari so‘zlarning
funksionalsemantik sinonimlari deyiladi”[2].Olimning bu ishi tilimizning sinonimik doirasi
naqadar keng va boy ekanligini ko‘rsatadi.

A.Mamatov “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma

muammolari” nomli monografiyasi (1991) va shu asosda himoya qilingan doktorlik


background image

426

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

dissertatsiyasida o‘zbek tilshunosligida ilk bor frazeologiyaning til normasi va nutq madaniyati
bilan bog‘liq muammolarini tadqiq etdi. Mazkur ishning so‘nggi bobi “Hozirgi o‘zbek adabiy
tilida frazeologik norma va undan chetga chiqishning tiplari” deb. Nomlangan[2, 207]. Muallif
mazkur qismda frazeologiyaga doir turli qarashlarni tanqidiy jihatdan ko‘zdan kechirib,

frazeologizmga: Frazeologizm -

bu tuzilishi jihatdan so‘z birikmasiga yoki gapga teng bo‘lgan,

umumlashgan ma’no anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki to‘liq ko‘chma ma’noga ega
bo‘lgan, turg‘un leksik

-

semantik birlikdir”, ̶

deya ta’rif beradi. Bu ta’rif bizningcha ham

haqiqatga biroz yaqin bo‘lib, frazemalarning quyidagi kategorial belgilarini hisobga olgan: a)
frazema komponentlari tuzilishi jihatdan so‘z birikmasiga yoki gapga teng bo‘ladi, yakka so‘z

-

komponentdan iborat

frazema yo‘q; b) frazema komponentlari umumlashgan, yaxlit ma’no

ifodalaydi; v) frazemani tashkil etuvchi so‘z

-

komponentlar, ya’ni leksik elementlar qisman yoki

to‘liq ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi; g) frazema turg‘un leksik

-semantik birliklar qatoriga kiradi.

Bulardan tashqari frazemalarda mavjud bo‘lgan obrazlilik, ekspressivlik, komponent tarkibining

alohida-

alohida rasmiylashganligi, nutqda takror holda qo‘llanuvchanlik kabi belgilarni

A.Mamatov frazemalarning nokategorial belgilari sifatida tushungan ko‘rinadi.

A.Mamatov tadqiqotining eng muhim fazilatlaridan biri o‘zbek tilshunosligiga

frazeologik norma tushunchasining olib kirishidir. To‘g‘ri, frazeologik normaga doir ayrim
kuzatishlar, yo‘l

-

yo‘lakay bayon qilingan fikrlar ilgari ham mavjud edi. Masalan,

Sh.Rahmatullayev o‘z nomzodlik dissertatsiyasidayoq frazeologik normaga rioya qilish
masalasiga e’tiborni qaratgan edi. A.Mamatov esa o‘z ishida frazeologik normaning nazariy va
amaliy muammolarini yaxlit holda o‘rtaga qo‘ydi.

A.Mamatov o‘zbek frazeologiyasi uchun eng dolzarb muammolardan frazeologik

shakllanish masalalarini tadqiq etish bilan shug‘ullandi shu mavzuga oid “O‘zbek tilida
frazeologik shakllanish masalalari”(1994), “Frazeologizmlarning leksik qayta shakllanishiga
doir”(1995), “Frazeologizmlarning shakllanish doirasi”(1995), “O‘zbek tilida frazemalarning
shakllanishi

haqida”(1996),

“Leksemalar

asosida

frazeologizmlarning

shakllanishi

masalalari”(1996), “Qo‘l” somatizmi asosida shakllangan frazemalar va ularning lug‘atlarda
ifodalanishi”(1997) singari yigirmaga yaqin maqolalar, “Frazeologizmlarning shakllanish
asoslari” (1995), “Frazeologizmlar shakllanishining nazariy asoslari” (1997) nomli monografik
tadqiqotlar e’lon qildi va 2000 yilga kelib, “O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi
masalalari” mavzusida doktorlik ishini himoya qildi. Bu esa o‘zbek frazeologiyasining ilmiy
doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Ishda ta’kidlanishicha, “frazeologizmlar faqat
frazeologik neologizmlarning paydo bo‘lishi bilan emas, balki tilda mavjud frazeologizmlarning

semantik, grammatik va funksional jihatdan yangilanishi asosida ham shakllanadi.

Frazeologizmlarning shakllanishida ro‘y beradigan leksik, semantik, grammatik o‘zgarishlar
faqatgina stilistik ehtiyoj bo‘lmasdan, balki til ichki tizimining ehtiyoji hamdir”[10, 50].

Abdug‘afur Mamatov evfemistik shakllanish, disfemistik shakllanish, frazema hosil

bo‘lishining transpozitsiya usuli kabi bir qator usullar haqida ham fikrmulohaza yuritadi. Lekin,

bizningcha, bu ishlarda frazema bilan unga yaqin turuvchi, oraliq hodisalar (masalan, parafraza

yoki perifrazalar) qat’iy farqlanmagan ko‘rinadi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida himoya qilingan M.Yo‘ldoshevning “Cho‘lponning

badiiy til mahorati” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi(2000)da va shu asosda nashr etilgan
“Cho‘lpon so‘zining sirlari” nomli risolasi (2002)da Cho‘lpon asarlarida, ayniqsa, uning “Kecha
va kunduz” romanida qo‘llangan frazeologizmlar ancha asosli tahlil qilindi. I.G‘aniyevning
“Fitrat drammalari poetikasi” nomli doktorlik dissertatsiyasi (1998)ning so‘nggi ikki bobi badiiy


background image

427

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

tasvir poetikasi hamda til va uslub masalalariga bag‘ishlangan. Bu ishda Fitrat dramalarida
frazeologizmlarning qo‘llanish xususiyatlari ham ma’lum darajada tahlilga tortilgan.
F.Bobojonovning “O‘zbek jadid dramalarining lisoniy xususiyatlari (Behbudiy va Avloniy
dramalari asosida)” mavzuidagi (2002), R.Normurodovning “Shukur Xolmirzayev asarlarining
til xususiyatlari (lug‘aviy va uslubiy jihatlari)” mavzuidagi (2000) nomzodlik dissertatsiyalari

haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin.

K.Bozorboyevning nomzodlik ishi ham o‘zbek frazeologiyasi rivojiga munosib hissa

bo‘lib qo‘shildi. Bu ishning dastlabki bobida so‘zlashuv nutqi frazeologizmlari (SNF)ning paydo
bo‘lish manbalari, qatlamlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Keyingi bobda
esa o‘zbek tilida SNFlarining grammatik va semantik tasnifi amalga oshirilgan. Shunisi
muhimki, ish muallifi SNFlarning 40 foizi o‘zbek adabiy tilida ham o‘z aksini topganligini, 50
foizi esa so‘zlashuv nutqida turli xil variant va sinonimlarga ega ekanligini, ularning faqat 10
foizi lug‘atlarda so‘zlashuv nutqiga xoslangan (st.f.) havolasi bilan berilganligini to‘g‘ri
ta’kidlab ko‘rsatadi[11].

A.Abdusaidovning monografiya va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari hamda “Gazeta

janrlarining til xususiyatlari” mavzuidagi doktorlik ishining alohida qismi frazeologizmlarning
gazeta tilida ekspressivlikni ifodalovchi vosita sifatidagi rolini tadqiq qilishga bag‘ishlangan.

Tadqiqotchi

yotib qolgan

mahsulotlar, erning jilovini mahkamroq ushlamoq, ko‘rgiliklar

botqog‘iga botgan,

shikoyatchining noni butun bo‘lsa, ta’naning bir uchi tegadi

singari

okkazional iboralarning gazeta tilida bir-

ikki marta ishlatilib, so‘ng iste’moldan qolayotganligini,

shu sababli ularni to‘plash, okkazional iboralar lug‘ati tuzish zarurligi haqida asosli fikr

-

mulohazalar bildiradi[12, 48].

Masalan, prof. Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilida fe’l frazemalarning bog‘lashuvi”

nomli tadqiqotida frazeologizmlar dastlab bog‘lashuvli va bog‘lashuvsiz iboralar deb ikki
guruhga ajratilagn; bog‘lashuvchi frazeologizmlar esa o‘z navbatida bir, ikki, uch bog‘lashuvli
deb guruhlangan va ularning bog‘lashuv imkoniyati keng yoritilgan. Ishning alohida qismlarida
frazeologizmlardagi variatsiya va bog‘lashuv, polisemiya va bog‘lashuv masalalari o‘rganilgan.

Shunisi muhimki, frazeologiya faniga doir yangicha ilmiy-nazariy qarashlar

keyingi yillarda yaratilayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmlaridan ham mustahkam

o‘rin olmoqda. Masalan, prof. M. Mirtojiyevning fikricha, iboralar turg‘un birikma

holidagi atamalar (

melodiy yil, agrar masala, katta maslahatchi, ilmiy xodim

kabi),

parafrazalar (

mo‘yqalam sohibi, ilm zahmatkashlari, zangori kema kapitani

kabi)

va frazeologizmlar (

ko‘ngli xira tortdi, kavushini to‘g‘rilab qo‘ydi

kabi)dan iborat[18].

Prof.H.Jamolxonov esa frazemalarni ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiya deb

hisoblaydi. Olimning ta’kidlashiga ko‘ra, frazema ham leksema kabi lug‘aviy birlik sanaladi,
ammo o‘zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan farqlanadi[14, 216].

Prof.Sh.Rahmatullayev “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” nomli yangi darsligida

frazeologizmlarni o‘rganuvchi sohani frazemika deb nomlaydi. Bu ishda ta’kidlanishicha,
“frazema til qurilishining lug‘at bosqichiga mansub ikkinchi lisoniy birlik bo‘lib, bittadan ortiq
leksemaning o‘zaro semantiksintaktik birlashuvi bilan tarkib topgan bo‘ladi, shunga ko‘ra tuzma
segment birlik deyiladi; sintaktik tuzilishi jihatidan birikmaga, gapshaklga teng bo‘lib, odatda

nominativ va signifikativ vazifa bajaradi, lekin leksemadan ifoda jihati bilangina emas, mazmun

jihati bilan ham farq qiladi”[15] Bundan ko‘rinadiki, frazemalarning xususiyatlarini talqin
qilishda yangi nashr etilgan darslik va qo‘llanmalarda ham yaxlitlikka erishilganicha yo‘q.


background image

428

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

“O‘zbek tilshunosligi tarixi” asarida ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida “o‘zbek

frazeologiyasining yangi muvaffaqiyatlarga erishuvida B.Yo‘ldoshev, Abdimurod va
Abdug‘ofur Mamatovlarning xizmatlari katta bo‘ldi. B.Yo‘ldoshev frazeologizmlarning
konnotativ ma’nolari, badiiy tasvir vositasi sifatida imkoniyatlarini atroflicha yoritib berdi.

Abdimurod Mamatov frazeologik norma muammosini ko‘tarib chiqdi va frazeologik

norma hamda frazeologik variant o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatib berdi.

Abdug‘afur Mamatov esa, o‘zining qator asarlarida (biz bu asarlarning ayrimlarini

yuqorida ma’lum darajada tahlil qildik –

B.Y.) frazeologik shakllanish muammolarini o‘rtaga

qo‘ydi va uning paydo bo‘lish omillarini yoritib berdi. Frazeologizmlarning muhim farqlovchi
belgisi mazmuniy qayta shakllanish ekanligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, Sh.Rahmatullayev asos solgan o‘zbek frazeologiya maktabi tobora

takomillashib, rivojlanib bormoqda”.

XULOSA

Umuman olganda, mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligi frazeologizmlarning

struktural-grammatik, semantik-

uslubiy va funksionalpragmatik jihatdan o‘rganish sohasida

muayyan yutuqlarga erishdi, bir qator yangi monografiyalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy
maqolalar, frazeologik lug‘atlar yaratildi, bir necha nomzodlik dissertatsiyalari (Q.Hakimov,
Sh.Usmonova, M.Holiqova, K.Bozorboyev, B.Jo‘rayeva, Sh.Abdullayev, Sh.Almamatova,
M.Vafoyeva) hamda doktorlik dissertatsiyalari (B.Yo‘ldoshev, Abdimurod Mamatov,
Abdug‘afur Mamatov) himoya qilindi. Shunday bo‘lsa

-

da, o‘zbek frazeologiyasida hali chuqur

ilmiy o‘rganishni taqozo etuvchi muammolar ham anchagina bor. Aslini olganda, frazeologizm
O‘zbekistonda ham keng ko‘lamda o‘rganilgan sohani tashkil qiladi. Haqiqatan ham ko‘p ish

qilingan. Biroq erishilgan yutuqlarga rahna solmagan holda aytish kerakki, kelgusida qilinadigan
ishlarimiz bundan-

da ko‘p.


ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1.

Раҳматуллаев Ш. Лексема ва фразема маъносини компонент таҳлилнинг баъзи

натижалари // Ўзбек тили ва аджабиёти. 1986. № 3. –

Б. 19

-20;

2.

Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма

муаммолари. –

Тошкент: 1991. –

Б. 207

-272;

3.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилида феъл фраземаларнинг боғлашуви.

-

Тошкент:

Университет, 1992. –

Б. 12

-32.

4.

Шамсиддинов Ҳ.Перифразалар хусусида айрим мулоҳазалар // Ўзбек тили ва

адабиёти. 1993. № 4. –

Б. 29

-35;

5.

Ҳакимов Қ. Ўзбек тилидаги содда гап қолипли фразеологизмларнинг зарурий

бирикувчанлиги. НДА. –Тошкент: 1994.

6.

Актуальные проблемы фразеологии, материалы республиканской научно

-

теоретической конференции (Самарканд, СамГУ, 25

-

26 ноябрь 1994 г.). –

Самарқанд: СамДУ нашри, 1995. –

102 б.;

7.

Умиров И. Ўзбек тили парафразалари. НДА.

-

Тошкент: 1996. –

Б. 7

-8;

8.

Усмонова Ш.Р. Ўзбек ва турк тилларида соматик фразеологизмлар. НДА.

-

Тошкент: 1998. –

20 б.

9.

Халикова М.К. Фразеология как форма отражения национального менталитета в

языковой картине (на материале русского и узбекского языков). АКД. –

Ташкент,

1999.

26 с.


background image

429

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

10.

Маматов А.Э. Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари. ДДА. –

Тошкент: 2000. –

Б.50.

11.

Бозорбоев К.Т. Ўзбек сўзлашув нутқи фразеологизмлари. НДА. –

Самарқанд: 2001.

Б. 14.

12.

Абдусаидов А. Фразеологизмлар –

матбуот тилида таъсирчан восита. –

Самарқанд:

2001.

48 б.;

13.

Бегматов Э., Абдусаидов А. Матбуот тилида фразеологик неологизмлар // Ўзбек

тили ва адабиёти. 2002. № 1. –

Б. 23

-

14.

Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –

Тошкент: Талқин, 2005.

-

Б. 216.

15.

Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. –

Тошкент: Университет, 2006. –

Б.

418.

16.

Айтбоев Д. Перифразаларнинг ўрганилишига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. 2006.

№ 5. –

Б. 86

-88;

17.

Умиров И. Фразеологизм ва паралингвистика // Илм зиёдир (Проф.Равшанхўжа

Расуловнинг 60 йиллигига бағишланади). –

Тошкент: 2006. –

Б. 123

-

125 ва

бошқалар.

18.

Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –

Тошкент: Университет, 2004. 183

-186-

бет.

References

Раҳматуллаев Ш. Лексема ва фразема маъносини компонент таҳлилнинг баъзи натижалари // Ўзбек тили ва аджабиёти. 1986. № 3. – Б. 19-20;

Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари. – Тошкент: 1991. – Б. 207-272;

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилида феъл фраземаларнинг боғлашуви. - Тошкент: Университет, 1992. – Б. 12-32.

Шамсиддинов Ҳ.Перифразалар хусусида айрим мулоҳазалар // Ўзбек тили ва адабиёти. 1993. № 4. – Б. 29-35;

Ҳакимов Қ. Ўзбек тилидаги содда гап қолипли фразеологизмларнинг зарурий бирикувчанлиги. НДА. –Тошкент: 1994.

Актуальные проблемы фразеологии, материалы республиканской научно-теоретической конференции (Самарканд, СамГУ, 25-26 ноябрь 1994 г.). – Самарқанд: СамДУ нашри, 1995. – 102 б.;

Умиров И. Ўзбек тили парафразалари. НДА. - Тошкент: 1996. – Б. 7-8;

Усмонова Ш.Р. Ўзбек ва турк тилларида соматик фразеологизмлар. НДА. - Тошкент: 1998. – 20 б.

Халикова М.К. Фразеология как форма отражения национального менталитета в языковой картине (на материале русского и узбекского языков). АКД. – Ташкент, 1999. – 26 с.

Маматов А.Э. Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари. ДДА. – Тошкент: 2000. – Б.50.

Бозорбоев К.Т. Ўзбек сўзлашув нутқи фразеологизмлари. НДА. – Самарқанд: 2001. – Б. 14.

Абдусаидов А. Фразеологизмлар – матбуот тилида таъсирчан восита. – Самарқанд: 2001. – 48 б.;

Бегматов Э., Абдусаидов А. Матбуот тилида фразеологик неологизмлар // Ўзбек тили ва адабиёти. 2002. № 1. – Б. 23-

Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Талқин, 2005. -Б. 216.

Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. – Тошкент: Университет, 2006. – Б. 418.

Айтбоев Д. Перифразаларнинг ўрганилишига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. 2006. № 5. – Б. 86-88;

Умиров И. Фразеологизм ва паралингвистика // Илм зиёдир (Проф.Равшанхўжа Расуловнинг 60 йиллигига бағишланади). – Тошкент: 2006. – Б. 123-125 ва бошқалар.

Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Университет, 2004. 183-186-бет.