Authors

  • Q. Niyozov Norbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.128771

Keywords:

me’da osti bezi atsinus merkazolil bo‘lakcha.

Abstract

Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

556

TAJRIBAVIY QALQONSIMON BEZ

KASALLIKLARIDA ME’DA OSTI BEZI

MORFOLOGIYASI

Norbek Q. Niyozov

Katta o‘qituvchi, Toshkent tibbiyot akademiyasi,

E-mail:

norbekniyozov65@gmail.com,

Toshkent, Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16539077

Annotatsiya.

Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan

tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da

osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish
kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli

o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha
tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni
ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari
va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.

Kalit so‘zlar:

me’da osti bezi, atsinus, merkazolil, bo‘lakcha

.

PANCREATIC MORPHOLOGY IN THYROID DISEASES IN WHITE MICE

Abstract.

In our study, we examined white laboratory rats born to control and

experimental mothers with hypothyroidism. Morphological analysis of the pancreas during
various stages of postnatal ontogenesis revealed significant delays in the development and
formation of individual components of the vascular wall compared to the control group. From
the first days of the experiment, changes in the arterial wall were observed in all experimental
animals. The results demonstrate that morphological changes in pancreatic cells and their blood
vessels occur in offspring born to mothers with hypothyroidism.

Key words:

pancreas, acinus, mercazolil, share.

Dolzarbligi.

Gipotireoz - qalqonsimon bez gormonlarining doimiy yetishmovchiligi yoki

ularning biologik ta’sirining to‘qimalar darajasida pasayishi natijasida yuzaga keladigan klinik
sindrom. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aholi orasida birlamchi

gipotireozning tarqalishi 0,2-1% ni tashkil qiladi, yashirin birlamchi gipotireoz esa ayollarning 7-
10% va erkaklarning 2-

3% ga ta’sir qiladi.

Bir yil ichida yashirin gipotireoz holatlarining 5 foizi

ochiq gipotireoz

ga o‘tadi [1, 4, 8, 11, 17].

Gipotireoz qalqonsimon bezning eng keng tarqalgan

kasalliklaridan bo‘lib, asta

-

sekin boshlanishi, birlamchi alomatlari va yengil va o‘rtacha

og‘irlikdagi qoniqarli farovonlik bilan tavsiflanadi. Simptomlar homiladorlik paytida charchoq,
depressiya yoki asoratlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Gipotireozning tarqalishi taxminan 1% ni

tashkil qiladi, reproduktiv yoshdagi ayollarda 2% gacha va qariyalarda 10% gacha ko‘tariladi.

Qalqonsimon bez gormonlar yetishmovchiligi tanadagi tizimli o‘zgarishlarga olib keladi.

Bu gormonlar hujayralardagi energiya almashinuvini tartibga soladi va ularning

yetishmasligi kislorod sarfini, energiya sarfini kamaytirishga va energiya qayta ishlashining

buzilishiga olib keladi [2, 6, 9, 14, 18]. Gipotireoz energiyaga bog‘liq bo‘lgan hujayra

fermentlarining sintezini buzadi, normal hujayra funksiyasini buzadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

557

Murakkab holatlarda miksedema -

shilliq pardalarning shishishi to‘qimalarning

gidrofilligi va suvni ushlab turishini oshiradigan glikozaminoglikanlarning ortiqcha to‘planishi

tufayli rivojlanadi [3, 7, 10, 15, 16].

Ayollarda gipotireoz qalqonsimon gormonlarining yetishmovchiligi natijasida

reproduktiv tizimning buzilishlariga olib keladi. Bu buzilishlar orasida hayz davrining
tartibsizligi (amenoreya, disfunksional bachadon qon ketishi) va mastopatiya (sut bezlarining

kasalligi) mavjud. Qalqonsimon bez gormonlar yetishmasligi bepushtlikka sabab bo‘lishi
mumkin. Yengil darajadagi gipotireoz homiladorlikni to‘liq oldini olmasa

-

da, u avlodning o‘z

-

o‘zidan tushish xavfini oshiradi va homila rivojlanishida, xususan, nevrologik muammolar paydo
bo‘lishi ehtimolini keltirib chiqaradi.

Me’da osti bezi endogen va ekzogen stimullarning patologik ta’siriga juda sezgir bo‘lib,

uning faoliyatida funksional buzilishlar va tizimli patologik jarayonlar yuzaga keladi. Bu

buzilishlar asosan bezning qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qima stromasi o‘zgarishlari bilan
boshlanadi. Me’da osti bezining shikastlanishi stromadagi tomirlar, Langergans orolchalarida va
asinuslarda sifat va miqdor jihatidan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu strukturaviy
o‘zgarishlar me’da osti bezi ferment ishlab chiqarishining buzilishiga, insulin ishlab chiqaruvchi

hujayralarining zararlanishiga olib kelib, natijada klinik jihatdan funksional buzilishlar,
jumladan, ovqat hazm qilishda qiyinchiliklar va glyukoza metabolizmi disfunksiyasi (masalan,

diabet) bilan namoyon bo‘ladi.

Tadqiqot maqsadi

. Tajribaviy qalqonsimon bez kasalliklarida me’da osti bezidagi

morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish.

Material va tadqiqot usullari.

Tadqiqot maqsadiga erishish uchun 80 nafar jinsiy yetuk

oq laboratoriya kalamushlarning me’da osti bezi o‘rganildi. Oq laborator kalamushlarini 2 ta

guruhga ajratildi. 1-

guruh 30 ta sog‘lom kalamushlar nazorat guruhini tashkil qildi. 2

-guruh

tajriba guruhida urg‘ochi jinsga mansub 50 nafar oq laborator kalamushlarda tajribaviy
gipotireoz chaqirish uchun 14 sutka davomida 100 gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda

merkazolil berildi. Keyinchalik 1 oy davomida kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan

merkazolil berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilganidan keyin ham

emizikli davrida ona kalamushlarga 100 gr tana vazniga 0,25 mg dan merkazolil berishni davom
ettirildi. Ona va bola kalamushlarning dum venasidan qon olindi, hamda qalqonsimon bez

gormonlari miqdori o‘rganildi. Bola kalamushlar tug‘ilganidan so‘ng 3

-, 7-, 14-, 21- va 30-

kunlarda dekapitatsiya usulida jonsizlantirildi. Gistologik tekshiruvlar uchun me’da osti bezining
bosh, tana va dum qismidan to‘qimalar olindi. Me’da osti bezi to‘qimasi 10% li formalin

eritmasida fiksatsiya qilinib, spirtda suvsizlantirildi va parafinli bloklar tayyorlandi.

Tayyorlangan parafinli bloklardan 8-12 mkmlik gistologik preparatlar tayyorlanib,

gematoksilin-

eozin usulida bo‘yaldi. Tajribalar va hayvonlarni dekapitatsiya usulida

jonsizlantirish “Eksperimentlar va boshqa ilmiy maqsadlarda ishlatiladigan umurtqali
hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha Evropa konventsiyasi” ga muvofiq amalga oshirildi

(Strasburg, 1985). Qalinligi 8-

10 mikron bo‘lgan rotorli mikrotomda tayyorlangan gistologik

kesmalar gematoksilin-

eozin bilan standart usulda bo‘yalgan [Volkova O. V. V., Yeletskiy

yu.K., 1982].


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

558

Tadqiqot natijalari.

Nazorat guruhidagi kalamushlarning qalqonsimon bezi tashqi

tomondanbiriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan. Biriktiruvchi to‘qimalardan tashkil

topgankapsula ingichka qatlamlar hosil qilib bez ichiga chuqur kiradi. Trabekulalar bezni alohida

bo‘laklarga ajratadi.

Follikulalar bir nechta guruh follikulalardan tashkil topgan kichik bo‘lakchali follikulyar

komplekslardan tashkil topgan. Nazorat guruhidagi kalamushlarning qalqonsimon bezlari turli

shakldagi follikulalardan iboratligini ko‘rish mumkin ya’ni dumaloq, ovalsimon, ba’zi hollarda

burchakli (1-

rasm). Har bir follikula bo‘shlig‘i kolloid bilan to‘lgan bo‘lib, ularning bazal

membranasida tirotsitlar ko‘rinadi. Kichik follikulalarda tirotsitlarning shakli

prizmasimon, yetilgan follikulalarda esa kubsimon bo‘ladi. Tirotsitlar yadrosi yumaloq shaklga
ega, xromatin bir xil taqsimlangan, bazofil bo‘yaladi, sitoplazma esa oksifil bo‘yaladi.

Follikulalarning bo‘shlig‘ida aniqlangan kolloid ham oksifil rangga bo‘yaladi. Har bir

follikulaning atrofida biriktiruvchi to‘qima va qon

-tomir mavjud. Follikulalar qon-tomirlar bilan

o‘ralganligini ko‘rish mumkin. Follikulalar orasida limfoid hujayralarning to‘planganligi

aniqlandi.

Nazorat guruhidagi kalamushlar qalqonsimon bezidagi tirotsitlar balandligi o‘rtacha 3

kunlikda o‘rtacha 7,5±0,4 mkm 30 kunlikga kelib esa bu ko‘rsatkich 7,8±0,6 mkm ni tashkil
qildi, yadrosining diametri esa 4,5±0,5 mkm 3 kunlik kalamush bolalarida va 30 kunda 4,8±0,01

mkmni tashkil etdi.

3 kunlik kalamush bolalarining me’da osti bezining gistologik tuzilishi nazorat guruhi

bilan solishtirilganda farq aniqlanmadi. Biriktiruvchi to‘qima kapsulasi o‘zgarmagan.

Asinuslarda ham o‘zgarish aniqlanmadi. Asinuslar piramidal yoki ovalsimon shaklda,

Langergans orollari, qon tomirlar,

α

,

β

hujayralarida ham o‘zgarish aniqlanmadi.

7 kunlik kalamush bolalarining gistologik tuzilishi nazorat guruhi bilan solishtirib

ko‘rilganda katta farq aniqlanmadi. Organning nozik stromasi biriktiruvchi to‘qimali kapsula
bilan qoplangan, ular bezni bo‘laklarga ajratadi.

Bo‘lakning tarkibiy birligi asinusdir. Asinuslar piramida yoki ovalsimon shaklga ega,

ko‘pincha ko‘pburchakli, poydevori keng va toraygan uchi bo‘ladi. Langergans orollari
o‘zgarishsiz, qon tomirlar devorlari o‘zgarishsiz, kapillyarlarning diametri 3,3±0,2 mkm. α

tipidagi hujayralar biroz kattalashgan, ularning maydoni 96495,7±342,53 nm²) va yadro
sitoplazmatik indeksi (0,52±0,06) pasaygan. α

tipidagi hujayralar zichroq sitoplazmatik

membrana bilan himoyalanganligi sababli

β

-hujayralarga qaraganda kamroq shikastlangan. 7

kunlik kalamush bolalarining me’da osti bezini morfologik o‘rganishda mikrotomirlar va venoz
bo‘g‘in tomirlarining o‘tkazuvchanligi oshishi qonning suyuq qismining tomir devori orqali
atrofdagi biriktiruvchi to‘qimalarga chiqishi aniqlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

559


14 kundan keyin

me’da osti bezi stromasida, asosan perivenulyar va perikapillyar

bo‘shliqlarda shishning ko‘payishi qayd etildi. Kollagen tolalar

shishgan, bo‘shashgan, ba’zi

joylarda kollagen tolalarining tabaqalanishi, biriktiruv

chi to‘qimalarning asosiy moddasining sirt

dezorganizatsiyasining dastlabki belgilari bilan shishishi kuzatiladi (1-rasm). Ekzokrin

parenxima kapillyarlarining o‘rtacha diametri 4,6±0,1 mkm (p≤0,05). Kapillyarlarning devorlari

sezilarli darajada kengaydi,

ularning stromasi eritrotsitlar massalarining to‘planishi va to‘qima

shishi bilan to‘lgan. Me’da osti bezi orollaridagi β

-

hujayra yadrolarining o‘rtacha maydoni

kamayadi (nazorat guruhi kalamushlarda 14755,4±92,1 nm² va gipotireozda 12655,4±121,1 nm²;

p<0,05).

β

-hujayralarning yadrolari kariopiknoz va karyolizga uchradi. Endokrin hujayralarda

sezilarli strukturaviy o‘zgarishlar yuzaga keldi. α

-

hujayrasining o‘rtacha maydoni nazorat

guruhiga nisbatan 7,9% ga kamaydi va 91560,6±132,1 nm² ni tashkil etdi (

nazorat guruhida

98897,3±286,2 nm²), shu bilan birga yadroning o‘rtacha maydoni ko‘paydi va 34987,3±175,5
nm² (nazorat guruhida 32325,2±98,6 nm²) ni tashkil etdi. α

-hujayralarning yadrolari kattalashgan

yadro g‘ovaklariga ega, yadro kamroq elektron zichlikka ega bo‘ldi. α

-hujayraning yadro

sitoplazmatik indeksi 0,6±0,01 gacha ko‘tarildi (nazorat guruhidagi kalamushlarda 0,54±0,02).

Shuningdek,

α

-hujayralarida sekretor granulalar maydoni sezilarli darajada oshadi, ammo

granulalarning diametri 21,3±0,5 nm dan

17,2±0,3 nm gacha kamaydi, bu esa granulalarning

morfologik yetukligidan dalolat beradi.

21 kundan keyin me’da osti bezida qon tomir buzilishlar saqlanib qoladi: tomirlarning

aniq ko‘pligi, turg‘unlik, diapedetik xarakterdagi ko‘plab perivaskulyar qon ketishlar, shish
intensivligining oshishi va bez parenximasida leykositlar to‘planishi qayd etildi (2

-rasm).

Ekzokrin parenximaning kapillyar diametri 7,2±0,1 mkm gacha oshadi (nazorat guruhida
6,35±0,2 mkm). Endokrin hujayralarda sezilarli strukturaviy o‘zg

arishlar yuzaga keldi.

α

-

hujayrasining o‘rtacha maydoni nazorat guruhiga nisbatan 7,7% ga kamaydi va 91564,6±136,4
nm² ni tashkil etdi (nazorat guruhida 99365,2±287,4 nm²), shu bilan birga yadroning o‘rtacha


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

560

maydoni ko‘paydi va 34653,3±171,4 nm² (nazorat guruhida 32456,2±95,4 nm²) ni tashkil etdi. α

-

hujayralarning yadrolari kattalashgan yadro g‘ovaklariga ega, yadro kamroq elektron zichlikka
ega bo‘ldi. α

-

hujayraning yadro sitoplazmatik indeksi 0,58±0,02 gacha ko‘tarildi (nazorat

guruhidagi kalamushlarda

0,52±0,02). Shuningdek, α

- hujayralarida sekretor granulalar maydoni

sezilarli darajada oshadi, ammo granulalarning diametri 24,5±0,9 nm dan 20,2±0,3 nm gacha

kamayadi, bu esa granulalarning morfologik yetukligidan dalolat beradi.

1-rasm.

14-kunlik tajriba guruhidagi bola

kalamush me’da osti bezining gistologik

ko‘rinishi.

Kollagen tolalari shishgan,

bo‘shashgan, shish intensivligi oshgan.

Bo‘yalishi:

gematoksilin-eozin. X: 10x20.

2-rasm.

21-kunlik tajriba guruhidagi bola

kalamush me’da osti bezining gistologik

ko‘rinishi. Bez parenximasida leykositlar

to‘planishi. Bo‘yalishi:

gematoksilin-eozin. X:

10x40.

30 kuni me’da osti bezida xarakterli tarkibiy o‘zgarishlar aniqlandi, ya’ni

bo‘lakchalarning atrofiyasi va deformatsiyasi, bez stormasida shishn

ing intensivligi oshib, butun

bezga tarqaldi. Bo‘laklarda atsinuslar epiteliysining pasayishi va atrofiyasi, endokrin hujayrasi α

,

β

hujayralarda distrofik o‘zgarishlar, sonini tartibsiz almashinuvi aniqlandi. Me’da osti beziniing

periferiyasida joylashgan

bo‘laklarida atsinuslarning arxitektonikasi buzilishi ko‘rindi. Qon

quyilgan soxalar atrofidagi ba’zi atsinotsitlar bir

-biridan uzoqlashgan va siqilgan ekanligini

ko‘rish mumkin. Atsinuslarda diskompleksatsiya kuzatilib, hujayralar vakuolizatsiyasi
aniqlanadi. Hujayralar chegarasi noaniq. Bo‘laklararo va bo‘laklarichi yo‘llari kengayganligi

aniqlandi.

α

-tipidagi hujayralar biroz kattalashgan.

α–

hujayralar zichroq sitoplazmatik membrana

bilan qoplanganligi uchun

β–

hujayralarga qaraganda kamroq shikastlangan. Langergans

orolchalari shish (8-

rasm), qon tomirlarda o‘zgarishlar kuzatildi. Ko‘rinadigan tomirl

arning

kengayishi ko‘rinishidagi mikrotomirlar va venoz tomirlarning o‘tkazuvchanligi oshishi qonning
suyuq qismini tomir devori orqali atrofdagi biriktiruvchi to‘qimalarga chiqishiga olib keldi.

Stromasida asosan perivenulyar va perikapillyar bo‘shliqlarda shishning paydo bo‘lishi

qayd etildi. Kollagen tolalar shishgan, bo‘shashgan, kapsulasi notekis joylashgan, biriktiruvchi
to‘qimalar shishi kuzatiladi. β–hujayra yadrolarining o‘rtacha maydoni kamaydi va

kariopiknozga uchradi.

α–

hujayrasining maydoni nazorat guruhiga nisbatan 8,5% ga kamaydi.

Atsinus diametri 3% gacha, balandligi esa 12% gacha o‘sishdan orqada qoldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

561

Xulosa.

Tadqiqot natijalari shuni ko

‘rsatdiki

, gipotireoz holatida ona kalamushdan

tug‘ilgan avlodlarining me’da osti bezida salbiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bu o‘zgarishlar

gemomikrotsitkul-

yator ko‘rinishda bo‘lib, oraliq stromaning shishi, hujayraning destruktiv va

distrofik o‘zgarishi sifatida namoyon bo‘ldi. O‘zgarishlar tajribaning 14

-kuni yaqqolroq aks etdi

va ultrastrukturaviy o‘zgarishlar atsinuslarda membrana tuzilmalarining destabilizatsiyasi
sifatida ko‘rindi. Me’da osti bezining periferiyasida joylashgan bo‘laklarida atsinuslarning

arxitektonikasi buzilishi kuzatildi.

Ko‘rinadigan tomirlarning kengayishi ko‘rinishidagi

mikrotomirlar va venoz tomirlarning o‘tkazuvchanligi oshishi

natijasida qonning suyuq qismini

tomir devori orqali atrofdagi biriktiruvchi to‘qimalarga chiqishiga olib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Akhmedova S. M. et al. Pancreatic morphology in hypothyroidism //International journal
of artificial intelligence.

2024.

Т. 4. –

№. 09. –

С. 475

-479.

2.

Ergashev S., Usmanov R., Niyozov N. Morpho-functional changes in the endocrine
pancreas of white rats under metabolic syndrome conditions //Central Asian Journal of
Medicine.

2025.

№. 4. –

С. 75

-80.

3.

Kurbanovich N. N., Abdurasulovich G. D. Features of morphological changes in the
pancreas //Texas Journal of Medical Science.

2023.

Т. 16. –

С. 79

-83.

4.

Kurbanovich N. N. et al. Reactive changes in the pancreas in hypothyroidism //American
Journal of Interdisciplinary Research and Development.

2024.

Т. 25. –

С. 343

-347.

5.

Mukhamadovna A. S. et al. Indicators of Fetometry of the Fetus in Pregnant Women in a
State of Hypothyroidism //Texas Journal of Medical Science.

2023.

Т. 16. –

С. 75

-78.

6.

Mukhamadovna A. S. et al. Morphological Characteristics of Myocardial Changes When
Exposed to Pesticides //Onomazein.

2023.

№. 62. –

С. 1226

-1237.

7.

Matkarimov O., Axmedova S., Niyozov N. Criteria for assessing structural changes in the
myocardium in experimental hypodynamic and diabetes //Central Asian Journal of
Medicine.

2025.

№. 3. –

С. 273

-283.

8.

Matkarimov O., Axmedova S., Niyozov N. Tajribaviy gipodinamiya holatida miokardning
morfologiyasi //Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№. 5. –

С. 338

-343.

9.

Niyozov N. et al. Medical sciences //Art studies.

С. 36.

10.

Niyozov N., Ergashev S. Pancreatic morphology in thyroid diseases in white mice
//Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№. 4.

11.

Niyozov N. K. et al. Morphological Aspects of Pancreas Changes in Experimental
Hypothyroidism //Journal of education and scientific medicine.

2023.

Т. 8. –

№. 2. –

С.

27-31.

12.

Niyozov N. K. et al. Morphology of the Pancreas Against the Background of
Hypothyroidism //Journal of education and scientific medicine.

2024.

Т. 18. –

№. 5. –

С. 47

-52.

13.

Niyozov N., Qo‘qonboyev M. Me’da osti bezi morfologiyasi tajribaviy gipotireozda

//Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№. 3. –

С. 798

-806.

14.

Niyozov N. K., Kukonboyev M. I. Pancreatic gland morphology in experimental
hypothyroidism //Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№. 4. –

С. 1169

-1176.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

562

15.

Niyozov N.Q. Kalamushlar me’da osti bezi morfologiyasi tajribaviy gipotireoz fonida

//Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№. 6. –

С. 955

-961.

16.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic pathologies: understanding the interplay between
chronic diseases and metabolic dysfunction //Conference on the role and importance of
science in the modern world.

2025.

Т. 2. –

№. 1. –

С. 104

-107.

17.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic morphology in experimental stress
//Multidisciplinary Journal of Science and Technology.

2025.

Т. 5. –

№. 1. –

С. 223

-

227.

18.

Umerov A., Niyozov N. Pancreatic morphometry under stress //International journal of
medical sciences.

2025.

Т. 1. –

№. 1. –

С. 362

-368.

19.

Маткаримов О., Ахмедова С., Ниёзов Н. Морфология миокарда у
экспериментальных крыс в условиях гиподинамики //

Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№.

5.

С. 507

-511.

20.

Муминов О. Б., Ниёзов Н. К., Нисанбаева А. У. Научный медицинский вестник югры
//научный

медицинский

вестник

югры

Учредители:

Ханты

-

Мансийская

государственная медицинская академия. –

2021.

Т. 1. –

С. 141

-143.

21.

Ниёзов Н. К., Ахмедова С. М., Нисанбаева А. У. Структурное изменение
поджелудочной железы при гипотиреозе //Современные научные исследования:
актуальные вопросы, достижения и инновации. –

2023.

С. 156

-158.

22.

Ниёзов Н. Характеристика морфологических изменений поджелудочной железы при
экспериментальном сахарном диабете //

Modern Science and Research.

2025.

Т. 4. –

№.

3.

С. 1083

-1093.

23.

Рахимова М. О. и др. Фетометрические показатели плодов у беременных в
состоянии гипотиреоза //Оргкомитет конференции. –

2021.

С. 143.

24.

Сагатов Т. А. и др. Морфологическое состояние микроциркуляторного русла и
тканевых структур матки при хронической интоксикации пестицидом "Вигор"
//Проблемы науки. –

2019.

№.

2 (38).

С. 56

-60.

25.

Садыкова З. Ш. и др. Состояние женских половых органов при постнатальном
развитии потомства в условиях внутриутробного воздействия пестицидов
//Морфология. –

2020.

Т. 157. –

№.

2-3.

С. 183

-183.

References

Akhmedova S. M. et al. Pancreatic morphology in hypothyroidism //International journal of artificial intelligence. – 2024. – Т. 4. – №. 09. – С. 475-479.

Ergashev S., Usmanov R., Niyozov N. Morpho-functional changes in the endocrine pancreas of white rats under metabolic syndrome conditions //Central Asian Journal of Medicine. – 2025. – №. 4. – С. 75-80.

Kurbanovich N. N., Abdurasulovich G. D. Features of morphological changes in the pancreas //Texas Journal of Medical Science. – 2023. – Т. 16. – С. 79-83.

Kurbanovich N. N. et al. Reactive changes in the pancreas in hypothyroidism //American Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2024. – Т. 25. – С. 343-347.

Mukhamadovna A. S. et al. Indicators of Fetometry of the Fetus in Pregnant Women in a State of Hypothyroidism //Texas Journal of Medical Science. – 2023. – Т. 16. – С. 75-78.

Mukhamadovna A. S. et al. Morphological Characteristics of Myocardial Changes When Exposed to Pesticides //Onomazein. – 2023. – №. 62. – С. 1226-1237.

Matkarimov O., Axmedova S., Niyozov N. Criteria for assessing structural changes in the myocardium in experimental hypodynamic and diabetes //Central Asian Journal of Medicine. – 2025. – №. 3. – С. 273-283.

Matkarimov O., Axmedova S., Niyozov N. Tajribaviy gipodinamiya holatida miokardning morfologiyasi //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 338-343.

Niyozov N. et al. Medical sciences //Art studies. – С. 36.

Niyozov N., Ergashev S. Pancreatic morphology in thyroid diseases in white mice //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4.

Niyozov N. K. et al. Morphological Aspects of Pancreas Changes in Experimental Hypothyroidism //Journal of education and scientific medicine. – 2023. – Т. 8. – №. 2. – С. 27-31.

Niyozov N. K. et al. Morphology of the Pancreas Against the Background of Hypothyroidism //Journal of education and scientific medicine. – 2024. – Т. 18. – №. 5. – С. 47-52.

Niyozov N., Qo‘qonboyev M. Me’da osti bezi morfologiyasi tajribaviy gipotireozda //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 798-806.

Niyozov N. K., Kukonboyev M. I. Pancreatic gland morphology in experimental hypothyroidism //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1169-1176.

Niyozov N.Q. Kalamushlar me’da osti bezi morfologiyasi tajribaviy gipotireoz fonida //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 955-961.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic pathologies: understanding the interplay between chronic diseases and metabolic dysfunction //Conference on the role and importance of science in the modern world. – 2025. – Т. 2. – №. 1. – С. 104-107.

Umerov A. A., Niyozov N. Q. Pancreatic morphology in experimental stress //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. – Т. 5. – №. 1. – С. 223-227.

Umerov A., Niyozov N. Pancreatic morphometry under stress //International journal of medical sciences. – 2025. – Т. 1. – №. 1. – С. 362-368.

Маткаримов О., Ахмедова С., Ниёзов Н. Морфология миокарда у экспериментальных крыс в условиях гиподинамики //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 507-511.

Муминов О. Б., Ниёзов Н. К., Нисанбаева А. У. Научный медицинский вестник югры //научный медицинский вестник югры Учредители: Ханты-Мансийская государственная медицинская академия. – 2021. – Т. 1. – С. 141-143.

Ниёзов Н. К., Ахмедова С. М., Нисанбаева А. У. Структурное изменение поджелудочной железы при гипотиреозе //Современные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. – 2023. – С. 156-158.

Ниёзов Н. Характеристика морфологических изменений поджелудочной железы при экспериментальном сахарном диабете //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 1083-1093.

Рахимова М. О. и др. Фетометрические показатели плодов у беременных в состоянии гипотиреоза //Оргкомитет конференции. – 2021. – С. 143.

Сагатов Т. А. и др. Морфологическое состояние микроциркуляторного русла и тканевых структур матки при хронической интоксикации пестицидом "Вигор" //Проблемы науки. – 2019. – №. 2 (38). – С. 56-60.

Садыкова З. Ш. и др. Состояние женских половых органов при постнатальном развитии потомства в условиях внутриутробного воздействия пестицидов //Морфология. – 2020. – Т. 157. – №. 2-3. – С. 183-183.