Authors

  • Dilmurat Ermurodov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.134850

Keywords:

observatoriya dioptr sekstant.

Abstract

Maqolada Mizo Ulug’bek observatoriyasi insoniyat ilmiy rivojiga qo’shgan hissasi haqida hamda observatoriya qurilishi ilmiy asoslari va qay tartibda ishlashi haqida ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va tadqiqoti haqida ma’lumot berilgan.

background image


Avgust, 2025-Yil

77

M.ULUG

BEK ILMIY MEROSI

Ermurodov Dilmurat Xushvaktovich

Qarshi shahar 12-umumiy o

rta ta

lim maktabi

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi.

e-mail

:

ermurodov1986@mail.ru

tel: +998 (99) 669-82-11.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16928644

Annotatsiya

. Maqolada Mizo Ulug’bek observatoriyasi insoniyat ilmiy rivojiga qo’shgan

hissasi haqida hamda observatoriya qurilishi ilmiy asoslari va qay tartibda ishlashi haqida ilmiy

ma’lumotlarni o’rganish va tadqiqoti haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

observatoriya, dioptr, sekstant.


KIRISH

Buyuk Amir Temur boshlab bergan mo’jizakor imoratlarni nihoyasiga etkazib qurdirgan

Mirzo Ulug'bekning o'rta asrlar sharoitida namoyon etgan ilmiy me’rosi hamda Me’morchilik

sohasidagi jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan qo'ymaydi. Taqdir bu ulug'
zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur
bunyod etgan saltanatning vorisi bo'lishdek o'ta mas'uliyatli vazifa aynan unga nasib etdi.

Mirzo Ulug'bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori

sifatida xalqning azaliy orzusi - tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo'lida
ulkan shijoat va matonat ko'rsatdi. Bu benazir alloma o'zida minglab yulduzlarning harakatini
jamlagan

mukammal astronomik jadvalni

yaratish uchun observatoriya barpo qildi, ushbu

observatoriya qurilishida chizmageometriya elementlaridan oqilona foydalanaoldi. Bundan kelib

chiqadiki Ulug’bek qurdirgan observatoriya aniq o’lchamlarda hamda ma’lum geometrik

qonuniyatlarga tayangan holda qurilganligi uchun ham Jadvalda zikr etilgan ilmiy ma'lumotlarning
naqadar aniq va to'g'ri ekanini bugungi eng zamonaviy asboblar ham tasdiqlaydi.

M.Ulug'bekning

hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma'naviyatining poydevoriga qo'yilgan tamal toshlaridan biri
bo'lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik

katta ahamiyat berilganini ko'rsatadi. «Ziji jadidi Ko'ragoniy» deb nomlangan Ulug'bek astronomik

jadvali o'rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgani
fikrimizning yaqqol isbotidir.

Ilk bor Mirzo Ulug’bek observatoriyasi yer ostki yoy qismi 1908 yilda arxeolog

V.L.Vyatkin tomonidan aniqlanishiga Mirzo Ulug’bekning ustozi G’iyosiddin Jamshid qoldirgan
bitiklar asos bo’ldi. Ushbu topilma o’rta osiyo tadqiqodchilari G.J.Jalolov hamda Qor

i-

Niyozovlarning asosiy diqqat markazida bo’ldi, o’tgan asrda observatoriya haqida ilmiy ommabop

maqolalar va badiiy asarlar yaratildi. Bugungi kunda ham ushbu ishlarni davom ettirishga

respublikamizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan besh yarim asr muqaddam azim shahar - Samarqand etagida M.Ulug'bek va uning

maktabi tomonidan ishga tushirilgan rasadxonadan koinot qa'riga tashlangan nazar faqat
Sharqdagina emas, balki jahon fani, madaniyatining "ochilmagan qo'rig'i"ni ochish - Koinotni
o'rganishga qo'yilgan buyuk bir qadam bo'ldi. Shu ilk qadam sabab bo'lib, Yevropada birin- ketin
yirik, yaxshi jihozlangan rasadxonalar ishga tusha boshladi.


background image


Avgust, 2025-Yil

78

Polshada Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi (N.Kopernik tomonidan), Milanda

(Italiya) Koinotning cheksizligi va unda quyosh tizimi - oddiy bir yulduzning yo'ldoshlari bilan
tashkil etgan tizimi ekanligi g'oyasi (Jordano Bruno tomonidan), Germaniyada osmon jismlarining
harakat qonunlarini ifodalovchi - osmon mexanikasi (I.Kepler tomonidan), Angliyada osmon
jismlarining massalarini hisoblash usuli (I.Nyuton tomonidan) kabi muhim kashfiyotlar
"daryosi"ning vujudga kelishida Samarqand astronomlari "ko'zini ochgan buloq" dastlabki irmoq
bo'ldi. Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlarini o'rganish bo'yicha M. Ulug'bek maktabi qo'ygan
poydevor - nazariy astronomiya deyiluvchi maxsus fanning shakllanishida o'zining ulkan hissasini
qo'shdi. Shu bois ham Ulug'bek astronomik maktabi tarixi, buyuk olimimiz merosi necha asrlardan
buyon dunyo ilm ahlini qiziqtirib kelmoqda

Ulug'bek rasadxonasi

- Samarqanddagi 15-asr

me'morligining nodir namunalaridan biri, qo'xna astronomik kuzatuv muassasasi. M.Ulug'bek
farmoyishi bilan 1428-1429 yilda Ko'xak (Cho'ponota) tepaligida Qurilishda bevosita ishtirok etgan

me’mor –

ustod Ismoil boshchiligida Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy kabi astronom olimlar

maslahati bilan tayyorlangan va nihoyat, buyuk olim-

podshoh Mirzo Ulug’bek tomonidan

tasdiqlangan musavvada asosida qurilgan.

Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qo'shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga

yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning qismi yer ostida, qolgan qismi tomonda yer sathidan 30
m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm
ga to'g'ri keladi. Rasadxona o'rta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos bo'lgan. Asbob
astronomiyaning asosiy doimiyliklari

ekvator va ekliptika orasidagi burchakni o'lchash, yillik

pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni
aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik o'lchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan
iborat o'lchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari,

usturlob

va boshqalar bo'lgan. Bu

ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo
Ulug'bekning eng yirik astronomik asari "Ziji Ko'ragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi
va keyingi ilmiy faoliyati Ulug'bek taklifi bilan yig'ilgan qator mashhur olimlar G'iyosiddin Koshiy,
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bog'liq.

Ulug'bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin rahbarligida olib

borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi
bir g'ishtbo'lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo'shaloq yoydan iborat ulkan bosh
qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo'lgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, Ulug'bek rasadxonasining sirti koshin va sirli
parchinlar bilan bezatilgan.

Rasadxona ichiga o'rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy katta aniqlik bilan

o'rganilgan. Rasadxonada kutubxona mavjud bo’lib u kutubhonada 15000 yaqin turli fanlarga
hamda sohalarga doir adabiyotlar bo’lganligi ma’lum.

Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, tog', dengiz, mamlakatlar belgilangan Yer

shari tasviri ishlangan. Keyinchalik u qarovsiz qolib, 16-asrda vayron qilingan. Hozir M.Ulug'bek
rasadxonasidagi katta asbob

kvadratning yer ostida saqlangan qismi balandligi bilan 11 m keladi.

1964 y. M.Ulug'bek rasadxonasi yonida M.Ulug'bek muzeyi ochilgan. Ulug'bek

rasadxonasining asl ko'rinishi, ichki tuzilishi, bosh qurilmasi haqida O'zbekiston va chet el olimlari
tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.


background image


Avgust, 2025-Yil

79

1918 yili Petrogradda bosilgan akademik V.Bartoldning "Ulug'bek va uning davri" asariga

ilova qilingan edi. 1940-yillar boshida Koshiyning eslatilgan risolasi sharqshunos, astronom olim
G'. Jalolov tomonidan birinchi marta tarjima qilinganda rasadxona uchun taklif etilayotgan
asboblarning beshinchisi X asrda hamyurtimiz - astronom Abu Mahmud Hamid ibn Xidr al-
Xo'jandiy tomonidan ixtiro qilinib, Eronning Ray shahri yaqinidagi Taborak tog'i etagida qurilgan
va "sudsi Faxriy" deb nom olgan katta kuzatish asbobi bo'lganligi aniqlandi ("Suds"- arabcha oltidan
bir, ya'ni aylana yoyining 1/6 qismi - sekstant degani). O'sha davrda Xo'jandiyning rasadxonasi Faxr
ud-davla saltanati hududida bo'lib, uning rahnamoligida qurilganidan asbobga "Sudsi Faxriy" deb
nom berilgan. Ulug'bek, Samarqandda qurilajak rasadxona har tomonlama mukammal bo'lishi va
unda o'rnatiladigan asbob-uskunalar har qanday xatoliklardan xoli bo'lishini talab qiladi. Shu
sababli, Samarqand olimlari Ulug'bek bilan hamkorlikda turli davrlarda qadimgi Sharqnig Bag'dod
Damashq, Isfahon va Marog' shaharlarida barpo qilingan rasadxonalarning loyihalari, ularda
o'rnatilgan asboblarning tuzilishini har tomonlama o'rganib chiqdilar. Shundan so'ng, quriladigan
rasadxonaning loyihasi yaratildi va uni qurish uchun joy tanlandi. Mirzo Ulug'bek va boshqa olimlar
rasadxona qurish uchun Cho'ponota tepaligining janubidagi Obirahmat arig'ining yaqinidagi tepalik
qulay degan qarorga keladilar va bu yerda 1420 yili qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Qurilish
qariyib 9 yil davom etadi. Zamondoshlarining guvohlik berishlaricha, uch qavatli rasadxona binosi
o'sha davrning eng hashamatli va mukammal ilmiy markazi bo'lgan. Qurilish ishlari tugashi bilan
bu yerda ilmiy kuzatishlar boshlanib ketadi. Mirzo Ulug'bek bu yerda tunni tongga ulab, osmonga
boqib, yulduzlar harakatini urgana boshlaydi. Rasadxonada Mirzo Ulug'bek bilan yonma-yon uning

ustozi, zabardast olim Qozizoda Rumiy, shogirdlari G’iyosiddin Jamshid al

-Koshiy va Ali

Qushchilar tinmay ter to'kadilar. Mirzo Ulug'bekning rasadxonada 20 yildan ortiq vaqt mobaynida
olib borgan ilmiy kuzatishlari uning shoh asari "Ziji jadidi Kuragoniy" ya'ni "Kuragoniyning yangi
jadvali" nomli asarida jamlangandir. Shuningdek, bu ilmiy asar mukammal yozilgan "Muqaddima"
bilan boshlangan bo'lib, unda Mirzo Ulug'bek, kitobni yozishdan maqsad, va unga bu ishda ko'mak
bergan olimlarning hammalarini minnatdorchilik bilan eslab o'tgandir. Bu asar dunyoning turli
mamlakatlarida astrono-miyaning rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan. Unga Ali Qushchi, Mirim
Chalabiy va Husayn Birjandiy kabi astronomlar sharhlar yozganlar. Ulug'bekning shogirdi Ali
Qushchi 1473 yili "Zijni Istanbulga olib keladi, so'ngra, bu asar Ovrupoga tarqalib ketadi. Oksford
universitetining professori Jon Trivs (1602-165

2) Ulug'bekning «Zij»ini Ovrupoda birinchi bo'lib

tadqiq qilgandir. O'sha universitetning yana boshqa olimi sharqshunos Tomas Xayid (1636-1703)
Zijni lotin tiliga tarjima qilib nashr etdirdi. Asrlardan asrlarga o'tib M.Ulug'bekning bu ilmiy asarini
shon-shuhrati oshib bordi.

M.Ulug'bekning shogirdi Ali Qushchi ham o'z yurtini tark etishga majbur bo'ldi va

Turkiyaga jo'nab ketdi. Ali Qushchi rahbarligida Turkiyada ham rasadxona qurildi, rasadxonani
barpo qilishga Samarqanddagi Mirzo Ulug'bek rasadxonasining loyihasi asos qilib olindi.

Shuningdek, Ulug'bek rasadxonasining loyihasi asosida Hindistonda ham yangi rasadxona

qurildi, bu rasadxonalarning barchasida Ulug'bek yaratgan "Ziji jadidi Kuragoniy" kitobi dasturi
amal bo'lib xizmat qildi. Mirzo Ulug'bekning "Ziji" Ovrupoga tarqalib ketgach, ovrupoliklar
o'rtasida Ulug'bekning shaxsiyatiga va qurdirgan rasadxonaga qiziqish kuchayib bormoqda edi. Shu
sababli, Samarqandga tashrif buyurgan ko'pgina Ovrupolik sayyohlar va olimlar rasadxona o'rni
bilan qiziqar edilar.


background image


Avgust, 2025-Yil

80

Samarqandga kelgan venger olimi Armeniy Vamberi (1832-1913) ham rasadxona o'rni bilan

qiziqdi va uni Tillaqori madrasasining ichida joylashgan bo'lsa kerak, deb taxmin qildi. Ammo
venger olimning bu taxmini mutlaqo asossiz edi. Shu bilan birga rasadxona o'rnini topishga ko'pgina
rus tarixchi, astronom va arxeologlari ham qiziqa boshladilar. Ammo, ularning bu qiziqishlari hech
bir samara bermadi. 1908 yili omad havaskor arxeolog V.Vyatkinga kulib boqdi, u Samarqandlik
ziyolilar Abu Said Maxsum va Egamxo'ja mullolar yordamida, XVII asrga oid vaqf hujjatlari asosida
rasadxona o'rnini topishga erishdi. 1908-09 yillari V.Vyatkin olib borgan arxeologik qazishmalar
o'z samarasini berdi. Shundan so'ng turli arxeologlar tomonidan bu yerda olib borilgan qazishmalar
o'z natijasini ko'rsatdi va hozirda rasadxona poydevori va qoyatoshni o'yib yasalgan kvadrant to'liq
ochildi.

Xulosa

Umuman, Mirzo Ulug'bekning bu asari unda ilmiy kuzatishlar asosida ishlab chiqib

keltirilgan astronomik jadvallar o'zlarining ilmiy aniqliklari bir necha yuz yil davomida sharqu g'arb
olimlarini hayratga solib, astronomiya ilmida dasturulamal vazifasini

о

'tab keldi. Sobiq Sovet

davrida Mizro Ulug'bek va uning davri, uning astronomik ilmiy maktabi yuzasidan ma'lum

kamchilik va cheklanganliklar bilan yozilgan. Sharqshunos B.A.Bartoldning «Ulug'bek va uning
zamonasi» (1918y) hamda akad. T.N.Qori

-

Niyoziyning «

U

lug'bekning astronomiya maktabi»

(1950) monografiyalari yaratildi. Lekin marhum akad. I.M.Mo'minov qayd qilib o'tganlaridek,
O'zbekiston mustaqillikka erishgungacha, Mirzo Ulug'bekning bu asari, uning astronomik maktabi,

ilmiy merosi xaqida «biror jiddiy monografik asar» vujudga kelmadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hamma tabiatshunoslar singari Mirzo Ulug'bek ham o'z

dunyoqarashiga ko'ra, moddiy dunyoning inson ongidan tashqari va mustaqil mavjudligini, tabiat
hodisalarining va butun koinotning, shubhasiz, o'z qonunlari va qonuniyatlari asosida harakatlanishi
va mavjudligini, shu bilan birga tabiat va jamiyat hodisalarining o'zaro aloqadorligi, ular haqidagi
bilimlar kishilik jamiyatini rivojlantirish yo'lida xizmat qilish zarurligini tushunib yetgan
donishmand mutafakkirdir. Mirzo Ulug'bek va u asos solgan astronomik maktabning tabiiy-ilmiy
va falsafiy qarashlarini chuqurroq o'rganish va tushunishga uning sodiq shogirdi Ali Qushchining
qarashlari va astronomiyaga oid yozgan asarlari g'oyat qimmatli ahamiyatga ega.

Qiyin va murakkab, ziddiyatli sharoitda yashagan Ulug'bek mamlakatning siyosiy va

iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ijod bilan shug'ullangan. Olimlarga rahbarlik
qilgan.

M.Ulug’bek o'z faoliyatida falsafa, tarix, mantiq, astronomiya, matematika, tabiatshunoslik

va huquq bilimlari bilan shug'ullanib asarlar yozgan. Yunon olimlaridan Aflotun, Arastu, Ptolomey
asarlari bilan tanishgan. M.Ulug'bek o'tmish ajdodlardan, xususan, O'rta Osiyo olimlaridan qolgan
madaniy meros, falsafiy qarashlardan o'z ijodida unumli foydalangan. Uning falsafasida aql-
zakovatni jangu-jadallarga, yurt olish, boylik orttirishga emas, adolat bilan hukm surish,
mamlakatni obod qilish, adabiyot, ilm-fanni rivojlantirish markaziy o'rinni egallaydi. Ulug'bek o'z

atrofiga o'z davrining «Aflotuni» deb nom qozongan mashhur matematik, astronom Qozizoda

Rumiy va taniqli olimlar Ali Qushchi, Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Birjandiy, Miram
Chalabiy, G'iyosiddin Jamshid, Muhammad ibn Umar Chag'niniy kabilarni to'plagan. Ulug'bek shu
olimlar ishtirokida kengashlar o'tkazib matematika, astronomiya, geometriya fanlari yuzasidan
tadqiqotlar olib borgan. Obi rahmat soyi yoqasida rasadxona qurdirgan.


background image


Avgust, 2025-Yil

81

Ushbu o’rganishlarimda shunga amin bo’ldimki Mirzo Ulug’bek observatoriyasida asosan

yerning quyoshga nisbatan joylashuvini o’rgangan ham shu joylashuviga nisbatan yulduzlarning
aniq o’rnini belgilagan o’sha davr uchun bu aql bovar qilmas darajadagi ish ed

i.

Uning falsafasida moddiylik va ma'naviylik mujassam edi. Ulug'bek 1437 yilda «Ziji

Ko'ragoniy» risolasini yozib tugatgan. Uning asari hozirgacha olimlar qo'lidan tushmaydi. O'z

rasadxonasida ijod qilib, 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlagan. Bobolarimiz qoldirib ketgan
buyuk merosni har vaqt, har qachon o'rganishimiz zarur va bu merosni oldin qanday bo'lsa shu
holicha kelajak avlodga yetkazishimiz zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

B.Ahmedov. Amir Temur. Tarixiy roman.

Т., 1995

2.

Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.

Т

., 1997

3.

B.Ahmedov. Umg bek(Esse).

Т., 1989

4.

A.Muhammadjonov. Temur va temuriylar saltanati. Tarixiy ocherk.

Т., 1996

5.

B.Shalotonin. Gorod na beregu Zarafshana. «Kizilqum», 1999

6.

F.Qosimov. Temuriylar davrida Buxoro. Buxoro, 1996

7.

Mirzo Ulug'bek. To'rt ulus tarixi. Т., «Cholpon» nashriyoti, 1993

8.

T. S. Saidqulov "O'rta Osiyo tarixining tarixshunosligidan lavhalar", Toshkent "O'qituvchi"
nashriyoti 1993.

9.

Axmedov B. Uzbekiston tarixi manbalari. (Kadimgi zamon va o’rta asrlar) T. «o’qituvchi»

2001 y.

10.

Nizomiddin Shomiy. «Zafarnoma» T. 1996 y.


References

B.Ahmedov. Amir Temur. Tarixiy roman. Т., 1995

Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Т., 1997

B.Ahmedov. Umg bek(Esse). Т., 1989

A.Muhammadjonov. Temur va temuriylar saltanati. Tarixiy ocherk. Т., 1996

B.Shalotonin. Gorod na beregu Zarafshana. «Kizilqum», 1999

F.Qosimov. Temuriylar davrida Buxoro. Buxoro, 1996

Mirzo Ulug'bek. To'rt ulus tarixi. Т., «Cholpon» nashriyoti, 1993

T. S. Saidqulov "O'rta Osiyo tarixining tarixshunosligidan lavhalar", Toshkent "O'qituvchi" nashriyoti 1993.

Axmedov B. Uzbekiston tarixi manbalari. (Kadimgi zamon va o’rta asrlar) T. «o’qituvchi» 2001 y.

Nizomiddin Shomiy. «Zafarnoma» T. 1996 y.