ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
380
SAHARDA TURISH HIKMATLARI
Sattorova Zokiraxon
Namanganlik ijodkor.
Mamadaliyeva Nargizabonu
Ilmiy rahbar, filolog,
“INNOVATIVE DREAMS SCHOOL ACADEMY” maktabi o‘zbek tili va adabiyoti
o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17009423
Annotatsiya
. Erta tongda turishning o‘ziga xos hikmatlar bor. Bu maqolada erta turish
sog‘liq uchun foydaligi, fayzi, ishning unumi bo‘lishi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: erta turish, tong, sahar, kishi, salomatlik.
Har kim salomat boʻlishni xohlaydi. Salomat insonning miyasi yaxshi ishlaydi. Shu
sababli ham salomat oʻquvchilar yaxshi baholar oladilar. Yana salomatlik chiroyli boʻlishni,
kuchli boʻlishni va harakatchan boʻlishni taʼminlaydi. Sogʻlom boʻlsangiz albatta kun davomida
ham kayfiyatingiz yaxshi boʻladi. Salomatlikning eng birinchi garovi — erta turish. Kuchli,
chiroyli boʻlish uchun toʻgʻri ovqatlanish va erta turib badantarbiya qilish kerak. Salomatlik
uchun qiladigan barcha narsalarimiz erta turishimizga bogʻliq. "Erta turgan kishini, Xudo oʻnglar
ishini" deb bekorga aytishmagan. Erta turish inson tanasining zoʻriqishi kam boʻladi. Erta tongda
sokinlik va yaxshi kayfiyat sizga hamroh boʻladi. Bu holatda siz xohlagan ishingizni qila olasiz.
Kitob oʻqisangiz ham miyangiz maʼlumotlarni tez va yaxshi qabul qiladi. Shuning uchun
erta turish — salomatlik garovi hisoblanadi.
1
Fin olimlari uyqu iqtisodiy ahvol va maoshga qanchalik taʼsir qilishini oʻrgandi.
Ularning tadqiqotida: “Erta uxlab, erta uygʻonadiganlar kechgacha ishlab, kech
uygʻonadiganlardan koʻra koʻproq pul topadi”,—deyiladi.
2
Ertalab turishning xosiyati haqida koʻp va xoʻp gapirilgan. Olimlar ham bu borada oʻz
fikrlarini bildirishdi va sahar turish uchun 6 sababni maʼlum qilishdi.
1. Ertalab murakkab qarorlarni qabul qilish oson boʻlad
i.
Psixologlarning taʼkidlashlaricha, iroda kuchi ham muskul kuchlari kabi tugaydigan
miqdorda boʻladi. U kun davomida ozayib boradi va kun oxiriga kelib ertalabki qatʼiyatdan asar
qolmaydi. Shuning uchun biror ogʻir, yoqimsiz va charchatuvchi ishni bajarish lozim boʻlsa,
bunga ertalabda kirishing, chunki kechga borib bu ishni bajarmaslik uchun minglab bahonalar
topasiz.
2. Erta tursangiz vaqtingiz bemalol boʻladi.
Agar kuningizni shahar hali uygʻonmasdan boshlasangiz, oʻzingizni uyqudagi qirollikka
tushib qolgandek his qilasiz. Hech qanday tirbandlik boʻlmagan boʻm-boʻsh koʻchalar va
xiyobonlar, hech kim qoʻngʻiroq qilib sizni bezovta qilmaydi.
1
https://znanija.com/task/42429691
2
https://kun.uz/news/2023/10/13/tadqiqot-erta-uygonuvchilar-kech-turadiganlarga-qaraganda-
koproq-pul-topadi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
381
Butun olam uyquda va bu sizga oʻzingiz istagan ish bilan shugʻullanish uchun qimmatli
soatlarni taqdim etadi.
3. Ertalab kamroq chalgʻiysiz
Ertalab turib Facebook sahifangizni tekshirasiz va bor-yoʻgʻi uchta yangilikni koʻrasiz.
Elektron pochtangizga birorta ham xat kelmagan. Yangiliklar saytlarida ham hali hech
narsa chiqib ulgurmagan. Sahar tursangiz mana shunday chalgʻituvchi narsalardan xoli boʻlasiz.
4. Ertalabki koʻtarinkilik butun kunga tatiydi
Agarda bajarishingiz lozim boʻlgan ishlarning hech boʻlmasa bittasini erta tongda
uddalay olsangiz, qolganlarini ham bajarishga ulgurasiz va kechga borib sizda boʻsh vaqt paydo
boʻladi. Ammo ishga kirishishni tushga yaqin boshlasangiz, u holda butun kuningiz tartibsiz va
ogʻir oʻtadi. Moʻljallagan ishlaringizni bajarishga vaqt yetmay qolishi ham hech gapmas.
5. Ertalab zoʻriqish kam boʻladi
Aniqrogʻi, zoʻriqish umuman boʻlmaydi. Bu vaqtdagi ruhiy holatingizni quyoshning ilk
nurlari aks etayotgan suv yuzasiga oʻxshatish mumkin. Bunday kayfiyat bilan istagan ishingizga
kirishishingiz mumkin.
6. Kunduzi dam olishga imkoniyat paydo boʻladi
Agar erta tursangiz va ishlarni kunning birinchi yarmida bajarib olsangiz, kunduz kuni bir
soat maza qilib dam olishingiz uchun imkoniyat paydo boʻladi. Barcha asosiy ishlarni bajarib
boʻlgan inson tushlikdan soʻng ozgina pinakka ketsa buning yomon joyi yoʻq.
3
Ilmiy rahbarim N. Mamadaliyevaning “Saharlab” sheʼriy afsonasida ham erta turib niyat
qilgan insonning orzusi ushalishi Zuhra ismli qiz misolida ko‘rsatib berilgan:
Zuhra tong saharlab,
Supurarmish koʻchani,
Samolarga termilib,
Aytar har niyatini.
4
Zuhraning saharda qilgan niyati osmondagi yulduzlarga aylanish bo‘lgan, niyatiga yetib
yulduzga aylanganligi quyidagi misralarda keltirilgan:
Yer yuzin tozalagan,
Yuzi yorugʻ deydilar,
Saharlab orzulagan,
Ijobatligʻ deydilar.
Orzulari roʻyobida,
Uchdi parvozi oʻzga,
Zuhra aylandi shunda,
Osmonda bir yulduzga.
“Tongning fayzi” sheʼrimda ham tongda turish fazilatlari haqida quyidagi satrlarni
keltirganman.
Tunlar ketib tong kirar,
Barcha uyga nur kirar.
3
https://kun.uz/news/2018/07/24/kues-cikkunca-ujkudan-ujgonis-ucun-6-
sabab?q=%2Fuz%2Fnews%2F2018%2F07%2F24%2Fkues-cikkunca-ujkudan-ujgonis-ucun-6-sabab
4
Nargizabonu Mamadaliyeva. Ijod sehri va mo‘jizalari. Moldova: JustFictonn Editon.
ISBN: 978-620-6-74754-3
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
382
Agar barvaqt tursangiz,
Qalbingizga nur kirar.
Erta turish yaxshidur,
Gʻaflat bosish yomondur.
Erta turgan kishining,
Doim ishi oʻnglidur.
Alloh ertar saodatga,
Erta turgan kishini.
Doim oʻzi oʻnglaydi,
Bandasini ishini.
Alloh soʻzin tinglaydi,
Erta turgan kishini.
Inson esa bilmaydi,
Erta turish qadrini.
Gʻaflat bosib yotmang hech,
Nasibadan qolmang kech.
Bomdod namoziga azon aytilgandan keyin, alloh taoloning qudrati bilan yer yuziga bir
pokiza, toza havo kelarkan. Bu toza havo, sahar vaqti uygʻoq, bedor boʻlgan jonzotlarga, alloh
tomonidan hadya etiladi.
Faqat bu havodan sahar payti uygʻoq boʻlgan insonlargina foyda koʻrarkan.
Jonzotlar vujudida quvvat ortib, rizqiga baraka yogʻilib, umri uzayib, yuzida nur paydo
boʻlarkan. Bu havo quyosh chiqqandan keyin yoʻqolar ekan.
Bu havo insonga shifo, bedor uygʻoq boʻlib ibodatlarini ado etgan kishilarga-ruhiy
halovat bagʻishlaydi.
Xulosa qilinsa, saharlab turishga odatlanish koni foydadir, o‘ziga yarasha hikmatga ham
egadir. Chunki saharda turgan insonning sog‘lig‘iga ham, ruhiyatiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatishi,
baraka borligi, ish unumdorligi oshishi haqida yuqoridagi manbalarda keltirib o‘tildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nargizabonu Mamadaliyeva. Ijod sehri va mo‘jizalari. Moldova: JustFictonn Editon.
2024.
ISBN: 978-620-6-74754-3
2.
https://znanija.com/task/42429691
3.
https://kun.uz/news/2023/09/18/qanday-qilib-har-kuni-erta-uygonish-mumkin
https://kun.uz/news/2023/10/13/tadqiqot-erta-uygonuvchilar-kech-turadiganlarga-
5.
https://kun.uz/news/2018/07/24/kues-cikkunca-ujkudan-ujgonis-ucun-6-
sabab?q=%2Fuz%2Fnews%2F2018%2F07%2F24%2Fkues-cikkunca-ujkudan-ujgonis-
ucun-6-sabab
