THE IMPORTANCE OF TEACHING OUR CLASSICAL POEMS IN SCHOOLS.

HAC
Google Scholar
To share
Mamadaliyeva, N. (2023). THE IMPORTANCE OF TEACHING OUR CLASSICAL POEMS IN SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(10), 103–108. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24983
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

There are special rules for the reading of our classic poetry, which are masterpieces of our rich literature, and teaching students to read it requires high skill and knowledge from the teacher. In this article, the study guide for literature teachers "Learning Aruz weight at school" by literary critic, doctor of philological sciences, professor Anvar Hojiahmedov is researched.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

MAKTABLARDA MUMTOZ SHE’RLARIMIZNI O‘QITISH AHAMIYATI.

Mamadaliyeva Nargizabonu Umurzaqaliyevna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

o‘zbek filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

nargizabonu1287@gmail.com

+998 88 349 45 45

https://doi.org/10.5281/zenodo.10077487

Annotatsiya

.

Bizning

boy

adabiyotimiz

durdonalari

sanalmish

mumtoz

she’riyatimizning o‘qilishida maxsus qoidalar bo‘lib, uni o‘quvchilarga o‘qishni o‘rgatishda
ustozdan yuquri malaka va bilim talab etiladi. Bu maqolada adabiyotshunos, Filologiya fanlari
doktori, professor Anvar Hojiahmedovning “Maktabda aruz vaznini o‘rganish” adabiyot ustozlar
uchun o‘quv qo‘llanma tadqiq etiladi.

Kalit so‘zlar:

aruz, vazn, she’r, maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi, bo‘g‘in, cho‘ziq va qisqa

bo‘g‘inlar, Navoiy.

THE IMPORTANCE OF TEACHING OUR CLASSICAL POEMS IN SCHOOLS.

Abstract.

There are special rules for the reading of our classic poetry, which are

masterpieces of our rich literature, and teaching students to read it requires high skill and
knowledge from the teacher. In this article, the study guide for literature teachers "Learning Aruz
weight at school" by literary critic, doctor of philological sciences, professor Anvar Hojiahmedov
is researched.

Key words:

aruz, weight, poem, school, teacher, pupil, syllable, long and short syllables,

Navoi.

ВАЖНОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ НАШЕЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ПОЭЗИИ В

ШКОЛАХ.

Аннотация.

Для чтения нашей классической поэзии, являющейся шедевром нашей

богатой литературы, существуют особые правила, и обучение ее чтению требует от
учителя высокого мастерства и знаний. В данной статье исследуется учебное пособие
для учителей литературы «Изучение веса Аруз в школе» литературоведа, доктора
филологических наук, профессора Анвара Ходжиахмедова.

Ключевые слова:

аруз, вес, стихотворение, школа, учитель, ученик, слог, долгий и

краткий слоги, Навои.


Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning o‘rta maktablar uchun tuzilgan adabiyot dasturlarida

mumtoz adabiyotimiz namunalariga tobora kengroq o‘rin ajratilmoqda, o‘quvchilarning ming
yillik adabiy merosimiz bilan atroflicha tanishib, mutafakkir shoirlarimiz ijodi, ularning badiiy
salohiyatlari, hayotiy muammolar, insonning turli-tuman kechinmalarini teran mazmunli, nafis va
jozibador misralarda jilolantirishlagi san’atkorliklarini o‘rganib borishlari uchun zarur
imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin bundan bir necha asrlar muqaddam Sharq adabiyotining o‘ziga
xos uslublari asosida, turli-tuman majoziy timsollar, she’riy san’atlar vositasida, xususan,
anchagina murakkab aruz vazni o‘lchovlari zaminida yaratilgan g‘azallaru ruboiylar,
muxammaslaru musaddaslar, qit’alaru tuyuqlar, qasidalaru dostonlarni ifodali o‘qish, sharhlash,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

104

tahlil qilish til va adabiyot o‘qituvchilaridan yetuk bilim va malakani, barkamol ustozlik
mahoratini talab qiladi.

She’r yodlash xotirani mustahkamlaydi, uni ifodali o‘qish esa go‘zal va chiroyli, ta’sirchan

nutqqa ega bo‘lishiga, she’rni yozish esa insonning barcha qobiliyatlarini ishga soladi.

Shunday insonlar borki, ular yosh bolalarning she’r yodlaganiga qarab, odobiga va

kelajakda kim bo‘lishini belgilaydi. Chunki she’r yodlagan insonlar eslab qolish qobiliyati kuchli
bo‘lib, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham yuqori bo‘lib, bemalol o‘z fikrini boshqalarga mustaqil tarzda
yetkazib bera oladi.

Jarangdor o‘qilgan she’rning ahamiyati shundaki, bu insonda boshqalarni boshqarish

qobiliyati yuqori bo‘lib, tasirli va ohanglari kuy kabi har qanday she’r turlarini o‘qigan insonlarda
ijodkorlik, bunyodkorlik qalbida jo‘sh uradi.

Shuning uchun ham she’r yodlash va o‘qish ahamiyati juda katta. Maktabning boshlang‘ich

sinflaridan tortib 8-sinfgacha barmoq va erkin vaznidagi she’rlar o‘qilib yodlaniladi. Undan yuqori
sinflardan ya’ni 9-sinflardan boshlab, mumtoz she’riyatimizga oid jozibador, o‘qilishi murakkab
she’rlarimizning qonun qoidalari tushuntirilib, latif va go‘zal ohangda o‘qilish tartibi o‘rgatiladi.

“Mumtoz adabiyotimizning durdona asarlarini, ulardagi har bir bayt, misra, har qaysi

so‘zni o‘z vazniga, shoir nazarda tutgan she’riy o‘lchovga muvofiq o‘qilmas ekan, ijodkorning
g‘oyaviy-badiiy niyatini anglab yetish ham, tanlangan ohang lazzatini his qilish ham amrimahol.
Ifodali o‘qilmagan she’riy asar, xususan, nodir she’riyatimiz javohirlari o‘quvchi ko‘zi oldida o‘z
latofatini yo‘qotishi, uning qalbida, ongida bunday asarga qiziqish ham, muhabbat ham
uyg‘otmasligi aniq. Misol uchun, aruzdagi she’riy asarlarni badiiy o‘qishga o‘rgatib borish
o‘qituvchining muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biridir. Buning uchun esa, avvalo, uning o‘zi
mumtoz she’riyatimiz namunalarini sa’atkorlarcha o‘qiy olish mahoratini egallagan bo‘lishi
kerak”-deya o‘zining ohangrabodek tortuvchi so‘z san’tini qo‘llagan aruzshunos olim Anvar
Hojiahmedov o‘zining “Maktabda aruz vaznini o‘rganish” kitobining yozilishi haqida.

Vazn haqida qisqacha to‘xtalib, quyidagicha bayon qilinadi: “Vazn—badiiy shaklning eng

muhim qismlaridan biri. Asar mazmuni: tanlangan mavzu, ijodkor dilini to'lqinlantirayotgan
muammolar, badiiy timsollarda mujassamlantirilayotgan umumbashariy g‘oyalarni jozibali,
ta’sirchan, o'qimishli kilib ifodalashda vazn alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, shoir u yoki bu
o‘lchovni asossiz, tasodifan tanlamaydi, balki muayyan g‘oyaviy-badiiy niyatdan kelib chiqib, eng
maqbul vaznlarga murojaat qiladi. Ko‘rinadiki, ijodkorning vazn tanlash, o'z asarining musiqiy
ohangdorligini ta’minlash, xilma-xil she’riy o‘lchovlar vositasida o‘z qahramonlari qiyofasini
jonli, hayotiy qilib tasvirlash mahoratini o‘rganish asarni badiiy tahlil qilishning zaruriy
shartlaridan biri hisoblanadi. Bu ham o‘qituvchining mazkur sohada chuqur bilim va malakaga
ega bo‘lishini taqozo etadi.

Shu narsa ham sir emaski, o‘quvchilarni aruz she’riy o‘lchov tizimi nazariyasi bilan

tanishtirish, mumtoz she’riyatimiz namunalarini ifodali o‘qishga o‘rgatib borish, asarni tahlil
qilish davomida shoirning vazn ustida ishlash mahoratini kuzatish muayyan metodika asosidagina
amalga oshirilishi mumkin. O‘qituvchilarni shu xil metodika asoslari bilan qurollantirish esa
maktabda aruz nazariyasi va amaliyotini zarur darajada o‘rganib borish nuqtai nazaridan nihoyatda
muhim. Ushbu kitobda yuqoridagi mulohazalarning barchasi hisobga olindi”.

[4; 4-5]

Kitob quyidagi bo‘limlardan iborat:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

105

1.

Kirish.

2.

“Aruz” she’riy o‘lchov tizimi yaratmasi asoslari.

3.

Maktabda aruz ilmini o‘rganish.

4.

Aruz vazindagi asarlarni ifodali o‘qish.

5.

Xulosalar.
Qo‘llanmaning kirish qismi 3 ga ajratilgan:
1-qismida Aruz vaznini qo‘llash tarixi va undan foydalanib ijod etganlar, asarlari

keltiriladi:

— “Aruz" sheʻriy o‘lchov tizimiga asos solgan ѴІІІ asrda yashab ijod qilgan arab

adabiyotshunos, musiqashunos olimi Xalil ibn Ahmad hisoblanishi;

— Mazkur o‘lchov tizimi ІX asr boshlaridanoq fors-tojik adabiyotida ham qo‘llanila

boshladi, hamda Rudakiy, Firdavsiy, Daqiqiy, keyin Umar Xayyom, Sa’diy, Hofiz Sheroziy,
Jomiy kabi buyuk shoirlar ijodidan mustahkam o‘rin egallashi;

— X asr o‘zbek aruzi rivojida alohida bosqich sanaladi. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u

bilig” asari, Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” dostoni, yana boshqa asarlar: “Qissasi Rabg‘uziy"
kitobi, „Muhabbatnoma“, „Xisrav va Shirin", „Guliston” tarjimalari kabi o‘lmas asarlarni bitishda
mohirona foydalanilgan o‘ttizdan ortiq vazn aruz o‘lchovining adabiyotimizga tobora chuqurroq
kirib borgani.

— Atoiy, Sakkokiy, Durbek, Gadoiy, Lutfiy singari turkigo‘y ijodkorlar o‘z asarlarini

aruzning eng jozibali o‘lchovlari asosida yaratib, ko‘plab vaznlarni she’riyatimizga olib kirgan
bo‘lsalar, buyuk Alisher Navoiy o‘zining lirik she’rlari, dostonlarini yaratish jarayonida aruz
o‘lchovining barcha imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, yuzga yaqin vaznni qo‘llab, bu sohada eng
yaxshi muvaffaqiyatlarga erishishlari, hamda bu buyuk siymoning mazkur sohadagi an’analarini
davom ettirgan Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek aruzini yangi taraqqiyot bosqichiga
ko‘tarishi;

— Bu ijodkorlardan ilhomlanib, izidan borib, aruz vaznini takkomillashiga hissalarini

qo‘shgan Mashrab va Nodira, Munis va Ogahiy, Muqimiy va Furqat, Hamza va Avloniylar;

— Aruz tizimidan 1917-yildan keyingi davrda ham foydalangan ijodkorlar: Cho‘lpon,

Habibiy, Sobir Abdulla, Chustiy;

— 60-80-yillardan boshlab Erkin Vohidov (“Yoshlik devoni”), Abdulla Oripov, Jamol

Kamol, Oydin Hojiyeva, E’tibor Oxunova kabi ko‘plab shoirlar o‘z she’rlari bilan o‘zbek
aruzining go‘zalligini, jozibali ohanglarga boyligini yana bir bor dalilladilar.

Ikkinchi qismida aruz tizimi bo‘yicha nazariyalar, risolalar yaratgan olim va ijodkorlar

keltirilgan:

Xalil ibn Ahmaddan so'ng Ibn Usmon Maziniy, Imom Ahmad ibn Abdurabbih, Ibn al-

Xatib at-Tabriziy, Ziyovuddin Abul Jaysh al-Hazrajiy kabi arab olimlarining nomlari tilga olinadi.

Fors-tojik adabiyotshunosligida: Mavlono yusuf Nishoburiy (X asr), Rashididdin Vatvot

(XІІІ asr)ning “Hadoyiq us-sehr”, Shams Qays (XІІІ asr)ning “Al-muʻjam fi meyor ashʻor al-
ajam”, Nasriddin Tusiy (XIV asr)ning “Meyor-ul ash’or”, Salmon Savojiy (XIV asr)ning
“Kasidatun masnuot al-aruz”, Abdurahmon Jomiy (XV asr)ning “Risolai aruz asarlari fors-tojik”
aruzining nazariy va amaliy rivojida alohida ahamiyatga ega bo'ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

106

Aruz ilmi rivojiga turkiy xalqlar orasidan etishib chiqqan adabiyotshunos olimlar: mashhur

faylasuf Abu Nasr Forobiy (X asr), Abu Ali ibn Sino (X-XІ asrlar), Abul Qosim Zamaxshariy (XI
— XII asrlar), Abu Ya’qub yusuf ibn Abubakr Sakkokiy (XІІ-XІІІ asr)lar o‘zlarining arab va
forsiy tilda bitgan ilmiy asarlari bilan faqat arab va forsiy aruzlarga emas, ayni vaqtda turkiy aruz
taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdilar. Alisher Navoiyning ilk bor turkiy tilda yaratilgan
“Mezonul avzon” (”Vaznlar o‘lchovi”) asari va Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar”
deb nomlangan yirik ilmiy asarining ahamiyati beqiyosdir.

XIX acp oxirlarida Zokirjon Furqat ham aruz ilmiga doir risola bitgan

.[7;125-126]

1936-yil Fitrat qalamiga mansub “Aruz hakida” risolasi nashr etildi. 1948-yili

adabiyotshunos olim Sodiq Mirzayev “Navoiy aruzi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyani
yozib tugatdi.

O‘zbek aruzining nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha: Alibek Rustamov, S. Hasanov,

Ummat To'ychiyevlar o‘zlarining tadqiqot ishlari va risolalari bilan o‘z ulushlarini qo‘shishdi.

Uchinchi qismida aruz ilmi va amaliyotiga asos solgan Xalil ibn Ahmad she’r turlaridagi

bahr va vaznlar faqat arab tili va she’riyatiga tushishi, boshqa xalqlar adabiyotlariga o‘tib borishi
orqali o‘zgarishlarga uchrashi haqida ma’lumot keltiriladi.

Masalan: fors-tojik she’riyatiga kirib borgan aruz nazariy jihatdan ham, amaliy nuqtai

nazaridan ham qator o‘zgarishlarga duch keladi: arab adabiyotiga muvofiq keluvchi qator bahr
hamda vaznlar, xususan, tavil, madid, basit, muqtazab, qarib, mushokil, g‘arib bahrlari fors-tojik
she’riyatiga mos kelmaganligi tufayli tushib qoldi, boshqa bahrlarning vaznlarida ham ko‘pgina
o‘zgarishlar - almashuvlar ro‘y berdi; bular oqibatida fors-tojik aruzi deb atalgan she’riy o‘lchov
tizimi shakllanib bordi.

Aruz turkiy adabiyotlarga ko‘chganida ham xuddi shu xil xolat yuz berdi, yuqorida zikr

etilgan bahrlarning turkiy she’riyatlarga ham mos tushmasligi ma’lum bo‘ldi. Arab she’riyatiga
xos bo‘lgan vofir, tavil, madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, muqtazab bahrlari o‘zbek aruzida
qo‘llanmaydi.

Turkiy tillarning arab va fors tillariga nisbatan o‘zgachaligi, xu- susan, unda cho‘ziq

hijolarning nisbatan kamroq qo‘llanishi, qisqa hijolarning ketma-ket kelishi kabi xususiyatlar
turkiy aruzning shakllanishiga sabab bo‘ldi.

“Aruz” she’riy o‘lchov tizimi yaratmasi asoslari 1-bo’limida aruz nazariyasi asoslariga

bag‘ishlanadi. Bu bo‘lim aruz tizimining barcha nazariy masalalarini qamrab olmaydi, albatta;
muallif unda adabiyot o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlarnigina berishni lozim
topgan.

Bu birinchi bo‘lim quyidagilar haqida ma’lumot keltiriladi:

1.

Aruz asoschisi, aruz va bayt deb aytilish sabablari, hamda aruz vazni bilan barmoq vazning

farqlarihaqida qisqacha ma’lumot.

2.

Qisqa (V), cho‘ziq (—) va o‘ta cho‘ziq (~) bo‘g‘inlar.

3.

Sabab, vatad, fosila haqida

4.

Rukn, uning tuzilish va turlari.

5.

Bahrlar, ularning tuzilishi va turlari.

6.

Zihoflar.

7.

Mafoiylun ruknining tarmoqlari:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

107

1)

Bo‘g‘inlarning son jihatidan o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan tarmoq ruknlar (Maf’ulun,

Faulun, Faal, Fa’)

2)

Bo‘g‘inlarning sifat jihatidan o'zgarishi natijasida hosil bo‘lgan tarmoq ruknlar.

3)

Bo‘gg‘inlarning son va sifatli jihatidan o‘zgarishi natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknlar

8.

Ruboiy vaznlari haqida.

H. Olimjonning “O‘zbekiston” she’ridan olingan 4 misrasini, Alisher Navoiyning

“Kelmadi” radifli g‘azalining matla’si va Furqatning “Sayding quya ber, sayyod” musaddasidan
ikki misrasining bo‘g‘inlaridagi farqlar bo‘yicha misol keltiradi.

[4;13]

Masalan, H. Olimjon: Bo‘g‘inlarining chizmasi quyidagicha:

Vodiylarni yayov kechganda, — — — — V — — — —
Bir ajoyib his bor edi menda, — V — — — V — — —
Daryolardan kuylab o‘tardim, — — — — — —V — —
Qo‘shiqlarga quloq tutardim. V — — — V — V — —
Har qaysi misrada 9 tadan bo‘g‘in bo‘lib, ular 4-5 tarzida turoqlarga bo‘linib takrorlanadi.

Lekin misralardagi cho‘ziq va qisqa bo‘g‘inlar soni ham har xil, o‘rni ham muayyan emas, ya’ni
ular istagan miqdorda va istalgan o‘rinda kela oladi. Aruz tizimida esa har qaysi misradagi qisqa
va cho'ziq bo‘g‘inlar soni ham bir xil, o‘rni ham muayyan bo‘ladi.

Navoiy:
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otkuncha uyqu kelmadi.
Bu baytning chizmasi quyidagicha:
— V — — — V — — — V — — — V —
— V — — — V — — — V — — — V —
Har qaysi misrada 15 tadan bo‘g‘in bo‘lib, ularning 11 tasi cho‘ziq, 4 tasi qisqa ekanini,

ana shu qisqa va cho‘ziq bo‘g‘inlar misralarda ma’lum o‘rinlarda kelayotganini ko‘rish mumkin,
ya’ni birinchi misraning chizmasi 2-misraning chizmasi bilan bir xil. Cho‘ziq va qisqa
bo‘g‘inlarning shu tarzdagi takrorlanishi mayin musiqiy ritm-ohangni ta’minlaydi.

Yoki Furqatning “Sayding qo‘ya ber, sayyod” musaddasidan ikki misrani shu tarzda

ko‘zdan kechiraylik:

Sayding qo‘ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek,
Ol domini bo‘ynidin, bechora ekan mendek.
Bu misralarning chizmasini shunday ko'rsatish mumkin:
— — V V— — — — — V V— — —
— — V V— — — — — V V— — —
Mazkur baytning har misrasida 14 tadan bo‘g‘in bo‘lib, ularning 10 tasi cho‘ziq, 4 tasi

qisqa. Ana shu bo‘g‘inlar misralarda qat’iy bir tartibda barqaror bo‘lib takrorlanadi. Aruz tizimiga
mansub qaysi bir vaznni olib qaramaylik, ularda ana shu qoidaning qat’iy saqlanishini ko‘ramiz.

3- bo‘lmi

Maktabda aruz ilmini o‘rganish”

Qo‘llanmaning maktabda aruz ilmini o‘rganishga doir qismida asosiy diqqat mumtoz

adabiyotimiz namunasi ifodali o‘qish muammosiga qaratiladi: har bir asarning vazni, rukni, o‘ta
cho‘ziq bo‘g‘in hijolar, qo‘shib o‘qiladigan bo‘g‘inlarni to‘g‘ri o‘qish yo‘llari ko‘rsatiladi. Ayni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

108

vaqtda ijodkorlarning vazni ustida ishlash mexanizmlarini ishlab chiqishning maqbul usullari
tavsiya etiladi.

4-bo‘lim “Aruz vazindagi asarlarni ifodali o'qish”

Darsdan va sinfdan tashqarida aruz ilmi va amaliyotini o‘rganish tadbirlari bayon qilinadi.
Xulosa qismida aruz vaznidagi she’rlar qoidalarini o‘rgatish yuqori sinflardan emas balki

5-sinfdan boshlanishi kerakligi yoritilgan. Hozirgi Zamonaviy texnologiyalar asrida barcha texnik
vositalardan foydalangan holda o‘quvchilarga eshittirib, tushuntirib, yetkazib berishi kerakligiga
alohida to‘xtalingan.

Xulosa qilib aytdanda, bu o‘qtuvchilarning she’riy tizimlarni o‘quvchilarga tushuntirish,

o‘qilishi, aytilishini o‘rgatishga qaratilgan metodik qo‘llanma hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki
barcha o‘qituvchi-muallimlar uchun aruz vazni bilan to‘liq holatda tanishib chiqib, o‘rganish va
uni o‘quvchilarga sodda va tushunarli qilib, chiroyli tarzda yetkazib berish mahorati talab etiladi.

Har bir adabiyotchi ustozlar ushbu kitobdan foydalanib, amalga tadbiq qilsa, dars

samarodorligi oshadi.

REFERENCES

1.

Алибек Рустамов. Аруз ҳақида суҳбатлар. “Фан” нашриёти, Тошкент, 1972.

2.

А. Рустамов. Навоийнинг бадиий маҳорати, Тошкент, 1979

3.

А. Рустамов. Ҳабибий шеърларининг вазни. Адабий мерос, 2-сон Тошкент, 1971;

4.

Anvar Hojiahmedov. “Maktabda aruz vaznini o‘rganish” adabiyot ustozlar uchun o‘quv
qo‘llanma. T. “O‘QITTUVCHI”. 1995-y.

5.

С. Ҳасанов. Бобурнинг “Аруз рисоласи” асари. “Фан” нашриёти, Тошкент 1981.

6.

У. Туйчиев. Ўзбек поэзиясида аруз системаси. “Фан” нашриёти, Тошкент, 1985.

7.

Ғ. Каримов. Халк, тарих, адабиёт. Ғафур Ғулом номида ги Адабиёт ва санъат
нашриёти. Тошкент, 1977




References

Алибек Рустамов. Аруз ҳақида суҳбатлар. “Фан” нашриёти, Тошкент, 1972.

А. Рустамов. Навоийнинг бадиий маҳорати, Тошкент, 1979

А. Рустамов. Ҳабибий шеърларининг вазни. Адабий мерос, 2-сон Тошкент, 1971;

Anvar Hojiahmedov. “Maktabda aruz vaznini o‘rganish” adabiyot ustozlar uchun o‘quv qo‘llanma. T. “O‘QITTUVCHI”. 1995-y.

С. Ҳасанов. Бобурнинг “Аруз рисоласи” асари. “Фан” нашриёти, Тошкент 1981.

У. Туйчиев. Ўзбек поэзиясида аруз системаси. “Фан” нашриёти, Тошкент, 1985.

Ғ. Каримов. Халк, тарих, адабиёт. Ғафур Ғулом номида ги Адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент, 1977

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов