Authors

  • Zokiraxon Sattorova
  • Nargizabonu Mamadaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.132802

Keywords:

Ona yaxshilik mo‘tabar rivoyat inson.

Abstract

Ona - mo‘tabar zot, ne-ne ulamolar, ne-ne ulug‘ zotlar onani qadrlab, madh etishgan. Hozirda ham bu tabarruk zotni tarannum etib kelishmoqda. Bu maqolada onaga yaxshilik qilish, hamda eʼzozlash haqida rivoyatlar va maʼlumotlar keltirilgan.

background image


Avgust, 2025-Yil

18

ONA - BU MO‘TABAR ZOT

Sattorova Zokiraxon

Namanganlik ijodkor.

Mamadaliyeva Nargizabonu

Ilmiy rahbar. filolog, “INNOVATIVE DREAMS SCHOOL

ACADEMY” maktabi o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16809935

Annotatsiya. Ona - mo‘tabar zot, ne-ne ulamolar, ne-ne ulug‘ zotlar onani qadrlab, madh

etishgan. Hozirda ham bu tabarruk zotni tarannum etib kelishmoqda. Bu maqolada onaga yaxshilik
qilish, hamda eʼzozlash haqida rivoyatlar va maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Ona, yaxshilik, mo‘tabar, rivoyat, inson.


Ota-onaga yaxshilik qilish nafaqat diniy majburiyat balki, o‘zbek xalqining azaliy urf-

odatlaridan biridir. Buning yorqin dalillaridan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikdan so‘ng qabul
qilgan milliy Konstitutsiyaning 66-moddasida aytiladiki, “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli
farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”. Bu an’analarni asrashga va
ota-onaga yaxshilik qilish mavzusining qanchalik ahamiyatga molik vazifa ekanligiga dalolat qiladi.

Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” toʻplamida kelgan hadislar hayotning barcha

jabhalarini qamrab oladi. Shulardan biri ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi hadislardir.

Ulamolar shunday hadisi shariflardan birini qanday sharhlaganini va unda bayon etilgan

onaga oidlarini koʻrib chiqsak.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldiga kelib: “Ey Rasululloh!
Yaxshilik qilishim uchun eng haqli boʻlgan inson kim?”, deb soʻradi. Rasululloh sollallohu

alayhi vasallam: “Onang”, deb javob berdilar. U odam: “Keyin kim?”, deb soʻradi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: “Onang”, deb javob berdilar. U odam: “Keyin kim?” deb soʻradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Onang”, deb javob berdilar. U odam (toʻrtinchi marta):
“Keyin kim?” deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Otang”, deb javob berdilar”.

Ibn Battol: “Bu hadis ona uchun otaga qilinadigan yaxshilikning uchtasi boʻlishini taqozo

qiladi”, — degan.

Ona farzandini zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtarib yurib, homiladorlik mashaqqatini boshdan

oʻtkazadi. Soʻngra bolani dunyoga keltirish mashaqqatiga yoʻliqadi. Undan keyin emizishdagi
qiyinchiliklarga duch keladi. Bu ishlarda faqat onaning oʻzi ishtirok etadi va faqat oʻzi iztirob etadi.
Chunki bu uch ish faqat onaga xoslangan. Soʻngra farzandni tarbiyalash va voyaga yetkazish
ishlarida ota ishtirok etadi. Shu sababli hadisi sharifda uch marta “onang” deb javob berilgan.
Toʻrtinchisidagina “otang” deyilgan.

Alloh taoloning: “Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga

zaiflik bilan (qornida) koʻtarib yurdi. Uni (koʻkrakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar)”
(Luqmon surasi, 14-oyat), degan soʻzlarida ham shunga ishora bordir.

1

1

https://www.bukhari.uz/?p=28802&lang=oz


background image


Avgust, 2025-Yil

19

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos ibn Abdulmutallib raziyallohu anhu

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Mino kunlari Makkada toʻxtab, siqoyat qilib olmoqqa
ruxsat soʻrab erdi, ruxsat berdilar».

Onani naqadar mo‘tabarligini ko‘rsatgan rivoyatni keltirsak:
Ikrima raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam siqoyat

(hojilar suv oladirgan) joyiga kelib, suv soʻradilar. Shunda, Abbos oʻgʻliga: «Ey Fazl, onangning
oldiga borgʻil-da, undagi mavjud suvdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eltib bergʻil!»,
— dedi. Fazl onasidan suv olib, Janob Rasulullohga olib borganda, ul kishi: «Ichirib qoʻygʻil!»,—
dedilar. Fazl: «Yo Rasululloh, bu suvga qoʻl tiqilgan»,—dedi. Janob Rasululloh: «Ichirgʻil
derman!», — dedilar. Fazl suv ichirib qoʻygach, Zamzam qudugʻi oldiga borishdi. U yerdagi
kishilar quduqdan suv tortib olib, tashnalarga ichirishayotgan erdi. Janob Rasulullohularga:
«Ishlayveringiz, sizlar xayrli ish qilmakdasizlar»,- dedilar. Keyin, yana: «Agar qarshilik
qilmasangizlar, tuyadan tushib, arqonni yelkamga qoʻyib, men ham suv tortishar erdim»,—
dedilar».

2

Bu rivoyatda payg‘ag‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suv orqali naqdar

onani ulug‘laganini ko‘rishimiz mumkin.

BOYAZID BISTOMIY VA BIR PIYOLA SUV nomli rivoyatda ham onani eʼzozlash,

qadrlash haqida quyidagocha keltirilgan:

Rivoyat qilinishicha, qishning qahraton sovuq kunlarining birida kichkina Boyazid onasi

bilan xufton namozini oʻqib, keyin ona-bola dam olishga yotibdilar.

Onasi yarim tunda qattiq suvsab ketganidan uygʻonibdi va oʻgʻliga qarab: "Oʻgʻlim, menga

bir piyola suv berasanmi, chanqab ketdim?",—dedi.

Onasining ovozini eshitgan Boyazid oʻrnidan sakrab turib, suv idishi tomon chopdi.
Qarasaki, idishda suv yoʻq...
Onasiga yuzlanib:
"Oyijon, idishda suv yoʻq ekan, men hozir uni toʻldirib kelaman",—deb tashqariga otilib

chiqib ketdi.

Tashqarida esa hamma yoqni qalin qor bosgan, sovuqning qattiqligidan yoʻl muzlagan.
Suv oladigan quduqni ham qalin muz qoplagan ekan.
Bir amallab, quduqning muzini sindirib, idishini suvga toʻldirdi va tezda uyga qaytdi. Uyga

kirib, qarasa Onasi yana uxlab qolibdi.

Onasining shirin uyqusini buzishni oʻziga ravo koʻrmadi. Piyolaga suv quyib, Onasining

bosh tomonida uni kutib oʻtirdi.

Havoning sovuqligidan xona ham sovib ketgan edi.
Birozdan keyin Boyazid titrashni boshladi.
Sovuq shunchalik qattiq ediki, Boyazidning kichkina qoʻllari katta piyolaning chetiga

yopishib qolardi.

Shunday boʻlsada, piyolani yerga qoʻyib, issiq koʻrpaning ichiga kirib, yotib olmadi. Onasi

uygʻonib:

2

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. AL-JOMI' AS-SAHIH. (1-jild). Qomuslar Bosh tahririyati.

Toshkent. 1991


background image


Avgust, 2025-Yil

20

"Qani suv?",—deb soʻrab qolishidan, suvni topolmay xafa boʻlishidan qoʻrqdi.
Boyazid Onasini shunday sevardiki, uni xafa qilib qoʻymaslik uchun har qanday

qiyinchilikni koʻtarishga tayyor edi.

Qoʻlidagi piyola bilan Onasining boshida uygʻonishni kutib, bir necha soat oʻtirdi. Nihoyat

onasi:

"Suv, suv!",—deb yana ovoz chiqardi. Boyazid darhol suvni Onasiga uzatib:
"Marhamat Onajon, mana suvingiz!" dedi.
Onasi uyqu aralash birinchi marta suv soʻraganida suvning yoʻqligini bilmagan edi.
Ikkinchi uygʻonganida suvni ichib, oʻgʻliga qarab:
"Oʻgʻlim, bir pasda suv olib keldingmi?", —deb soʻradi.
Boyazid esa Onasiga tabassum bilan nazar solib, yosh bolalarcha ohangda:
"Oyijon, oldinroq uygʻonganingizda: “Suv ichaman”,—deb aytdingiz. Qarasam idishda suv

yoʻq ekan, uni toʻldirib kelish uchun tashqariga chiqib ketdim.

Qaytib kelsam yana uxlab qolibsiz. Uygʻotmadim, uygʻonishingizni kutib oʻtirdim", —dedi.
Bu gaplarni eshitgan Onaizor, oʻgʻlining bunday sadoqatidan sevinib, yigʻlab yubordi.
Shunday farzandni ehson qilgani uchun Alloh taologa shukr keltirib:
"Ey, bor Xudoyo! Men oʻgʻlimdan roziman, Sen ham rozi boʻlgin",—deb yarim tunda duo

qildi. Onasining duosi sharofati bilan Boyazid Bistomiy shariat va tariqatda peshrav, avliyolikda
yuksak darajalarga erishdi.

Allohning eng yaxshi koʻrgan doʻstlaridan biriga aylandi. Hatto undan:
"Bu darajaga qanday qilib erishdingiz?",—deb soʻraganlarida:
"Onamning roziligini olish bilan!",—deb javob bergan ekan.
Onani roziligini olish oson, unga munosib farzand bo‘lish mashaqqatliroqdir. Onaga bo‘lgan

mehr va hurmat bu mashaqqatni yo‘q qiladi.

Ona qadrini boshiga ish tushganda, yoki uni yo‘qotganda yoki musofir bo‘lganda biladi.
“ONAMGA” sheʼrim bir musofir yigit nolasi sifatida yozganman, unda quyidagi satrlar bor:
Onamning sabriga deyman tasanno,
Vo ajab, shuncha yil oʻtdilar yolgʻiz.
Nolib yashamadi, hayotdan ammo,
Baribir ayol-da, ayollar—ojiz.

Farzandim kam boʻlmay oʻssin,—dedilar,
Bildirmayman derdi, otasizligim.
Quvonchidan kechib, borin berdilar,
Esimdan chiqmadi, shunda kimligim.

Yuziga termilib, derdim gohida:
"Nega koʻzlaringiz, gʻamgin bu qadar".
Derdilar: "Eh bolam, roʻzgʻor gʻoriga,
Suyanding togʻ boʻlib, sinalding qadar.

Bu qismat, yo taqdir, yoki bir sinov,


background image


Avgust, 2025-Yil

21

Sizlarning otasiz, katta qilyapman.
Qoʻrqaman: "Yetim",—deb qoʻymasin birov,
Ichimdan oʻtganin, oʻzim bilyapman.

Jon bolam, kechirgin, yoshsan bilaman,
Roʻzgʻor yuki tushdi, erta boshingga.
Ishonsang har soat, duo qilaman,
Ming marta moʻralab, kirib qoshingga.

Uch alpim, siz uchun yashab yuribman,
Yolgʻizlik azobiga, parvo qilmayman.
Suyangan togʻimsiz, dadil turibman,
Sizlarga suyanib, qaygʻu bilmayman".

Soʻzlarin eshitib, yigʻlar yuragim,
Ranjitgan kunimga, boʻlaman mulzam:
"Onajon, siz doim, menga keragim,
Qaniydi, boshimda koʻtarib yursam"

Duoyingiz bilan, yuribman omon,
Makkada koʻtarib, tavof qilaman.
Mehringiz qumsadim, sogʻindim yomon,
Sizni hammadan koʻp, yaxshi koʻraman.
Xulosa o‘rnida shuni aytamanki, ona—mo‘tabar zot, har bir inson onasining tirikligida

qadrlashi, uni eʼzozlab avaylashi kerak. Bekorga bu maqolada rivoyat va hadislar keltirmadim,
chunki buning zamirida bizni oq yuvib, oq taragan, o‘zi yemay yedirgan, tunlardan biz uchun
kechgan, biz uchun qayg‘urgan aziz insonimizning qadri naqadar balandligini, farzandli bo‘lib buni
his qilganimizni, uni yo‘qotib esa, bu dunyodagi tirgagimizni, qarindoshchilikni ushlab turgan
ahamiyatli insonligini tushunamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1.

Qurʼoni karim.

2.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi. 2023

3.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. AL-JOMI' AS-SAHIH. (1-jild). Qomuslar
Bosh tahririyati. Toshkent. 1991

4.

https://lex.uz/docs/-6445145

5.

https://www.bukhari.uz/?p=28802&lang=oz

References

Qurʼoni karim.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi. 2023

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. AL-JOMI' AS-SAHIH. (1-jild). Qomuslar Bosh tahririyati. Toshkent. 1991