Authors

  • Nilufar Rabbinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136061

Keywords:

metofora metonimiy polisemiya kognitiv lingvokognitiv.

Abstract

Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asosochisi Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat adabiyotda balki tilshunoslikka ulkan xissa qo’shgandir buning yaqqol misoli uning devonidagi g’azallarda qo’llangan leksik xususiyat jihatdan ko’lami kengdir. Ushbu maqolada ma’no ko’chish turlari, tasnifi haqida ma’limot berilgan va ularga ma’lumotlar kiltirilgan. Shuningdek devonda uchraydigan metafora va metonimiyaga misollar keltirilgan.

background image


Sentabr, 2025-Yil

20

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING DEVONIDA MA’NO KO’CHISHNING

USLUBIYATI

Rabbinova Nilufar Rustam qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bitiruvchisi.

nilufarjumayeva66@gmail.com

+99893-329-15-55.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17069254

Annotatsiya.

Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi, markazlashgan

davlat va boburiylar saltanati asosochisi Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat adabiyotda balki
tilshunoslikka ulkan xissa qo’shgandir buning yaqqol misoli uning devonidagi g’azallarda
qo’llangan leksik xususiyat jihatdan ko’lami kengdir. Ushbu maqolada ma’no ko’chish turlari,
tasnifi haqida ma’limot berilgan va ularga ma’lumotlar kiltirilgan. Shuningdek devonda
uchraydigan metafora va metonimiyaga misollar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

metofora, metonimiy

i

polisemiya, kognitiv, lingvokognitiv.

METHOD OF CONVEYING MEANING IN “DEWAN” (Collection of Poems) OF

ZAKHIDIDDIN MUHAMMAD BABUR

Abstract

. Zahiriddin Muhammad Bobur is the great uzbek poet, thinker, historian,

statesman, the founder of the centeralized state and the Bobur diwan, made a great deal of
contribution not only to literature but also to linguistics. One clear example of this the wide range
of lexical features used in his ghazals. This article is provided about information on the kind of
migrations, their types an classification. Also the example of metaphor and metonomiy is
enumerated which adduced in the divan.

Key words:

metaphore, metonomiy, cognitive, lengvocognitive, polisemiya.

Аннотация.

Захириддин Мухаммад Бобур - великий узбекский поэт, мыслитель,

историк, государственный деятель, основатель централизованного государства и
Бобурского дивана, внес огромный вклад не только в литературу, но и в лингвистику.
Яркий пример тому - широкий спектр лексических средств, используемых в его газелях. В
данной статье представлена информация о видах миграций, их типах и классификации.
Также перечислены примеры метафоры и метономии, которые используются в диване.

Ключевые слова:

метафора, метономия, когнитивный, ленгвокогнитивный,

полисемия.

Tilimizdagi soʻzlarning juda katta qismi koʻp ma’nolidir, chunki kishilar o‘zining kundalik

hayotida yangi paydo bo‘lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so‘zlar
qo‘llayveradigan bo‘lsa, so‘zlarning soni o‘ta ko‘payib ketib, ularni xotirada saqlash mumkin
bo‘lmaы edi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolgan
bo’lar edi.

1

Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarining turli xil kombinatsiyalaridan

cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari
mavjud bo‘lgan so’zlarga yangi-yangi ma’nolar yuklanadi. Natijada, koʻp ma’noli soʻzlar
maydonga keladi. Masalan, “tosh” soʻzi dastlab “qattiq, sovuq jism” ma’nosida qoʻllangan:
“Yo‘lda tosh yotibdi” Keyinchalik “qattiqlik” ma’nosini faollashtirib, “tosh bagʻirʻ, bagʻritosh”
birikmalarida bagʻirning sifatlovchisi vazifasida ko‘chma ma’noda qo‘llanila boshlangan.


background image


Sentabr, 2025-Yil

21

Yoki “ko‘z” so‘zi dastlab faqat “tirik organizmning qavariq shaklga ega bo‘lgan ko‘rish

a’zosi” ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik “qabariqlik” ma’nosini faollashtirish asosida
“daraxtning ko‘zi”, “yorug‘lik bilan ta’minlash” ma’nosini faollashtirish orqali “derazaning ko‘zi”
ma’nolarida qo‘llanila boshlandi

ii

Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llaniluvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar

yoki polisemiya deyiladi.

1

2

Polisemiya yunoncha

poli

“ko‘p”,

semia “

ma’no” so‘zlaridan olingan. Polisemiya

monosemiya (yunoncha “mono” — bir, sema, ma’no) ga zidlanadi. Ko‘p ma’noli so‘zlarda ma’no
qanchalik ko‘p bo‘lsa ham, lekin u bir so‘z hisoblanaveradi. Shuning uchun ham ko‘p ma’noli
so‘zlarda ma’nolardan biri to‘g‘ri ma’no (yoki o‘z ma’no), qolganlari esa ko‘chma ma’no bo‘ladi.

Ko‘chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi,

nutq tarkibidan ajratilganda esa to‘g‘ri ma’nosi asosiy ma’no bo‘lib qoladi. Masalan,

tosh

so‘zi

nutq qurshovidan ajratib olinsa, “qattiq jism” ma’nosini anglatadi. Bir ma’noli so‘zlar tilimizda
kam sonni tashkil qiladi va ilmiy, kasb-hunarg doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan
so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Yangi so‘zlar (neologizmlar) ham davrlar o‘tishi bilan qo‘shimcha
ma’nolarni anglatadi.

Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini bilish va undan nutq jarayonida o‘rinli foydalanish

nutqning ta’sirchan, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.

So‘zning ko‘p ma’noliligini o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhimro l o‘ynaydi.

Chunki, bu so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashda
uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni talab qiladi. Shu boisdan ma’no ko‘chish ham
sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z
o‘yinlarni yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi
to‘qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no
ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llaniladi.

3

Ko‘chimlar ko‘proq og‘zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan zo‘rma-zo‘raki

foydalanib bo‘lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi yoki notiq zarurat
tug‘ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy asar qimmatini oshirish o‘rniga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim tizimida – Ona tili darslarida ma’no ko‘chishining nima
asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra:

1. Metafora
2. Metonimiya
3. Sinekdoxa
4. Vazifadoshlik singari turlari o‘rganiladi.
Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko‘chish usuli metaforadir. Metafora (yunoncha

metaphora

— “ko‘chirish”) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi

1

Хажиев С.К. Сўз маъносининг кўчиши билан боғлиқ лингвистик ҳодисалар. Фил.фан.ном…дисс. –Тошкент:

2007. –Б.176.

2

Раҳмонова Б., Файзиева Д., Жабборқулова А. Насрий матнда метафоранинг ўрни//Ўзбек тилшунослигининг

долзарб масалалари. – Тошкент: 2009. –Б. 67.
33 Қобулжонова Г. Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Фил.фан.ном…дисc. –Тошкент, 2000. –Б.
30.


background image


Sentabr, 2025-Yil

22

ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan,

tandirning og‘zi

birikmasida

og‘iz

so‘zining

ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar
o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:

1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan,

odam qulog‘i

va qozon qulog‘i.

2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan,

itning dumi

va

samolyot

dumi

.

O‘zbek tilida metafora hodisasining o‘rganilishi 3 asosiy davrga ajratilgan:

Birinchi bosqich

. Bu bosqich 1960-yillardan boshlangan, unda asosiy e’tibor metaforani

(umuman, so‘z ma’nosining ko‘chishi bilan bog‘liq barcha lingvistik hodisalarni) uning nominativ
funksiyasidan kelib chiqqan holda tadqiq etishga qaratilgan. Metaforani tadqiq etishning bu
bosqichida metafora sof lingvistik hodisa sifatida baholangan. Bu bosqichda Ya.Pinxasov,
S.Usmonov, M.Mirtojiev, T.Aliqulov, O.Azizov, Sh.Rahmatullaev, M.Mukarramov kabi olimlar
tadqiq obyekti qilib faqat lingvistik metaforalarni tanlashgan, nutqiy metaforalar esa tahlildan
chetda qolgan.

Ikkinchi bosqich.

Semasiologik tadqiqotlarning bu bosqichi 80-yillardan boshlangan

bo‘lib, metaforani tadqiq etishda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Chunki polisemiya hodisasini tadqiq
etish XX asrning 60-yillaridan boshlangan bo‘lsa-da, shu paytgacha metafora alohida holda
tadqiqot obyektiga aylantirilmagan. Ayni shu bosqichda metafora alohida tadqiqot obyektiga
aylantirildi. Bu bosqichda metaforani o‘rganish til va nutq hodisalarini farqlagan holda olib
borildi. Ya’ni asosiy e’tibor lisoniy metaforalar bilan bir qatorda, nutqiy metaforalar ham
tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‘la olishi, nutqiy metaforalar hosil bo‘lishidagi lisoniy va
pragmatik imkoniyatlarni o‘rganishga qaratildi. Tilshunos G.Qobuljonova metaforaga ayni shu
nuqtayi nazardan yondashdi va nutqiy metaforalarni tilning tekshirish obyekti bo‘la olishini
ta’kidlab, shunday yozadi: “...garchi poetik metaforadagi metaforik ma’no nutqiy hodisa bo‘lsa-
da, u lisoniy imkoniyat va qonuniyatlarga tayanadi”

iii

. Shuningdek, tadqiqotchi metaforalarning

hosil qilinishi, ularning tasniflanishini ham til va nutq hodisalarini uzviy ajratgan holda amalga
oshirdi hamda metaforani tadqiq etishning yangi bosqichini boshlab berdi.

Uchinchi bosqich.

(Metaforani kognitiv va lingvomadaniy tadqiq qilish bosqichi). Bu

bosqich tilning leksik sathini tilda inson omilini va ijtimoiy-madaniy faktorlarning ahamiyatini
hisobga olgan holda tadqiq etish tamoyiliga asoslanadi. Bu davrda so‘z ma’nosining ko‘chishi
bilan bog‘liq hodisalarni lingvokognitiv va lingvokulturologik jihatdan tadqiq etishga katta e’tibor
qaratildi. Bu bosqichda yaratilgan va yaratilayotgan tadqiqotlarda metafora hodisasining lisoniy
imkoniyatlari emas, balki uning milliy-madaniy belgilari va nutqiy voqelanishida insonning bilish
faoliyatidagi mental xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi kognitiv hodisa sifatida baholandi. Ya’ni
ma’no ko‘chishi bilan bog‘liq hodisalarni faqat lingvistik jihatdan emas, balki ularning inson
olami va borliqni aks ettirishdagi o‘rni, uslubiy, kognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarini
"borliq - ong - lison" omili asosida tadqiq etishga kirishildi. So‘z ma’nosining ko‘chishi bilan
bog‘liq lisoniy hodisalarni talqin etishda ana shu omillarga asoslangan tamoman yangi va o‘ziga
xos tadqiqot tilshunos S.Xajiyev tomonidan yaratildi

iv

. (Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu

ishda nazariy ma’lumotlarning va qarashlarning aksariyati metafora haqida bo‘lib, metonimiya,
sinekdoxa haqida juda kam ma’lumot berilgan.)


background image


Sentabr, 2025-Yil

23

Qolaversa, matn tadqiqi masalasida izlanish olib borgan ham metaforaning matn

yaratilishidagi o‘rnini belgilab berish bilan birga matn tarkibidagi metaforalarni kognitiv-
semantik, psixolingvistik, lingvokulturologik jihatgan tadqiq qildi.

Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi.
So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi

v

. Leksik birliklarning ko‘p

ma’noli bo‘lib kelishiga olib kelgan asosiy hodisa metaforadir. Metafora ko‘chma ma’no hosil
qilishning eng keng tarqalgan usuli sifatida badiiy nutqning, nutq badiiyatining muhim omillaridan
hisoblanadi. Semema tarkibidagi semalar asosida nutqda ko‘chma ma’no hosil qilish bunday
tabiatga ega bo‘lmagan deyarli barcha so‘zlar uchun xosdir. Hatto yordamchi so‘zlar ham vazifa
semalarini keskin o‘zgartirib ko‘chma ma’nolar hosil qilishi mumkin:

“Agar”ni “magar”ga

kuyov qilsalar, tug‘ilgan bir o‘g‘il, oti “koshki”.

Zahriddin Muhammad Boburning devonida ham ma’no ko‘chishning metafora usulini

g‘azallardagi misralarda ko‘rishimiz mumkin. Masalan: Bobur baytiga diqqat qilaylik:

4

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,

Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida (D, 27b).

Ushbu misrada keltirilgan

firoqing shomi

so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan, ya’ni

“ayriliqni tuni” mazmunida kelgan bo‘lib, metafora ma’no ko‘chishni yuzaga keltirgan. Lirik
qahramon yorni yashirin holda quyoshga qiyoslagan, quyosh botsa, ya’ni yo’q bo’lsa tun
kelganiday, oshiq ayriliqda o’tgan har lahzasini tunga qiyoslagan, holatda-vaziyatdagi bu kabi
o’xshashlik metafora usuli orqali yuzaga keltirilgan. Umuman olganda oshiqning ma’shuqa
ishqida o’rtangan damlari tun orqali ifodalanishi mumtoz adabiyotimizda mavjud bo’lgan
an’analardandir.

Bobur ijodida bu kabi go’zal misralarni ko’p uchratish mumkin. Masalan ushu baytga

nazar solaylik:

Ey ko‘ngil, yuzun, ko‘rub, zulfi parishonini sog‘in,
Shomi hijronidin tavaxxum ayla vasl ayyomida (D, 189).

Ushbu misrada

zulfi parishon

ko‘chimni yasab kelib yorning go’zaligini tariflar ekan

bunda “zulf” soch ma’nosida kelgan bo‘lib, ya’ni

xayolchan soch

ma’nosini bildiradi.

Sochlarining xayolchanligi bu sochlarining tartibsizlikda yoyilganligigi qaramasdan yorni

mahliyo etganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin, aslida ham haqiqiy oshiqqa yorning ko’rinishi
emas, uning ruhiyati ko’proq ahamiyatlidir va oshiqlik, mubtalolik zamonlarni kasb etmaydi,
doimiy yangi mavzuligicha qolib kelmoqda. O’sha davr Bobur zamonida ham, hozirda ham
dolzarb hisoblanadi, ammo so’fiyona nigoh bilan qaraganda haqga oshiqlik, otashinlik ehtiyoji
oshiqni tinch qo’ymayotganligini ham ko’rishimiz mumkin .

G‘unchadek og‘zing g‘ami ko‘nglimda gar yo‘q, bas nedur.
Chok ko‘nglum hayati gul g‘unchasi andomida? (D, 18 b)

Ushbu misrada qo‘llangan

“g‘unchadek og‘iz”

yorning og’zini g’unchaga qiyos etishi

Boburning so’z boyligini latifligini bildiradi, ya’ni aslida g’uncha kichiklika misol bo’la oladi,
demak ijodkor yorning labini kichikligiga urg’u bermoqda va

“chok ko‘nglim

” ko’ngilning

yaradorligi yorning g’uncha labiga oshiqligini e’tirof etgan misrada yorga havasi o’tkirligi ta’rif

4

Zahiriddin Muhammad Bobur devoni” A.P.Qayumov “FAN” nashiryoti,1994 B 136 .


background image


Sentabr, 2025-Yil

24

etilgan bo’lib, yarador, g’amga giriftor, dardmand, chok kabi so’zlar sinonimiyasini Bobur ijodida
ko’p uchratishimiz mumkin. “Chok ko‘nglum” birikmasi azobning izlari qolgan ko‘ngil
ma’nosida ham qo’langan bo’lishi mumkin.

Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.(D 41b)
Chashmi xunifshondin

so’zi qonli ko’z ma’nosini ifodalab kelmoqda. Ushbu misrada ko’z

bilan ma’shuqa yorni baloga giriftor etib, ko’plab qonli ko’zlarda shu baloni ko’rganligini ifodalab
kelgandir. Qonli ko’z so’zi orqali muallif ma’no ko’chishning metafora san’atidan unumli
foydalanganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ko’z timsolini ko’plab g’azalnavislar ijodida
uchratishimiz mumkin, lekin Boburning devonida qo’llangan ko’z timsoli ancha farqli ma’noda
qo’llanganiga yaqqol misoldir. Mumtoz adabiyotda ko’zni ohiga, jallod, chashmga o’xshatish
mavjud, ammo qonli istiorasi Bobur tomonidan qo’llangan topilma deyish mumkin.

Zahriddin Muhammad Boburning devonidagi g‘azallar tarkibida metaforaning jonli, oharli

va go’zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin. Bu Boburning so’z qo’llash va tildan foydalanish
mahorati yuqori ekanidan darak beradi.

Shuning bilan birga ma’no ko’chishning metonimiya turiga hos misollarni ham

ko’rishimiz mumkin. Bobur she’riyatida metonimiya hodisasi ham faol qo’llangan bo’lib,
baytlarda boshqa ijodkorlarda qo’llanmagan shakllarini ko’rish mumkin. Masalan:

Yog‘lig‘ing tokim yuzu ko‘zunga tegmish, bor durur,
Yuz menindek zor-u yuz ming men kibi bemor anga.(D, 18 b.

)

Ushbu misrada keltirilga “yuz ming” so‘zida oshiq ma’nosi yashirindir. Aslida yuz ming

oshiq shaklidagi so’z birikma, vazn talabi va tildagi qisqalikka intilish sabab tushurib qoldiriladi.

Natijada, yuz ming leksemasi ham miqdorni, ham shaxsni ifodalashga xizmat qiladi. Bu

holat miqdorni ta’kidlash orqali ma’shuqa oshiqlarining ko’pligini urg’uklashga xizmat qiladi.

Metonimiya orqali g’azal mazmunida yorning yo’qligi ma’shuqning xotirasiga tushib

o’yga botishi tasvirlangan bo’lib, yuzlab inson mashuqdek yorga muhtoj bo’lsa, yuz ming oshiq
hajrida bemor, ya’ni ko’rishishda iztirob chekayotgani gavdalantirilgan bo’lib muallif

yuz

so’zidan

unumli foydalanib ma’no ko’chishni ajoyib tarzda gavdalantirib berganligiga bir misoldir.

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?

Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘ (D, 32 b).

Ushbu misrada

“Yaxshi”

so‘zi metonimiya orqali ko’chma ma’no hosil qilmoqda. Aslida

yaxshi kishi

shaklidagi birikmada

kishi

leksemasining tushib qolishi natijasida belgi bildiruvchi

leksema shaxs semasini ham yuklab olmoqda. Bunda xususiyat sifatlarining ko’proq insonga
nisbatan qo’llanishi ma’no ko’chishi uchun asos bo’lmoqda. Ikki leksema orasidagi doimiy aloqa
sabab biz tushirib qoldirilgan leksema ma’nosini oson anglaymiz.

Ishq ahlig’a iltifot ko’rmon,
Husn ahlida e’tiqod topmon (D, 50 b).

Ushbu g’azalda

ishq ahli

va

husn ahli

so’zlari metonimiya san’atini yasash bilan bir

qatorda ma’shuqning qalbida ishq tushganlarda iltifot yo’qligi-yu husn, ya’ni go’zal ayollarda
e’tiqodning pastligi haqida ifodalangan va shuningdek ishq va husn qisman bir-biriga bog’liq
bo’lgan darajaviy so’zlardir.

Iroq-u Fors gar etsa sening bu she’ring, ey shayx,


background image


Sentabr, 2025-Yil

25

Ani hifz etgusi Hofiz, musallam tutqusi Salmon (D, 45 b.).

Ushbu misrada “hofiz” va “salmon” obrazlari orqali asar qahramonlari nazrda tutilib

aloqadorlikorqali ma’no ko‘chishning metonimiya turiga mansubdir. Shuningdek, Iroq va Fors
ahlini nazarda tutishi ham metonimiya san’atini yuzaga keltirganini ko’rishimiz mumkin.

Kuzatishlarimiz asosida shuni ayta olamizki, Bobur ijodida eng faol ko’chim turi metafora

ekani ma’lum bo’ldi. Metaforaning faol qo‘llanishiga sabab uning eng qadimiy ko‘chim turi
ekanligidir. Qolaversa, o‘xshatish va qiyoslash orqali dunyoni idrok qilish aloqadorlik va butun-
bo‘lak munosabatiga ko‘ra osonroq jarayondir. Kishilar o‘zlari uchun notanish bo‘lgan hodisalarni
o‘ziga tanish hodisalarga qiyoslash orqali idrok qilgan va ifodalagan. Shu sababli bu ko‘chim turi
nafaqat Bobur ijodida, balki nutqimizda ham faoldir. Metonimiya va sinekdoxa hodisalarining
kam tarqalganiga sabab bu ko‘chim turlari insondan chuqurroq bilimlarni talab qiladi, ya’ni ular
metaforaga qaraganda qiyinroq jarayondir. Chunki metonimiya va sinekdoxa orqali hosila ma’no
hosil qilish uchun kishi shu ikki tushuncha o‘rtasidagi aloqadorlikni yoki ularning butun- bo‘lak
munosabatida ekanligini anglashi lozim. Bu esa kishidan alohida bilimlar majmuini talab qiladi.

Shu sababli ular soni metaforaga qaraganda oz.
Bobur tili “qalam tili bila rostdur”. Shu bois devonda qo’llangan badiiy tasvir vositalari

ham soddaligi bilan o’quvchiga tushunarli. Bu holat Bobur uslubiga xos bo’lib, bu soddalik
nuqson emas, aksincha Bobur ijodining yutug’i deyish mumkin. Bobur qo’llagan ko’chimlarning
aksariyati bugungi tilimizda qo’llaniladi. Bu esa ijodkor lirik merosining bugungi o’quvchi uchun
ham o’qishli manba bo’lishini ta’minlaydi. Bobur metaforaga murojaat qilar ekan tildagi mavjud
leksemani xalq tilida anglatgan ko’chma ma’noga hamohang ma’no nozikligida qo’llashga harakat
qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Хажиев С.К. Сўз маъносининг кўчиши билан боғлиқ лингвистик ҳодисалар.

Фил.фан.ном…дисс. –Тошкент: 2007. –Б.176.

2.

2

Раҳмонова Б., Файзиева Д., Жабборқулова А. Насрий матнда метафоранинг

ўрни//Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. – Тошкент: 2009. –Б. 67.

3.

Қобулжонова

Г.

Метафоранинг

системавий

лингвистик

талқини.

Фил.фан.ном…дисc. –Тошкент, 2000. –Б. 30.

4.

”Zahiriddin Muhammad Bobur devoni” A.P.Qayumov “FAN” nashiryoti,1994 B 136 .





References

Хажиев С.К. Сўз маъносининг кўчиши билан боғлиқ лингвистик ҳодисалар. Фил.фан.ном…дисс. –Тошкент: 2007. –Б.176.

2Раҳмонова Б., Файзиева Д., Жабборқулова А. Насрий матнда метафоранинг ўрни//Ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари. – Тошкент: 2009. –Б. 67.

Қобулжонова Г. Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Фил.фан.ном…дисc. –Тошкент, 2000. –Б. 30.

”Zahiriddin Muhammad Bobur devoni” A.P.Qayumov “FAN” nashiryoti,1994 B 136 .