2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
19
UO‘T: 664.8+62+576.8+633.2
MEVA MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Xudayberdiyeva Laylo Abdisamatovna
Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchisi.
layloxudayberdiyeva1984@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17082995
Annotatsiya. Prunus domestica L. turiga mansub besh xil olxo‘ri navining (Қора олу,
Бертон, Венгерка фиолетовая, Венгерка домашняя, Супериор) meva rangi paydo bo‘lgandan
keyingi pishish jarayonidagi sifat o‘zgarishlari 25 yoki 35 kun davomida o‘rganildi. Meva
namunalari quyidagi parametrlar bo‘yicha tahlil qilindi: mevaning og‘irligi, qattiqligi, eruvchan
quruq moddalar miqdori, meva rangi, shakarlar (glyukoza, fruktoza, sorbitol va saxaroza)
miqdori, organik kislotalar (olma kislotasi, fumar kislotasi va shavel kislotasi) miqdori, fenol
birikmalari miqdori. Fenol birikmalari miqdoriga pishish jarayoni ta’sir qilmadi. Tadqiqot
natijalari navning quyidagi parametrlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi: meva og‘irligi,
eruvchan quruq moddalar miqdori, qattiqlik, meva rangi, jami kislotalar konsentratsiyasi, jami
fenollar va antotsianinlar konsentratsiyasi. Bu natijalar respublikamizning turli olxo‘ri navlari
o‘rtasidagi farqlarni anglashda muhim ahamiyat kasb etishini asoslab berdi.
Kalit so‘zlar: mevaning og‘irligi, qattiqligi, eruvchan quruq moddalar miqdori, meva
rangi, shakarlar, fenol birikmalar, pishish jarayoni.
ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ ПЕРЕРАБОТКИ ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ
Аннотация. Изучались изменения качества плодов пяти сортов сливы (Prunus
domestica L.) — Қора олу, Бертон, Венгерка фиолетовая, Венгерка домашняя, Супериор — в
процессе созревания после появления окраски плодов в течение 25 или 35 дней. Образцы
плодов анализировались по следующим параметрам: масса плода, твёрдость, содержание
растворимых сухих веществ, окраска плода, содержание сахаров (глюкоза, фруктоза,
сорбитол и сахароза), содержание органических кислот (яблочная кислота, фумаровая
кислота и щавелевая кислота), содержание фенольных соединений. На содержание
фенольных соединений процесс созревания не оказал влияния. Результаты исследования
показали, что сорт оказывает значительное влияние на следующие параметры: масса
плода, содержание растворимых сухих веществ, твёрдость, окраска плода, концентрация
общих кислот, концентрация общих фенолов и антоцианов. Эти результаты обосновали
важность понимания различий между различными сортами сливы, выращиваемыми в
нашей республике.
Ключевые слова: масса плода, твёрдость, содержание растворимых сухих веществ,
окраска плода, сахара, фенольные соединения, процесс созревания.
BASIC PRINCIPLES OF FRUIT PRODUCT PROCESSING
Abstract. Changes in the quality of fruits of five plum cultivars (Prunus domestica L.) —
Қора олу, Бертон, Венгерка фиолетовая, Венгерка домашняя, Супериор — during the
ripening process after the appearance of fruit color over a period of 25 or 35 days were studied.
Fruit samples were analyzed for the following parameters: fruit weight, firmness, soluble solids
content, fruit color, sugar content (glucose, fructose, sorbitol, and sucrose), organic acids content
(malic acid, fumaric acid, and oxalic acid), and phenolic compounds content.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
20
The ripening process did not affect the phenolic compounds content. The results of the
study showed that the cultivar had a significant effect on the following parameters: fruit weight,
soluble solids content, firmness, fruit color, total acid concentration, total phenol concentration,
and anthocyanin concentration. These findings substantiated the importance of understanding the
differences among various plum cultivars grown in our republic.
Keywords: fruit weight, firmness, soluble solids content, fruit color, sugars, phenolic
compounds, ripening process.
Kirish.
Meva mahsulotlarini qayta ishlashning asosiy usullaridan biri zamonaviy quritish
bo‘lib, bu uchta asosiy talabga javob berishi kerak: yuqori sifatli mahsulotlar, qayta ishlashning
kam energiya sarfi va arzon tannarx; qayta ishlash va quritish zavodida mevalarni gazli infraqizil
nur asosida quritish afzal deb hisoblash mumkin. (IQ) nurlari orqali tannarxga nisbatan elektr
energiyasi narxining oshishi va gazning mavjudligi infraqizil gazli quritish moslamasining
afzalliklarini ta’minlaydi, mevachilik va sabzavotchilik mahsulotlarini quritish texnologiyasini
soddalashtiradi; ko‘p tizimli bog‘dorchilikda yetishtirilgan mevalarning eng muhim katta ulushi
meva va rezavorlarni quritish orqali qayta ishlanishi mumkin, bu bog‘dorchilik mahsulotlarining
sezilarli darajada isrof bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Tadqiqotlar davomida olxo‘ri navlari mevalarining tarkibidagi eruvchan quruq moddalar
miqdori, shakarlar (glyukoza, fruktoza, sorbitol va saxaroza) miqdori, organik kislotalar (olma
kislotasi, fumar kislotasi va shavel kislotasi) miqdori, fenol birikmalari, mevaning og‘irligi,
qattiqligi, meva rangi o‘zgarishi darajasi olxo‘ri navlari o‘zaro taqqoslanganda turlicha bo‘lganligi
kuzatildi. Bunda olxo‘ri navlari mevalarini saqlashdan oldin va saqlashdan keyingi tarkib va
holatining o‘zgarish darajalari tahlil etilib navlararo taqqoslandi. Bunda olxo‘ri navlari mevalari
tarkibidagi o‘zkazilgan barcha tahlillar ko‘rsatkichlari mevalarni saqlashdan oldin va saqlashdan
so‘ng laboratoriya sharoitida aniqlandi. Shu bilan bir qatorda olxo‘ri mevalari tarkibining
o‘zgarish darajasi mevalarning pishish darajalariga qarab ham tahlil etildi.
Shu jumladan, olxo‘ri mevalari kislotaliligi texnik pishib yetilish davrida boshqa pishish
darajalariga taqqoslanganda eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lganligi tajribalarimizda aniqlandi (1.1-
rasm va jadvalga qarang).
(4.06.2025y) (11.06.2025y) (18.06.2025y)
1.1-rasm. Olxo‘ri
navlari mevalarining pishib yetilish davrlari bo‘yicha kuzatuvlar
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
21
1.1-jadval
Olxo‘ri navlari mevalarini saqlashga joylashtirishdan oldin va saqlashdan keyingi
meva tarkibidagi kislotalik ko‘rsatkichlarining tahlili (2023-2025 yy.).
Izoh:
Olxo‘ri navlari mevalarini saqlashga joylashtirishdan oldin va saqlashdan keyingi
meva tarkibidagi kislotalik ko‘rsatkichlarining tahlili, mevalarni saqlash jarayonida saqlash
omboridagi havo harorati dastlabki 15 kun davomida +1ºC etib belgilangan bo‘lsa, keyingi 45 kun
davomida saqlashda esa +2-3ºC etib belgilandi. Omborxonadagi havoning nisbiy namligi dastlabki
15 kun davomida 85-90% etib belgilangan bo‘lsa, keyingi 45 kun davomida saqlashda esa 80-85%
etib belgilandi.
Ma’lumki, olxo‘ri navlarining mevalari pishib yetilish darajasiga bog‘liq ravishda ularning
kimyoviy tarkibi va xususiyatlari o‘zgarib boradi. Olxo‘ri mevalarini saqlanish davomida ularning
iste’molbopligi va ma’lum bir sifat ko‘rsatkichlari ortib boradi va shirinroq, xushbo‘yroq hamda
tovar ko‘rinishi darajasi sekinlik bilan ortib boradi. Mevaning qobig‘i (ekzokarpiy) bir oz rangi
to‘qlashib, meva eti (mezokarpiy) yumshab, iste’molga tayyor tovar holatga ega bo‘ladi. Olxo‘ri
mevalarini qobig‘i esa turli xil tusga ya’ni navlararo, och qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir yoki to‘q qo‘ng‘ir
rangga kirishi kuzatiladi. Ushbu o‘zgarishlarga asosiy ta’sir etuvchi omil - bu olxo‘ri navlarining
genotipi va yetishtirish hududlariga bog‘liq bo‘ladi.
Olxo‘ri navlari mevalarining pishib yetilish muddatlariga qarab, tovarbopligi, biokimyoviy
tarkibi va organoleptik ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lishi aniqlangan. Ma’lumki, olxo‘ri navlarining
texnik pishib yetilgan mevalarini qisqa muddat davomida saqlash mumkin bo‘ladi. Ertapishar
olxo‘ri navlari, asosan, yangiligicha iste’molga yo‘naltirilib, ko‘p holatlarda qisqa muddat
saqlashga va qayta ishlash uchun ham tavsiya etiladi. Tajribalarimizda olxo‘rining kechpishar
navlarini saqlashga yaroqlilik jihatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.
Bunda asosan olxo‘rining Qora olu, Berton, Vengerka fioletovaya, Vengerka domashnyaya
va Superior navlarining mevalari saqlashga joylashtirilib, ularning saqlanuvchanligi va saqlash
jarayonida mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi turli omillar aniqlandi.
Bundan tashqari, tadqiqotlar davomida olxo‘ri navlari mevalarining tarkibidagi kislotalik
darajasi olxo‘ri navlari o‘zaro taqqoslanganda turlicha bo‘lganligi kuzatildi.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
22
Bunda olxo‘ri navlari mevalarini saqlashdan oldin va saqlashdan keyingi kislotalik
darajalari tahlil etilib navlararo taqqoslandi (1.2-rasmga qarang).
1.2-rasm. Olxo‘ri mevalarining biokimyoviy tahlil natijalari
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
23
Xulosa.
Olxo‘ri navlari mevalarini saqlash davomida ularning iste’molbopligi va ma’lum
bir sifat ko‘rsatkichlari ortib boradi. Lekin ayrim jihatlari pasayishi mumkin, qachonki, mevalarni
saqlashga to‘g‘ri yondashilmasa ushbu holatlar kuzatilishi mumkin. Olxo‘rining kechpishar
navlari mevalarining pishib yetilish muddatlariga qarab, tovarliligi, biokimyoviy tarkibi va
organoleptik ko‘rsatkichlari turlicha bo‘ladi. Saqlashga joylashtirilgan olxo‘ri navlari
mevalarining morfologik, morfometrik ko‘rsatkichlari sifat ko‘rsatkichlaridan rangida o‘zgarishlar
kuzatilmadi. Dastlabki sovutish bo‘lmasida 12-14 kun davomida mevalar saqlangandan so‘ng,
doimiy saqlash kamerasiga mahsulotlar joylashtirildi. Doimiy saqlash kamerasidagi havo harorati
+2-3ºS, havoning nisbiy namlik darajasi esa 80-85% etib belgilandi. Olxo‘ri mevalari yelim
qutilarga 100 kg dan joylashtirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
"Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Denizbank”
hamkorligida tayyorlangan “100 ta kitobdan” iborat to‘plami.
2.
Bo‘riev X. Ch., Baymetov K.I., Abdiqayumov Z.A. Meva ekinlari seleksiyasi va
navshunosligidan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2004.
3.
Xudayberdiyeva L.A. “Olxo‘ri navlarini zamonaviy-an’anaviy usullarda saqlash va tashish
texnologiyasi”. Toshkent: “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal., 2023.
4.
Xudayberdiyeva L.A.,Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Studying the process of
phenological monitoring of late varieties of plums grown in the climatic conditions of
Namangan region”. E3S Web of Conferences
486
, 02012 (2024)
AGRITECH-IX 2023.
5.
Xudayberdiyeva L.A., Xo‘janazarova M.Q. “Olxo‘rining sanoatbop navlarini tadqiq qilish
hamda saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”. «Eurasian Journal of
Academic Research» xalqaro ilmiy jurnali (ISSN: 2181-2020). – Evroosiyo akademik
tadqiqotlar jurnali. 2023.
6.
Xudayberdiyeva L.A. “Namangan viloyatining turli hududlari va turli iqlim sharoitida
yetishtirilgan olxo‘rining kechki navlari misolida fenologik kuzatuv hamda sifat
ko‘rsatkichlarini o‘rganish”. “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal.
“Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion
texnologiyalar asosidagi yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. –
Toshkent. 2023.
7.
Xuдайбердиева Л.А., Воққосов З. К., Xўжаназарова М.Қ. “Исследование
промышленныx сортов слив и совершенствование теxнологий xранения и сушки”.
“UНИВЕРСUМ:ТЕXНИЧЕСКИЕ НАUКИ” xалқаро илм-fан жuрнали. – Москва,
2023.
8.
Худайбердиева Л.А., Воққосов З. К., “Олхо'ри (ғайлоли) навлари ва уларни қайта
ишлаш усуллари”. Лучшие интеллектуалные исследования”.
международный
научный электронный журнал част-12 том-2.январ – 2024.
9.
Our preservative can prolong shelf-life of plums by 1.5-3 times." Manager Li.Shandong
Aoweite Biotechnology Co., Ltd.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
24
10.
Preservation Techniques of Plums – A Review, M. R. Sharmin, M. N. Islam and M. A.
Alim, (2015)
11.
Xudayberdiyeva L.A. “Olxo‘rini saqlashga yaroqli navlarini tanlash va quritish
texnologiyalarini takomillashtirish”. Diss. –Toshkent. 2025
