Authors

  • Zahira Abdullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136164

Keywords:

fuqarolik jamiyati G‘arb modeli Sharq modeli konstitutsionizm polyarkiya ijtimoiy kutishlar ijtimoiy birdamlik milliy qadriyatlar O‘zbekiston modeli.

Abstract

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining konseptual modellari G‘arb va Sharq nazariy yondashuvlari asosida tahlil qilingan. G‘arb modeli konstitutsionizm, polyarkiya, pluralizm va huquqiy-institutsional asoslar orqali fuqarolik jamiyatini tushuntirsa, Sharq modeli ijtimoiy kutishlar, kollektiv qadriyatlar va birdamlik tamoyillariga tayangan holda uning mohiyatini yoritadi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi G‘arb va Sharq yondashuvlarining uyg‘unlashuvi asosida milliy model sifatida namoyon bo‘lib, fuqarolik jamiyatining demokratik institutlar va milliy qadriyatlar uyg‘unligida rivojlanishini ko‘rsatadi.

background image


Sentabr, 2025-Yil

29

FUQAROLIK JAMIYATI KONSEPTUAL MODELLARI: G‘ARB VA SHARQ NAZARIY

YONDASHUVLARI QIYOSIY TAHLILI

Abdullayeva Zahira Bahodirovna

O’zbekiston milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi,

falsafa fanlari bo‘yicha PhD izlanuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17083176

Annotatsiya. Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining konseptual modellari G‘arb va

Sharq nazariy yondashuvlari asosida tahlil qilingan. G‘arb modeli konstitutsionizm, polyarkiya,
pluralizm va huquqiy-institutsional asoslar orqali fuqarolik jamiyatini tushuntirsa, Sharq modeli
ijtimoiy kutishlar, kollektiv qadriyatlar va birdamlik tamoyillariga tayangan holda uning
mohiyatini yoritadi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi G‘arb va Sharq yondashuvlarining
uyg‘unlashuvi asosida milliy model sifatida namoyon bo‘lib, fuqarolik jamiyatining demokratik
institutlar va milliy qadriyatlar uyg‘unligida rivojlanishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: fuqarolik jamiyati, G‘arb modeli, Sharq modeli, konstitutsionizm, polyarkiya,

ijtimoiy kutishlar, ijtimoiy birdamlik, milliy qadriyatlar, O‘zbekiston modeli.

Аннотация. В данной статье анализируются концептуальные модели

гражданского общества на основе западных и восточных теоретических подходов.

Западная модель трактует гражданское общество через конституционализм,

полиархию, плюрализм и правовые институты, тогда как восточная модель акцентирует
внимание на социальных ожиданиях, коллективных ценностях и принципах солидарности.

Опыт Узбекистана представлен как национальная модель, сочетающая западные

демократические институты и восточные культурно-ценностные традиции, что
способствует устойчивому развитию гражданского общества.

Ключевые слова: гражданское общество, западная модель, восточная модель,

конституционализм, полиархия, социальные ожидания, солидарность, национальные
ценности, модель Узбекистана.

Abstract. This article analyzes the conceptual models of civil society through a

comparative study of Western and Eastern theoretical approaches. The Western model interprets
civil society on the basis of constitutionalism, polyarchy, pluralism, and legal-institutional
foundations, while the Eastern model emphasizes social expectations, collective values, and
solidarity principles. The case of Uzbekistan illustrates a national model that combines Western
democratic institutions with Eastern socio-cultural traditions, thereby shaping a balanced and
sustainable development of civil society.

Keywords: civil society, Western model, Eastern model, constitutionalism, polyarchy,

social expectations, solidarity, national values, Uzbekistan model.

XXI asr globallashuvi sharoitida davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarni o‘rganish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Zero, fuqarolik jamiyati ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish va inson
huquqlarini himoya qilishda muhim vosita sifatida maydonga chiqmoqda. Biroq turli
mamlakatlarda bu jarayon bir xil emas. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi mavjud
siyosiy rejimlar – totalitar, avtoritar va demokratik tizimlar – bilan chambarchas bog‘liq.


background image


Sentabr, 2025-Yil

30

Shuningdek, nazariy yondashuvlarda ham G‘arb va Sharqning qarashlari sezilarli farqlarga

ega.

Shu bois ushbu maqolada, avvalo, turli siyosiy tizimlarda fuqarolik jamiyatining namoyon

bo‘lish shakllari hamda siyosiy rejimlar va fuqarolik jamiyatining o‘rni tahlil qilinadi. Jumladan,

totalitar tizimlarda

fuqarolik jamiyati mustaqil maydon sifatida shakllana olmaydi. Chunki

bunday tuzum mafkuraviy monopoliyaga, yagona partiyaning diktaturasiga va jamiyatning barcha
jabhalarini qamrab oluvchi nazoratga tayanadi. Tarixiy misollar sifatida SSSR, Germaniyadagi
natsistlar va Italiyadagi fashistik rejimlarni eslatish mumkin. Bu tizimlarda fuqarolik jamiyati
institutlari hokimiyatni mustahkamlash vositasiga aylanib, shaxsiy hayot ham siyosiy tuzum
manfaatlariga bo‘ysundirilgan.

Avtoritar tizimlarda

nazorat ancha selektiv bo‘lib, jamiyatning

barcha jabhalariga chuqur aralashuv emas, balki muhim siyosiy sohalarda qat’iy nazorat
o‘rnatiladi. Oppozitsiya mavjud bo‘lsa-da, faoliyati cheklangan, siyosiy raqobat nominal tusda
bo‘ladi. Shunday sharoitda fuqarolik jamiyati ma’lum faoliyat yuritishi mumkin, lekin u mustaqil
kuch emas, balki davlat siyosatiga moslashuvchi institutlar yig‘indisiga aylanadi.

Demokratik

tizimlarda

esa butunlay boshqacha manzara kuzatiladi. Qonun ustuvorligi, hokimiyatlarning

bo‘linishi, siyosiy plyuralizm va erkin OAV fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini
yaratadi. NNTlar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar va jamoatchilik nazorati demokratik
davlatning muhim qismi sifatida faoliyat yuritadi.

Shunday qilib, siyosiy rejimlarning turlicha tabiati fuqarolik jamiyatining imkoniyatlarini

ham keskin belgilaydi. G‘arb nazariy yondashuvlarini oladigan bo’lsk, g‘arb tajribasida fuqarolik
jamiyati asosan huquqiy-institutsional asoslar bilan izohlanadi. Masalan:

Konstitutsionizm

g‘oyasi davlat hokimiyatini qonuniy chegaralash, fuqarolar huquqlarini kafolatlash va hokimiyat
organlarining hisobdorligini ta’minlashga qaratilgan;

R. Dahlning “polyarkiya” konsepsiyasi

demokratik institutlarning real hayotdagi shaklini izohlaydi. Polyarkiya erkin saylovlar, siyosiy
raqobat, so‘z va axborot erkinligi, mustaqil birlashmalar orqali namoyon bo‘ladi;

S. Lipsetning

modernizatsiya nazariyasi

iqtisodiy rivojlanish, o‘rta sinfning kengayishi va ta’lim darajasining

o‘sishi demokratiya barqarorligi uchun zarurligini asoslaydi. Masalan, kishi boshiga daromad
ma’lum darajadan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda demokratiya uzoq umr ko‘radi;

A. Gramsci

fuqarolik jamiyatini hokimiyat tashqarisidagi mustaqil ijtimoiy maydon sifatida ko‘radi va uni
siyosiy g‘oyalar bilan murakkab o‘zaro aloqada tahlil qiladi;

R. Putnam

esa fuqarolik

jamiyatining samaradorligini ijtimoiy kapital – ishonch, tarmoqlar va hamkorlik madaniyati bilan
izohlaydi.

Demak, G‘arb modeli fuqarolik jamiyatini erkinlik, huquqiy kafolatlar va institutlarning

mustaqilligi orqali izohlaydi. Bunga qarama-qarshi tarzda, Sharq nazariy yondashuvlarida
fuqarolik jamiyatining shakllanishida asosiy tayanch sifatida madaniy-ijtimoiy qadriyatlar va
ijtimoiy kutishlar ko‘riladi. Shu bois, endi Sharq modellari tajribasini tahlil qilish maqsadga
muvofiqdir. Bunga misol tariqasida bir nechta davlatlarni modellarini tahlil qilamiz:

Yaponiya

da fuqarolik jamiyati “ijtimoiy kutishlar” konsepsiyasi asosida shakllangan.

Shaxs jamiyat kutayotgan rollarni bajarishga intiladi. Bourdieu ta’riflagan

habitus

ham shu

jarayonni tushuntiradi. 1998-yilda qabul qilingan NPO qonuni ko‘ngillilik va jamoaviy faollikni
sezilarli kengaytirdi.

Janubiy Koreya

da fuqarolik jamiyati iqtisodiy modernizatsiya, ta’lim

siyosati va demokratik islohotlar bilan mustahkamlandi.


background image


Sentabr, 2025-Yil

31

Biroq “chebol” deb ataluvchi yirik korporatsiyalarning siyosiy hayotga ta’siri fuqarolik

jamiyati faoliyatiga ma’lum cheklovlar keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning siyosiy
faolligi va nodavlat tashkilotlarning ko‘payishi ijtimoiy kapitalni oshirdi.

Qozog‘iston

tajribasi

yangi davrga xos xususiyatlarni ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha qonun
loyihalari va QazTech platformasi orqali fuqarolik jamiyati institutlari zamonaviy texnologik
jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

Natijada, Sharq modellari fuqarolik jamiyatini ko‘proq kollektivizm, birdamlik va ijtimoiy

uyg‘unlik asosida tushuntiradi. Endi G‘arb va Sharq nazariyalarini qiyosiy jihatdan solishtiramiz.

Mezоn

G‘arb modeli

Sharq modeli

Nazariy tayanch

Huquqiy-institutsional

(konstitutsionizm, pluralizm,

polyarkiya)

Madaniy-ijtimoiy (ijtimoiy

kutishlar, kollektiv qadriyatlar)

Shakllanish

mexanizmi

Pastdan–yuqoriga (grassroots), mustaqil

NNT va OAV

Yuqoridan–pastga + jamiyat

ichki kutishlari

Davlat bilan

munosabat

Nazorat va muvozanat

Hamkorlik va uyg‘unlik

Xavf va

cheklovlar

Siyosiy fragmentatsiya xavfi

Konsentratsiya va ijtimoiy

tengsizlik xavfi

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, G‘arb modeli fuqarolik jamiyatini erkinlik va nazorat

mexanizmlari orqali mustahkamlasa, Sharq modeli birdamlik va madaniy uyg‘unlikni ustuvor
qiladi. Endi O‘zbekiston tajribasiga to‘xtalamiz.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi G‘arb va Sharq modellari uyg‘unligiga

asoslangan holda, milliy rivojlanish yo‘liga xos o‘ziga xosliklarni namoyon etmoqda. Bir
tomondan, mamlakatda demokratik huquqiy davlat barpo etish tamoyillariga muvofiq ravishda
fuqarolik jamiyatining institutsional poydevori yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida jamoat birlashmalarining huquqlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy
axborot vositalarining erkin faoliyati huquqiy kafolatlangan. Bu esa fuqarolik jamiyatining
mustaqil institut sifatida shakllanishi uchun normativ-huquqiy asosni ta’minlaydi.

Ikkinchi tomondan, O‘zbekiston taraqqiyotida milliy qadriyatlar, ijtimoiy birdamlik va

hamkorlik tamoyillari jamiyat barqarorligini ta’minlovchi hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib
qolmoqda. Sharqona ijtimoiy madaniyat, mahalla institutining kuchli an’analari va birdamlik
qadriyatlari fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu
jihatdan, O‘zbekiston modeli Sharqning ijtimoiy-madaniy merosi bilan G‘arbning institutsional
tajribasi o‘rtasidagi uyg‘unlik mahsuli sifatida ko‘rilishi mumkin.

So‘nggi yillarda davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarining

mustahkamlanishi, jamoatchilik nazorati institutlarining joriy etilishi va NNTlarning faollashuvi
fuqarolik jamiyatining amaliy salohiyatini sezilarli darajada oshirdi. Masalan, “Jamoatchilik
nazorati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi natijasida fuqarolarning davlat boshqaruvi ustidan
nazorat qilish imkoniyatlari kengaydi. Shuningdek, “Davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqot”
tamoyili amaliyotda prezident va hukumatning xalq bilan bevosita muloqoti shaklida namoyon
bo‘ldi.


background image


Sentabr, 2025-Yil

32

O‘zbekiston modelining o‘ziga xos jihati shundaki, u bir vaqtning o‘zida ham G‘arb

tajribasidan – huquqiy-institutsional kafolatlardan, ham Sharq tajribasidan – birdamlik va ijtimoiy
uyg‘unlik qadriyatlaridan samarali foydalanadi. Bu esa mamlakatda barqaror demokratik
institutlarni shakllantirish, jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish va
ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasi turli nazariy maktablarda turlicha talqin qilingan bo‘lsa-

da, ularning barchasini birlashtiruvchi umumiy jihat – fuqarolik jamiyati jamiyat barqarorligi,
inson huquqlari va ijtimoiy birdamlikni ta’minlovchi asosiy institut ekanidadir.

G‘arb yondashuvi

fuqarolik jamiyatini huquqiy asoslar, konstitutsionizm, polyarkiya va

pluralizm orqali talqin qilib, erkinlik va huquqiy kafolatlarning ustuvorligini ta’minlaydi. Bu
model fuqarolik jamiyatining mustaqilligini, davlat ustidan jamoatchilik nazoratini va erkin
siyosiy raqobatni kafolatlaydi.

Sharq yondashuvi

esa madaniy qadriyatlar, kollektivizm va ijtimoiy kutishlarga tayanib,

jamiyatning birdamligini mustahkamlaydi. U ko‘proq hamkorlik, ijtimoiy uyg‘unlik va ijtimoiy
kapitalni rivojlantirish orqali fuqarolik jamiyatini shakllantiradi.

O‘zbekiston tajribasi

esa ushbu ikki yondashuvning uyg‘unlashuvi asosida milliy

modelni

shakllantirmoqda.

Mamlakatda

bir

tomondan

huquqiy-institutsional

asoslar

mustahkamlanayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan milliy qadriyatlar va ijtimoiy birdamlik
tamoyillari demokratik islohotlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bois, O‘zbekiston modeli G‘arbning demokratik institutlar barpo etish bo‘yicha

tajribasi va Sharqning ijtimoiy birdamlikka tayangan qadriyatlarini o‘zida birlashtirgan
integratsion yo‘l sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Fuqarolik jamiyatining samarali rivoji uchun

G‘arb va Sharq nazariy yondashuvlarining integratsiyasi zarurdir

, chunki aynan shu

integratsiya jamiyat barqarorligi, ijtimoiy adolat va demokratik qadriyatlarni birgalikda
ta’minlaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Dahl R.

Polyarchy: Participation and Opposition

. Yale University Press, 1971.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023.

3.

Tocqueville A.

Democracy in America

.

4.

Lipset S. M.

Political Man: The Social Bases of Politics

. 1981.

5.

Gramsci A.

Selections from the Prison Notebooks

.

6.

Putnam R.

Bowling Alone: The Collapse and Revival of American Community

. 2000.

7.

Bourdieu P.

Le sens pratique

. 1980.

8.

Japan NPO Law, 1998.

9.

Huntington S. P.

Political Order in Changing Societies

. 1968.

10.

Qozog‘iston Respublikasining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonun loyihasi materiallari,
2025.

References

Foydalanilgan adabiyotlar

Dahl R. Polyarchy: Participation and Opposition. Yale University Press, 1971.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023.

Tocqueville A. Democracy in America.

Lipset S. M. Political Man: The Social Bases of Politics. 1981.

Gramsci A. Selections from the Prison Notebooks.

Putnam R. Bowling Alone: The Collapse and Revival of American Community. 2000.

Bourdieu P. Le sens pratique. 1980.

Japan NPO Law, 1998.

Huntington S. P. Political Order in Changing Societies. 1968.

Qozog‘iston Respublikasining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonun loyihasi materiallari, 2025.