Authors

  • Bekjon Ismailov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136169

Keywords:

Darhaqiqat har bir soha rivojida ilm-fanning tutgan oʻrni beqiyosdir. Yaʼni taʼlim sohasining samaradorligi davlat taraqqiyotining ishonchli kafolati sanaladi. Shu maʼnoda davlat har bir shaxsning chuqur va puxta bilim olishi uchun keng qamrovli imkoniyatlarni yaratib beradi.

Abstract

Oʻzbekistonda jamiyat hayotini mustahkamlash hamda davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar davom etayotgan bir davrda taʼlim sohasi samaradorligini muntazam oshirib borishga davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu esa mamlakat kelajak poydevori boʻlgan yosh avlodning chuqur hamda puxta bilim olishlarida ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi boʻlgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat koʻrsatish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan 150 ming nafar farzandlarimiz bor.

background image


Sentabr, 2025-Yil

42

NOGIRONLIGI BOʻLGAN OʻQUVCHI-YOSHLARNI MAKTAB TAʼLIMI ORQALI

QAMRAB OLISHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Ismailov Bekjon Salixovich

OʻzMU Huquqiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi,

yuridik fanlar boʻyicha falsafa fanlari doktori, (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.17083336

Oʻzbekistonda jamiyat hayotini mustahkamlash hamda davlat boshqaruvini yanada

takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar davom etayotgan bir davrda taʼlim sohasi
samaradorligini muntazam oshirib borishga davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri sifatida
qaralmoqda. Bu esa mamlakat kelajak poydevori boʻlgan yosh avlodning chuqur hamda puxta
bilim olishlarida ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M. Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi
boʻlgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat koʻrsatish boʻyicha yangi tizim
joriy etiladi. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan 150
ming nafar farzandlarimiz bor. Ularning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun
koʻmaklashish, ogʻir kasallikka chalinganlarni davolash, chin yetimlarga hayotda oʻz oʻrnini
topishga yordam berish, uy-joy bilan taʼminlash – nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy
burchimizdir”

1

. Darhaqiqat, har bir soha rivojida ilm-fanning tutgan oʻrni beqiyosdir. Yaʼni taʼlim

sohasining samaradorligi davlat taraqqiyotining ishonchli kafolati sanaladi. Shu maʼnoda davlat
har bir shaxsning chuqur va puxta bilim olishi uchun keng qamrovli imkoniyatlarni yaratib beradi.

Xususan, nogironligi boʻlgan insonlarning taʼlim olishi boʻyicha ham hukumat zarur davlat

dasturlarini ishlab chiqadi va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga kiritadi. Bu kabi davlat
dasturlarining amaliyotga tatbiq etilishi jismoniy imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning taʼlim
olish sifatining oshishiga xizmat qiladi.

Aynan mana shu jihatlarni ijobiy hal etishda mavjud mexanizmlar takomillashtirilishi

lozim. Aytmoqchi boʻlganimiz, bu toifa oʻquvchi-yoshlarning taʼlim olish huquqini kafolatlash
boʻyicha huquqiy asoslar bor. Biroq bu huquqiy asoslarni samarali ishlatishda qoʻshimcha yuridik
mexanizmlar ishlab chiqish, mavjudlarini yangilash zarur. Nogironligi mavjud oʻquvchi talabalar
bilim olishiga toʻsqinlik qiluvchi ota-onalar javobgarligini kuchaytirish maqsadida maʼmuriy
javobgarlik jazo choralari darajasini oshirish taklif etiladi. Toʻgʻri, maʼmuriy javobgarlik
toʻgʻrisidagi kodeksda oʻquvchilarning oʻquv-taʼlim jarayonlaridan asossiz chetda qolishi
boʻyicha meʼyoriy huquqiy normalar belgilangan. Belgilangan bu tartib umumtaʼlim misolida
ishlab chiqilgan boʻlib, nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlar doirasida u qadar natija keltirmaydi.

Oʻylaymizki, bu masala ham nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni maktab taʼlimi bilan

qamrab olishda jiddiy masalalardan biridir. Nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni taʼlim bilan
qamrab olish ham oʻz navbatida jiddiy masala sanaladi. Shu oʻrinda nogironligi boʻlgan
shaxslarning taʼlim olish huquqlari borasida fikr yuritsak.

Nogironligi boʻlgan shaxslar barcha darajalardagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish va oʻz

qobiliyatini yanada toʻliqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida taʼlim olish hamda jamiyat

1

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi. 29.12.2020.

https://president.uz/.


background image


Sentabr, 2025-Yil

43

va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega

2

. Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning inklyuziv

taʼlimini rivojlantirishni, ularning taʼlim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va
malaka oshirishdan oʻtishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlaydi. Quyida
keltirilgan soha mutaxassislarining mulohazalari qonunda belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslar
taʼlimi borasidagi huquqiy normalarni ilmiy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.

N.G. Pribilovaning yozishicha, nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni oʻz darajasidagi

tengdoshlari bilan oʻqitish maqsadga muvofiq sanaladi. Koʻrish qobiliyatida nuqsoni mavjud
oʻquvchi-yoshlarni ixtisoslashtirilgan internat-maktablarda oʻqitish taʼlim sohasi oldiga eʼtibor
qaratilishi zarur hisoblangan bir qancha masalalarni qoʻyadi. Jismoniy imkoniyati cheklangan
oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda ularning psixologik hamda fiziologik holatlarini toʻgʻri
baholash bu borada dolzarb sanaladi

3

.

A.I. Vitvarning tushuntirishicha, nogironligi boʻlgan bolalarni maktab taʼlimi bilan qamrab

olish qoʻshimcha ehtiyojli oʻquvchilarni ijtimoiy himoya qilishning muhim yoʻnalishlaridan biri
hisoblanadi.

4

Darhaqiqat, bu toifa oʻquvchi-yoshlarni ijtimoiy himoya qilishning eng maqbul yoʻllaridan

biri boʻlib, bu ularning taʼlim olish huquqini kafolatlashdan iboratdir. Nogironligi mavjud
oʻquvchi-yoshlarning jamiyat muhitiga taʼlim sohasi orqali moslashishi ushbu yondashuvni
mantiqan tasdiqlaydi.

L.V. Sidenovaning taʼkidlashicha, nogironligi mavjud bolalarni maktab taʼlimi orqali

qamrab olish murakkab jarayon boʻlib, alohida pedagogik tayyorgarlikni talab etadi. Maxsus
internat-maktablar nogironligi boʻlgan bolalarni oʻquv-taʼlim jarayonlari bilan taʼminlash bilan
birgalikda bu toifa oʻquvchi-yoshlar ijtimoiy moslashuvlarini kafolatlaydi.

5

Internat-maktablar nogironligi mavjud oʻquvchi-yoshlarni taʼlim bilan taʼminlashda

shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Biroq internat-maktablarning bu toifa oʻquvchi-yoshlarni
sogʻlom jamiyat muhitiga moslashtirishi borasidagi mulohazani u darajada qoʻllab-quvvatlab
boʻlmaydi. Sababiki, internat-maktablar odatda yopiq rejimda faoliyat olib borishadi. Aynan mana
shu tartibda nogironligi boʻlgan bolalarning ijtimoiy hayotga moslashishi mumkinligi boʻyicha
bildiriladigan fikrlarni qoʻllab-quvvatlash nazarimizda toʻgʻri emas.

A.Y. Dobrininaning taʼkidlashicha, nogironligi boʻlgan shaxslar taʼlimi bu toifa oʻquvchi-

yoshlarga oʻz qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa
ularning hayot sifat darajasi koʻtarilishiga xizmat qiladi.

6

Nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlar maxsus internat-maktablarga jalb qilinar ekan,

bevosita ularning qobiliyatlari bosqichma-bosqich shakllanib boradi. Bu maxsus taʼlimiy
muhitning ishonchli yoʻlga qoʻyilganligi bilan bogʻliq sanaladi.

2

Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni. 15.10.2020. 38-

modda. https://lex.uz/.

3

Прибылова Н. Г. Психо-физиологическое сопровождение процесса обучения слепых и слабовидящих //

Москва2018. – С. 59. https://cyberleninka.ru/.

4

Витвар О. И. Деятельность учреждения дополнительного образования детей по социальной адаптации детей-

инвалидов: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – М., 2001. – С. 3.

5

Цыденова Л. В. Управление социальной адаптацией детей-инвалидов в школьном (общем) образовании:

Автореферат дисс. канд. пед. наук. – Чита, 2004. – С. 3.

6

Добрынина А.Ю. Организационно-педагогические условия реабилитации детей-инвалидов: Автореферат

дисс. канд. пед. наук. – Елец, 2005. – С. 4.


background image


Sentabr, 2025-Yil

44

Bu yerda shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, nuqsonli oʻquvchi-yoshlarni taʼlimga jalb etish

orqali ularning hayot sifat darajasi koʻtarilib qolmaydi. Aynan internat-maktab maxsus oʻquv
jarayonida ularning hayot sifat darajasini koʻtarmaydi. Internat-maktablarning yuridik
majburiyatlari boʻyicha bu taʼlim muassasalari nogironligi mavjud oʻquvchi-yoshlarni sifatli
taʼlim oʻquv jarayonlari bilan taʼminlaydi.

Bundan tashqari, ularning huquqiy maqomini belgilash ham hal qiluvchi ahamiyat kasb

etadi. Bizga maʼlumki, taʼlim oluvchilarning nogironlik holatlariga koʻra, taʼlim muassasalariga
jalb etilishlari eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan huquqiy vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Yaʼni bu
toifa shaxslarning nogironlik darajalariga muvofiq oʻquv-taʼlim jarayonlari bilan taʼminlanishlari
oʻziga xos qonunchilik asoslari yaratilishini taqozo etadi. Sababi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun
nogironligi mavjud shaxslar taʼlimi doirasidagi bir qator huquqiy munosabatlarni tartibga solishni
nazarda tutmaydi:

1. Nogironligi mavjud shaxslar maxsus taʼlimi jarayonlari bilan bogʻliq jihatlar “Taʼlim

toʻgʻrisida”gi Qonunda inobatga olinmagan. Bular sirasiga: maxsus taʼlim tushunchasi,
tamoyillari, maxsus taʼlim tartibi va intizomi masalalarini kiritishimiz mumkin.

2. Nogironligi mavjud oʻquvchi-yoshlarni internat-maktablar kesimida qoʻshimcha taʼlim

jarayonlari bilan taʼminlash boʻyicha “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunda xos tartib belgilab
berilmagan. Aslini olganda, dars jarayonlaridan tashqari qoʻshimcha taʼlim bilan shugʻullanish
nogironligi bor taʼlim oluvchilarning subyektiv huquqi hisoblanadi. Bu borada ayrim qonunosti
hujjatlari mavjud. Lekin mazkur qonunosti hujjatlari nogironligi mavjud oʻquvchi-yoshlarning
qoʻshimcha taʼlim bilan bogʻliq masalalariga lozim darajada yechim taqdim eta olmaydi. Sababi,
qoʻshimcha taʼlimning tashkiliy-huquqiy jihatlari ayni masaladagi huquqiy-normativ aktlarda
toʻliq yoritib berilmagan. Xususan, qoʻshimcha taʼlim oʻquv jarayonlariga nogironligi mavjud
taʼlim oluvchilarning ishtirokini taʼminlab berish masalasida huquqiy boʻshliq mavjud. Yaʼni
alohida eʼtiborga muhtoj oʻquvchi-yoshlarni qoʻshimcha oʻquv-taʼlim jarayonlariga yoʻnaltirish
tartibi boʻyicha aniq mezonlarga ega qonunosti hujjatni ishlab chiqish zarurati bor. Nogironligi
boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni qoʻshimcha oʻquv jarayonlariga yoʻnaltirishda quyidagi mezonlarni
inobatga olish taklif etiladi:

a) jismoniy nuqsoni mavjud oʻquvchi-yoshlarning oʻz qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda

ularni qoʻshimcha oʻquv jarayonlariga yoʻnaltirish;

b) qoʻshimcha taʼlim oʻquv jarayonlarini nogironligi mavjud taʼlim oluvchilarning

holatlaridan kelib chiqqan holatda tashkil etilishini taʼminlash;

d) qoʻshimcha taʼlim oʻquv jarayonlarining sifat darajalarini baholab borish tizimini yoʻlga

qoʻyish;

e) nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni yuridik-sotsiologik, psixologik-pedagogik testlar

asosida kasbga yoʻnaltirish.

3. Nogironligi mavjud shaxslarning taʼlim olish shaklini mustaqil tanlash huquqi taʼlim

toʻgʻrisidagi qonunda qayd etilmagan. Nazarimizda, ayrim istisno holatlarni inobatga olgan
holatda bu normani taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilikka kiritish maqsadga muvofiq boʻladi.

4. Tiflopedagogika va surdo pedagogika bilan bogʻliq huquqiy normalar “Taʼlim

toʻgʻrisida”gi Qonunda eʼtibordan chetda qoldirilgan. Qonunning ayrim moddalarida qisqa
mazmunda bu borada qoidalar mavjud.


background image


Sentabr, 2025-Yil

45

Lekin bu qoidalar bir qator elementlar bilan toʻldirilishi kerak. Tiflopedagogikaning

sotsiologik jihatlari taklif etilayotgan qonunda oʻz ifodasini topishi muhimdir. Bu toifa taʼlim
oluvchilarning jamiyatga ijtimoiylashuvi katta masala sanaladi. L.S. Vigotskiyning taʼkidlashicha,
jismoniy imkoniyati cheklangan oʻquvchi-yoshlarni taʼlimga jalb etishda biologik va sotsiologik
xususiyatlar muhim rol oʻynaydi. Ularning jismoniy yoki aqliy jihatdan cheklanganlik holati
qoʻshimcha ehtiyojli oʻquvchilarga maxsus yondashuvlar lozimligini bildiradi

7

.

Agar masalaga pedagogik nuqtayi nazardan eʼtibor qaratadigan boʻlsak, yuqorida

bildirilgan fikrni obyektiv deb baholash mumkin boʻladi.

Bizning fikrimizcha, bu masala yechimlarini huquqiy jihatdan belgilab olish maqsadga

muvofiqdir. Shu maʼnoda nogironligi boʻlgan oʻquvchi-yoshlar taʼlimini samarali boshqarishda
mavjud qonunchilik asoslarini takomillashtirish zaruriy talab hisoblanadi.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi.
29.12.2020. https://president.uz/

2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi
Qonuni. 15.10.2020. 38-modda. https://lex.uz/

3.

Прибылова Н. Г. Психо-физиологическое сопровождение процесса обучения слепых и
слабовидящих // Москва2018. – С. 59. https://cyberleninka.ru/

4.

Витвар О. И. Деятельность учреждения дополнительного образования детей по
социальной адаптации детей-инвалидов: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – М.,
2001. – С. 3.

5.

Цыденова Л. В. Управление социальной адаптацией детей-инвалидов в школьном
(общем) образовании: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – Чита, 2004. – С. 3.

6.

Добрынина А.Ю. Организационно-педагогические условия реабилитации детей-
инвалидов: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – Елец, 2005. – С. 4.

7.

Выготский Л.С. Сознание как проблема психологии поведения. Собр. соч. Т.6 / Л.С.
Выготский. – М., 1982. – С. 21.

7

Выготский Л.С. Сознание как проблема психологии поведения. Собр. соч. Т.6 / Л.С. Выготский. – М.,

1982. – С. 21.

References

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi. 29.12.2020. https://president.uz/

Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni. 15.10.2020. 38-modda. https://lex.uz/

Прибылова Н. Г. Психо-физиологическое сопровождение процесса обучения слепых и слабовидящих // Москва2018. – С. 59. https://cyberleninka.ru/

Витвар О. И. Деятельность учреждения дополнительного образования детей по социальной адаптации детей-инвалидов: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – М., 2001. – С. 3.

Цыденова Л. В. Управление социальной адаптацией детей-инвалидов в школьном (общем) образовании: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – Чита, 2004. – С. 3.

Добрынина А.Ю. Организационно-педагогические условия реабилитации детей-инвалидов: Автореферат дисс. канд. пед. наук. – Елец, 2005. – С. 4.

Выготский Л.С. Сознание как проблема психологии поведения. Собр. соч. Т.6 / Л.С. Выготский. – М., 1982. – С. 21.