Sentabr, 2025-Yil
51
GANDBOLGA BOLALARNI TANLAB OLISHNING ASOSIY OMILLARI
Oripov Mansur Ravil o‘g‘li
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi.
10.5281/zenodo.17099492
Kalit so‘zlar: Gandbol,bolalar, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, omillar, murabbiy.
Ключевые слова: Гандбол, дети, физическая подготовка, физические качества,
факторы, тренер.
Kirish.
Bugungi kunda sport sohasida yosh avlodni jismonan sog‘lom, kuchli va bardoshli
etib tarbiyalash eng dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, jamoaviy sport turlari, jumladan,
gandbol, bolalarda nafaqat jismoniy sifatlarni, balki ijtimoiy ko‘nikmalar, tez fikrlash va intizomni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, bolalarni gandbolga tanlab olishda ilmiy asoslangan
mezonlarga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar sportini rivojlantirish faqatgina
moddiy-texnik jihatlari bilan belgilanmaydi, balki yosh avlodni global miqyosda jismoniy tarbiya
va sportga jalb qilish, mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkillashtirish va sport mahoratining
fundamental negizi bo‘lmish jismoniy tayyorgarlikni samarali shakllantirish muhimligiga e’tibor
qaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sportning ommaviyligini ta’minlash,
ayniqsa bolalar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar doirasida gandbol sport turiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni
quyida keltirilgan aynan gandbol sport turini rivojlantirish va aholi orasida ommalashtirishga
qaratilgan qaror va farmonlarda ko‘rishimiz mumkin. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi
prezidentining 04.12.2024 yildagi PQ-421-sonli qarorining 1-bandida aynan ushbu (voleybol,
basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi) jamoaviy sport turlariga yoshlarni keng
jalb qilish va iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) hamda yuqori mahoratli sportchilarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish va mazkur sport turlarini rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari etib belgilanishi to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
Tanlab olish masalasi bo‘yicha oxirgi o‘n yil ichida ko‘plab tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar
yetarlicha olib borilgan. Sport munosabatlari rivojlangan mamlakatlar qatorida, sportda tanlab
olish amaliyoti o‘rnatilgan. Undan tashqari, “sportda tanlab olish” tushunchasi hali to‘liq holda bir
to‘xtamga kelgani yo‘q. Hozirgi kunda gandbol sport turida yechimini kutayotgan ko‘pgina
muammolar mavjud. Turli yoshdagi va malakadagi gandbolchilarni ko‘pgina tayyorgarlik
turlarida o‘quv-mashg‘ulotlarini rejalashtirish ishlari, psixologik tayyorgarlik masalalari, tibbiy-
biologik tekshiruv muammolari, turli o‘quv guruh gandbolchilarini tayyorgarliklarini tashkil etish
muammolari qatorida, tanlab olish masalalari ham hozirgi kunda respublikamiz miqyosida dolzarb
masalalardan hisoblanadi. Gandbol – bu tezlik, chaqqonlik, kuch, muvozanat, koordinatsiya va
fikrlash tezligini talab qiluvchi sport turi. Unda ishtirok etuvchi har bir o‘yinchi yuqori darajadagi
jismoniy va psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Shu sababli, bolalarni ushbu sport turiga
tanlab olish jarayoni har tomonlama sinchkovlik bilan olib borilishi lozim. Bu vazifani amalga
oshirishda maxsus mashg‘ulotlardan tashqari darsdan keyingi to‘garak ishlari vaqtidan
foydalaniladi.
Sentabr, 2025-Yil
52
1.
Yosh va biologik rivojlanish darajasi
Gandbolga mos bolalarni tanlashda ularning yoshi va biologik rivojlanish darajasi muhim
ahamiyatga ega. Optimal tanlash yoshi odatda 10–12 yosh atrofida bo‘ladi, bu davrda bola
organizmi faol o‘sishda bo‘ladi va sportga moslashuv jarayoni samaraliroq kechadi. Biroq 7-9
yoshdan bolalarni bu sport turiga qiziqtirish va jalb qilish jarayonlarini boshlash hozirgi
zamonaviy sportni talablaridan biridir.
2. Jismoniy sifatlar
Gandbol o‘yinchilari quyidagi jismoniy sifatlarga ega bo‘lishi lozim:
•
Tezlik va chaqqonlik
– qarshi hujumlarga tez javob bera olish;
•
Koordinatsiya va muvozanat
– to‘p bilan harakat qilishda muvofiqlik;
•
Kuch va chidamlilik
– jismoniy to‘qnashuvlarga bardosh berish;
•
Sakrash qobiliyati
– to‘pni otish va himoyalanishda foydali.
3. Psixologik xususiyatlar
Gandbolda qaror qabul qilish tezligi, stressga chidamlilik, jamoaviy ishlash qobiliyati va
sportga bo‘lgan qiziqish psixologik jihatdan muhim omillar hisoblanadi. Shuningdek, bola o‘z
oldiga maqsad qo‘ya olishi va unga erishish uchun intilishi kerak.
4. Tibbiy ko‘rsatkichlar
Tanlovdan oldin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Quyidagi holatlarga alohida
e’tibor beriladi:
•
Yurak-qon tomir tizimi holati
•
Ortopedik muammolar (suyak, bo‘g‘imlar)
•
Ko‘rish va eshitish qobiliyati
•
Nafas olish tizimi faoliyati
Shuningdek, bolalar psixologik testlardan ham o‘tkazilishi mumkin. Bu ularning stress
holatidagi holatini, emotsional muvozanatini aniqlashda yordam beradi.
5. Antropometrik ko‘rsatkichlar
Gandbolchilar odatda bo‘ychan, uzun qo‘llarga ega bo‘lgan sportchilardan tanlanadi. Bo‘y,
tana vazni va tana nisbatlari – seleksiya jarayonida e'tiborga olinadigan muhim
ko‘rsatkichlardandir.
6 Harakat koordinatsiyasi va texnik qobiliyatlar
.
Bola to‘p bilan ishlay olish, yugurish, to‘xtash, burilish, sakrash kabi murakkab
harakatlarni bajarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu esa uning sportga bo‘lgan tabiiy
moyilligini ko‘rsatadi.
Xulosa
Gandbolga bolalarni tanlab olish murakkab va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, u faqatgina
jismoniy ko‘rsatkichlar bilan cheklanmaydi. Murabbiylar bolalarning psixologik holati, sportga
bo‘lgan munosabati, sog‘lig‘i va ijtimoiy xatti-harakatlarini ham chuqur tahlil qilishlari lozim.
To‘g‘ri tanlov – kelajakda yuqori natijalarga erishuvchi professional sportchilarni yetishtirishda
muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga Mutaxassislar, trenerlar va psixologlar
hamkorligida olib borilgan tanlov ishlari orqali yosh sportchilar salohiyatini to‘liq ochish mumkin.
Shuningdek, tanlovdan so‘ng bolalarga individual yondashuv asosida rivojlantirish rejalari
tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sentabr, 2025-Yil
53
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Pavlov Sh.K, “Sport pedogogik mahoratini oshirish (gandbol)” (Gandbolchilarning
Jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish) o‘quv qo‘llanma, 2021 y.
2.
Pavlov Sh.K, Abdalimov O.X., Yusupova Z.Ye. “Gandbol nazariyasi va uslubiyati”
darslik, 2017 y.
3.
Pavlov Sh.K, Isroilov R.I. Abdalimov A.O. “Sport pedogogik mahoratini oshirish
(gandbol)”. O‘quv qo‘llanma – T.: Ilmiy texnika axboroti-press, Toshkent 2021. 157 bet.
