Authors

  • Diyorbek Nurmatov
  • Jasurbek Tojiev
  • Nodirbek Ziyadov
  • Taxmina Azavova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136511

Keywords:

arterial gipertoniya komorbid patologiya yurak yetishmovchiligi Charlson indeksi polipragmazya.

Abstract

Arterial gipertoniya (AG) bugungi kunda ham jiddiy ilmiy-amaliy muammolardan biri bo‘lib, uning asoratlari yurak-qon tomir, miya tomirlari va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. Tadqiqot maqsadi – AG mavjud bemorlarda komorbid patologiyalar strukturasi va ularning 10 yillik yashash prognozini baholash. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialida 2020–2021 yillarda olib borildi. 135 nafar AG II–III bosqichli bemorlarning kasallik tarixi tahlil qilindi (o‘rtacha yosh 63,4±5,3 yil; 52,6% ayollar, 47,4% erkaklar). Natijalarga ko‘ra, bemorlarning barchasida qo‘shimcha kasalliklar mavjud bo‘lib, ulardan 79,3%ida uch va undan ortiq komorbid patologiya qayd etildi. Eng ko‘p uchraydigan nosologiya – surunkali yurak yetishmovchiligi (85,2%), yurak ishemik kasalligi (60,7%), miokard infarkti (32,6%), yurak aritmiyalari (31,9%) bo‘ldi. Endokrin kasalliklar 21,5%da (asosan, 2-tip qandli diabet), o‘pka kasalliklari 5,9%da, oshqozon-ichak kasalliklari 2,96%da, surunkali buyrak kasalligi 3,7%da qayd etildi. Charlson indeksi bo‘yicha bemorlarning 43,9%ida ≥5 ball, bu esa yuqori xavfli guruhga kirishini ko‘rsatdi. Polikomorbidlik fonida ko‘pchilik bemorlar bir vaqtning o‘zida 6–10 xil dori vositasini qabul qilgani sababli polipragmazya va nojo‘ya ta’sirlar xavfi sezilarli darajada ortishi aniqlandi.

background image


Sentabr, 2025-Yil

109

ARTERIAL GIPERTONIYA BOR BEMORLARDA KOMORBIDLIK XUSUSIYATLARI

Nurmatov Diyorbek

Tojiev Jasurbek

Ziyadov Nodirbek

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Ilmiy rahbar:

PhD Azavova Taxmina

https://doi.org/10.5281/zenodo.17118603

Annotatsiya

. Arterial gipertoniya (AG) bugungi kunda ham jiddiy ilmiy-amaliy

muammolardan biri bo‘lib, uning asoratlari yurak-qon tomir, miya tomirlari va buyrak
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. Tadqiqot
maqsadi – AG mavjud bemorlarda komorbid patologiyalar strukturasi va ularning 10 yillik
yashash prognozini baholash. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy
tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialida 2020–2021 yillarda olib borildi. 135 nafar AG II–III
bosqichli bemorlarning kasallik tarixi tahlil qilindi (o‘rtacha yosh 63,4±5,3 yil; 52,6% ayollar,
47,4% erkaklar). Natijalarga ko‘ra, bemorlarning barchasida qo‘shimcha kasalliklar mavjud
bo‘lib, ulardan 79,3%ida uch va undan ortiq komorbid patologiya qayd etildi. Eng ko‘p
uchraydigan nosologiya – surunkali yurak yetishmovchiligi (85,2%), yurak ishemik kasalligi
(60,7%), miokard infarkti (32,6%), yurak aritmiyalari (31,9%) bo‘ldi. Endokrin kasalliklar
21,5%da (asosan, 2-tip qandli diabet), o‘pka kasalliklari 5,9%da, oshqozon-ichak kasalliklari
2,96%da, surunkali buyrak kasalligi 3,7%da qayd etildi. Charlson indeksi bo‘yicha bemorlarning
43,9%ida ≥5 ball, bu esa yuqori xavfli guruhga kirishini ko‘rsatdi. Polikomorbidlik fonida
ko‘pchilik bemorlar bir vaqtning o‘zida 6–10 xil dori vositasini qabul qilgani sababli
polipragmazya va nojo‘ya ta’sirlar xavfi sezilarli darajada ortishi aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

arterial gipertoniya, komorbid patologiya, yurak yetishmovchiligi, Charlson

indeksi, polipragmazya.

Dolzarbligi.

Hozirgi kunda ham arterial gipertoniya (AG) bilan kasallanish darajasi yuqori

bo`lganligi, yurak qon-tomir, bosh miya tomirlari va buyrakdagi asoratlar tez-tez uchrashi sababli
o`ta muhim ilmiy-amaliy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. AGdagi komorbid ptologiyalar
yana ham asoratlar rivojlanishi va o`lim xavfini yuqori darajada oshiradi, hamda bemorlar orasida
ishga layoqatsizlik va nogiron-lik darajasi o`sishi, tashxishlash va dalashning qimmatga tushishi
tufayli davlat va jamiyat uchun ijtimoyi-iqtisodiy zararlar oshadi

Tadqiqot maqsadi

: arterial gipertenziyasi bor bemorlarda komorbid patologiyaning

ctrukturasini o'rganish.

Material va tadqiqot usullari.

Tadqiqot ishlari Respublika ixtisoslashtirilgan

kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filialida 2020–2021
yillarda davolangan 135 nafar arterial gipertoniyaning (AG) II-III bosqichlari boʻlgan, tasodifiy
tanlab olish yoʻli bilan tanlab olingan bemorlarning kasallik tarixi tahlil qilindi. Bemorlarning
o'rtacha yoshi 63,4±5,3 yoshni tashkil etdi. Ularning 52,6% ayollar (71 nafar), 47,4% erkaklar (64
nafar). Tadqiqot arterial gipertoniya bor bemorlarda komorbid kasalliklarni baholashni va
bemorlarning komorbid strukturasini va 10 yillik yashash darajasini aniqlash uchun Charlesson
indeksini aniqlashni o'z ichiga oldi. Ushbu indeks mavjud ba'zi qo`shimcha kasalliklarni ball


background image


Sentabr, 2025-Yil

110

tizimi (0 dan 40 gacha) bo`yicha baholash va o'lim pragnozi uchun foydalinadi. Olingan
ma'lumotlarning statistik tahlili Microsoft Office XP va Excel statistik dasturiy ta'minot to'plami
yordamida amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari.

Tadqiqot davomida arterial gipertoniyasi bor bemorlarning 100% da

qo'shimcha kasalliklar borligi aniqlandi. Bemorlarning 8,1% da 1 ta, 12,6% da 2 ta, 79,3% da esa
3 ta va undan ko‘p kasallik mavjudligi aniqlandi. Tekshirilgan bemorlarda komorbidlik
strukturasini asosan yurak-qon tomir patologiyasi tashkil qildi. Bemorlarning 85,2% da surunkali
yurak etishmovchiligi (SYuE) qayd etilgan. Yurak ishemik kasalligidan 82 bemorda (60,7%)
zo`riqishdagi stenokardiyaning III funktsional sinfi (51ayol, 62,1%; 31 erkak, 37,8%), 44 bemor
(32,6%) anamnezida miokard infarkti (25 ayol, 56,8%; 19 erkak, 43,2%), 31,9% holda (43
bemorda) yurak aritmiyalari borligi aniqlandi (27 ayol, 62,8%; 16 erkak, 37,2%). Endokrin
patologiya bemorlarning 21,5% (29 bemorda) qayd etilgan. 27 bemorda (20%) 2-tip qandli diabet
(17 ayol, 62,9%; 10 erkak, 37,0%), qalqonsimon bez patologiyasi - 2 bemorda (1,5%) aniqlangan.
Nafas olish organlari kasalliklari, 8 nafar bemorda (5,9%) o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi
(5 erkak, 62,5%; 3 ayol, 37,5%), oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yallig'lanish kasalliklari
4 nafar (2,96%) bemorda (2 ayol, 50%; 2 erkak, 50%) kuzatilgan. Pastki muchalarning
aterosklerotik zararlanishi 7 bemorda (4,4%) 4 ayol, 57,1%; 3 erkak, 42,9% aniqlangan. Surunkali
buyrak kasalligi 5 bemorda (3,7%); 3 ayol, 60%; 2 erkak 40% da qayd etilgan. 9 bemorda (6,7%);
6 ayol, 66,6% va 3 erkak, 33,3% da osteoartrit kuzatildi. Charlson indeksini baholash (10 yillik
yashash darajasi) bemorlarning 12,9 foizida 0 dan 2 ballgacha, 43,2% bemorlarda - 3 dan 4
ballgacha va 43,9% bemorlarda - ≥ 5 ballgacha ko'rsatkichlar borligini ko'rsatdi. Har bir
nosologiyani davolashda mavjud davo protokollaridan foydalanganda ko`рchilik bemorlarda ko`p
komponentli ekanligi aniqlandi. Barcha bemorlar bir vaqtning o`zida 1tadan to 10 tagacha dori-
vositalari qabul qilar ekan. Komorbid patologiyasi bor ayollar 6,93±0,37, erkaklar esa 5,57±0,36
dori vositalari qabul qilar ekan. Bemorlarga buyurilgan dori vositalari tahlil qilinganda hamma
kasallikni davolashga harakat qilish uchun odatda kasallikka yo`naltirilgani aniqlandi. Shu sababli
dori vositalarining farmakodinamikasi va kinetikasiga ta’sir qiluvchi, klinik ahamiyatga ega dori
vositalarining o`zaro ta’sirini va bemorga mavjud qo`shumcha kasalliklarni hisobga olish kerak.

Xulosa.

Shunday qilib, AG bor bemorlarda eng ko'p SYuE aniqlandi. Bemorlarning

85,2%da bir nechta komorbid kasalliklar kombinatsiyasi qayd etildi, bu davo rejasini tanlashda
qo'shimcha qiyinchiliklar, ko'pincha poliprogmasiyani keltirib chiqaradi, nojo'ya reaktsiyalar
xavfini oshiradi, dori vositalarining samaradorligini, uning muvofiqligi va shunga mos ravishda
davolash samaradorligi nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Olingan ma'lumotlar AG bor bemorlarga
davoni tayinlashda komorbidlik indeksini baholash muhimligini ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Азимова, А. А., Маликов, Д. И., & Шайкулов, Х. Ш. (2021). МОНИТИРОИНГ
ЭТИОЛОГИЧЕСКОЙ СТРУКТУРЫ СЕПСИСА ЗА. PEDAGOGICAL SCIENCES
AND TEACHING METHODS, 48, 18-22.

2.

Азимова, А. А., Абдухоликов, С. Х., & Бозоров, Х. М. (2023). Осложнение
глюкокортикоидной терапии у больных сахарным диабетом, перенесших covid-19.


background image


Sentabr, 2025-Yil

111

ББК 5я431 М42 Печатается по решению Редакционно-издательского совета
Государственного гуманитарно-технологического университета, 18, 10-13.

3.

Супхонов, У. У., Файзиев, Х. Ф., Азимова, А. А., & Абдурахмонов, Д. Ш. (2024).
СУЩЕСТВУЮТ СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛИПОСАКЦИИ, КОТОРЫЕ
УСПЕШНО ПРИМЕНЯЮТСЯ ДЛЯ КОНТУРНОЙ ПЛАСТИКИ ТЕЛА. NAZARIY
VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY
TA'LIMNING INNOVATSION YO'NALISHLARI, 1(2), 18-22.

4.

АЗИМОВА, А. А., & МАЛИКОВ, Д. И. (2022). ПОВРЕЖДЕНИИ МЯГКОТКАНЫХ
СТРУКТУР КОЛЕННОГО СУСТАВА И УЛЬТРАЗВУКОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ.
МОЛОДЕЖНЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Воронежский
государственный медицинский университет имени НН Бурденко, 11(2), 10-13.


References

Азимова, А. А., Маликов, Д. И., & Шайкулов, Х. Ш. (2021). МОНИТИРОИНГ ЭТИОЛОГИЧЕСКОЙ СТРУКТУРЫ СЕПСИСА ЗА. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 48, 18-22.

Азимова, А. А., Абдухоликов, С. Х., & Бозоров, Х. М. (2023). Осложнение глюкокортикоидной терапии у больных сахарным диабетом, перенесших covid-19. ББК 5я431 М42 Печатается по решению Редакционно-издательского совета Государственного гуманитарно-технологического университета, 18, 10-13.

Супхонов, У. У., Файзиев, Х. Ф., Азимова, А. А., & Абдурахмонов, Д. Ш. (2024). СУЩЕСТВУЮТ СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛИПОСАКЦИИ, КОТОРЫЕ УСПЕШНО ПРИМЕНЯЮТСЯ ДЛЯ КОНТУРНОЙ ПЛАСТИКИ ТЕЛА. NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA'LIMNING INNOVATSION YO'NALISHLARI, 1(2), 18-22.

АЗИМОВА, А. А., & МАЛИКОВ, Д. И. (2022). ПОВРЕЖДЕНИИ МЯГКОТКАНЫХ СТРУКТУР КОЛЕННОГО СУСТАВА И УЛЬТРАЗВУКОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ. МОЛОДЕЖНЫЙ ИННОВАЦИОННЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Воронежский государственный медицинский университет имени НН Бурденко, 11(2), 10-13.