Authors

  • Doston Sayfiddinov
  • Feruzа Bоbоjоnоvа

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136582

Keywords:

Buxoro bekliklar shahar Dono Ziyaeva madaniyat tarixiy obidalari karvonsaroylar savdo bozor Ark masjit va madrasalar maktablar.

Abstract

Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

307

DONO ZIYAYEVANING TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGI SHAHARLARI

TARIXI

Sayfiddinov Doston Rustam o’g’li

Buxоrо dаvlаt universiteti mаgistri.

Bоbоjоnоvа Feruzа Xаyаtоvnа

Buxоrо dаvlаt universiteti dоtsenti, tаrix fаnlаri nоmzоdi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17141437

Аnnоtаtsiyа. Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida

qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari,
savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab
beradi.

Kalit soʻzlar: Buxoro, bekliklar, shahar, Dono Ziyaeva, madaniyat, tarixiy obidalari,

karvonsaroylar, savdo, bozor, Ark, masjit va madrasalar, maktablar.

ИСТОРИЯ ГОРОДОВ БУХАРСКОГО ЭМИРАТА В ИССЛЕДОВАНИЯХ ДОНО

ЗИЯЕВОЙ

Аннoтaция. Ученый-историк Доно Зияева в своих исследованиях приводит

интересные сведения о городе Бухаре, объясняет культуру, исторические памятники,
караван-сараи, торговые связи и другие сведения города Бухары на основе архивных
документов и источников.

Ключевые слова: Бухара, беки, город, Доно Зияева, культура, исторические

памятники, караван-сараи, торговля, рынок, Арк, мечети и медресе, школы.

THE HISTORY OF CITIES OF THE BUKHARA EMIRATE IN DONO ZIYAYEVA'S

RESEARCH

Abstract. Historian scholar Dono Ziyaeva brings interesting information about the city of

Bukhara in her research, explains the culture, historical monuments, caravanserais, trade
relations and other information of the city of Bukhara on the basis of archival documents and
sources.

Keywords: Bukhara, beks, city, Dono Ziyaeva, culture, historical monuments,

caravanserais, trade, market, Ark, mosques and madrassas, schools.


Kirish.

Dono Ziyayevaning Oʻzbekiston shaharlari. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr

boshlarida: shahar madaniyati va urbanizasiya jarayonlari deb nomlangan tadqiqotining IV bobi
Buxoro amirligi shaharlari deb nomlanadi. Ushbu monografiyaning 1§ Buxoro amirligining
ma'muriy hududiy tuzilishi haqida ma'lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Buxoro amirligini Dono Ziyayeva 26 beklikdan iborat boʻlib, har bir beklik amir

tayinlagan hokim tomonidan boshqarilgan. Beklar bevosita qo’shbegiga bo’ysungan va uning
tavsiyasi bilan amir tomonidan tayinlangan. Bekliklar oʻz navbatida amlokdorlikka boʻlingan va
amlokdorlar tomonidan boshqarilgan. Amlokdorliklar oʻz navbatida kentlarga boʻlingan, kentlar
arbobliklar - qishloqlardan iborat boʻlgan va arboblar (ularni oqsoqollar ham deyishgan)
tomonidan boshqarilgan. Shuni alohida ta'kidlab oʻtish kerakki, Buxoro shahri alohida ma'muriy
hudud boʻlib qo’shbegi tomonidan boshqarilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

308

K.E.Meyendorfning aniqlashicha, 1820-yildayoq mamlakat aholisi 2,5 millionga yaqin

boʻlib, shundan oʻzbeklar — 1,5 mln., tojiklar - 650.000, turkmanlar — 200.000, qozoq va
qoraqalpoqlar - 6.000.000. arablar 60.000, eronliklar 40.000, qalmiqlar - 20.000, yahudiylar
4.000. afgʻonlar - 4.000, loʻlilar - 2.000 kishini tashkil qilgan. [1; 32]

Buxoro xonligi haqida ilk bor ancha batafsil ma'lumotlarni toʻplagan N.Xanikov 1843

yilda mamlakat aholisining shahar va qishloqlardagi zichligini hisoblash asosida ikki xil
mulohazani ilgari suradi. Vohalardagi ishlov berilgan yerlarda (asosan Amudaryo va Obi-
Shahrisabz bo’ylarida) aholi joylashuvini nazarda tutib, mamlakatdagi aholi soni 2-2,5 million
atrofida, degan xulosaga keladi. Ayni paytda u poytaxt Buxoro shahridagi aholining zichligini,
1,7 tanopga 25,2 kishi toʻgʻri kelishini ta'kidlab, bu mezonlar bilan hisoblaganda butun mamlakat
aholisi 3.6 millionga borishi mumkinligini, ammo mamlakat hududida aholi zichligi bir xil
emasligini qayd etib oʻtadi. [2; 76-77]

XX asr boshiga mansub boshqa adabiyotlarda mamlakat aholisi 2,5 million, uzogʻi bilan

3 million kishini tashkil qilishi qayd etiladi. Oʻsha davrda Buxoro amirligida chop etilgan
“Buxoroi sharif” gazetasida 1912 yilda berilgan ma'lumotda ham mamlakat aholisi 3 mln. kishini
tashkil etishi qayd etiladi. [3; 208]

Buxoro amiri Said Olimxon keyinchalik chop etilgan xotiralarida mamlakat aholisi XX

asr boshida 3.500.000 kishi boʻlganligini qayd etiladi. [4; 25]

Aholi zichligi va soni bo’yicha Buxorodan keyingi oʻrinlarni Qarshi, Shahrisabz, Gʻuzor,

Baljuvon, Chorjuy, Kerki, Koʻlob, Hisor kabi shahar va shaharchalar egallagan. Shu nomli
bekliklarning aholisi ham juda zich joylashgan edi.

Muhammad Ali Baljuvoniyning qayd etishicha, XX asr boshida Buxoro amirligi

tarkibidagi beklik hokimlari quyidagi markazlarda oʻtirganlar: Chorjo’y, Karki, Kalif, Qarshi,
Karmana, Nurota, Ziyovuddin, Xatirchi, Gʻuzor, Shahrisabz (ya'ni Kesh), Kitob, Yakkabogʻ,
Chiroqchi, Jomchi va Sherobod, Boysun, Denov (Dexnav), Sariosiyo (Sarijuy), Hisor, Darvoz,
Baljuvon, Koʻlob (Xatlon), Qorategin.[5; 68] Bulardan tashqari Vobkand, G’ijduvon, Vaggʻonzi
kabi tumanlar ham boʻlgan[6; 72]. Har bir beklik markazida uni boshqaruvchi bek bilan birga
beklik ma'muriyati — qurolli kuchlar, mirshablar, qozi, rais, amlokdorlar, soliq toʻplovchilar,
yirik diniy ulamolar, turli vazifalarni bajaruvchi amaldorlar guruhi bor edi.

Baljuvoniyning qayd etishicha, amirlikda oʻz hokimiga ega boʻlgan 30 ta shahar

boʻlgan.[5: 68] Shaharlar dahalarga va guzarlarga boʻlib boshqarilgan. Buxoro amirligidagi yirik
shaharlar koʻp asrlik tarixi, mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutib kelganligi bilan
ajralib turar edi. Deyarli har bir shahar umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda oʻziga xos
xususiyatlarga ham ega edi.

Dono Ziyayeva tadqiqotida Buxoroda shahar tuzilishi deb nomlangan ma'lumotlarni

keltirib, Buxoro shahrini asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan, uzunligi taxminan 12 km. ga
choʻzilgan baland devor oʻrab turar, unda 130 ta yarim minora (burj) va darvozalar uchun 11 ta
qoʻsh minoralar boʻlgan degan ma'lumotni keltiradi.[3; 211] Devor ustida minoralar mudofaa
maqsadlarida qurilgan boʻlib. uning tepa qismidagi ba'zi yerlarining qalinligi, aniqrogʻi darvoza
atroflarida 2 metrgacha yetgan, bu tashqi hujum paytida mudofaa uchun toʻplarni bemalol olib
oʻtish imkonini bergan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

309

Yuqorida qayd etilganidek shaharning Hazrati Imom, Samarqand, Shayx Jalol, Mozori

Bahovuddin, Qarshi, Namozgox (Sillohxona (qoʻrxona) ham deyilgan), Shergiron (Tirgiron).
Talapoch, Qorakoʻl, Oqlon (Uglon), Boboi Poradoʻznomli 11 ta darvozalari boʻlib ular orqali
sharq, gʻarb. janub va shimol yoʻnalishlariga chiqib, kirish mumkin edi. [5; 58]

Ahmad Donish tomonidan chizilgan shahar tarixiy topografik xaritasida koʻrsatilishicha

[7], Buxoro shahri amir saroyi va oʻrdasi joylashgan Ark va 12 ta mahalladan iborat boʻlgan.

Sharqshunos olim P.I.Lerxning shaxsiy arxividan topilgan, noma'lum mahalliy muallif

tomonidan chizilgan shahar topografik rejasida ham Buxoro 12 ta ma'muriy qism - mahallaga
boʻlingani qayd etilgan. Ularning nomi quyidagicha boʻlgan: Qoziyon, Murdashuyon,
Morkushon, Registon, Chashma-i Ayub, Govkushon, Kulolgaron, Bozori xodja, Juybor, Sufiyon,
Xiyobon, Adrasbofon dahalari.

XX asr boshida shaharni kuzatgan A.A.Semenov shaharni 12 ta joriblikka boʻlinganligini

qayd etgan [8; 48] O.A.Suxareva bu kichik ma'muriy boʻlinmani kichik tuman deb ta'riflagan. [9;
67] Fikrimizcha, oʻz davrida joriblik yoki mahalla deb yuritilgan ushbu ma'muriy boʻlinma oʻsha
paytda boshqa shaharlardagi dahalarga, bugungi kun nuqtai-nazaridan esa mikrotumanlar yoki
tumanlarga toʻgʻri kelgan.

Buxoro guzarlari bo’yicha chuqur tadqiqotlar olib borgan O.A.Suxarevaning

koʻrsatishicha, har bir joriblik tarkibiga 18-20 tagacha guzarlar kirgan. [7]

Masalan, Iskandarxon joribligi tarkibiga 18 ta, Kalobod joribligiga 20 ta guzar kirgan.

Iskandarxon joribligi tarkibidagi guzarlarda oʻrta hisobda jami 1.660 ta xonadon, Kalobod
joribligida taxminan 1.150 ta xonadon boʻlgan. Agar shaharda aholi zichligini, har bir xonadonda
kamida 6-7 kishi yashaganligini nazarda tutilsa, eng kichik guzarda kamida 200 ta, eng
kattalarida esa, 1.000 tagacha kishi yashagan. 18-20 tagacha guzarni birlashtirgan katta
joribliklarda kamida 6.000 nafardan 10.000 nafargacha kishi yashagan, deb taxmin qilish
mumkin.

O.A.Suxareva olib borgan tadqiqotlar davomida tarixiy adabiyotlar. manbalar, xaritalar.

etnografik va topografik izlanishlar, hamda shaxsiy soʻrovnomalar asosida shahardagi har bir
dahada 18-20 tagacha guzar, 1000 tagacha va undan koʻproq xonadon, masjid, boshlangʻich
maktab, gʻuslxona, tahoratxona. mozor, ziyoratgoh, madrasa, hovuzlar (ayrim hollarda 2-3 tasiga
bitta hovuz) va albatta, kamida 15 tadan to 150-200 tagacha xonadon joylashgan. [9; 67]

Manbalarida Buxoro shahrida 200 dan ortiq guzar qayd etiladi.[6] O.A.Suxarevaning

tadqiqotlari davomida bu davrda Buxoro shahrida 220 ta guzar boʻlganligi aniqlangan. [11; 62]

Shahar guzarlari nomining katta qismi kasb-hunar nomi bilan bogʻliq boʻlgan. Masalan,

Kosagaron (kulollar), Soʻzangaron (ignachi), Sobungaron (sovunchi), Degrez. Kemuxtgaron va
Charmgaron (koʻnchi), Korxona (toʻquvchi), Poʻstinduzon (poʻstindoʻzlar) va hokazo. Amaldor
va askarlar Guzari Sipoh va yana boshqa guzarlarda yashaganligi qayd etilgan.

Shahar hududida teri kasalliklari bilan kasallanganlar uchun alohida Pesxona guzari

tashkil etilgan. 120 xonadondan iborat ushbu guzarda taxminan 500-600 kishi yashagan.
Ularning oʻz imomi, hunarmandlari, savdogarlari, bozori, masjidi. maktablari, mullalari
boʻlgan.[10; 23] Pes kasalligiga duchor boʻlgan insonlar bu yerda oʻzlarini erkin his qilib, oʻzaro
hamdardlikda yashaganlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

310

120 xonadondan iborat ushbu guzarda taxminan 500-600 kishi yashagan. Ularning oʻz

imomi, hunarmandlari, savdogarlari, bozori. masjidlari boʻlgan. Yozda shahar koʻchalarini erta
tongdan farroshlar tozalab, meshkoplar suv sepganlar.

XX asr boshida mamlakatda hayot kechirgan zamondoshlardan biri — Muhammad Ali

Baljuvoniy oʻzining bir oz keyinroq yozilgan asarida XX asr boshida shaharda 400 madrasa, 296
ta besh vaqt namoz oʻqiladigan masjid, 18 ta jome' masjidi, 13 ta kutubxona, 96 ta qorixona
(qiroatxona) va maktabxona faoliyat koʻrsatishini qayd etgan. [5; 71] Ammo rus manbalarida
Buxoroda 1913 yilda 364 ta masjid borligi qayd etilgan. Shu manbalarda koʻrsatilishicha,
Buxorodagi maktab va madrasalarda 10.000 oʻquvchi tahsil olgan.

Dono Ziyayeva shahar aholisi toʻgʻrisida fikr bildirib, Buxoro shahri aholisi zich

joylashgan shaharlardan edi. 1820 yilda shaharga tashrif buyurgan E.K. Meyendorf uzoq
surishtirishlar asosida Buxoroda 8.000 xonadon borligini va ularda 70.000 aholi yashashini
aniqlagan. Bunda har bir xonadonga 8,7 kishidan toʻgʻri kelgan. Oradan 50 yil oʻtgach, 1870
yilda shaharga tashrif buyurgan L. Kostenko ham uzoq surishtirishlar asosida Buxoroda 15 ming
xonadon mavjud borligini aniqlagan. Ammo bu safar u har bir uyga 5 kishidan hisoblab, Buxoro
aholisi taxminan 75.000 kishini tashkil etadi, degan xulosaga kelgan. Darhaqiqat, 1920 yilga
kelib Buxoro shahrida 150.000 kishi yashayotganligi qayd etiladi. [3; 218]

Savdogarlar oʻzi shaharda yashab turib, uning ichida va atrofida, mamlakatning turli

burchaklaridagi qishloqlarda bir nechtalab yer mulklariga ega edilar. Bu yerlarda dehqonchilik
bogʻdorchilik bilan shugʻullanilgan. Hatto mamlakat hukmdori ham savdo bilan shugʻullanar,
mamlakat hududida yirik yerlarga egalik qilar edi. XX asr boshiga oid ma'lumotlarga koʻra,
Buxoro amirining oʻzi 1000 desyatina yerga ega edi. Bu yerlar ayni paytda davlat yerlari ham
edi. Buxorodagi oddiy aholining taxminan 70.000 nafari umuman yersiz boʻlib, shahar ichida
hunarmandchilik yoki oldi-sotti bilan shugʻullangan. [11; 75-77]

Buxoro arki haqida Dono Ziyaeva quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: “Shahar markazidagi

amir saroyi, ya'ni Ark Buxoro hukmdorlari uchun balandligi 20 metr boʻlgan sun'iy tepalikda
barpo etilgan boʻlib, hududi 4 gektarni egallagan. Bu yerda amir saroyi, mahkamasi, xazinasi,
mamlakat hukmdorining oilasi yaqinlari uchun alohida oʻrda, mehmonlar uchun qabulxona va
mehmonxonalar, masjid, saroy ustaxonalari, zarbxona, aslahaxona, zindon, gʻazna, saroy
qoʻriqchilari uchun alohida bino mavjud edi. XX asr boshida arkda hukmdor avlodlari, qoʻriqchi
va xizmatchilar bilan birga taxminan 3.000 kishi yashagan”. [3; 210]

Ark devorlari turli davrlarda tosh, pishiq va xom gʻisht, paxsalar bilan mustahkamlangan.

Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom gʻishtdan, keyin pishiq gʻishtdan ta'mir etilgan. Arkning
bosh darvozasidan kirishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning mahkamasi, undan
nariroqda peshayvonli jome' masjid (saroy masjidi) boʻlgan. Arkning shimoli-gʻarbiy burchagida
toʻpchi boshining uyi va ta'mir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona boʻlgan.

Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa

tangalar zarb qilinadigan joy) boʻlgan. Zarbxonaning shimoli-sharqida zargarxona, janubida esa,
devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar boʻlgan.

Jome' masjiddan boshlangan tor yoʻlak qo’shbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan.
Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli — koʻrinishxona boʻlgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

311

Koʻrinishxonada elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga oʻtirish marosimlari

oʻtkazilgan. Uning 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Ikki qator naqshinkor ustunli peshayvondagi
taxtiravonda amir marmardan ishlangan taxtda mehmonlarni qabul qilgan. Koʻrinishxona
hovlisining janubiy tomonida mehmonxona va qorixona joylashgan boʻlib, ularning tagidagi
yertoʻlalarda xazina saqlangan.

Buxoro arkining shimoli-sharqida jinoyatchilar saqlanadigan zindon, gʻarb tomonidagi

hovlida esa, mirzalar va xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar, salomxona joylashgan.

Bundan tashqari, ark hududida mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga

qarashli boshqa binolar, hammom, uning yonida kichkina masjid joylashgan. Arkning markazida
Oʻrda (amir xonadoniga mansub ayollar uchun uylar), shimolida esa qo’shbegiga tegishla ayollar
turadigan uylar, shimoli-sharqiy burchagida Childuxtaron masjidi va Battol Gʻoziy qabristoni
boʻlgan.

Arkning sharqiy devori bo’ylab gʻulombachcha, ya'ni soqchilar kazarmasi. janubi-sharqiy

burchagida dorixona. ya'ni oʻq-dorilar ombori joylashgan. Arkning markazida yer tagidan ark
ichiga qarab ketgan katta sopol quvurlar oʻtgan boʻlib. ular oqova suv quvurlarining bir qismi
edi. Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurol-
yarogʻlar tuzatiladigan ustaxona va aslaxaxona (qoʻrxona) boʻlgan.

Yaxxonada esa, muz to kech kuzgacha saqlangan. Soʻnggi tadqiqotlar davomida Ark

hududida yer sathidan 2,5-3 metr chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. [12]

Buxoro Arkining gʻarbida joylashgan Registon maydoni bu davrda shahar markazi

hisoblanib, oʻtmishda bu yerda hukmdor mahkamasi, kasalxona, masjid va boshqa binolar
boʻlgan. Ark darvozasi Registon maydonining oʻrtasiga olib chiqqan. Bu yerdan ark darvozasiga
Taxtapul koʻprigi koʻtarilgan. Koʻprik yonida masjid qarshisida toʻplar joylashtirilgan. Taxtapul
koʻprigida Kanaxona deb atalgan yertoʻla boʻlgan. [13; 201]

Registon maydonida savdo rastalari joylashgan boʻlib, ularda asosan oziq-ovqat, chorva,

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotilgan. Savdo rastalaridan kiyim-kechak. roʻzgʻor buyumlari,
qogʻoz ham topish mumkin edi.

Xulosa qilib aytganda, tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri

toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari,
karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar
asosida izohlab beradi.

Аdаbiyоtlаr rо‘yxаti:

1.

Мейендорф К. Е. Путешествие из Оренбурга в Бухару. Предисловие Н. А. Халфина.
Москва, 1975.

2.

Ханыков И.Описание Бухарского ханства. СПб., 1843.

3.

Dono Ziyayeva. Oʻzbekiston shaharlari XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida.
Yangi nashr. Toshkent. 2017.

4.

Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi./ Forsiydan A.Irisov tarjimasi. –
Toshkent: Fan, 1991.

5.

Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi nofeiy (Foydali tarix). Tojik tilidan tarjima, soʻz boshi
va izohlar mualliflari Sh.Vohidov va Z.Choriev.– Toshkent: Akademiya, 2001.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

6.

Oʻzbekiston tarixi xrestomatiyasi. IV jild.

7.

Мухамеджанов А.Р. Историко-топографический план Бухары Ахмада Дониша//
Общественные науки в Узбекистане, 1965, № 5.

8.

СеменовА.А. Очерк устройства центрального административного учтройства
Бухарского ханства позднейшего времени. // Материалы по истории 1аджиков и
узбеков Средней Азии. Сталннабад, 1954.

9.

С

у

харева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары.

10.

Сухарева О. А. Позднефеодальный город Бухара конца ХЕХ начала XX века.
(Ремесленная промышленность). Ташкент. 1962.

11.

Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства.

12.

Zoxidov P, Rashidov U. Buxoro arki. // «O’zbekistan Milliy Ensiklopediyasi».

13.

Садриддии Айний. Бухара. (Воспоминания). Книга 1. Душанбе, 1980.

References

Мейендорф К. Е. Путешествие из Оренбурга в Бухару. Предисловие Н. А. Халфина. Москва, 1975.

Ханыков И.Описание Бухарского ханства. СПб., 1843.

Dono Ziyayeva. Oʻzbekiston shaharlari XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida. Yangi nashr. Toshkent. 2017.

Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi./ Forsiydan A.Irisov tarjimasi. – Toshkent: Fan, 1991.

Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi nofeiy (Foydali tarix). Tojik tilidan tarjima, soʻz boshi va izohlar mualliflari Sh.Vohidov va Z.Choriev.– Toshkent: Akademiya, 2001.

Oʻzbekiston tarixi xrestomatiyasi. IV jild.

Мухамеджанов А.Р. Историко-топографический план Бухары Ахмада Дониша// Общественные науки в Узбекистане, 1965, № 5.

СеменовА.А. Очерк устройства центрального административного учтройства Бухарского ханства позднейшего времени. // Материалы по истории 1аджиков и узбеков Средней Азии. Сталннабад, 1954.

Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города Бухары.

Сухарева О. А. Позднефеодальный город Бухара конца ХЕХ начала XX века. (Ремесленная промышленность). Ташкент. 1962.

Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства.

Zoxidov P, Rashidov U. Buxoro arki. // «O’zbekistan Milliy Ensiklopediyasi».

Садриддии Айний. Бухара. (Воспоминания). Книга 1. Душанбе, 1980.