ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
313
YANGI MEHNAT QONUNCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA
XALQARO TAJRIBA
Fayzulloyeva Nigina Sherali qizi
Buxoro yuridik texnikumi “mutaxasisslik fanlari” kafedrasi oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17141534
Annotatsiya. Mazkuz maqolada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksning o‘ziga xos
xususiyatlari, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy
qilishning ahamiyati, shuningdek, Oʻzbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solish va
ishchilarni samarali ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha xalqaro tajribani
o‘rganish natijalari bo‘yicha fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi,
xalqaro mehnat tashkiloti, ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati, mediator, xalqaro tajriba
va standartlar, gender tenglik, norezident.
ОСОБЕННОСТИ НОВОГО ТРУДОВОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА И
МЕЖДУНАРОДНОГО ОПЫТА
Аннотация. В статье рассматриваются особенности нового Трудового кодекса,
важность внедрения межведомственного программно-технического комплекса «Единая
национальная система труда», а также результаты изучения международного опыта
регулирования трудовых отношений и создания эффективной социальной защиты
работников в Узбекистане.
Ключевые слова: межведомственный программно-аппаратный комплекс «Единая
национальная система труда», международная организация труда, социальное
партнерство, общественный контроль, посредник, международный опыт и стандарты,
гендерное равенство, нерезидент.
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF NEW LABOR LEGISLATION AND
INTERNATIONAL EXPERIENCE
Abstract. This article discusses the specific features of the new Labor Code, the
importance of introducing the "Unified National Labor System" interdepartmental software and
hardware complex, as well as the results of studying international experience in regulating labor
relations and establishing effective social protection for workers in Uzbekistan.
Key words: “Unified national labor system” interdepartmental software-hardware
complex, international labor organization, social partnership, public control, mediator,
international experience and standards, gender equality, non-resident.
Har qanday jamiyat boyligining manbai, insoniyat tomonidan moddiy va ma’naviy boylik
yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo’lishidan qat’i nazar,
mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat
bo‘lib qolaveradi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning
samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi va
sifatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. Bu o‘zgarishlar, umuman, aholi
bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida dastlab
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
314
mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi milliy qonun va qonunosti hujjatlarni zamon talabi
asosida takomillashtirish, ularda umume’tirof etilgan tamoyillarni qamrab olishni taqozo etadi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksda mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va
mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat
sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari ta’minlanishi va mehnat majburiyatlari
bajarilishining kafolatlangani hamda xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l
qo‘yilmasligi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari sifatida belgilangani uning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, kodeks bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga
solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib
chiqish kabi normalarni o‘z ichiga olgan. Hujjatning 175-moddasiga xodimning shaxsga doir
ma’lumotlariga oid yangi normalar kiritildi.
Prezidentimizning 2019-yil 31-oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo
dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
1
ga muvofiq,
mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek, unga kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida
ro‘yxatdan o‘tkazilishi shartligi xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga xizmat
qilmoqda. Muhimi, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra yoki xodimning
pensiya yoshiga to‘lishi munosabati bilan bekor qilishni taqiqlash nazarda tutildi. Zotan,
amaldagi kodeksda mavjud bu boradagi bo‘shliqlar Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat va
bandlik sohasidagi kamsitishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyasiga mos kelmaydi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj ishchilarning
ayrim toifalari – ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan shaxslar, 18
yoshga to‘lmagan ishchilar, nogironlar, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi
tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Masalan, ish
beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal
(tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘rik va boshqa
majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlarni
berishi lozim bo‘ladi.
Xodimning ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasini tabaqalashtirish va bunda aynan
ushbu tashkilotda ishlagan muddatini inobatga olish nazarda tutilgan. Deylik, 3 yilgacha ish
stajiga ega xodimlarga beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi o‘rtacha oylik ish haqining 50
foizidan, 15 yildan ortiq ish stajiga ega xodimlarga ajratiladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi esa
o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Ish
beruvchiga esa xodimlar bilan muddatsiz mehnat shartnomasi tuzish, shuningdek, muddatli
mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan maksimal muddatni 5 yildan 3 yilgacha
kamaytirish huquqi beriladi.
1
Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi”
idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son Qarori.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y., 06/22/112/0326-son.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
315
Dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga to‘g‘ri
kelgan taqdirda ko‘chirish qoidasi kiritildi. Mehnat ta’tilining minimal davomiyligi kalendar
kunlarda (15 ish kuni o‘rniga 21 kalendar kuni) belgilandi. Xodimni boshqa ish beruvchiga
xizmat safariga yuborish tartibi mustahkamlandi
2
.
Jamoaning muvaffaqiyati rahbarning salohiyati, boshqaruv uslubi va tashabbuskorligi,
zamonaviy fikrlashiga bog‘liq. Tashkilot, idorada qanday shaxs rahbar bo‘lishi doimo muhim
bo‘lib kelgan. Shu bois, yangi tahrirdagi kodeksda ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh
buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirildi. Bunda amaliyotda rahbarning
o'zini ko'rsata olishi, jamoani bir maqsad atrofida birlashtira olishi uchun 3 oylik sinov muddati
kamlik qilayotgani inobatga olindi.
Yangi tahrirdagi kodeksda, avval bo‘lmagan, ya’ni ish bilan ta’minlash jarayonlarini
raqamlashtirish, elektron mehnat daftarchalarini yuritish, mehnat shartnomalarini tuzish va
yagona ma’lumot bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek,
moslashtirilgan ish vaqti rejimi belgilangani kuchga kiradigan kodeksning muhim jihatlaridan.
Bu ma’lum bir xodimlar yoki tashkilotning tarkibiy bo‘linmalaridagi xodimlar guruhlari
uchun ish kunining boshlanishi, tugashi va umumiy ish kuni muddatini xodimning o‘ziga
tartibga solishga ruxsat etgan holda ish vaqtini tashkil etish usuli hisoblanadi. Smenali ish,
moslashuvchan ish vaqti, ish kunini qismlarga bo‘lish, ish safari paytidagi ish vaqtlari va
boshqalar hisobga olinadigan bo‘ldi.
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikka oid alohida bo‘limda mazkur munosabatlarning
huquqiy asosi ochib berilgan. Ijtimoiy sheriklik xodimlar, ish beruvchilar, ijro etuvchi hokimiyat
organlari o‘rtasidagi mehnat va u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamkorlikni ta’minlashga
qaratilgan tizimni nazarda tutadi.
Kodeksda ish beruvchi subyektlar sifatida mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar,
tashkilotlar, yollash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning alohida tarkibiy bo‘linmalari hamda
jismoniy shaxslar belgilangan.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishdan olingan
saboqlarni hisobga olgan holda, xodimga qisman ish haqi bilan, lekin eng kam ish haqidan kam
bo‘lmagan ta’til berish imkoniyatini belgilaydigan, shuningdek, ish haqi to‘lanmagan ta’tilni 6
oygacha uzaytiradigan me’yorlar joriy etiladi.
Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida jamoatchilik nazorati mexanizmlari aks
ettirildi. Yakka mehnat nizolari komissiyalarda yoki sudda hal etilishi holatlari ko‘rsatilgan,
yakka mehnat nizoni mediatorga yuborilishini joriy etish, mehnat arbitraji tizimi yo‘lga
qo‘yiladi.
Nizolarni muqobil hal qilishning imkoniyatlari kengaytirilib, sudlardagi ish hajmi
kamaytirildi. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnati huquqiy jihatdan tartibga solindi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda mehnat munosabatlarini tartibga solishda milliy
qonunchilik
bazasi
bilan
bir
qatorda
davlatimiz
tomonidan
imzolangan
xalqaro
shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Oʻzbekiston tomonidan
2
Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
316
ratifikatsiya qilingan konvensiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti oʻrtasida imzolangan munosib
mehnat
bo‘yicha
2017/2019-yillarga
mo‘ljallangan
dastur,
shuningdek
Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil
31-maydagi
Qarori
bilan
tasdiqlangan “2018-2020-yillarda
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan
konvensiyalari amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hujjat
ahamiyatlidir
3
.
Soʻnggi bir necha yil ichida Oʻzbekiston hukumati xalqaro tendensiyalar va
tajribalarni hisobga olgan holda mehnat qonunchiligini modernizatsiya qilish va
takomillashtirish
ustida
ishlamoqda.
Oʻzbekistondagi mehnat qonunchiligiga taʼsir
ko‘rsatgan xalqaro tajribalarning ba’zilarini misol tariqasida keltiramiz.
1. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT): XMT Birlashgan Millatlar Tashkilotining
ixtisoslashgan agentligi boʻlib, butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy adolatni targʻib qiluvchi va
munosib mehnat sharoitlarini targʻib qiladi. Oʻzbekiston 1992-yildan buyon XMT aʼzosi
boʻlib, uning mehnat huquqlariga, jumladan, bolalar mehnatini va majburiy mehnatga
barham berishga oid ko‘plab siyosatlari, tavsiyalari va konvensiyalarini qabul qilgan.
2. Yevropa Ittifoqi (YI): Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligini shakllantirishda
Yevropa Ittifoqi ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga mehnat
amaliyotini yaxshilash, jumladan, Xalqaro mehnat standartlarini joriy etish borasidagi saʼy-
harakatlar uchun moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatadi.
3. Xalqaro tajriba: Oʻzbekiston mehnat munosabatlarini tartibga solish va ishchilarni
samaral ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish maqsadida
boshqa mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyaning mehnat
qonunchiligini oʻrganib chiqdi va tahlil qiladi.
Ushbu Xalqaro tajribalar Oʻzbekistonning mehnat qonunchiligini shakllantirishga
yordam berdi, bu esa mamlakat yanada iqtisodiy rivojlanish va jahon iqtisodiyoti bilan
integratsiyalashuv sari intilishda davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tajriba va standartlar asosida
fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Sanoat va savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish hamda boshqa barcha iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda mehnat va mehnatni muhofaza qilish, mehnat gigiyenasi tartib-tamoyillariga
qatʼiy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, fuqarolar mehnat huquqlarini himoya qilish,
ta’minlash tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilanadi.
An’anaviy usullar bilan bir qatorda mehnat qonunchiligi buzilishiga olib keluvchi
omillarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi, manzili va
nostandart
yondashuvga
asoslangan
ish
beruvchilar
konsultativ
va
metodologik
ko‘maklashishga qaratilgan samarali mexanizmni joriy etish va boshqalar.
3
Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “2018 — 2020-yillarda Xalqaro
mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 407-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
01.06.2018-y., 09/18/407/1295-son.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
317
Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligidagi tajribalari ham
xalqaro hamjamiyatga taqdim etilmoqda, jumladan; 2020-yil 2-iyuldagi Xalqaro mehnat
tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy sessiyasida Oʻzbekiston tajribasi
tinglandi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda aholi bandligi masalasi davlat
siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Prezidentimiz har bir chiqishida, hududlarga
tashrifida mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida
xalqimizning roziligiga erishish, tadbirkorlikka erkinlik berish orqali yangi ish o‘rinlarini
ko‘paytirishga asosiy e’tiborni qaratishi bejiz emas.
Mehnat bozorining kelajakdagi rivoji uchun xizmat qiladigan yangi tahrirdagi Mehnat
kodeksi mamlakatimizda ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, investitsiya
muhitini yaxshilash borasida mamlakatimiz mehnat qonunchiligini takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi. Mazkur kodeks istiqbolda kichik biznes sub’yektlari va yakka
tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan aholi mehnatini huquqiy tartibga solishga imkon
beradi. Rasmiy va norasmiy tarmoqda mavsumiy ish bilan band bo‘lganlarning mehnat
huquqlarini tartibga solishdagi bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi. Mehnat
munosabatlarida korrupsiya xavfi kamayib, “Yagona milliy mehnat tizimi” raqamlashtiriladi.
Gender tenglik, neytrallik tamoyillari, imkoniyati cheklangan shaxslar, norezidentlarning
mehnat qilish huquqi ta’minlanadi. Ish beruvchilarning mehnat bozoridagi yangi mehnat
turlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi, mehnat shartnomasi turlari kengaytiriladi va
norasmiy tarmoqlarda ishlovchilarni legallashtirishga erishiladi.
Umuman olganda, ushbu hujjat mazkur sohadagi qator muammolarni, mehnat bozoridagi
vaziyatni inobatga olib, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, qonuniy hal qilishda,
ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda e’tibor va rag‘batga ega
bo‘lishini kafolatlaydigan muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari
maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son;
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat
tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4502-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y.,
06/22/112/0326-son;
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “2018 — 2020-
yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya
qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
318
407-son
Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y.,
09/18/407/1295-son.
Internet saytlari
6.
7.
8.
