272
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
NOMINATSIYALAR VA BADIIY ASARLARDA "TABU" ISTILOHINING
YETAKCHILIK XUSUSIYATLARI VA O'RNI
Ochilova Shahzoda Hamdamovna
Qarshi davlat universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17145038
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ismlar yuzasidan tabu va naminatsiyalar haqida batafsil
ma'lumot berilgan. Badiiy asarlarda tug'ilgan chaqaloqqa qo'yiladigan ismlar va turli
vaziyatlarda beriladigan nomlar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ismlar berilishi yuzasidan
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asaridan, o'tkir kulgu
ustasi Said Ahmadning "Qorako'z majnun" hikoyasidan hamda Ulug'bek Hamdamning "Ota"
romanidan misollar keltirilgan.
Kalit so'zlar:
ismlar, naminatsiya, tabu, nomlar, astroponimika, nominativ ma'no, figural
ma'no, qo'rquv, onomosiologiya.
ЛИДЕРСКИЕ ОСОБЕННОСТИ И РОЛЬ. ЗАВОЕВАНИЯ «ТАБУ» В
НОМИНАЦИЯХ И ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА
Аннотация
.
В этой статье представлена подробная информация о табу
наименованиях и номинациях. В произведениях искусства отражены имена, данные
новорожденному ребенку, и имена, данные в разных случаях. Также в связи с присвоением
имен приводятся примеры из произведения народного писателя Узбекистана О'ткира
Гашимова «Дела мира», из повести «Каракоз Меджнун» мастера острого смеха Саида
Ахмеда и из романа «Ота» Улугбека Хамдама.
Ключевые слова:
имена, номиинация, табу, имена, астропонимика, номинативное
значение, переносное значение,
c
трах, ономасиология.
LEADERSHIP FEATURES AND ROLE OF "TABOO" CONQUEST IN
NOMINATIONS AND WORKS OF ART
Annotation.
This article provides detailed information about naming taboos and
nominations. The works of art reflect on the names given to the newborn baby and the names
given on different occasions. Also, in connection with giving names, examples are given from the
work of the national writer of Uzbekistan O'tkir Hashimov's "World's affairs", from the story
"Karakoz Majnun" by the master of sharp laughter Said Ahmed, and from the novel "Ota" by
Ulugbek Hamdam.
Key words:
names, namination, taboo, names, astroponymics, nominative meaning,
figurative meaning, fear, onomasiology.
O'zbek tilidagi ismlarning aksariyatida dunyoga kelgan go‘dakni turli xavflardan himoya
qilish g‘oyasi, niyati mujassamlashgan bo'ladi. Chaqaloqqa ismni ota
-onasi, qarindoshlari yoki
oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday ism qo‘yilishi estetik va etik tamoyillarga, ism
qo‘yuvchining orzu
-istaklari, tasavvur va dunyoqashi va milliy xususiyat bilan o'zaro bog'liqdir.
Qadim-qadimdan ism qo'yishning turli rasm-rusum udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning
sog‘
-
omon bo'lishi, yashab ketishi, kelajakdagii baxti unga qo'yiladigan ism bilan bog‘liq deb
o'ylashgan.
Hadislarda ham bolaga chiroyli ism qo'yish ota-onaning muhim vazifasi hisoblangan.
Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va- sallamdan rivoyat qiladi:
“Albatta sizlar Qiyomat kuni o‘z ismlaringiz va otalaringiz ismi bilan chaqirilasizlar.
273
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Bas (shunday ekan), ismlaringizni chiroyli qilinglar!” (Abu Dovud, Imom Ahmad,
Dorimiy, Ibn Hibbon “Sahih”da,Bayhaqiy “Shu’abul iymon”da rivoyat qilgan).Ushbu hadisda
bandalar Qiyomat kunida o‘z ismlari va otalari ismi bilan chaqirilishi ta’kidlanib, ularni chiroyli
va ma’nodor ismlar qo‘yishga targ‘ib qilinmoqda.
Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan ism uning taqdiri, hayotiga ta'sir ko'rsatadi, kishi o‘z
ismiga o'xshaydi, deb ishonishadi. Bu soha astroponimika deb ataladi. Bundan tashqari
onomasiologiya ham shu terminni ifodalaydi. Onomasiologiya
–
leksik birliklarni nomlash va
tushuncha anglatish prinsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha
Nominativ ma'no
–
biror narsa, belgi yoki harakatning nomi bo‘lib xizmat qiluvchi ma'no
hisoblanadi. Nominativ ma'no voqelik bilan bevosita bog‘lanadi. Masalan, gul
- leksemasining
nominativ ma'nosi o‘simlik turlaridan birini anglatadi (Bu nominativ ma'no –
shu leksemaning
bosh to‘g‘ri ma'nosi hisoblanad)i. Shu leksema yigitlarning guli
-
kabi bog‘lanishda sara , noyob
kabi ma'noni anglatadi. Bu ma'no
–
figural ma'no, chunki bunday ma'no shu hodisaning nomiga
aylangan emas. Bunday ma'no obrazlilik, majoz hosil etish uchun xizmat qiladi. Gul
–
o‘simlik
nomi
–
bevosita voqelik bilan bog‘lanadi, gul
-
sara , noyob ma'nosi figural ma'no bo‘lib, voqelik
bilan bu leksemaning nominativ ma'nosi orqali bog‘lanadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy
she’rlarini yig‘ib, “Devoni Foniy” nomi bilan alohida kitob tuzgan. Ushbu maqolada mazkur
devon tarkibiga kirgan “Sittai zaruriya” qasidalar turkumidagi gul timsollari xususida so‘z
yuritiladi. “Sittai zaruriya”da rayhon, sunbul, nargis, lola, yosmin kabi gul timsollari orqali oshiq
ahlining ko‘nglida porlagan ilohiy nur va uning turli shakllarda jilva qilishiga ishora qilinadi.
Jumladan, gul ma’shuqa jamoli, Haq tajalliysi timsoli sifatida ishlatiladi.
Badiiy asarlarda ham biz ism qo‘yilishi bilan bog‘liq holatlarni uchratamiz. Bu yozuvchi
tomonidan alohida ochib berilgan. Jumladan, O'tkir Hoshimovning " Dunyoning ishlari " asarida
Ermon buvaning o‘g‘li Oltmishtvoy haqida shunday deyilgan:
-
Avvaliga Habiba buvi oltmishta tuqqani uchun oti shunaqa deb o‘ylagan edim. Yo'q,
keyin tushundim. Oltmishtvoy Ermon buva oltmishga kirganda tug'ilgan ekan.
Matndan xulosa qilishimiz mumkinki, ota-
ona o‘z yoshiga moslab ham ism qo'yishi
mumkin ekan. Bunda Ermon buvaning avvalgi farzandlari yosh vaqti vafot etganligi sababli
o'zgacha ism qo'yilishi bilan bog‘lasak ham bo‘ladi. Agar oilada birin
-ketin yosh farzandlar vafot
etsa, keyingi farzandlarga Turg'un, O'lmas, Turdi kabi ismlarni qo'yishgan.
Yana bir misol tariqasida Said Ahmadning " Qorako'z majnun" asaridagi Bo‘rixonni
keltiraylik:
-
Saodat aya shu bolasiga to‘lg‘oq tutayotganda oftob charaqlab turardi
-
yu, yomg‘ir
sharros qo'yayotgan edi.Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: " Bo‘ri bolalayapti",
degandi. Shuning uchun ham u o‘g‘liga Bo‘rixon deb ism qo'ygan.
Ushbu asarda ism qo‘yilishi vaziyat bilan bog‘liq, ya'ni bu bolaga ism qo‘yish avvaldan
rejalashtirilmagan, qaysidir vaziyat to‘g‘ri kelganligi sababli berilgan. Xuddi juma kuni
tug'ilganlarga "Jumavoy", "Jumabaxt", "Jumagul" yoki ramazon oyida tug'ilgan insonlarga "
Ro‘zivoy", "Ramazon" kabi ismlarni qo'yishi ham shu bilan bog‘liq.
Ulug'bek Hamdamning "Ota" romanida Sevinch ismini qo‘yilishi haqida shunday
deyilgan:
-
Chaqaloqqa Sevinch deb ot qo'yildi! Chunki sevinchli edi ular: Ming yillik g‘ussa bor
edi O'tkir akaning oilasida. Shu uchun sevinaylik, sevinchlarga yetaylik deb sevinchlanishdi.
Qolaversa bu oilada o'g'il- qizlarga turkona ot qo'yishadi.
274
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Ko'rinib turibdiki, asarda orziqib kutilgan, ko‘p yillar davomida umid qilingan farzand
uchun shunday ism qo'yilgan. Bunday holatlarda Shukrona, Umida, Sabriya kabi ismlarni ham
misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Turli xil vaziyatlarda qo'yiladigan ismlarni keltirib o‘tmoqchiman:
1) Egizaklardan keyin tug‘iladigan farzandlarga "Yusuf", "Zulayho", "Tohir" kabi ismlar
qo'yilgan
2) Bola kindigiga o'ralib tug'ilgandan " O'ral " ismi berilgan.
3)Agarda bola tishi ko'ringan holda tug'ilganda unga " Bo‘rivoy", " Bo‘rigul" kabi ismlar
qo'yilgan.
4) Oilada ketma-
ket qiz farzand tug'ilsa, keyingilari o'g'il bo‘lsin deb O‘g‘iloy, Qizlarbas,
Qizlarbuvi kabi ismlarni qo'yishgan.
5) Bolalar ortiqchalik, juftlik belgisi bilan tug'ilsa, ularga "Tojiboy", "Tojigul", "Ziyoda",
" Nishon", "Ortiq" kabi ismlar berilgan
6) "Muqaddas" ismi to'ng'ich farzand uchun qo'yilgan.
7) Ikkinchi bo‘lib tug'ilgan chaqaloqqa "Soniya " ismi berilgan.
8) Uchinchi bo‘lib tug'ilgan bolaga esa " Chori", " Robiya " kabi ismlar qo'yilgan.
9) Nor yoki xol bilan tug'ilgan farzandlarga ularni yo'qotish yoki ko'payishini oldini olish
uchun " Xolida", " Husnora", "Norgul", " Anora" kabi ismlar bilan chaqirishgan
10) Sogʻlik, uzoq umr tilashini ifoda etuvchi ismlar: Tursun, Turdi, Toʻхtasin, Oʻlmas,
Yursin, Omonturdi, Turgʻun, Turgʻunoy, Ergash, Yoʻldosh kabi.
11) Turli kasalliklarni yengishi, chidamli, irodali, mustahkam boʻlib oʻsishini orzu qilib
qoʻyilgan ismlar: Tosh, Toshboy, Toshхon, Temur, Temura, Metinboy, Poʻlat, Choʻyonboy,
Qilichboy, Хanjara, Halqonboy, Teshaboy, Boltaboy, Mahkam, Mahkamoy, Berk, Berkinoy va
boshqalar.
12)Yashovchanlik, barhayotlik, chidamlilik, uzoq umr ramzi boʻlmish daraхtlar, narsalar
nomidan yasalgan ismlar: Chinor, Chinora, Sadaboy, Archaboy, Yovshan va hokazo.
13)Yoqimsizlik, noхushlik, achchiqlik ramzi hisoblanuvchi narsalar, oʻsimliklar nomidan
yasalgan ismlar: Sarimsoq, Soʻgʻonboy, Piyozbek va shular kabi. Mana shunday ismlar qoʻyilsa
chaqaloqning dushmani, yovuz kuchlar bolaga yaqinlashmaydi, undan nari ketadi deb
hisoblashgan.
14)Ba’zan ataylab хunuk ma’noli nomlarni qoʻyishgan: Yomonbola, Itolmas, Itemas,
Kasofat, Shagʻalboy, Sabila kabi. Kishilar bola shunday nomlansa e’tiborsiz boʻladi, unga koʻz
tegmaydi deb o'ylashgan.
Xulosa
Bularning barchasi kundalik hayotda yoki favqulodda vaziyatlarda, qo'rquv natijasida
yuzaga keladi. Ota - onalar farzandlarini tug'ilganidan sevingani yoki ularni turli balo-qazolardan
saqlab qolish maqsadida shunday ismlarga murojaat qilganlar. Va keyinchalik bu tabularga
aylangan. Har bir millatning o‘ziga xos jihatlari bo‘lgani kabi ismlari ham ajralib turishi muhim
ijtimoiy, siyosiy, madaniy masaladir. Chaqaloqqa qoʻyiladigan ism uning taqdiriga ta’sir qiladi,
ismlar xosiyatli va xosiyatsiz boʻladi deyilgan tasavvurlar davrlar oʻtishi bilan ismlarni bolaning
himoyachisiga, unga qandaydir bogʻlangan, unga doimo va bir umr eslab yuradigan vositaga
aylangan.
275
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent- "Talqin"-2005
2.
Sh.Rahmatullayev. HO'AT. 2006
3.
O'tkir Hoshimov, Dunyoning ishlari "Sharq nashriyoti" ,2005. 58b
4.
Said Ahmad, Qorako'z majnun " O'zbekiston " nashriyoti, 2001-y. 101b
5.
Ulug'bek Hamdam , Ota Toshkent:Yangi asr avlodi, 2020.-79b
