Authors

  • Fathiddin Muhammadjonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136606

Abstract

Termiziyning deyarli barcha kitoblarida lug‘atshunoslikka oid fikrlar va o‘ziga xos yondashuv uchraydi. Termiziy biror so‘zni keltirar ekan, albatta, ushbu so‘zning sharhida lug‘aviy jihatlarini batafsil yoritadi. Olim o‘z asarlarida biror mavzuga to‘xtalmoqchi bo‘lsa, shu mavzuga doir so‘zlar xoh diniy-ma’rifiy, xoh axloqiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lsin, ularni doimo asl o‘zagiga, tub ma’nosiga qaytarishga harakat qiladi. U avval so‘zning asl ma’nosini izohlaydi, so‘ngra shunga asoslangan holda keyingi fikr va mulohazalarini bayon qiladi . Hakim Termiziy ta’lif etgan asarlari tadqiqi shuni ko‘rsatyaptiki, alloma ko‘plab kitoblarida tilshunos olimlarning sinonimiya nazariyasi haqidagi fikrlariga o‘zining dalillari, kognitiv qarashlariga tayangan tasavvufiy o‘ziga xos uslubiyatiga egadir.

background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

82

HAKIM TERMIZIYNING “AL-FURUQ VA MAN’U-T-TARODUF” ASARIDA

SINONIMLARNI IZOHLASH USLUBI

Fathiddin Muhammadjonov

Birlashgan Arab Amirliklarining Toshkentdagi elchixonasi tarjimoni

https://doi.org/10.5281/zenodo.17147982

Buyuk vatandoshimiz Alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy 750-869)

o‘zining arab tilshunosligi va islom tasavvufiga taalluqli “al-Furuq va man’u-t-taroduf” asarida
sinonim so‘zlarni izohlashi uning leksemalarni sharhlashdagi uslubiyatini ochib beradi.

Termiziyning deyarli barcha kitoblarida lug‘atshunoslikka oid fikrlar va o‘ziga xos

yondashuv uchraydi. Termiziy biror so‘zni keltirar ekan, albatta, ushbu so‘zning sharhida lug‘aviy
jihatlarini batafsil yoritadi. Olim o‘z asarlarida biror mavzuga to‘xtalmoqchi bo‘lsa, shu mavzuga
doir so‘zlar xoh diniy-ma’rifiy, xoh axloqiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lsin, ularni doimo asl
o‘zagiga, tub ma’nosiga qaytarishga harakat qiladi. U avval so‘zning asl ma’nosini izohlaydi,
so‘ngra shunga asoslangan holda keyingi fikr va mulohazalarini bayon qiladi

1

. Hakim Termiziy

ta’lif etgan asarlari tadqiqi shuni ko‘rsatyaptiki, alloma ko‘plab kitoblarida tilshunos olimlarning
sinonimiya nazariyasi haqidagi fikrlariga o‘zining dalillari, kognitiv qarashlariga tayangan
tasavvufiy o‘ziga xos uslubiyatiga egadir.

Allomaning asardagi so‘zlarni izohlash usulini ko‘rib chiqish maqsadida “al-Furuq va

man’u-t-taroduf” asarining ikkinchi ةلداجملاو ةجاحملا نيب قرفلا

bobiga bevosita murojaat etadigan

bo‘lsak, dastlab ةجاحملا (tortishuv, bahs, o‘zaro hujjatlashish) so‘ziga izoh beradi. ةجاحملا (tortishuv,
bahslashish)da bahslashuvchi haqni qaror toptirish, uni bayon qilish, yoritish, (haqqa) nusrat
berish va uni namoyon qilishni maqsad qilishini aytib, dalil keltirmagunicha, haqni lozim
tutmaguncha tortishmasligini ta’kidlaydi. Shu bilan ةجاحملا so‘ziga berilgan qisqa izohdan so‘ng
ةرظانملا so‘zini sharhlash boshlanadi. Aslida ushbu so‘z bobning nomlanishida qayd qilinmagan.
Lekin ushbu ةرظانملا (munozara) so‘zi ةجاحملا va ةلداجملا so‘zlariga semantik yaqin bo‘lgani bois
alloma sharh asnosida izohlab ketgan.

Aytilishicha, ةرظانملا (munozarada) bu bahslashayotgan tomonlar bahslashuvchisi

keltirayotgan narsaga nafsidagi illatlarga parvo qilmay qalbining nuri bilan qaraydi. Agar ko‘ks
nafsning illatlariyu, shahvatlarining tutunidan xoli bo‘lsa, ko‘nglining

2

ikki ko‘zi bilan ko‘radi.

Haqiqat unga o‘z nuri bilan namoyon bo‘ladi va ikkinchi tomonga dalil keltiradi. Ikkinchi tomonni
mana shu haqiqat bilan tanitishni, uning ko‘ksida namoyon bo‘lgan xato tushunchani o‘chirganiga
qadar zabt etishni xohlaydi. Chunki bu xato tushuncha birinchi tomonning nazdida botildir.

Keyingi so‘z ةلداجملا so‘ziga izoh beriladi. Alloma ushbu so‘zni majoziy ma’noda

“sindirish, buzish” deb nomlaydi. Jadal, ya’ni tortishuv sindirmoqdir deydi. So‘zining davomida
nima uchun bunday ta’rif berilgani tushuntiriladi. Mujodalada inson tortishayotgan tarafni
yengishni maqsad qiladi va bu tortishuv haqni yuzaga chiqarish, botilni ketkazish uchun
bo‘lmasligi aytiladi. So‘ngra Qur’oni karim Anfol surasi 5-6-oyatlari keltiriladi:

}

َنيِنِم ْؤُمْلا َنِ م اًقي ِرَف َّنِإ َو ِ قَحْلاِب َكِتْيَب نِم َكُّب َر َكَج َرْخَأ اَمَك

ُه ِراَكَل

( َنو

5

ُي )

َنوُقاَسُي اَمَّنَأَك َنَّيَبَت اَمَدْعَب ِ قَحْلا يِف َكَنوُلِداَج

نو ُرُظنَي ْمُه َو ِت ْوَمْلا ىَلِإ

{

1

Qarang: Usmonov I. Ҳаким Термизий луғатшуносликка оид қарашларининг ўзига хос хусусиятлари //

Тафаккур . –2022. –№ 3. –Б. 16.

2

Hakim Termiziy ko‘ks, qalb, ko‘ngil so‘zlarini farqlab, boshqa–boshqa narsa ekanligini urg‘ulaydi.


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

83

“Albatta, mo‘minlarning bir guruhi yoqtirmagan bo‘lsalar ham, Robbing seni haq yo‘l ila

uyingdan chiqarganga o‘xshaydi. Xuddi o‘zlari ko‘rib turgan hollarida o‘limga haydalgandek, haq
ayon bo‘lganidan keyin ham sen bilan bahslashadilar

3

”. Guvohi bo‘lib turilganidek, ushbu oyatda

ةلداجملا so‘zi qo‘llangan bo‘lib, mazmun jihatdan Termiziy keltirayotgan ma’noga to‘liq mos
keladi. Alloma oyatni keltirgach, ushbu oyatga doir islom tarixida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni
bayon qiladi:

الله لوسر جرخ امنإف

ةفئاط تهرك برحلل نوكرشملا مهدصقو ريعلا مهتاف املف ،ريعلا بلط يف هعم نميف

م

ن

ا تهركو ،ريعلا لاون معط تقوذت تناك دق مهسوفن نلأ ،كلذ نينمؤملا

مهتلبقتساو اوعمط ام مهتاف املف ،لاتقل

لا

لذ لقث برح

ك

اولام نيذلا كئلوأ نم كلذ راصف ،مهبرحل تبثن :نورخآ لاقو ،ةيفاعلاو ةملاسلا ىلع عجرن :نولئاق لاقف ،مهيلع

وجرلا ىلإ

ع

لوسرلل ةلداجم

نع ًاربخم لاق مث ،مكل اهنأ نيتفئاطلا ىدحإ الله مهدعو دقو ،قحلا يف ملاسلا هيلع

،مهرئارس

}

َرْيَغ َّنَأ َنوُّد َوَت َو

مكل نوكت ةَك ْوَّشلا ِتاَذ

{

،ريعلا :ىنعي ،

}

َعَطْقَي َو ِهِتاَمِلَكِب َّقَحْلا ِ قحُي نَأ ُالله ُدي ِرُي َو

َني ِرِفاَكْلا َرِباَد

{

كف ،

فلاخب سوفنلا كلت ةينمأ تنا

ةللاضلاو رفكلا سوءر لتقو هترصنو هقح ةماقإ نم الله دارأ ام

.

“Payg‘ambar (s.a.v) o‘zlari birga bo‘lgan kimsalar bilan (mushriklarning) karvonini izlab

chiqdilar. Qachonki karvon ulardan (musulmonlardan oldinga) o‘tib ketganda, mushriklar urush
qilishni maqsad qiladilar. Bu holni mo‘minlarning bir toifasi xush ko‘rmaydi. Chunki ularning
nafslari karvonga ega chiqish ta’mini totib ko‘rgandi. Ular urush qilishni xohlamadilar. Ular
istagan narsa bo‘lmaganda, ularni urush kutib oldi va bu ularga og‘irlik qildi. “Sog‘-omon
qaytamiz”, – deyishdi. Boshqalari bo‘lsa: “Ular bilan urushish uchun bardavom turibmiz”, –
dedilar. Bu ish qaytishni istaganlar Payg‘ambar (s.a.v) bilan haqda “mujodala” qilishiga, ya’ni
tortishishiga aylandi. Alloh ikki toifadan biri Abu Sufyonning karvoni yoki mushriklarning
lashkari) sizlarga bo‘ladi deya va’da bergan edi. So‘ngra ularga qalblaridagini xabarini berib:
“Mashaqqati yo‘q sizlarniki bo‘lishini xohlaysizlar”, – dedi. Ya’ni, karvonni xohlaysizlar dedi.
“Alloh esa O‘z kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni xohladi”

4

. Ana

o‘sha nafslarning (mashaqqatsiz ishni xohlaganlarning) istagi Alloh iroda qilganiga teskari edi.
Allohning xohlagani haqni va nusratini qaror toptirish, kufr va zalolat boshliqlarini o‘ldirish edi”.
Shu bilan ikkinchi ةلداجملاو ةجاحملا نيب قرفلا bobining izohi yakuniga yetadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Hakim Termiziy sinonimik so‘zlarni izohlashdagi

uslubi nafaqat leksema semalari ma’nolaridagi daqiq farqlarni bayon qiladi, ushbu leksemalarning
diniy tasavvurlari bilan hamohang ekanligini ko‘rsatadi. Olimning ushbu “al-Furuq va man’u-t-
taroduf” (فدارتلا عنمو قورفلا – “Farqlar va sinonimiyaning yo‘qligi”) asari lingvistikaning muhim
tarmog‘i hisoblanmish sinonimiya paradigmasi va islom tasavvuf ta’limoti to‘g‘risidagi
qarashlarini aks ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirtojiyev M.M. “O‘zbek tili semisologiyasi”. – Toshkent: Mumtoz so‘z nashriyoti. 2010.
B. 288.

2.

H.Aminov “Qur’ondagi ma’nodosh so‘zlar” asari – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2017. –
146+69 b.

3.

Faxriddinov Z. “Tahsil nazoir al-Qur’on” asari – Qur’on ilmlariga oid muhim manba:
islomsh. f. f. (Phd) …diss. – Toshkent: O‘zXIA, 2023.

3

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol 2-juz. – Toshkent: Hilol nashr, 2008. – B. 457– 458.

4

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol 2–juz. –Toshkent: Hilol nashr, 2008. –B. 459.


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

84

4.

Azamov, B. B. Hakim Termiziyning “Al-amsol minal-kitob vas-sunna” asari muhim
adabiy manba. – 2020. – № 15 (305). – 446-449 b.

5.

Usmonov I. Navodir al-usul hikmatlari. – Toshkent: Fan, 2009. –188 b.;

6.

At-Termiziy, al-Hakim. Navodir al-usul hikmatlari. Nashrga tayyorlovchi I.Usmonov va b.
– Toshkent: O‘zXIA, 2020. – T. IV. – B. 502 b.

7.

Rustamiy S. O‘rta asrlar balog‘at ilmida tilshunoslikka oid qarashlar. –Toshkent, 2019. –

239 b.

8.

Hakim Termiziy. Saraxs ahli so‘ragan masalalar. – Tarjimon Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf. – Toshkent: Hilol nashr, 2019. –158 b.

9.

Hakim Termiziy. Saraxs ahli so‘ragan masalalar. – Tarjimon A.Tursunov. – Toshkent:

Movarounnahr, 2018. – 94 b.

References

Mirtojiyev M.M. “O‘zbek tili semisologiyasi”. – Toshkent: Mumtoz so‘z nashriyoti. 2010. B. 288.

H.Aminov “Qur’ondagi ma’nodosh so‘zlar” asari – Toshkent: Navro‘z nashriyoti, 2017. –146+69 b.

Faxriddinov Z. “Tahsil nazoir al-Qur’on” asari – Qur’on ilmlariga oid muhim manba: islomsh. f. f. (Phd) …diss. – Toshkent: O‘zXIA, 2023.

Azamov, B. B. Hakim Termiziyning “Al-amsol minal-kitob vas-sunna” asari muhim adabiy manba. – 2020. – № 15 (305). – 446-449 b.

Usmonov I. Navodir al-usul hikmatlari. – Toshkent: Fan, 2009. –188 b.;

At-Termiziy, al-Hakim. Navodir al-usul hikmatlari. Nashrga tayyorlovchi I.Usmonov va b. – Toshkent: O‘zXIA, 2020. – T. IV. – B. 502 b.

Rustamiy S. O‘rta asrlar balog‘at ilmida tilshunoslikka oid qarashlar. –Toshkent, 2019. – 239 b.

Hakim Termiziy. Saraxs ahli so‘ragan masalalar. – Tarjimon Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. – Toshkent: Hilol nashr, 2019. –158 b.

Hakim Termiziy. Saraxs ahli so‘ragan masalalar. – Tarjimon A.Tursunov. – Toshkent: Movarounnahr, 2018. – 94 b.