350
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
MILLAT UYG‘ONISHI VA BEHBUDIYNING PUBLITSISTIK FAOLIYATI
Narzullayeva Xushro‘ybegim Shuhrat qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17181118
Annotatsiya. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning publitsistik faoliyati va uning
jadidchilik harakatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda Behbudiyning “Samarqand” gazetasi,
“Oyna” jurnali va boshqa matbuot organlari orqali millatni ma’rifat va taraqqiyotga chorlagan
faoliyati yoritiladi. Shuningdek, uning publitsistik qarashlarida milliy istiqlol, taraqqiyot va
ma’rifat masalalari yetakchi o‘rin tutgani ko‘rsatib beriladi.
Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, publitsistika, jadidchilik, milliy uyg‘onish,
matbuot, milliy g‘oya.
Аннотация. В статье анализируется публицистическая деятельность
Махмудходжи Бехбуди и его роль в движении джадидов. Рассматриваются его усилия по
пробуждению нации к просвещению и прогрессу через газету «Самарканд», журнал
«Ойна» и другие печатные издания. Также показано, что в его публицистике ведущую
роль играют вопросы национальной независимости, прогресса и просвещения.
Ключевые слова: Махмудходжа Бехбуди, публицистика, джадидизм, национальное
возрождение, пресса, национальная идея.
Abstract. The article analyzes the journalistic activities of Mahmudkhodja Behbudi and
his role in the Jadid movement. It examines his efforts to awaken the nation to enlightenment and
progress through the newspaper Samarkand, the magazine Oyna, and other press outlets. The
study also highlights that issues of national independence, progress, and education played a
central role in his journalistic works.
Keywords: Mahmudkhodja Behbudi, journalism, Jadidism, national awakening, press,
national idea.
XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidchilik harakati keng quloch
yoydi. Bu harakat millatni ilm-ma’rifatga chorlash, jaholatni yengish va zamonaviy taraqqiyot
yo‘liga boshlashni maqsad qilib oldi. Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilikning yirik namoyandasi
sifatida publitsistik faoliyati orqali xalqni milliy uyg‘onish g‘oyasiga yetakladi. Uning
maqolalari o‘sha davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritib, xalq ongini
yangilashda muhim vosita bo‘ldi.
1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug'ullanadi. Apreldan "Samarqand"
gazetasini chiqaradi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt
sahifada chop etilgan. 45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishi to‘xtagan. O‘sha
yilning 20 avgustidan u "Oyna" jurnalini chiqara boshlaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy matbuotda
publisistik maqolalari bilan muntazam chiqish qila boshlaydi. Uning maqolalarida zamonasining
o‘tkir ijtimoiy-siyosiy muammolari ko‘tarilgani ma'lum Millat va milliyat masalalariga doir
qarashlari uning "Kitobi muntaxabi jug'rofiyai umumiy va namunai jug'rofiya" darsligida,
"Duma va Turkiston musulmonlari", "Xayr ul-umuri avsatuho", "Muhtaram samarqandiylarga
xolisona arz" va shu kabi maqolalarida ifodasini topgan. Ma'rifatparvar jadidlar ongida yetilib
kelgan milliy g'oya Mahmudxo‘ja Behbudiy publitsistikasida ham yetakchi o‘rin tutadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ustozi Ismoilbek Gasprinskiy 1895 Mahmudxo‘ja Behbudiyning
ustozi Ismoilbek Gasprinskiy 1895 yilda yozgan maqolalaridan birini "G'oya" deb atagan edi.
351
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Uning fikricha, "Xalqlar hayotidagi barcha buyuk voqealarning tag-zaminida u yoki bu
g'oya yotadi. Eng ulug' kashfiyotlar, avvalo, ular haqidagi orzu-niyatlardan boshlangan.
Islom g'oyalari yarim dunyoni bir hovuch arablar atrofiga birlashtirdi. Moskva atrofiga
birlashuv g'oyasi qudratli Rossiyani maydonga keltirdi. Tenglik va ozodlik g'oyasi fransuzlar
mavqeini yevropada sarbaland qildi.
G'oyasizlik-chi! Millatni zaiflashtiruvchi, turg'unlikka tanazzulga olib boruvchi mana shu
g'oyasizlik, maqsadsizlikdir.
Tarix necha martalab aqlu iste'dodiga guvoh bo‘lgan Sharq xalqlari nega bunday
zalolatga botdi? Necha yuz million xitoylar, hindlar so‘nggi ming yil davomida o‘zlarini ko‘rsata
olmay, nega boshqalar yetoviga tushib qoldilar? Sababi-g'oyasizlik, deb tushuntiradi muallif.
Shundan keyin u Rusiya qo‘l ostidagi musulmonlar hayotiga o‘tadi. "Taassufki,
Rusiyaning musulmon jamiyatida asl va chinakam g'oya, orzu yo‘q,- deb yozadi muallif. Ular
yolg'iz shu kunning, shu daqiqaning manfaati, shu birgina qorinni to‘qlab olish manfaati bilan
yashaydilar va hozirgidan bir necha marta yaxshiroq ishlamoq va yashamoq mumkinligini
bilmaydilar. Bizda tushni ta'bir qiluvchi risolalar, gul va bulbul haqidagi qo‘shiqlar, oʻzi bir
qarich, soqoli qirq qarich polvon haqidagi kitoblar ko‘p, ammo miyamizni qoplab olgan jaholatni
tarqatguvchi, ahvolimizni tushuntirib berguvchi, taraqqiyot xususida, kelajak xususida o‘ylashga,
ilgariga intilishga majbur etadigan biror kitob yo‘q. Shunday ekan, maorifga, taraqqiyotga
intilishni o‘z oldimizga vazifa va orzu qilib qo‘ymoq kerak emasmi?!"Shu g'oya bilan ish tutilsa,
milatning jonlanishiga, ma'rifatli avlod shakllanib hayotning go‘zallashishiga Ismoilbek dil-
dildan ishonadi.
Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma'rifat orqali, dunyoviy va diniy
bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy bu borada safdoshlari va izdoshlariga ibrat ko‘rsatdi. Xulosa
o‘rnida shuni aytish lozimki, jadidchilik harakati va jadidlar zamonaviy oʻzbek jamiyati va
davlatchiligi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan ajdodlarimiz xisoblanadi. Ularning boy ilmiy va
ijodiy merosi bugungi murakkab davrda O‘zbekistonda milliy g'oya va mafkuraviy immunitetni
kuchaytirishda, o‘z mustaqil fikriga ega hamda fidoyi va vatanparvar avlodni tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Cho‘lpon va boshqa
jaded ma'rifatparvarlarining g'oyaviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga
aylanishi kerak, deb hisoblaymiz.
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining boniysidir. Uning hayoti va
ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy, Hoji Muin ibn
Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e'lon
qilingan. Keyingi yillarda, xususan, mustaqillikka nerishilgandan so‘ng jadidlar faoliyatini
o‘rganishga qiziqish kuchayishi bilan Behbudiy ham qayta kashf etila boshlandi.
Adibning milliy g'oyaga doir qarashlari:
O‘tgan asr boshidagi milliy uyg'onish harakatini Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatidan
ayri tasavvur etib bo‘lmaydi. Jadidshunos Begali Qosimovning ta'kidlashicha: "Mahmudxo‘ja
Behbudiy XX asr bo‘sag'asidagi Turkistonning orzu-armonlaridan biri sifatida maydonga keldi.
U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida faol qatnashgan eng yirik namoyandasi,
yangi zamon o‘zbek madaniyatining asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi.
Mustaqil jumhuriyat g'oyasining yalovbardori, yangi maktab g'oyasining nazariyotchisi
va amaliyotchisi, o‘zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir,
jurnalist edi. Buni ulug' millatparvarning zamondoshlari ham e'tirof etgani ma'lum.
352
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
"Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o‘sha vaqtdagi
jadidlaridan unga teng keladigani yo‘q deb o‘ylayman" Mashhur davlat arbobi Fayzulla
Xo‘jaevning Behbudiy haqidagi bu so‘zlarida zarracha mubolag'a yo‘q. Zero, "Mahmudxo‘ja
Behbudiy siyosatshunos va publisist, adib va pedagog, noshir va jumalist sifatida keng qamrovli
faoliyat olib bordi. Har bir ishida bosh mezon millat va milliyat masalalari bo‘ldi.
Xulosa
: Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining rahnamosi sifatida
publitsistik faoliyatga katta e’tibor qaratdi. U gazeta va jurnallar orqali xalqni milliy uyg‘onish
g‘oyasiga chorladi, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritdi. Behbudiy
maqolalarida zamonasining dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritib, xalqni ma’rifat va
taraqqiyot sari yetaklashga intildi. Bugungi kunda ham uning publitsistik merosi o‘zbek matbuoti
va milliy g‘oya shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun Behbudiy faoliyati
nafaqat tarixiy meros, balki hozirgi avlod uchun ham ibrat maktabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy. [Matn]: risola/Z. Abdirashidov. – Toshkent. Yoshlar
nashriyot uyi. 2022.
2.
Ahmedov, S. Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi. – Toshkent: Fan, 2001.
3.
Qosimov, B. Jadidchilik va jadid adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat, 1999.
4.
G‘ulomov, A. O‘zbek matbuoti tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997.
