Authors

  • A.A. Mamatqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136722

Keywords:

sel xavfini oldini olish tadbirlar favqulodda vaziyatlar.

Abstract

Bu maqolada sel xavfini oldini olish va ulardan himoyalanish tadbirlari haqida sóz etilgan.

background image


Sentabr, 2025-Yil

174

SEL XAVFINI OLDINI OLISH VA ULARDAN HIMOYALANISH TADBIRLARI

A.A.Mamatqulov

Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17182060

Annotatsiya.

Bu maqolada sel xavfini oldini olish va ulardan himoyalanish tadbirlari

haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar:

sel xavfini oldini olish, tadbirlar, favqulodda vaziyatlar.


Tabiiy ofatlar sayyoramizdagi hayotning ajralmas qismidir. Zilzilalar, bo‘ronlar, toshqinlar

kabi tabiiy ofatlar singari sellar ham vayronagarchilik, odamlarning halok bo‘lishi va katta
iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq
jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, 85% holatlarda muntazam jala
quyishi, 4% hollarida tog‘ qorlarining erishi, 1,3% hollarida tog‘ suv havzalari, suv omborlari,
muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi va 9,7% hollarda boshqa sabablar olib
kelishi mumkin. Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha
binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini,
bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi. O‘zbekiston Respublikasidagi
barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning
Namangan (19%), Farg‘ona (14%), Surxondaryo (13%), Toshkent (12%), Samarqand (12%) va
Qashqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toshqini va sel xavfi mavjud hududlardan
hisoblanadi. Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘
oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan. Sel oqimlarida qattiq moddalar tarkibi 10-15%
dan 40-90% gacha bo‘lishi mumkin. Sel oqimi tezligi V ko‘payishi bilan zarb kuchi P, sel oqimi
kinetik energiyasiga o‘xshab (Ekin=m∙V2 /2), tezlikni kvadrat darajasiga proporsional bo‘lib
ko‘payadi. Demak, sel oqimi katta geologik ishni bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bunga
asoslanib sel oqimlarini geologik hodisalari qatoriga kiritish mumkin. Tadqiqotchilar
ma’lumotlariga ko‘ra sel oqimlarining hajmiy og‘irligi 1,12-1,9 t/m3 va undan ortiq bo‘lishi
mumkin. Sel ichidagi qattiq moddalar tarkibi bo‘yicha sel oqimlari uch turga bo‘linadi: suv-toshli
sellar, turbulent oquvchan sellar, strukturali (bog‘langan) sellar. Suv-toshli sellar ichidagi qattiq
moddalar hajmi 10-20% ni tashkil etadi. Selning qattiq moddalari yirik tosh, harsang tosh va
qumli jism bo‘laklaridan iborat. Ular tarkibida balchiq kam. Bu sellarning hajmiy og‘irligi 1,1-1,3
t/m3 tashkil etadi. Turbulent oquvchan sellar ichidagi qattiq moddalar hajmi 20-30% gacha
bo‘ladi. Ular turbulent oquvchan harakatga ega. Bu sellarni hajmiy og‘irligi 1,3-1,7 t/m3 bo‘lishi
mumkin. Bu turdagi sel oqimlari ustida aniq tadqiqotlar olib borilmaganligi sababli bu turdagi sel
oqimlarining hajmiy og‘irligi faqat taxminiy malumot bo‘lib qolmoqda 237 Strukturali
(bog‘langan) sellar tarkibidagi qattiq moddalar hajmi 80-90% tashkil etadi. Bu balchiq-toshli
sellardir, chunki ular ko‘pincha balchiq va harsang toshlardan iborat. Bu sellarni hajmiy og‘irligi
1,7-2,6 t/m3 bo‘lishi mumkin. Ular yopishqoqligining yuqori darajada bo‘lishi bilan boshqa
sellardan farq qiladi. Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar: sel xavfi bo‘lgan
hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi
haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqarmalari,
mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya


background image


Sentabr, 2025-Yil

175

qilish yo‘lyo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim; sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin,
buning uchun sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish kerak,
sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar berish va
muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20
daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim. Sel oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha
o‘tkaziladigan tadbirlar: doimiy sel-suv toshqini ro‘y berishi ehtimol bo‘lgan hududlarda
joylashgan uyjoylar va boshqa obyektlar ro‘yxati aniqlanib turiladi, aholi va obyektlarni muhofaza
qilish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan tegishli tavsiyanomalar
tarqatiladi; sel oqimi xavfi bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish korxonalari va uy-joylarni
ishonchli muhofaza inshootlari bo‘lmagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilmagan
holda qurish qat’iyan man etiladi; quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi:tog‘
yonbag‘irlarida yerga ko‘ndalangiga ishlov berish, tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilish,
tog‘ adirlarida suv yo‘llari ochish, yer haydalib ekiladigan ekinlarni ekishga yo‘l qo‘ymaslik,
yemirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, daryo o‘zanlari, tog‘ adirlarida o‘rmonchilikni
tashkil etish va ularni saqlash; selni ushlab turuvchi, selni boshqaruvchi va selga qarshi
gidrotexnik inshoot, selxonalarni qurish ishlari amalga oshiriladi. Sellarning oldini olish va
ularning xavfsizligini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biri tadqiqot va prognozlashdir.
Ilmiy tadqiqotlar tabiiy ofatlar qanday sodir bo‘lishini va ularni qanday qilib oldini olish
mumkinligini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Sun’iy yo‘ldoshlar, radarlar va datchiklar kabi
zamonaviy texnologiyalar yordamida vaziyat o‘zgarishini kuzatishimiz va yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan ofatlarni bashorat qilishimiz mumkin. Bu bizga aholini ogohlantirish va xavfli hududdan
odamlarni evakuatsiya qilish imkoniyatini beradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olishning yana
bir muhim usuli - ogohlantirish va evakuatsiya tizimlarini ishlab chiqishdir. Ushbu tizimlar aholini
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf haqida tez va samarali xabardor qilish va tezkor
evakuatsiyani tashkil etish imkonini beradi.