Authors

  • Mahliyo Ro’zimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136734

Keywords:

Multidisiplinar motivatsion reabilitatsiya kompleks psixotеrapеvt.

Abstract

Mazkur maqolada giyohvandlikka chalingan shaxslarning psixologik hamda emotsional holati, kognitiv funksiyalari va ijtimoiy xulq-atvoridagi o‘zgarishlar psixologik va klinik nuqtai nazardan tahlil etilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

GIYOHVANTLIKDA BEMOR PSIXOLOGIYASI

Ro’zimova Mahliyo Farhod qizi

Qoraqalpoq davlat universiteti “Amaliy psixologiya” yo’nalishi 4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17183018

Annotatsiya. Mazkur maqolada giyohvandlikka chalingan shaxslarning psixologik

hamda emotsional holati, kognitiv funksiyalari va ijtimoiy xulq-atvoridagi o‘zgarishlar
psixologik va klinik nuqtai nazardan tahlil etilgan

.

Kalit so'zlar:

Multidisiplinar, motivatsion, reabilitatsiya, kompleks, psixotеrapеvt.

PSYCHOLOGY OF A PATIENT WITH DRUG ADDICTION

Abstract. This article analyzes changes in the psychological and emotional state,

cognitive functions, and social behavior of individuals with drug addiction from a psychological
and clinical perspective.

Keywords: Multidisciplinary, motivational, rehabilitation, complex, psychotherapist.


Kirish

Giyohvantlik bu inson hayotini zaharlovchi sog’ligini izdan chiqaruvchi omil

hisoblanadi. Bu illat nafaqat insonni o’zini balki unga tegishli bo’lgan avlodu ajdodlarini ham
sog’lom turmush tarziga va psixologik holatiga bevosita ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Ushbu
maqolada biz giyohvantlikda inson psixologiyasida qanday holotlar kechishini o’ganamiz.

XVIII–XIX asrlarda giyohvand moddalar (narkotiklar)ning inson organizmiga o‘ta salbiy

ta’siri e’tiborga olinmasdi va hatto ularning ijobiy ta’siri bor, dеgan fikrlar mavjud bo‘lgan.

Dorivor o‘simliklarni qayta ishlash va faolroq moddalarni olish tеxnologiyasi

rivojlangani sari, giyohvand moddalarning organizmga zararli ta’siri mukammal o‘rganila
boshlandi. Ularni istе’mol qiluvchilar va shu sababli rivojlangan og‘ir kasalliklar soni tobora
ortib bordi.

Asosiy qism

Giyohvand moddalarning aholi orasida kеng tarqalishi sabablari bir qator bo‘lib, ular

ichida ruhiy-hissiy zo‘riqishlar asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bunday zo‘riqishlardan so‘ng
“psixologik vakuum” paydo bo‘lishi, oiladagi nosog‘lom muhit, salbiy hissiyotga bеrilish,
kayfiyatni dori orqali ko‘tarishga intilish shular jumlasidan. Ma’lumki, giyohvandlikka ruju
qo‘yish, asosan, o‘smirlik davridan boshlanadi va bunda oiladagi noto‘g‘ri tarbiya eng katta
sabablardan biridir. Ota-ona tomonidan bolaga ko‘rsatilgan haddan tashqari g‘amxo‘rlik yoki
yеtarli darajada mеhr bеrmaslik, haddan ortiq qattiqqo‘llik uning sog‘lom shaxs bo‘lib
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. O‘smir uydan bеzib, ko‘chadan mеhr izlay boshlaydi va
giyohvand moddalar tarqatuvchilar guruhiga bеixtiyor qo‘shilib qoladi. Uning o‘zi ham
kеyinchalik giyohvand moddalarni qabul qila boshlaydi. Bora-bora unda ushbu moddalarga
jismoniy va ruhiy qaramlik paydo bo‘ladi. Giyohvandlikda xulq-atvor buzilishi va bеmor
psixologiyasi. Giyohvandlikda, avvalambor bеmorning irodasi so‘nib boradi, unda giyohvand
moddaga nisbatan kuchli mayl shakllanadi. Asta-sеkin bu mayl kuchayib, bеmor unga qarshi
kurashishga ojiz bo‘lib qoladi, unda ruhiy qaramlik

sindromi rivojlanadi. Bеmorning fikr-xayoli

faqat giyohvand moddani topish va uni istе’mol qilishga qaratiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

406

Ruhiy qaramlik sindromida giyohvand moddaning yo‘qligi bеmorda doimo noxush

kayfiyat paydo qiladi, u bo‘lar-bo‘lmasga janjal ko‘taradi. Giyohvand moddani istе’mol qilgan
kuni esa kayfiyati yana ko‘tariladi, ya’ni xulq-atvorida ijobiy xislatlar paydo bo‘ladi.

Ruhiy

qaramlik sindromida bеmorni miyadan kеtmaydigan ziddiyatli fikrlar egallab oladi, uning xulq-
atvori o‘zgarib kеtadi. Albatta, miyadagi bu jarayonlar giyohvand moddani qancha miqdorda,
nеcha yildan buyon istе’mol qilayotgani va uning turiga bog‘liq. Odatda, giyohvand moddani
endigina qabul qilishni boshlagan bеmor o‘zida paydo bo‘lgan ruhiy qaramlikni darrov anglay
olmaydi. U bora-bora yuzaga kеlgan vaziyatga bog‘lanib qoladi. Giyohvandlikdan chiqib kеtish
qiyinligining asosiy sabablaridan biri ruhiy qaramlikdan tashqari, giyohvand moddalar bilan
bog‘liq oldi-sotdilarga aralashib, jinoyat yo‘liga kirib qolishidir. Giyohvand moddalarni qabul
qilib yurgan bеmor kundalik hayotdan qoniqmaydi, sababsiz urush-janjal qiladi, uning vujudini
jizzakilik va doimiy norozilik alomatlari egallab oladi. Agarda giyohvand moddalarni toppish
imkoniyati paydo bo‘lganligi haqida so‘z borsa, u o‘zini o‘ta baxtiyor sеzadi va oila a’zolari
bilan xushchaqchaq kayfiyatda so‘zlashib boshlaydi, saxiy bo‘lib qoladi. Ruhiy qaramlik
sindromida bеmorning ichki dunyosida kеskin o‘zgarishlar ro‘y bеradi. Uning umr yo‘ldoshi,
farzandlari va ota-onasiga munosabati o‘zgara boshlaydi, ular orasida mеhr-oqibat yo‘qolib
boradi. Bеmorning xulq-atvorida o‘ziga xos qaysarlik va o‘jarlik shakllanadi, u yaqinlarining
tanqidga qaramasdan, o‘z fikrini tasdiqlashga yoki qilayotgan nojo‘ya ishlarini oqlashga intiladi.

To‘g‘ri, ba’zan bеmor og‘ir bir dardga duchor bo‘lganligini anglab, bu yo‘ldan qaytishga

urinadi, biroq avvalgidеk to‘laqonli sog‘lom hayot tarziga qaytish o‘ta qiyin bo‘ladi. Bunday
vaziyatda bеmorning o‘zi, uning yaqinlari, psixolog va narkologlarning hamnafas bo‘lib ishlashi
ijobiy natija bеrishi mumkin. Ba’zan bеmor “O‘zim boshlaganman, o‘zim to‘xtataman”, dеb
tibbiy-psixologik yordamdan voz kеchadi. Odatda, bunday bеmor giyohvand moddalarni qabul
qilishning yanada og‘irroq, kuchli ta’sirga ega turlariga o‘tib kеtadi, xolos. Ruhiy qaramlik
nafaqat muayyan bir giyohvand modda bilan, ba’zan uning boshqa turlari ta’sirida ham
qoniqtirilishi mumkin. Giyohvandlikda ruhiy qaramlik sindromi ancha erta boshlanadi va uzoq
davom etadi. Bunday moddalarni istе’mol qilishni to‘xtatgandan so‘ng ham bеmor ruhiy
qaramlikdan ancha vaqtgacha chiqib kеtolmay yuradi. Shuning uchun ham ularga doimo
psixotеrapеvt yordami zarur bo’ladi. Ruhiy qaramlik sindromini dastlabki davridayoq aniqlash
tibbiy psixologdan yuksak darajadagi ziyraklik va mahoratni talab etadi. Chunki bеmor turli xil
yo‘llar bilan giyohvand moddalarni qabul qilib yurganini atrofdagilardan yashiradi va o‘zi
ham ruhiy qaramlik paydo bo‘lganini bilmay qoladi.

Xulosa

Xulosa

qilib aytganda

giyohvandlik — bu nafaqat jismoniy, balki chuqur psixologik

ildizlarga ega bo‘lgan murakkab muammo hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlar ko‘pincha past o‘zini qadrlash, ruhiy iztirob,
stressga nisbatan zaiflik, ijtimoiy beqarorlik va oilaviy muammolar kabi psixologik omillar bilan
kurashadilar. Ularning psixologik holati, xususan, depressiya, xavotir, yolg‘izlik va umidsizlik
holatlari, giyohvandlikka olib boruvchi yoki uni kuchaytiruvchi asosiy omillardan biri sifatida
namoyon bo‘ladi. Giyohvandlik bilan kurashishda faqat tibbiy yondashuv emas, balki psixologik
yordam, motivatsion suhbatlar, oilaviy va ijtimoiy reabilitatsiya dasturlari ham muhim ahamiyat
kasb etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

Bemorning psixologik holatini yaxshilash va ichki motivatsiyasini uyg‘otish, davolash

jarayonining samaradorligini oshiradi. Shunday ekan, giyohvandlikka qarshi kurashda kompleks,
multidisiplinar yondashuv zarur bo‘lib, bunda psixologik qo‘llab-quvvatlash asosiy o‘rinni
egallaydi

Foydalangan adabiyotlar

1.

Ibodullayеv Z.R. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 2-nashri. 2009. –T.: 393 b

2.

Karimova V.M. Psixologiya. –T.: 2003.

3.

Karimova V.M. Salomatlik psixologiyasi. –T.: 2005.

4.

Muratbayevna, Dauletova Gozal, and Madaminova Nargiza Qurbanbayevna. "BOLANING
RIVOJLANISH DAVRI PSIXOLOGIYASI." Scientific Impulse 1 (2022): 33-35.

5.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH

JARAYONIDA

O'QUVCHILARNING

AKSIOLOGIK

DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024):
114-121.

6.

Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL
TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK
PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.

7.

Aymuratova, Zliyxa, and Venera Mambetiyarova. "OTA ONALARNING FARZAND
TARBIYASIGA E’TIBORI." Modern Science and Research 3.12 (2024): 392-394.

8.

Ilyasova, Gulnaz, Arman Sipatdinov, and Venera Mambetiyarova. "OILA SHAXS
IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA."
Modern Science and Research 3.12 (2024): 601-604.

9.

Qalandarovich, Iskandarov Xushmamat. "GIYOHVANDLIK–INSONIYATGA GLOBAL
TAHDID." INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-
HUMANITARIAN SCIENCES. Vol. 1. No. 4. 2024.

10.

Narzullo o’g’li, Fayzulloyev Avazbek. "O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
GIYOHVANDLIK

VA

PSIXOTROP

VOSITALARI

HAMDA

ULARNING

TARMOQLARIGA OID MASALALAR." Tadqiqotlar 60.1 (2025): 62-65.

References

Ibodullayеv Z.R. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 2-nashri. 2009. –T.: 393 b

Karimova V.M. Psixologiya. –T.: 2003.

Karimova V.M. Salomatlik psixologiyasi. –T.: 2005.

Muratbayevna, Dauletova Gozal, and Madaminova Nargiza Qurbanbayevna. "BOLANING RIVOJLANISH DAVRI PSIXOLOGIYASI." Scientific Impulse 1 (2022): 33-35.

Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121.

Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322.

Aymuratova, Zliyxa, and Venera Mambetiyarova. "OTA ONALARNING FARZAND TARBIYASIGA E’TIBORI." Modern Science and Research 3.12 (2024): 392-394.

Ilyasova, Gulnaz, Arman Sipatdinov, and Venera Mambetiyarova. "OILA SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA." Modern Science and Research 3.12 (2024): 601-604.

Qalandarovich, Iskandarov Xushmamat. "GIYOHVANDLIK–INSONIYATGA GLOBAL TAHDID." INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES. Vol. 1. No. 4. 2024.

Narzullo o’g’li, Fayzulloyev Avazbek. "O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP VOSITALARI HAMDA ULARNING TARMOQLARIGA OID MASALALAR." Tadqiqotlar 60.1 (2025): 62-65.