Authors

  • O‘tkirjon Saidov
  • Sevinch Tursunbayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136755

Keywords:

IoT texnologiyalari kasbiy kompetentlik innovatsion ta’lim modellari ta’lim jarayoni virtual simulyatsiya masofaviy ta’lim interaktiv mashg‘ulotlar qо‘shma loyihalar kasbiy kо‘nikmalar psixologik tayyorgarlik

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy pedagogikada IoT (Internet of Things) texnologiyalarining о‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. IoT qurilmalari yordamida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan о‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion modellari о‘rganiladi va ularning afzalliklari kо‘rib chiqiladi. Maqolada IoT texnologiyalari asosida tashkil etilgan о‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish bо‘yicha tavsiyalar va amaliyotda qо‘llash yо‘llari muhokama qilinadi.

background image

381

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

IoT

TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA KASBIY KOMPETENSIYANI

SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION O‘QITISH MODELI

Saidov O‘tkirjon Mallayevich

Samarqand davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasi mudiri, PhD, dotsent.

Tursunbayeva Sevinch Normurod qizi

Samarqand davlat pedagogika instituti 2 kurs talabasi.

E-mail:

utkir.saidov.80@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.17191592

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy pedagogikada IoT (Internet of Things)

texnologiyalarining о‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. IoT qurilmalari yordamida kasbiy
kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan о‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion modellari
о‘rganiladi va ularning afzalliklari kо‘rib chiqiladi. Maqolada IoT texnologiyalari asosida
tashkil etilgan о‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish bо‘yicha tavsiyalar va
amaliyotda qо‘llash yо‘llari muhokama qilinadi.

Kalit sо‘zlar: IoT texnologiyalari, kasbiy kompetentlik, innovatsion ta’lim modellari,

ta’lim jarayoni, virtual simulyatsiya, masofaviy ta’lim, interaktiv mashg‘ulotlar, qо‘shma
loyihalar, kasbiy kо‘nikmalar, psixologik tayyorgarlik

Аннотация. В статье анализируются роль и значение технологий Интернета

вещей (IoT) в современной педагогике. Изучаются инновационные модели
образовательного

процесса,

направленные

на

развитие

профессиональной

компетентности с использованием устройств Интернета вещей, и рассматриваются их
преимущества.

В

статье

рассматриваются

рекомендации

по

повышению

эффективности образовательного процесса на основе технологий Интернета вещей и
способы их практического применения.

Ключевые

слова:

технологии

Интернета

вещей,

профессиональная

компетентность, инновационные образовательные модели, образовательный процесс,
виртуальное моделирование, дистанционное обучение, интерактивное обучение,
совместные проекты, профессиональные навыки, психологическая подготовка.

Abstract. This article analyzes the role and significance of IoT (Internet of Things)

technologies in modern pedagogy. The innovative models of the educational process aimed at
developing professional competencies using IoT devices are studied, and their advantages are
considered. The article discusses recommendations for increasing the effectiveness of the
educational process organized based on IoT technologies and ways of practical application.

Keywords: IoT technologies, professional competency, innovative educational models,

educational process, virtual simulation, distance learning, interactive lessons, joint projects,
professional skills, psychological readiness.


Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimiga ham

sezilarli ta’sir kо‘rsatmoqda. Xususan, IoT texnologiyalari orqali ta’lim jarayonini
takomillashtirish va talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari
kengaymoqda. IoT qurilmalari ta’lim tizimiga joriy etilishi bilan kasbiy kо‘nikmalarni
amaliyotda rivojlantirish, masofadan turib ta’lim olish, о‘zlashtirilgan materiallar yuzasidan real
vaqtda ma’lumot olish kabi yangi imkoniyatlar paydo bо‘ldi.

IoT - bu elektronika, dasturiy ta’minot, datchiklar, uzatuv mexanizmlari va aloqa

vositalari bilan jihozlangan fizik qurilmalar, transport vositalari, maishiy texnika va boshqa turli


background image

382

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

qurilmalar tarmog‘i bо‘lib, u vositalarning о‘zaro bog‘lanishi va ma’lumotlar almashinishi
imkoniyatini yaratadi. Bu esa jismoniy dunyoni kompyuter tizimlariga yanada tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri
integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib, samaradorlikni oshiradi, iqtisodiy foyda va inson
yuklamalarini kamayishiga olib keladi[1]. IoT texnologiyalar real vaqt rejimida ma’lumot
almashishini ta’minlaganligi sababli ta’lim jarayoniga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

1. Real vaqtda ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish:

IoT qurilmalari yordamida

talabalarning mashg‘ulotlar davomidagi faoliyati, ularning ishlab chiqarish jarayonlaridagi
ishtiroki yoki laboratoriya mashg‘ulotlaridagi kо‘rsatkichlari haqida real vaqtda ma’lumot olish
va ularni tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu esa ta’lim jarayonini individuallashtirish
imkoniyatini beradi.

2. Ta’lim jarayonini avtomatlashtirish:

IoT qurilmalari yordamida auditoriyalar,

laboratoriyalar va boshqa о‘quv xonalarini avtomatlashtirish, talabalarning ishtirokini nazorat
qilish va ularning faoliyatini monitoring qilish mumkin.

3. Masofaviy ta’lim va о‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyati:

IoT texnologiyalari

orqali masofadan turib amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazish, virtual laboratoriyalardan foydalanish,
turli kurslar va treninglar tashkil etish mumkin.

AQSH va Buyuk Britaniyada IoT studentlar va о‘quvchilarga dasturlash tilining asosiy

tushunchalarini о‘rgatish uchun ham qо‘llaniladi [2]. IoT texnologiyalarini qо‘llashning kо‘plab
yо‘nalishlari mavjud. Eng keng tarqalgan IoT qurilmalarining foydalanuvchi tarmog‘i turli
xildagi qurilmalarni, masalan, shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar,
netbuklar va boshqa qurilmalarni birlashtiradi. Bu qurilmalar turli datchiklar va sensorlar
yordamida turli ma’lumotlarni tо‘playdi, keyin esa ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil
qilish uchun boshqa qurilmalarga uzatadi hamda qaror qabul qilishga yordam beradi [3].

IoT texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda bir qancha innovatsion modellardan

foydalanish mumkin. Ushbu modellarning asosiylari quyidagilardan iborat:

1. Masofaviy ta’limning virtual simulyatsiya modeli:

Bu modelda talabalar virtual

muhitda ishlab chiqarish jarayonlari, amaliyotlar va kasbiy kо‘nikmalarni rivojlantirishga
qaratilgan vazifalarni bajaradi. IoT qurilmalari talabalarning faoliyatini qayd etib, ularning
samaradorligini tahlil qiladi.

2. Interaktiv masofaviy mashg‘ulotlar modeli:

IoT qurilmalari yordamida tashkil etilgan

interaktiv mashg‘ulotlarda talabalar real vaqtda о‘qituvchi bilan bog‘lanib, savol-javob qilishlari,
amaliyotlarni onlayn bajarishlari mumkin. Bunday mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning
faoliyati avtomatik ravishda baholanadi.

3. Qо‘shma loyihalar modeli:

IoT texnologiyalari asosida talabalar va о‘qituvchilar

о‘rtasida о‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan qо‘shma loyihalar ishlab chiqiladi. Bu model
talabalarni ijodiy va tadqiqot faoliyatiga jalb etishda muhim rol о‘ynaydi.

4. Kasbiy kо‘nikmalarni monitoring qilish modeli:

IoT qurilmalari yordamida

talabalarning kasbiy kо‘nikmalarini real vaqtda monitoring qilish mumkin. Bu model
talabalarning bilim darajasini aniqlashda va ularning rivojlanish yо‘nalishlarini belgilashda
yordam beradi.

IoT qurilmalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda talabalarning psixologik holati va

ularning texnologiyalardan foydalanishga bо‘lgan munosabatini ham hisobga olish lozim.

Talabalarning IoT qurilmalaridan foydalanishdagi psixologik tayyorgarligini oshirish

uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish kerak:


background image

383

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

-

ilg‘or texnologiyalardan qо‘rqmaslik

:

Talabalarni

yangi

texnologiyalardan

qо‘rqmaslikka о‘rgatish va ularni faoliyatlarida qо‘llashni rag‘batlantirish kerak.

-

interaktiv aloqani oshirish

: IoT qurilmalari yordamida talabalar va о‘qituvchilar

о‘rtasida interaktiv aloqa imkoniyatlarini oshirish, talabalarning ijtimoiy va kasbiy faoliyatini
kuchaytirish kerak.

-

maqsadli yо‘naltirish

: IoT texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadlarini

tushuntirish va ularni kasbiy rivojlanishda muhim vosita ekanligini anglatish zarur.

Shunday qilib, IoT texnologiyalari ta’lim jarayonini tubdan о‘zgartirish imkoniyatiga ega

bо‘lib, ular orqali kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, о‘quv-tarbiya jarayonini
individuallashtirish va talaba-о‘qituvchi о‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash mumkin. IoT
qurilmalarini samarali qо‘llash orqali bо‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonida yuqori
natijalarga erishish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Инициатива глобальных стандартов в Интернете МСЭ, 2015. [Электронный

ресурс]. Режим доступа:

https://www.itu.int/en/ITU-T/gsi/iot/Pages/default.aspx/

(дата

обращения: 10.09.2024).

2.

Чин Дж. и Каллаган В. Образовательные живые лаборатории: новый подход к

обучению и исследованиям, основанный на интернет-вещах. 9-я Международная
конференция. -стр. 92-99, 2013.

3.

Корнел К. Роль Интернета Вещей для непрерывного совершенствования в

образовании. Hyperion. Стр. 25–31, 2015.

References

Инициатива глобальных стандартов в Интернете МСЭ, 2015. [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://www.itu.int/en/ITU-T/gsi/iot/Pages/default.aspx/ (дата обращения: 10.09.2024).

Чин Дж. и Каллаган В. Образовательные живые лаборатории: новый подход к обучению и исследованиям, основанный на интернет-вещах. 9-я Международная конференция. -стр. 92-99, 2013.

Корнел К. Роль Интернета Вещей для непрерывного совершенствования в образовании. Hyperion. Стр. 25–31, 2015.