Authors

  • Dilnozaxon Mirxalilova
  • Go‘zal Djoldasova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136756

Keywords:

Egiluvchanlik akademik eshkak eshuvchilar maxsus mashq yosh sportchilar jismoniy sifatlar harakatlar ampletudasi.

Abstract

Ushbu maqolada 8-10 yoshli eshkak eshkakchilarda egiluvchanlik sifatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida tajriba guruhiga 6 oy davomida maqsadli mashg‘ulotlar kompleksi qo‘llanildi. Olingan natijalar nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, mashqlar samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilindi.

background image

384

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

YOSH AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARNING EGILUVCHANLIK SIFATINI

TAKOMILLASHTIRISHDA MAXSUS MASHQLARNING O‘RNI

Mirxalilova Dilnozaxon Ilxomjon qizi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univeriteti, magistranti.

Djoldasova Go‘zal Mayrambayevna

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univeriteti, magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17191658

Annotatsiya. Ushbu maqolada 8-10 yoshli eshkak eshkakchilarda egiluvchanlik sifatini

takomillashtirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqot davomida
tajriba guruhiga 6 oy davomida maqsadli mashg‘ulotlar kompleksi qo‘llanildi. Olingan natijalar
nazorat guruhi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, mashqlar samaradorligi ilmiy asosda tahlil
qilindi.

Kalit so‘zlar: Egiluvchanlik, akademik eshkak eshuvchilar, maxsus mashq, yosh

sportchilar, jismoniy sifatlar, harakatlar ampletudasi.

РОЛЬ СПЕЦИАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ В СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ГИБКОСТИ

ЮНЫХ АКАДЕМИЧЕСКИХ ГРЕБЦОВ

Аннотация. В данной статье разработана система специальных упражнений,

направленных на совершенствование гибкости у гребцов в возрасте 8-10 лет. В ходе
исследования в течение 6 месяцев для экспериментальной группы применялись
целенаправленные трениравочные занятия. Полученные результаты были сопоставлены
с показателями контрольной группы, а эффективность упражнений была научно
проанализирована.

Ключевые слова: Гибкость, академические гребцы, специальные упражнения,

молодые спортсмены, физические качества, амплитуда движений.

THE ROLE OF SPECIAL EXERCISES IN IMPROVING THE FLEXIBILITY

QUALITIES OF YOUNG ACADEMIC ROWERS

Annotation. This artice presents a system of special exercises aimed at improving

flexibility in 8-10 year old rowers. During the research, a targeted training program was applied
to the experimental group over a period of six months. The results were compared with those of
the control group, and the effectiveness of the exercises was scientifically analyzed.

Keywords: Flexibility, academic rowers, special exercises, young athletes, physical

qualities, range of motion.


Kirish.

Respublikamizda ommaviy sport, ayniqsa, bolalar sportini ilmiy asosda rivojlantirish,

uning tashkiliy asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Yosh avlodning ijodiy va
intellektual salohiyatini oshirish va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish muhim”
ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada sport zaxiralarini tayyorlash muammosi ustuvor vazifalardan sanaladi.
Kelajakdagi sport muvaffaqiyatlari va yutuqlar poydevori tayyorgarlikning dastlabki

bosqichlarida shakllantiriladi va zaxira tayyorgarligining sifati evaziga mustaxkamlanadi.



background image

385

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

So‘nggi o‘n yillikdagi ilmiy ishlar natijalarini tahlil qilish bizlarga akademik eshkak

eshuvchilarning egiluvchanlik sifatini rivojlanishiga yordam beruvchi maxsus mashqlarni
yaratish zarurligi hamda yil davomida o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida qo’llanilishi mumkin
bo‘lgan uslub va vositalardan foydalanish talabini qo‘ymoqda.

Tadqiqot maqsadi.

Yosh akademik eshkak eshuvchilarda egiluvchanlik sifatini

rivojlantirish va uni musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida
shakllantirish maqsadida maxsus mashqlarni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish va ularning
samaradorligini ilmiy asoslash.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

Tadqiqotimiz ilmiy yangili asosan sportchilarning

egiluvchanligini takomillashtirish uchun maxsus mashqlar tuzilgan va ularning ko‘rsatkichlarini
aniqlash uchun 6 ta egiluvchanlik sifat ko‘rsatkichini aniqlovchi testlar tanlab olingan

.

Tadqiqot ob’ekti.

Toshkent viloyati, Tuyabo‘g‘iz qo‘rg‘onida joylashgan sport

maktabining 8-10 yoshli sportchilar.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi.

Bugungi kunda yosh akademik

sportchilarning jismoniy sifatlari, xususan egiluvchanlik sifati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, 8-10 yoshdagi sportchilarda bu sifatlarni shakllantirish o‘ta dolzarb masala

hisoblanadi.

Chunki egiluvchanlik sifati boshlang‘ich tayyorlov guruhlarida rivojlantiriladi va keyingi

o‘quv mashg‘ulot guruhlarida egiluvchanlik sifatini takomillashtirishga e’tibor kamligi sabab
harakatlar ampletudasi chegaralanib texnikaning to‘liq bajarilmayotgani o‘rganilgan.

Mazkur maqolada yosh akademik eshkak eshuvchilarda egiluvchanlik sifatini

takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tizimi ishlab chiqildi va uning samaradorligi
tahlil qilindi.

Tadqiqot metodikasi.

Tadqiqotda 16 nafar yosh akademik eshkak eshuvchilar ishtirok

etdi. Ular tasodifiy usulda 8 nafardan tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhiga 6
oy davomida quyidagi mashqlar berildi:

-

Qo‘l va yelka bo‘g‘imlari uchun (namaskarasana, manibandha prasarana va

gomukhasana, baddha hasta asana) yoga mashqlari;

-

Bel va umurtqa pog‘onasi uchun (bananasana, parighasana va bhujangasana,

marjaryasana) yoga mashqlari;

-

Oyoqlar uchun (mandukasana, ardha bhekasana, virbhadrasana va padangusthasana) yoga

mashqlari.

Mashg‘ulotlar haftasiga 6 marta razminka jarayonida o‘tkazildi.

Natijalar va tahlil.

Tajribamiz oldidan va tajriba so‘ngida egiluvchanlik sifatini

aniqlovchi (uzunlikka sakrash, stul ustida pastga egilish, tik turib orqaga egilish, ko‘prik xolatida
qo‘l-oyoqlar oralig‘i, o‘tirgan xolda oldinga egilish, yuqoriga sakrash) testlar o‘tkazilindi va
yuqoridagi natijalar qayd etildi.

Tajriba guruhida egiluvchanlik sifatining takomillashganligi 10-15% ga yaxshilandi va

natijalar stistik ishonchli ekanligi (p≤0.01 va p≤0.05) aniqlandi.

Nazorat guruhida esa sezilarni farq kuzatilmadi.

Tajriba va Nazorat guruhlarining tadqiqot oxiridagi natijalari bo‘yicha o‘rtacha

ko‘rsatkichlari va ularning statistik ishonchliligini aniqlash. 1-jadval




background image

386

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Ushbu tahriba va nazorat guruhlarining tadqiqot so‘ngidagi natijalarini quyidagi (1-rasm)

diogramma asosida o‘sish suratlarini ko‘rishingiz mumkin:

1-rasm. Akdemik eshkak eshuvchilarning egiluvchanlikni aniqlovchi testlar bo‘yicha

tajriba va nazorat guruhlarining tajriba so‘ngidagi qayd etilgan ko‘rsatkichlarining

diogramma asosida qiyosiy o‘rtacha qiymatlarining tavsiflari

Umumiy egiluvchanlikni aniqlovchi testlardan birinchi test - tajriba guruhining

o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichi 192sm (p<0.05), nazorat guruhining ko‘rsatkichi 180sm va farq
12sm ni tashkil qiladi. Ikkinchi test - tajriba guruhning o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichi 22sm


Test sinovlari

Tajriba guruhi

tadqiqotdan

oldin

Tajriba guruhi

tadqiqotdan

keyin

Nazorat

guruhi

tadqiqotdan

oldin

Nazorat

guruhi

tadqiqotdan

keyin


t


P

Х

±σ

%

Х

±σ

%

Х

±σ


%

Х

±σ


%

1.

Uzunlikka sakrash,

turgan joydan-

sakrash

170±12.

25

7.21

192±11

5.73

170±9.6

4

5.67

180±10.

69

5.94

2.21

p≤0.05

2.

Stul ustida pastga

egilish

11±1.14

10.2

4

22±2

9.09

12±1.07

8.92

18±2.07

11.5

0

3.92

p≤0.01

3.

Tik turib orqaga

egilish

90±1.31

1.46

84±2.07

2.46

92±1.07

1.16

88±1.85

2.10

4.08

p≤0.01

4.

Ko‘prik xolatida,

qo‘l-oyoqlar oralig‘i

(sm)

64±1.73

2.70

52±1.77

3.40

64±2.59

4.05

56±2.88

5.14

3.33

p≤0.01

5.

O‘tirgan xolda

oldinga egilish

17±1.31

7.71

6±1.60

26.6

7

16±1.31

8.19

9±1.96

21.7

8

3.37

p≤0.01

6.

Yuqoriga sakrash

34±2.75

8.09

44±2.14

4.86

34±2.93

8.62

40±2.03

5.08

3.85

p≤0.01


background image

387

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

(p<0.01), nazorat guruhining ko‘rsatkichi 18sm ni tashkil etadi qiyosiy farq 4sm va bu stul
ustida pastga egilish mashqi bo‘lganligi uchun farqlanish ko‘rsatkichi katta bo‘lmaydi.

Uchinchi test – tajriba guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 84sm (p<0.01), nazorat

guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 88sm ni qayd etilgan va bu mashqda orqaga egilish sm lar
kamayganligi yaxshi natija xisoblanadi. To‘rtinchi mashq – tajriba guruhining o‘rtacha
qiymat natijasi 52sm (p<0.01), nazorat guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 56sm ni tashkil etgan.

Bu mashqning ya’ni ko‘prik xolatida qo‘llar va oyoqlar oralig‘ining sm larda

kamaygan natijasi yaxshi xisoblanadi xuddi yuqoridagi mashq kabi. Beshinchi mashq -
tajriba guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 6sm (p<0.01), nazorat guruhida esa 9sm va qiyosiy
farq 3sm ni tashkil qiladi bilamizki o‘tirgan xolatda oldinga egilishda farqlar juda katta
bo‘lmaydi chunki rivojlangan sifat ko‘rsatkichlari takomillashtiriladi. Oltinchi test - tajriba
guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 44sm (p<0.01), nazorat guruhi o‘rtacha qiymati esa 40 sm ni
tashkil qiladi. Umumiy egiluvchanlikni aniqlovchi testlar natijalari 6ta ularning 3tasi natijasi
yuqoriga o‘sadi, 3tasi esa natijalari pasayishi kuzatilnadi.

Xulosa.

Tadqiqotdan ko‘rinib turibdiki, yosh akademik eshkak eshuvchilar uchun

ishlab chiqilgan maxsus egiluvchanlik mashqlari ularning cho‘zilish va reaksiya sifatlarini
sezilarli darajada takomillashtirdi. Bu mashqlarni sport mashg‘ulotlariga joriy qilish tavsiya
etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2015. 4 sentyabr “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi
O‘RQ-394-son Qonuni.

2.

Azimov Z. N. Research Of Training Loads On The Simulator “Concept-2” In The
Preparation Of Youth In Academic Rowing //The American Journal of Applied sciences.
– 2020. – Т. 2. – №. 11. – С. 104-109.

3.

Абрамова, Т.Ф. Особенности пространственного положения туловища, таза и стопу
высококвалифицированных спортсменов-мужчин различных видов спорта /Т.Ф.
Абрамов, Т. М.Никитина, Н. И.Кочеткова, В. А. Красников // Вестник
спортивнойнауки. - 2013. - №5. - С.58-65.

4.

Абдуллаев А, Ханкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти. -
Тошкент, ЎзДЖТИ. Дарслик, 2005. 219 б.

5.

Бутин И. М., Викулов А. Д. Развитие физических способностей детей. – М.:
Владос-Пресс, 2002. – 235 с.

6.

Верхошанский Ю.В. Горизонты научной теории и методики спортивной
тренировки //Теория и практика физической культуры. 1998. - ЛЪ 2. --С.21 -42.

References

O‘zbekiston Respublikasining 2015. 4 sentyabr “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi O‘RQ-394-son Qonuni.

Azimov Z. N. Research Of Training Loads On The Simulator “Concept-2” In The Preparation Of Youth In Academic Rowing //The American Journal of Applied sciences. – 2020. – Т. 2. – №. 11. – С. 104-109.

Абрамова, Т.Ф. Особенности пространственного положения туловища, таза и стопу высококвалифицированных спортсменов-мужчин различных видов спорта /Т.Ф. Абрамов, Т. М.Никитина, Н. И.Кочеткова, В. А. Красников // Вестник спортивнойнауки. - 2013. - №5. - С.58-65.

Абдуллаев А, Ханкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти. - Тошкент, ЎзДЖТИ. Дарслик, 2005. 219 б.

Бутин И. М., Викулов А. Д. Развитие физических способностей детей. – М.: Владос-Пресс, 2002. – 235 с.

Верхошанский Ю.В. Горизонты научной теории и методики спортивной тренировки //Теория и практика физической культуры. 1998. - ЛЪ 2. --С.21 -42.