Authors

  • Dilorom Fayziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136768

Keywords:

Sulaymon Boqirg‘oniy qo‘lyozma matnshunoslik nashr tarixi ilmiy tadqiqotlar.

Abstract

Mazkur maqolada Sulaymon Boqirg‘oniy asarlarining nashr tarixi, qo‘lyozmalardan bosma kitoblarga o‘tish jarayoni va ilmiy matnshunoslik jihatlari yoritilgan. Asarlarning turli davrlarda chop etilishi va ularning ilmiy izlanishlardagi o‘rni tahlil qilinadi.

background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

118

BOQIRG‘ONIY ASARLARINING NASHR BO‘LISHI TARIXI

Fayziyeva Dilorom Shabonovna

TOSHDO‘TAU 3-kurs tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.17167322

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Sulaymon Boqirg‘oniy asarlarining nashr tarixi,

qo‘lyozmalardan bosma kitoblarga o‘tish jarayoni va ilmiy matnshunoslik jihatlari yoritilgan.
Asarlarning turli davrlarda chop etilishi va ularning ilmiy izlanishlardagi o‘rni tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Sulaymon Boqirg‘oniy, qo‘lyozma, matnshunoslik, nashr tarixi, ilmiy

tadqiqotlar.

Аннотация.

В данной статье рассматривается история публикации произведений

Сулеймана Бакыргани, переход от рукописных источников к печатным изданиям и
филологические аспекты текстологии. Анализируется издание произведений в разные
эпохи и их роль в научных исследованиях.

Ключевые слова

: Сулейман Бакыргани, рукопись, текстология, история публикаций,

научные исследования.

Abstract.

This article explores the publication history of Sulaymon Boqirg‘oniy’s works,

highlighting the transition from manuscripts to printed editions and the philological aspects of
textual studies. The significance of these publications in various historical contexts and academic
research is analyzed.

Keywords

: Sulaymon Boqirg‘oniy, manuscript, textual criticism, publication history,

scholarly research.

Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim Ota) tasavvuf adabiyotining yirik vakili sifatida o‘z davrida

keng ijod qilgan va uning asarlari turli hududlarda qo‘lyozma shaklida tarqalgan. Matnshunoslik
nuqtayi nazaridan ushbu asarlarning nashr tarixi ilmiy jihatdan muhim bo‘lib, ular orqali nafaqat
adabiy, balki diniy-ma’naviy meros ham tadqiq etiladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Istanbul, Qozon va Toshkentda uning “Hikmatlar”i ilk bor bosma kitob sifatida chop etilgan.
Keyinchalik Sovet davrida qisman taqiqlangan bo‘lsa-da, mustaqillik yillarida yangi ilmiy
nashrlar yuzaga keldi.

Professor Abdurauf Fitrat: «Qo‘limizda bo‘lgon «Tazkiratul — avliyolarning hech biri

Ahmad Yassaviyning» hikmatlaridan xabar bermagani holda, hammalari hakim Sulaymon otaning
ko‘p “hikmat»lari borlig‘ini bir og‘izdan aytib turadilar»,-deydi. Sulaymon Boqirg‘oniy turkiy
she’riyatning boshlovchilaridandir. She’rlari tatar, boshqird va boshqa turkiy xalqlar orasida keng
tarqalgan, «Boqirg‘oniy kitobi» 19-20-asr boshlarida Qozonda 3 marta nashr etilgan. Turk olimi
Muhammad Fuod Kuprulizoda yuqorida ta’kidlaganidek, «Oxir zamon kitobi» va «Bibi Maryam
kitobi» O‘rta Osiyoda, shuningdek, Idil atroflarida diqqat va harorat bilan o‘qilgan asarlardandir».

Sulaymon Boqirg‘oniy lirik she’rlar, hikmatlar yozish barobarida epik asarlar: “Ismoil

alayhissalom qissasi”, “Me’rojnoma”, “Bibi Maryam”, “ Imom A’zam (Sobit qissasi” deb ham
yuritilgan) kabi dostonlar ham yozib, o‘zbek adabiyotiga munosib hissa qo‘shdi. Navoiyshunos
olim A. Hayitmetov ta’kidlaganidek, Boqirg‘oniy ustozi Yassaviydan farqli o‘laroq, o‘zbek
she’riyatini yangi janrlar, xususan, epik she’riyat bilan to‘ldirgan va kengaytirgan. Binobarin, u
she’riyatda hikoya uslubida, qissachilik shaklida ham dadil qalam tebratgan. Bunga uning


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

119

“O‘rtanayin, xush tinglangiz , ayo do‘stlar....” deb boshlangan voqe’aband she’riy asari misol
bo‘ladi”. “... Boqirg‘oniyning “Ismoil qissasi”, “Me’rojnoma”, “Bibi Maryam”, “Sobit qissasi”,
(“Numon qissasi”). “Oxir zamon qissasi” manzumalarini ham kichik dostonlari sirasiga kiritish
mumkin.” “...Sulaymon Boqirg‘oniy dostonlarni biz bugun faqat XII–XIII asr o‘zbek adabiyoti
kontekstidagina emas, umuminsoniy qadriyatlar olami maydonida o‘qishimiz va talqin etishimiz
kerak”.

Mazkur dostonlar, diniy syujetlar asosida yozilgan bo‘lib, qadim turkiy she’riyat

an’analarining barcha xususiyatlarini o‘zida mujassam etganligi bilan e’tiborga loyiq. Chunki
dostonlar, asosan, turkiy she’riyatning barmoq vaznidagi to‘rtliklar shaklida hamda til va uslub
jihatidan xalqchil ohangda yozilgan. Jumladan “Me’rojnoma”da Muhammad alayhissalom
payg‘ambarimizning me’rojga chiqish voqeasi, “Ismoil qissasi”da Ibrohim alayhissalomning
o‘g‘li Ismoil payg‘ambarni qurbonlik qilish bilan bog‘liq voqealar, “Oxir zamon” qissasida oxir
zamonda bo‘ladigan turli alomatlar va fitnalardan xabar berilgan bo‘lsa, “Sobit qissasi”, ( bu
“Numon qissasi” ham deb yuritiladi) bunda Imom A’zam – Abuhanifaning otasi No‘mon ibn
Sobitning uylanish voqesi, Imom A’zamning tug‘ilishi va ilmda mashhur bo‘lishi bilan bog‘liq
voqealar yoritilgan. Ilmiy manbalarda Boqirg‘on kitobining O‘zbekiston, Turkmaniston,
Qozog‘iston, Istanbul va Rossiya kabi davlatlarda qo‘lyozma nusxalari mavjudligi qayd etilgan.
Manbashunos olima M. Eshmuhammedova “Sulaymon Boqirg‘oniy” nomli maqolasida
Yurtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar bo‘limida Boqirg‘oniy hikmatlari joy olgan o‘nlab
qo‘lyozmalarning raqamini keltiradi. Bu qo‘lyozmalar turli yillarda ko‘chirilgan bo‘lib, ularda
Yassaviy va uning izdoshlari hikmatlari qayd etilganiligi, alohida Boqirg‘oniy hikmatlari
jamlanib, ko‘chirilgan mukammal qo‘lyozmaning mavjud emasligini ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur
qo‘lyozmalar qatorida 1330/1911 yilda Jo‘yboriyzoda degan kishi tomonidan ko‘chirilgan
2069/V raqamli qo‘lyozmaning 79 - 100 sahifalarida Hakim ota manoqibi ham joy olgan.

Yurtimizda ilk bor Sulaymon Boqirg‘oniyning “Boqirg‘on kitobi” 1991-yil

adabiyotshunoslar I.Haqulov va S.Rafiddinovlar tomonidan chop etildi. Shuningdek, 2011-yil Toji
Qoraev va Abul Bozorovlar tomonidan Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirg‘oniyning hikmatlar
kulliyoti nashr bo‘ldi. Bundan tashqari Turkiya, Turkmaniston va Qozoqiston kabi turkiyzabon
mamlakatlarda ham uning hikmatlari qayta-qayta nashr etildi. Sulaymon Boqirg‘oniy hayoti va
ijodi keng yoritilgan kitoblardan biri A. Ziyoyevning o‘zbek tilida, Qozog‘istonning Jambul
shahrida 2022- yil nashr bo‘lgan “Qarnoqlik avliyo” kitobi bo‘lsa, yana biri, Umrboy
Embergenov va Jabborbergan Shomurodovning “Sulaymon Boqirg‘oniy” (Hakim ota) kitobi
(Toshkent “O‘zbekiston” 2015) Har ikkala manba o‘zining ma’lumotlarga boyligi bilan alohida
ajralib turadi.

Boqirg‘oniy asarlarining tili qadimgi Turkiston hozirgi O‘rta Osiyo turkiylariga xos

bo‘lgan XI-XII asr tilidir. Mashhur mutasavvif hikmatlarini o‘qisangiz ba’zi arabiy va forsiy
so‘zlar hamda tasavvufiy atamalardan tashqari qadimgi turk tiliga xos bo‘lgan bir qator so‘z,
atama va lahjalar qo‘llanganiga guvoh bo‘lasiz. Zero, hikmatlar tili tilshunos va lug‘atshunos
olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Bu borada fikr va mulohazalar ham bildirilgan. Olimlarning
fikriga ko‘ra Boqirg‘on asarlarining tili bugungacha bizga yetib kelgan va u Yassaviynikidan
qadimiyroq. Unda qadim turkiy til namunalari ko‘p uchraydi:

o‘gush, nang, qamug‘, qapu, teyu,


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

120

kirpich, o‘g‘rabon, bango, yozug‘, usanmoq, tabo, bo‘ryo, O‘g‘onim soqinmoq

va hokaz

kabilar. Shu ma’noda Boqirg‘on hikmatlari nafaqat yozma she’riyatimiz balki, tilimiz va
lug‘atchiligimizning rivoji uchun ham e’tiborli manbalardan biri sanaladi.

Xulosa qilib aytganda, Sulaymon Boqirg‘oniy asarlarining nashr tarixi o‘zbek adabiy

merosining boyligini ko‘rsatadi. Qo‘lyozma nusxalardan bosma nashrlarga o‘tish jarayoni
matnshunoslik uchun qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur tadqiqot kelgusida ilmiy
nashrlarni yanada mukammal qilish va qo‘lyozmalarning ilmiy tavsifini boyitishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ertayev A.

Hakim ota hikmatlari

. Toshkent: Fan, 1971.

2.

Hayitmetov A.

O‘zbek adabiyoti tarixi

. Toshkent: Universitet, 1994.

3.

Usmonov O.

Tasavvuf va adabiyot

. Toshkent: Ma’naviyat, 2001.

4.

Boqirg‘oniy S.

Hikmatlar

. Toshkent: Yozuvchi, 1992.

5.

Suyunov Q.

O‘zbek matnshunosligi masalalari

. Toshkent: Universitet, 2010.

References

Ertayev A. Hakim ota hikmatlari. Toshkent: Fan, 1971.

Hayitmetov A. O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: Universitet, 1994.

Usmonov O. Tasavvuf va adabiyot. Toshkent: Ma’naviyat, 2001.

Boqirg‘oniy S. Hikmatlar. Toshkent: Yozuvchi, 1992.

Suyunov Q. O‘zbek matnshunosligi masalalari. Toshkent: Universitet, 2010.