2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
121
AXBOROT - KUTUBXONA FAOLIYATIDA BOSHQARUV KONSEPSIYASINING
SHAKLLANISHI
Mannonov Yusup Otaxonovich
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institute Kutubxona - axborot faoliyati fakulteti
Kutubxona-axborot faoliyati kafedrasi dotsenti v. b.
Mannonovyusuf@gmail.com.
Mob.Tel: 93 562 26 28
https://doi.org/10.5281/zenodo.17167328
Annotatsiya.
Maqolada Axborot-kutubxona faoliyati menejmenti konsepsiyasining o‘ziga
xos xususiyatlari, shakllanishi, bosqichlari, Respublikamizda konsepsiya asosida kutubxonachilik
sohasidagi mihim vazifalar va amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlari:
Axborot-kutubxona, virtual kutubxona, konsepsiya.
ФОРМИРОВАНИЕ КОНЦЕПЦИИ УПРАВЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-
БИБЛИОТЕЧНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ
Аннотация.
В статье рассматриваются особенности, становление, этапы
развития концепции информационно-библиотечного менеджмента, важные задачи и
работы, проводимые в сфере библиотечного дела на основе данной концепции в нашей
Республике
.
Ключевые слова:
Информационная библиотека, концепция, виртуальной
библиотеки.
FORMATİON OF THE CONCEPT OF MANAGEMENT İN İNFORMATİON AND
LİBRARY ACTİVİTİES
Abstract.
The article discusses the specific features, formation, stages of the concept of
information and library management, important tasks and work carried out in the field of
librarianship based on the concept in our Republic
.
Keywords:
Information and library, virtual library, concept.
Axborot - kutubxona faoliyati menejmenti konsepsiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri - butun bir asr davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotning barcha bosqichlarini bosib oʻtdi.
Axborot - kutubxona faoliyatini boshqarish konsepsiyasi 90-yillarning boshlaridan shaklana
boshlab, yillar, butun ijtimoiy-iqtisodiyotni tubdan qayta qurish davrlarida muhim yo‘nalish
sifatida alohida ajralib turdi. Kutubxonashunoslik zamonaviy jamiyatdagi mavqei tubdan o‘zgarib
borayotgan kutubxonalar darajasida alohida ahamiyat kasb etdi. Ko‘p darajali ierarxik tuzilishdan
kelib chiqqan ma’muriy boshqaruv asosida kutubxonalar asta-sekin barcha xususiyatlarga ega
bo‘ldi, ya’ni barqaror ishlashi uchun zarur bo‘lgan mustaqillik va rivojlanish, rahbariyatning o‘zi
ilgari vakolati bo‘lgan qarorlarni qabul qilishi, boshqaruvning yuqori darajalari, mustaqil ravishda
maqsadlarni shakllantirish va vazifalarni belgilash uni rivojlantirish strategiyasi va siyosatini
ishlab chiqish, izlash, muammolarni hal qilish va boshqalar kutubxonalarni sezirali darajada
o‘zgarishi yangi makon darajasiga olib chiqdi.
Axborot - kutubxona faoliyatini boshqarishda boshqaruv va o‘zini o‘zi boshqarish
sohasini kengaytirish, yangilarini shakllantirish, boshqaruv funktsiyalari, hajmini oshirish va
mazmunini chuqurlashtirish kutubxona rahbariyati tomonidan olib boriladigan ishlarning asosiy
bo‘g‘in ikkilamchi muammoning yechimiga aylanadi. Uning birinchi qismi kutubxonani yuqori
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
122
demokratik ijtimoiy muhit sifatida saqlash, axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan
holda uzluksizlikni ta’minlash, ikkinchidan kutubxona tizimining o‘ziga xosligi xizmat bozor
iqtisodiyoti sharoitida amalga oshiraytganligi bilan ajralib turadi. Kutubxonalarning eng asosiy
xususiyati foydalanuvchilarga resurslarni bepul berish, foydalanish imkoniyati yaratilganligidir.
Shu o‘rinda boshqaruv vazifasi - murakkab ekologiyaga moslashish mexanizmlarini yaratish,
zamonaviy voqelikning siyosiy va ijtimoiy hodisalari yechimi bilan bog‘lash, qurilgan an’anaviy
kutubxona boshqaruv tizimlarini zamonaviy, universal tashkiliy modellar bilan bog’lash
kutubxonani boshqarish konsepsiyasining muhim qismi hisoblanadi.
Axborot - kutubxona faoliyatini boshqarish konsepsiyasining shakllanishi davrida
boshqaruv paradigmasiga yondashuvlardagi farqlarni aks ettiruvchi uch bosqich nafaqat
kutubxona, balki menejment uchun ham falsafiy-uslubiy tushuncha hisoblanadi.
Birinchi bosqichda - kutubxona boshqaruvining paydo bo‘lishi, g‘oyalar, samarali
boshqaruv tizimlari yaratildi. Klassik yondashuvlardan ba‘zi yangi, hali paydo bo‘layotganlarga
o‘tish, boshqaruv samaradorligi omillari haqidagi g‘oyalar, shakllar va o‘zgartirishlar, asoslarni
aniqlash, tahlil qilish va keskin tanqid qilishda an’anaviy boshqaruv; an’anaviylik asoslariga
muqobillarni ilgari surishdagi boshqaruv; yangi ilmiy standartlarni ilgari surishga urinishlardagi
boshqaruv muhim rol o‘ynadi.
Kutubxona boshqaruvini shakllantirishning ikkinchi bosqichini belgilash, fan sifatida
kutubxona boshqaruvi uchun yangi asoslarni yaratish, boshqaruvga yangicha yondashuvning
uslubiy rivojlanishida ifodalangan global boshqaruv negizini tashkil qilish bo‘ldi.
Kutubxona boshqaruvini rivojlantirishning uchinchi bosqichi diversifikatsiya bo‘lib, bu
turli yondashuvlarni, maqsadlarni, funktsiyalari, boshqaruv shakllarining o‘zgarishi bilan bog’liq
bo‘lib, boshqa mamlakatlar tomonidan allaqachon to‘plangan barcha boshqaruv bilimlarini
o‘zlashtirish uchun eng istiqbollilarini tanlash, mamlakatimiz boshqaruvi yo‘nalishlarini tajriba
sifatida foydalanishi, strategiyani ishlab chiqish va uzoq muddatli maqsadlarni amalga oshirish,
yaratish moslashuvchan tashkiliy tuzilmalar, rivojlangan biznes tizimini qo'llab-quvvatlash va
o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratildi.[2.]
Respublikamizda hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning aniq
konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarning axborotdan erkin foydalanishi, milliy
qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishi,
kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil
etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish orqali
axborot-kutubxona faoliyatida, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, fondlarni to‘ldirish va saqlash,
kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamlashtirish tizimga bosqichma – bosqich o‘tish
imkoniyati yaratilmoqda.
Ayniqsa, 2019 yil 7-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston respublikasi aholisiga Axborot – kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ -4354-sonli qarori axborot-kutubxona Konsepsiyasni aniq
belgilab berdi. Qarorga muvofiq 2019 -2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot-
kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari va
mexanizmlarini ishlab chiqildi.
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
123
Ushbu Konsepsiya fuqarolarning ijtimoiy holati va yashash joyidan qat’i nazar, axborotni
erkin olish huquqini o‘rnatuvchi, axborot-kutubxona faoliyatini hamda madaniyat sohasidagi
siyosatni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, respublikada axborot-
kutubxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga
oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
Axborot-kutubxona sohasini samarali rivojlantirishning strategik maqsadlariga erishish
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarurligi belgilandi, ya’ni:
axborot va raqamli texnologiyalar rivojlanishi hamda zamonaviy umumjahon
tendensiyalarni e’tiborga olgan holda axborot-kutubxona sohasini isloh qilishni jadallashtirish;
bugungi kun talablarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarining
rivojlanishi, aholining axborot-kutubxona xizmatlaridan foydalanishining ijtimoiy kafolatlarini
ta’minlash maqsadida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xususan
yangi bino va inshootlar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar
bilan ta’minlash;
eng yangi, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
korporativ tizimlarni rivojlantirish;
axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, mamlakatdagi xususiy va
raqamli (virtual) axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona
muassasalari xavfsizligini va axborot-kutubxona fondining saqlanishini ta’minlash;
jamiyatning axborot madaniyatini, milliy tarix va madaniyatga qiziqishini
shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va targ‘ib qilish;
axborot-kutubxona muassasalarini malakali xodimlar bilan ta’minlash.
Belgilangan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona sohasining
quyidagi ustuvor masalalarni hal etish belgilandi:
qonunchilik bazasini aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish
vazifalariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
axborot-kutubxona muassasalarini jamlash mexanizmini yaratish, shu jumladan
elektron va boshqa tashuvchilarda nashrlar haqidagi ma’lumotlar tizimini shakllantirish;
axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta’minlash;
yangi axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, milliy axborot-
kutubxona tarmog‘ini yaratish;
zamonaviy
axborot-kutubxona
texnologiyalari
asosida
axborot-kutubxona
kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
axborot-kutubxona xizmatlarining yangi, shu jumladan, pulli turlarini joriy etish va
rivojlantirish;
axborot-kutubxona muassasalari xodimlari samarali mehnat qilishi va ularni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratish;
axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni rivojlantirish;
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
124
barcha tizimlar va idoralar axborot-kutubxona muassasalarini boshqarishni
muvofiqlashtirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va jahon axborot-kutubxona hamjamiyatiga
kirish.
axborot-kutubxona muassasalarini jamoat, tijorat va xususiy nashriyotlar nashrlari,
chet elda yashayotgan vatandoshlarimizning asarlari, shuningdek, O‘zbekiston haqidagi chet el
nashrlari bilan ta’minlash uchun sharoitlar yaratish, respublika hududida yashovchi xalqlar
tillaridagi adabiyotlar fondlarini shakllantirish;
yig‘ma elektron kataloglar, to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va
axborot-kutubxona muassasalarining Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;
axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligini
ta’minlash, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-kutubxona fondlari xavfsizligi
texnologiyasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy va uslubiy bazani ishlab chiqish;
foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan o‘rinlar sonini axborot-kutubxona
muassasalari xodimlariga ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha haq to‘lashni joriy etish;
kasbiy unvonlar va davlat mukofotlarini ta’sis etish;
“Kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish.[1.]
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy vositasi respublikada axborot-kutubxona
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston
Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi ishlab
chiqildi. Konsepsiyani tijorat tashkilotlari, hamkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb
qilgan holda sohaga aloqador vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan
hamkorlikda respublika miqyosida amalga oshirildi. Qarorga muvofiq Konsepsiyani amalga
oshirishni muvofiqlashtirish kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimini
takomillashtirish, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo‘yicha maxsus vakolatli
davlat organ-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib belgilandi.
Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqich 2019-2020-yillarga
mo‘ljallandi. Bunda hududiy axborot-kutubxona muassasalarini kelgusida xalqaro tizimlar bilan
integratsiyalash uchun ularni yagona ma’lumotlar bazasiga ulash, milliy umumta’lim elektron
kutubxona markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, 2019-2024-yillarda, xususiy va raqamli
(virtual) kutubxonalar tarmog‘ida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish
va tasdiqlash; ta’mirtalab axborot-kutubxona muassasalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish
ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis qilinib,
malakali muttaxassislar taqdirlanmoqda.
Ikkinchi bosqich 2021-2024-yillarga mo‘ljjallangan bo‘lib, bu yillarda “Nashrlarning
majburiy nusxasi to‘g‘risida”gi Qonunni, “Xalqaro nashrlar almashinuvi to‘g‘risida”gi
Konvensiyani ratifikatsiya qilish, MDH va xorijiy davlatlarning yetakchi tadqiqot markazlari bilan
hamkorlikni faollashtirishmasalalari hal etildi. Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar)
Axborot-kutubxona markazlari tashkil etish belgilab berildi, Yangi tashkil etilayotgan Axborot-
kutubxona markazlarining asosiy vazifalari aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatishda
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bosma, multimediya va raqamli tashuvchilarda, shu
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
125
jumladan Internet tarmog'da sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish kabi
mihim yo‘nalishlar muvoffaqiyatli hal etilmoqda. 2024-yilda yuqorida aytilgan 186 ta Axborot-
kutubxona markazlari viloyat tuman, shaharlarida tashkil qilinib, o‘z faoliyatlarini to‘liq
boshlagan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qoshida
Kutubxonachilik ishi bo‘yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha
bir marotabalik ixtisoslashgan ilmiy kengash O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida
tashakil qilinib, muvoffaqiyatli ish boshladi.
Manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan hamkorlikda Konsepsiyani ro‘yobga
chiqarish bo‘yicha tadbirlarni belgilab olinib, amalga oshirilmoqda. Konsepsiyada belgilab
berilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalalari axborot-kutubxona muassasalariga ajratiladigan
budjet mablag‘lari doirasida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, kutubxonalarning xo‘jalik
faoliyatidan tushgan daromad qismi, homiylar, xorijiy investorlarning mablag‘lari hamda
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda. [1.]
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Konsepsiya - madaniy, ta’lim va axborot
infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida muhim ijtimoiy va kommunikativ
vazifalarni bajaruvchi axborot-kutubxona muassasalariga mamlakatning iqtisodiy rivojiga
munosib hissa qo‘shish imkoniyatini yaratadi, axborot-kutubxona ishi sohasidagi qonunchilikni
takomillashtirishga yordam beradi, axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining samarali
faoliyati, ularning ijtimoiy himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi,
barcha tizimlar va idoralarning axborot-kutubxona muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va
boshqarish, mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-iyun “O‘zbekiston respublikasi
aholisiga Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi
PQ -4354-sonli qarori.
2.
Суслова И. М. Менеджмент библиотечно-информационной деятельности:
учеб.
вузов культуры и искусств / И. М. Суслова, В.
К.
Клюев ; под общ. ред. И. М.
Сусловой ; МГУКИ. - СПб. : Профессия, 2009. - 600 с.
Internet saytlari:
3.
www.Lex.uz
