Authors

  • Zarrina Muzaffarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136875

Keywords:

Kognitiv tilshunoslik idrok konsept subkonsept metonimiya.

Abstract

Maqola kognitiv tilshunoslikda va an’anaviy tilshunoslikda mavjud metonimiya nazariyalari tahliliga bag’ishlanadi. Ushbu maqolda o‘zbek tilshunosligida metonimiya hodisasiga berilgan ta’riflar va kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan jahon olimlarining metonimiyaga yondashuvi bu jarayonda tafakkur va idrokning ishtirokiga oid fikrlar tahlil qilingan.

background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

141

KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA METONIMIYANING O‘RGANILISHIGA OID

QARASHLAR

Muzaffarova Zarrina Umarjon qizi

ToshDO‘TAU tayanch doktoranti

+99899 425 67 06

zarinamuzaffarova891@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17217994

Annotatsiya

. Maqola kognitiv tilshunoslikda va an’anaviy tilshunoslikda mavjud

metonimiya nazariyalari tahliliga bag’ishlanadi. Ushbu maqolda o‘zbek tilshunosligida
metonimiya hodisasiga berilgan ta’riflar va kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan jahon
olimlarining metonimiyaga yondashuvi bu jarayonda tafakkur va idrokning ishtirokiga oid fikrlar
tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

: Kognitiv tilshunoslik, idrok, konsept, subkonsept, metonimiya.

Abstract

. The article is devoted to the analysis of some metonymy theories existing in

cognitive linguistics and traditional linguistics. The definitions given to the phenomenon of
metonymy in Uzbek linguistics and the approach of world scientists to metonymy from the point of
view of cognitive linguistics are analyzed.

Keywords:

Cognitive linguistics, perception, concept, subconcept, metonymy.

Аннотация.

Статья посвящена анализу некоторых теорий метонимии,

существующих

в

когнитивной

лингвистике

и

традиционной

лингвистике.

Проанализированы определения феномена метонимии в узбекском языкознании и подход
мировых ученых к метонимии с точки зрения когнитивной лингвистики, мнения об участии
мышления и восприятия в этом процессе.

Ключевые слова:

Когнитивная лингвистика, восприятие, концепт, субконцепт,

метонимия.


Kognitiv tilshunoslikning yuzaga kelishi tilda mavjud bo‘lgan hodisalarni yangicha

usulda tadqiq qilish imkonini berdi. Til faoliyati va idrok masalasi har doim olimlar va
tadqiqotchilar nazarida bo‘lib kelgan. Til insoniyat tafakkurining asosiy ifoda vositasi hisoblanadi.
Idrokiy jarayonlarda yuzaga kelgan hosilalar til orqali namoyon bo‘ladi. Har qanday matnni
yaratish va tushunish zamirida kognitiv mexanizmlar va jarayonlar yotadi. Kognitiv yondashuvlar
esa ayni shu jarayonlarni tadqiq qiladi. Til birliklari orasida tadqiqotlarning asosiy o‘rganish
obye’ktiga aylangan metonimiya hodisasini kognitiv jihatdan o‘rganish va tahlil qilish salmoqli
o‘rinni egallab kelmoqda. Ushbu maqolada biz metonimiyaning kognitiv tadqiqiga bag‘ishlangan
bir nechta nazariyalarni ko‘rib chiqamiz va o‘z fikrlarimiz asosida tahlil qilishga harakat qilib
ko‘ramiz. Kognitiv metonimiya hodisasi rus va ingliz tilshunosligida samarali o‘rganilgan.

Metonimiya boshida ritorik vosita sifatida qaralgan. Aristotel, o‘z asarlarida metafora va

unga yaqin bo‘lgan ko‘chim turlarini izohlaydi. Metonimiya ham metafora bilan yonma-yon
sharhlanadi, ya’ni so‘zning bir ma’nosi boshqa ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilishi bilan bog‘liq
fikrlarni aytib o‘tadi. “Ritorika” asarida esa nutqning ta’sirchanligi uchun ishlatiladigan usullarni
sanab o‘tadi va shular qatorida metonimiya (to‘g‘ridan-to‘g‘ri “metonimiya” atamasi emas, balki
“ismlar almashuvi”, “bir narsaning o‘rniga boshqa narsani qo‘yish”) haqida o‘z fikrlarini bildiradi.


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

142

An’anaviy tilshunoslikda metonimiyaning bir nechta ta’riflari mavjud. “Metonimiya – yunoncha
so‘z bo‘lib, “qayta nomlash” degani. Metonimiya ham ma’no ko‘chish usullaridan biri bo‘lib,
bunda “bir predmetning, belgining , harakatning nomi boshqasiga o‘xshashlik asosida emas,
bog‘liqlik asosida ko‘chiriladi”

1

. Metonimiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu

jarayon natijasining barqarorligiga ko‘ra lison va nutqqa dahldor hodisa, boshqacha aytganda
metonimik hosila ma’no sof yoki lisoniy bo‘lishi mumkin.

2

Metonimiyaning o‘zbek tilida

o‘zlashma so‘zlar bilan kirib kelishi faqat til faktidagina kuzatiladi.Nutq jarayonida uni kuzatish
mumkin emas.Chunki qaysi tildagi so‘zda nutqiy metonimiya sodir bo‘lar ekan,o‘sha tilda, o‘sha
nutqdagina ko‘rinadi. Keyin o‘z qimmatini yo‘qotadi.

3

O‘zbek tilshunosligida metonimik

birliklarning ko‘proq yangi ma’no hosil qilish jarayonidagi ishtiroki, bog‘liq yoki aloqadorlik
asosida yangi ma’no hosil qilish jarayoni ilmiy tadqiqot ishlarida o‘rganilgan.

Metonimiyaning kognitiv tadqiqi jahon tilshunosligida salmoqli o‘rganilgan.

Kognitiv

tilshunoslik nuqtayi nazaridan metonimiyaning bir nechta ta’riflari ishlab chiqilgan va ilgari
surilgan. Ko‘plab ilmiy manbalarda metonimiyani kognitiv tadqiq qilish Lakoff va Jonsonning
(1980) asaridan boshlanganligi e’tirof etiladi. Olimlar dunyoni konseptuallashtirishda
metonimiya, metafora kabi ko‘chimlar insonning muhim bilish vositasi ekanligini ta’kidlaydilar.
Metonimiya predmetni uning boshqa predmetga bo‘lgan munosabatida konseptuallashtiradi.
Metonimiya nafaqat tilni, balki bizning fikrlarimiz, munosabatlarimiz va harakatlarimizni ham
shakllantiradi.

4

Har qanday voqelikni idrok etishda boshqa birliklar qatori metonimiyaning ham

alohida o‘rni bor. Lakoff ta’rifi bilan aytganda metonimik birliklar ham kognitiv jarayonlarning
muhim bir qismi sanaladi va uning o‘ziga xos mexanizm va modellari bor.

“Odatda kognitiv tilshunoslik deb ataladigan nazariy maktab doirasida metonimik

munosabatlar nafaqat adabiy vosita, balki lingvistik tuzilma ham emas, deb hisoblanadi. Buning
o‘rniga, tushunchalar o‘rtasidagi idrok etilgan yaqinlik subkonseptlardan tashkil topgan murakkab
toifalarga olib keladi, deb ishoniladi. Bu qarashga ko‘ra metonimiya kichik konsept(qism)ga
ishora qilish orqali kengroq murakkab konsept(butun) ni ifodalash kognitiv qobiliyatining
lingvistik natijasidir”

5

Metonimik munosabatlarni kognitiv tadqiq qilgan olimlarning

qarashlariga ko‘ra u shunday tuzilmaki, turli xil tushunchalar o‘rtasida yaqinlik asosida
idrok etilgan kichik konseptlardan tashkil topadi. Voqelikda diqqat e’tiborimiz qaratilishi
kerak bo‘lgan tushunchani yanada aniqlashtirish maqsadida metonimiya kichik konseptga
ishora qilish orqali butun konseptni yoki aksincha butun orqali kichik konseptni ifodalashi
mumkin.

1

Tursunov S. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 1992. – B. 58.

2

Shoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 1980

3

Suvonova R. So‘z o‘zlashtirish va metonimiya. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. – Toshkent,

2000. – B. 49-50.

4

Lakoff G., Johnson M

.

Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. –

a p.37

5

Glynn D. Conceptual metonymy -a study in cognitive models, reference-points, and domain

boundaries

Institut Charles V, Université Paris


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

143

R.Legekerning ta’kidlashicha, metonimiya kognitiv jarayon bo‘lib, uning mohiyati boshqa

tushuncha orqali tushunchaga aqliy kirishdan iborat .

6

Ushbu ta’rif ham Lakoff ta’rifiga yaqin

tahlil qilinadi ya’ni yuqoridagi izohlarda turli xil tushunchalar o‘rtasida yaqinlik nazarda tutilsa,
bunda bir tushunchaning boshqasiga aqliy kirishi nazarda tutilyapti.Bundan tashqari u “

domen

matritsasi”

deb atagan birlikni ilgari suradi. Ushbu modelni klasterlarga birlashtirilgan turli xil

element yoki qismlardan tashkil topgan model desak yanglishmaymiz.

Kognitiv tilshunoslik metonimiyani til va tafakkur orqali yuzaga keladigan konseptual

mexanizm sifatida o‘rganadi. Kognitiv metonimiya ko‘p qirrali jarayon bo‘lib uning o‘ziga xos
tipologiyasi va modellari mavjud. Biz kichik ilmiy ishimizda unga aloqador bir nechta
nazariyalarni izohlab o‘tdik xolos. Bugungi kunda metonimiyani faqat stilistik yoki lingvistik
vosita sifatida emas uning kognitiv jihatlarini tadqiq qilish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

O‘zbek tilshunosligida kognitiv metonimiyaga oid tadqiqotlarni kengaytirish, jahon

tilshunoslida mavjud ilmiy qarashlar bilan taqqoslash va o‘zbek tilida mavjud milliy material
asosida yangicha xulosalar chiqarish keying ilmiy tadqiqotlarimizning asosiy vazifalaridan
sanaladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Tursunov S., Rasulov R., Xudoyberganova D

.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent:

O‘qituvchi, 1992. – 320 b.

2.

Shoabdurahmonov Sh., Rasulov R., Rustamov A. va boshq

.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –

Toshkent: O‘qituvchi, 1980. – 280 b.

3.

Suvonova R.

So‘z o‘zlashtirish va metonimiya // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent,

2000. – №2. – B. 49–50.

4.

Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press,
1980. – 256 p.

5.

Glynn D

.

Conceptual metonymy: a study in cognitive models, reference-points, and

domain boundaries. – Paris: Institut Charles V, Université Paris 7, 2002.

6.

Langacker R. W

.

Reference-Point Constructions // Cognitive Linguistics. – 1993. – Vol.

4. – Pp. 29–40.







6

Langacker R.W

.

Reference-Point Constructions.

Cognitive Linguistics, Vol. 4

, 1993, pp. 30. 29

–40.

References

Tursunov S., Rasulov R., Xudoyberganova D. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 320 b.

Shoabdurahmonov Sh., Rasulov R., Rustamov A. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980. – 280 b.

Suvonova R. So‘z o‘zlashtirish va metonimiya // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2000. – №2. – B. 49–50.

Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 256 p.

Glynn D. Conceptual metonymy: a study in cognitive models, reference-points, and domain boundaries. – Paris: Institut Charles V, Université Paris 7, 2002.

Langacker R. W. Reference-Point Constructions // Cognitive Linguistics. – 1993. – Vol. 4. – Pp. 29–40.