507
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
SHAXS TAFAKKURI VA UNING SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA
YORITILISHI
Berdiyeva Lobar Norqobulovna
Axborot texnologiya va Menejment universiteti,
Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17248034
Annotatsiya.
Tafakkur nafaqat muammoli vaziyatlarni hal qilishda sodir bo‘ladi, balki
tafakkur jarayoni axborotni yaratishga, uni tanlashga asoslanadi. Ushbu maqolada shaxs
tafakkuri va uning Sharq mutafakkirlari asarlarida yoritilishiga oid fikr-mulohazalar bayon
etilgan.
Kalit so’zlar
: Markaziy Osiyo mutafakkirlari, tafakkur, bilish, bilish xususiyatlari, inson
tafakkuri, produktiv tafakkur, reproduktiv tafakkur.
Annotation.
Thinking occurs not only in solving problematic situations but is also based
on the creation and selection of information. This article presents reflections on human thinking
and its interpretation in the works of Eastern thinkers.
Keywords:
Central Asian thinkers, thinking, cognition, features of cognition, human
thinking, productive thinking, reproductive thinking.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining axloqiy kamolot va mukammalik haqidagi g‘oyalari
ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot, falsafa, diniy fikrlar taraqqiyotiga hamda insoniyat
tafakkur xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘lib, asrlar mobaynida dunnyo xalqlarini o‘zining
sermazmunligi, universalligi va insonparvarligi bilan xayratga solgan.
Buyuk olim Abu Nasr Forobiy aql orqali tafakkur yordamida bilishning o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. Tafakkur mavhumlikka, umumiylik, bilvositalikka,
ya’ni sezgilar orqali bilish xususiyatlariga ega deb tushuntiradi. Avvalo, har qanday insonning
mohiyati uning aqlida ekanligiga alloma diqqatini qaratib, quyidagi fikrni keltirib o‘tgan: “Inson
mohiyati aqlda, aqlning mohiyati harakatda namoyon bo‘ladi”. Uning ta’limotiga muvofiq,
tafakkur orqali inson materiyaning sezgilarga noma’lum bo‘lgan tomonlarini, umumiy
qonuniyatlarini, mohiyatini biladi, san’at, ilm-fan to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘ladi.
Forobiyning ijodiy fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari haqidagi fikrlari hozirgi kunda
ham o‘z ahamiyatiga ega.
Tafakkur bilan bog‘liq nazary-metodologik masalalalrni hal qlishda Abu Rayhon Beruniy
hamda Ibn Sinolarning fikrlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Beruniy insonning boshqa
mavjudotlardan uning tafakkuri ajratishini ta’kidlab, o‘zining mashhur “Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar” asarida ma’naviy mamnuniyat konsepsoyasini ilgari suradi. Unga ko‘ra:
“Oqil kishi hamma narsani aql-idrok va farosat bilan his qilgandagina ma’naviy mamnuniyat
sezadi, holbuki beg‘am odam jismoniy lazzatnigina tan oladi”.
Inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalalrni bir-biriga
solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg‘ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan,
haqiqatni esa nohaqlikdan ajratish mumkin. Bu esa bo‘lajak o‘quvchilarda tafakkurni
rivojlantirishda muhim ahamyat kasb etadi.
G‘oyani ilgari surishda, usulni qurishda, farazni shakllantirishda, ularning tahlilini va
tanlovini taidim etishda ham yaqqol namoyon bo‘lishini ta’kidlash kerak. Bu borada ba’zi
psixologlar tafakkurni ikki turga ajratadilar: produktiv tafakkur va reproduktiv tafakkur.
508
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Produktiv tafakkur muammoli vaziyatlarda axborotni yaratishga, reproduktiv tafakkur esa
mavjud bilimlardan foydalanishga asoslanadi.
Yangi o‘zaro aloqalarni anglashga xos bo‘lgan produktiv tafakkur ijodiy deb ham
aytiladi. Shaxs u uchun yangi, ammo jamiyat uchun ma’lum bo‘lgan o‘zaro aloqalarni o‘zi
tushunishida mazkur tafakkur shaxsiy-ijodiy bo‘ladi, shaxs jamiyat uchun ma’lum bo‘lmagan
o‘zaro aloqalarni tushunishida esa tafakkur ijtimoiy-ijodiy bo‘ladi. Inson o‘zi uchun hal qilinishi
kerak bo‘lgan muammoga aylangan, biroq uni hal qilishning tayyor usuliga ega bo‘lmagan
vaziyatga tushib qolganda, tafakkur darhol ishga tushadi. Yerdan Oygacha yoki Yerdan
Quyoshgacha bo‘lgan masofani hisoblash so‘ralgan inson kerakli qoidalar va formulalarni
bilmaganida aynan shunday vaziyatga tushib qolishi mumkin.
Kichik maktab o‘quvchilaridagi tafakkur jarayonini kuzatishda ta’kidlashimiz mumkinki,
mazkur jarayon nutq qobiliyatidan oldinroq boshlanadi
1
. O‘quvchi avval so‘zlarni tushunishni
o‘rganadi va shundan keyingina gapira boshlaydi. Uning “ongida”, miyasida ma’lum bir bilish
tajribasi zaxirasi, ko‘nikma-tushunchaviy tuzilmalar to‘planib, ular uning atrofidagi odamlar
tomonidan aytilgan so‘zlarni faollashtiradi va xotiraga singdiradi. Ob’yektni o‘rganishda bola
uning nomini eshitadi, buning natijasida u ob’yektning tasvirini uning nomi bilan bog‘laydi,
uning nomi esa, o‘z navbatida, u uchun predmetning ifodasiga aylanadi. Predmetning tasviri
birinchi marta tushunilib, bevosita signalga aylanishi sababli, “so‘z ham bu signalning signaliga,
ya’ni ikkinchi tartibli signalga aylanadi”
2
.
Dastlab alohida predmetning signali bo‘lgan so‘z, keyinchalik o‘quvchi uchun nafaqat bu
predmetni, balki unga o‘xshash boshqa predmetlarni ham ifodalaydi.
Ilmiy nuqtai nazaridan tafakkurni tavsiflash uchun predmet haqidagi bilim hamda mazkur
predmet tushunchasini farqlay olish lozim. Psixologik tavsif xulosalar va tushunchalarni sodda
mantiqiy ajratib ko‘rsatish chegarasidan tashqariga chiqadi. Predmet haqidagi bilimni turli
fikrlar, tasavvurlar, shuningdek tushunchalar va keng tarqalgan qarashlarning mazmuni tashkil
qiladi. Odatiy kunlik tafakkurda ushbu barcha tuzilmalar ishtirok etadi. Aniq ilmiy tafakkur
qilish uchun operativ birliklar kerak bo‘lib predmet haqidagi bilim tafakkurning markazi
hisoblanadi
3
.
Predmet haqidagi bilimlar va ayniqsa u haqida tushuncha bosh miya po‘stlog‘ida
murakkab dinamik tuzilmalarni yaratadi. Tilni bilish asosida qurilgan tushunchalarning
murakkab iyerarxiyasi fikrga voqelikdan ajralish imkonini beradi. Biz ob‘yektni bevosita
kuzatmasdan u haqida o‘ylashimiz mumkin. Inson tafakkurining mohiyati shundaki, u har safar
muayyan predmetlarni kuzatishga qaytmasdan, “fikrlarda” predmetlar bilan turli xil
manipulyatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Aynan tafakkur tufayli biz atrofdagi va o‘zimizning voqeligimizni tobora chuqurroq va
to‘g‘riroq idrok eta olamiz, shuningdek, alohida shaxs va butun insoniyat miqyosida prognozlash
va rejalashtirish qobiliyatiga ega bo‘lamiz.
Tafakkur jarayonida o‘rganilayotgan hodisaga yagona (yaxlit) yondashuvga ega bo‘lish
muhim ahamiyatga ega. Bu yondashuv yagona tizimga kiritilgan hodisani tadqiq qilish bilan
to‘liq tavsiflanib, bunda biz nafaqat har bir elementni alohida, balki butun tizim sharoitida ushbu
elementlarning o‘zaro bog‘liqligini ham tushunamiz.
1Yaminova S.H. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ssenariyli o‘qitish usulidan foydala nish: Ped. fan. nom. .. dis.-Toshkent, 1997. – 198 b.
2Yaminova S.H. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ssenariyli o‘qit ish usulidan foydalanish: Ped. fan. nom. . dis. – Toshkent, 1997. – 43-б.
198 b.
3
.
G‘oziyevE. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar tafakkurining o‘sishi. T: O‘qituvchi, 1980. – 35-б . 88 b.
509
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
“Hodisalarni tadqiq qilishda yagona yondashuvga e’tibor bermaslik nomaqbul
oqibatlarga olib kelishi mumkin: masalan, metall o‘tkazgichni isitish paytida qarshilikning
o‘zgarishi, agar qarshilik xususiyatlarini o‘rganish uchun issiq lampalar ishlatilsa, Om
qonunlarini ko‘rsatishga imkon bermaydi”
4
.
“Tafakkur” tushunchasini o‘rganishda biz uchun quyidagi savollarga javoblar muhimdir:
Ob’yektni tushunishning birinchi usuli qanday: tahlil yoki sintez?
ijodiy bilishni qanday tashkil qilish kerak: tadqiq qilishda tarkibiy qismlardan yoki
butundan nima oldinda bo‘lishi kerak?
qaysi fikr to‘g‘ri: yaxlitlik o‘z tarkibiy qismlarining belgilari orqali tavsiflanadimi yoki
tarkibiy qismlarning xususiyatlari butunlik bilan belgilanadimi?
Yaxlitlik faqat uning tarkibiy qismlarining yig‘indisi emas. Yaxlitlik haqidagi bilim
nafaqat alohida qismlarni bilishga, balki ularning o‘zaro bog‘liqligiga, tizimning yaxlitligini
ta’minlashga, shuningdek, metatizimning asosiy tarkibiy qismi sifatida butun tizimning ishlashi
bilan tanishishga asoslanadi. Ehtimol, biz butunni alohida qismlar orqali bilamiz, lekin
butunning tarkibiy qismlarini faqat yaxlitlik haqidagi bilimlar asosida bilish mumkin. “Alohida
qism va butun o‘rtasida funksional bog‘liqlik mavjud”
5
.
O‘quvchini rivojlantirishining maqsadi uning intellektini rivojlantirish ekanligini hisobga
olib, quyidagi muammoni hal qilish kerak: alohida qismlarni bilish orqali yaxlitlikni bilishni
qanday tashkil qilish kerak? “O‘quv jarayonini, ilmiy izlanish kabi, tarkibiy qismlarni bilish ular
orasidagi bog‘lanishlarni buzmasdan va shu orqali butunlikni buzmasdan mumkin bo‘ladigan
tarzda tashkil etib bo‘lmaydi. Tizimning yaxlitligini buzmasdan, uning tarkibiy qismlarini
ularning munosabatlarida tushunishga imkon beradigan o‘qitish metodikasi juda samarali. Biroq
didaktik tuzilmalarda ham, fanda ham ba’zan uni chuqurroq o‘rganish uchun uni butundan
ajratishga to‘g‘ri keladi. Bu ajratilgan qism endi bilishning mustaqil ob’yektiga aylanadi”
6
.
Masalan, tabiatda chaqmoq xodisasini bilish mazkur jarayonning har bir jihatini o‘rganish
uchun xizmat qiladigan voqeylikni bog‘lash qobiliyatini talab qiladi. Qismlardan birini tanlab,
biz jarayonning yaxlitligini buzamiz va butundan farq qiladigan boshqa bilish ob’yektini,
masalan, yomg‘ir xodisasini olamiz. Shubhasiz, u bilan tanishish ham kerak, lekin yomg‘ir
xodisasi va umuman tabiatda chaqmoq hodisasi sifatida o‘rganish butunlay boshqacha mantiqiy
va didaktik yondashuvlarni talab qiladi
7
.
Birinchi jihat chaqmoq xodisasining o‘zida voqelik, alohida qismlar va ularning aloqalari
haqidagi bilim asoslaridan foydalanadi. Bunday holda, tashqi aloqalar muhim emas.
Ikkinchi jihat ma’lum bir ob’yektni – chaqmoq xodisasini yaxlit o‘rganishni talab qiladi.
Bu yerda xodisani paydo bo‘lish kerakligi talabidan kelib chiqadigan xodisalari (yomg‘ir,
shamol, bug‘lanish) qismlari orasidagi aloqalarni o‘rganish birinchi o‘ringa chiqadi. Bunda
oxirgi talabni ta’minlaydigan shartni ta’kidlash kerak.
Butunlikni bilish oqilona tarzda va ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak:
xususiydan umumiyga;
umumiydan xususiyga.
Tafakkur jarayonida biz tahlil va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan ajralmas
birlikda foydalanamiz. Fanda qaysi yo‘nalish ustuvor bo‘lishi kerak?
4
Князева О. Л. особенности поисковой деятельности в наглядно-действенном мышлении у детей дошкольного возраста. Дисс.М:.1995.64-с. 173 с
5Дайана Халпери. Психология критического мышления. – Санкт-Петербург.: Луч, 2000. – 59-с 147с.
6
Дайана Халпери. Психология критического мышления. – Санкт-Петербург.: Луч, 2000. – 59-с 147с.
7
G‘ulomovS. S. Dalillarni eslab qolish va g‘oyalarni isbotlash.- T.: O‘qituvchi, 2005. –178 bet.
510
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
S.L.Rubinshteyn: “Bolaning kuzatishlarida qaysi biri – butun yoki xususiy bo‘yicha
xulosa chiqarish osonroq bo‘lsa, butunlik ham, xususiylik ham birinchi o‘rinda chiqishi
mumkin”,-deb ta’kidlaydi
8
.
Mazkur fikrda bizningcha, aynan shu muammo ya’ni, birinchi o‘rinda nima - butun yoki
xususiy turishi kerakligini metodika aniq o‘quv materialini chuqur tahlil qilish asosida hal qilishi
kerak. Nazariy va amaliy jihatdan nafaqat foydalanish imkoniyatini, balki alohida qismlarning,
ularning aloqalarining, shuningdek, butunning ahamiyatini ham baholash kerak.
Qism – butun o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasi o‘quvchilarni uslubiy tushunchalar tizimini
shakllantirishga, yagona yondashuvga asoslangan tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlarini
bilishga olib keladi, ixtiyoriy obyektni o‘rganishda qarama-qarshi dialektik tushunchalarning
ishlashini, ularning o‘zaro munosabatlarini bilish va tushunish usullari bilan qurollantiradi, bu
esa tafakurni shakllantirishning oxirgi qadami bo‘lib hisoblanadi. “Xususiy” va “umumiy”
toifalari doimo nomukammal tasavvurdan boshlanadigan bilimning rivojlanishini aniqlaydi,
so‘ngra tahlil yordamida u qismlarga bo‘linadi, ular o‘z navbatida bilish obyektlarini va olingan
bilimlar esa sintezlanadi va obyektni ongda bir butun sifatida takrorlash jarayonini tugatadi.
Tafakkurni shakllantirish nuqtai nazaridan “mavhum” va “aniq” tushunchalari o‘rtasidagi
bog‘liqlik muhimdir. Psixologlar “aniq” tushunchasini ong bilan, “mavhum” tushunchasini esa
idrok bilan bog‘laydi. Gegel fikriga ko‘ra, mavhumlashtirish tahlil natijasi, aniq fikrlash esa
idrok faoliyati doirasidan chiqadigan ong vositasida sintez qilish natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tafakkur qilish qobiliyati ongning muhim xususiyati
bo‘lib, uni aqlning faqat ma’lum bir rivojlanishi bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Dialektik mantiq
elementlari “sog‘lom idrok” darajasida ham namoyon bo‘ladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilarning
tafakkuri yangi o‘quv materialini murakkablashtirish, darslik mazmunini o‘rganish, fizikaviy
tajribalarni tashkil etishning dialektik usulini qo‘llash orqali, ya’ni fizika va boshqa fanlarni
o‘qitishning butun didaktika tizimida bosqichma-bosqich, katta bosimsiz rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Rahmonqulova N.X., Matnazarova K.O.
Pedagogika nazariyasi va tarixi: o‘quv
qo‘llanma.
T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
2.
Kamoldinov M., Vaxobjonov B.
Innovatsion pedagogic texnologiya asoslari.
T.: Talqin,
2010.
3.
Djurayev R.H.
Ta’limda interfaol texnologiyalar.
T.: Sano-Standart, 2010.
4.
Shodmonova Sh.S. va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalar.
T.: Fan vatexnologiya, 2011.
5.
G’oziyev E. Ta’lim jarayonida tafakkurning o’sishi.T: O’qituvchi. 1980-43-b. 88.
8Рубинштейн С.Л. Основы общей психология.-СПб.: Питер, 2013. 95-с. -713 с.
