528
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
O‘ZBEK FORTEPIANO JAZ IJROCHILIGIDA YANGI IZLANISHLAR: AN’ANA VA
DAVOMIYLIK (PIANINOCHI SANJAR NAFIKOV MISOLIDA)
Norpo‘latova Shaxlo Norpo‘lat qizi
Botir Zokirov nomidagi Milliyestrada san’ati instituti
Estrada xonandaligi kafedrasi jo‘rnavozi.
G‘aniyeva Lola Muhsindjanovna
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17248345
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonlik jaz fortepiano ijrochisi Sanjar Nafikovning
ijodiy uslubi tahlil qilinadi. S. Nafikovning jazni o‘zbek folklori bilan uyg‘unlashtirishga
qaratilgan izlanishlari jahon jaz pianinochisi Chick Corea ijodi bilan taqqoslanadi.Natijada
milliy va zamonaviy musiqiy an’analarning integratsiyasi asosida yangi uslubiy yo‘nalishning
shakllanishi ilmiy jihatdan asoslanadi.
Kalit so‘zlar:
jaz, pianinoсhi, o‘zbek, folklor, improvizatsiya, musiqiy, an’ana,
madaniyat, integratsiya, xususiyat, uslub, mahorat
Аннотация.
В данной научной статье анализируются творческий стиль
узбекского джазового пианиста Санджара Нафикова. Исследуются его поиски,
направленные на синтез джаза с узбекским фольклором, проводится сравнительный
анализ с творчеством джазового пианиста Чик Кориа. В результате научно
обосновывается формирование нового направления и стиля на основе интеграции
национальных и современных музыкальных традиций.
Ключевые слова:
Санжар Нафиков, Чик Кориа, джазовое фортепиано, узбекский
фольклор, импровизация, фьюжн, музыкальные традиции, культурная интеграция.
Abstract.
This article analyzes the life and creative style of Uzbek jazz pianist Sanjar
Nafikov. His efforts to integrate jazz with Uzbek folklore are compared with the work of jazz
pianist Chick Corea. As a result, the formation of a new stylistic direction based on the
integration of national and contemporary musical traditions is scientifically substantiated.
Keywords:
Sanjar Nafikov, Chick Corea, jazz piano, Uzbek folklore, improvisation,
musical traditions, cultural integration.
Fortepiano jazi musiqa tarixining muhim qismi hisoblanadi. Bu turdagi musiqa ijrochiligi
ko‘p qirrali bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlaridagi musiqachilarining ijodi bilan
tasvirlanadi. O‘z cholg‘usi sifatida fortepianoni tanlagan ijrochilar boy an’analarni meros qilib
olib, ularni rivojlantirishadi yoki yangilik kiritib to‘ldirishadi. Ushbu maqolada fortepiano
jazining paydo bo‘lishi va O‘zbekistonga kirib kelishi, O‘zbekistonda jaz fortepiano ijrochilik
masalalari, Sanjar Nafikov hayoti va ijodi, shuningdek, jahon pianinochisi Chick Corea tajribasi
bilan qiyosiy tahlili yoritiladi.
Biz bilamizki jazning paydo bo‘lishi XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSHning janubiy
shtatlarida boshlangan. Yangi Orleanda jaz paydo bo‘lganda instrumental blyuz ham musiqa
olamida rivojlangan. Bungacha blyuz vokal asar bo‘lib, o‘ziga xos tuzilish, forma, melodiya va
ladga ega bo‘lgan 12 taktli qo‘shiq edi. Ammo Yangi Orlean musiqachilari blyuz vokalining
barcha hususiyatlari va ranglarini o‘z cholg‘ulariga o‘tkazishga muvofaq bo‘ldilar. Shu tariqa
instrumental jaz ijrochiligi afroamerikalik musiqachilar tomonidan blyuz vokallariga taqlid
asosida paydo bo‘ldi. Fortepiano jazi ham bundan mustasno emas. U jaz ijrochiligining eng
yaqqol sahifalaridan biri hisoblanadi.
529
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Jaz rivojlanishining butun tarixi davomida pianistlar yo o‘z cholg‘usining
hususiyatlaridan foydalangan, yoki bir-birlarini yengishga harakat qilgan. Shu kabi
eksperimentlar natijasida dunyoning barcha mamlakarlaridagi ijrochilar tomonidan namoyish
etilgan o‘ziga xos fortepiano jazi paydo bo‘ldi. Fortepiano jazining boshlanishi regtaym ( regtim)
deb ataladi.
1
O‘zbekistonda fortepiano ijrochiligi 1936-yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent
davlat Konservatoriyasi, 1996 yili esa Estrada san’ati fakulteti, 2002-yildan O‘zbekiston davlat
Konservatoriyasida ya’ni Estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi tashkil etilgan.
2
“Kafedraning
maqsadi – yuqori mahoratli jaz ijrochilarni tayyorlashdir”-deb ta’kidlaydi san’atshunoslik
fanlari nomzodi G‘aniyeva Lola.
3
Ushbu kafedrada improvizatsiya, aranjirovka, estrada
cholg‘usida ijrochilik, estrada cholg‘ularida o‘qitish uslubiyoti fanlari yosh jaz ijrochilarni
dnyoqarashini, badiiy didini yuksaltiradi.
4
Dastlabki yillarda fortepiano faqat klassik repertuarni o‘qitish va ijro etish vositasi
sifatida qaralgan bo‘lsada, talabalar va ayrim pedagoglar zamonaviy g‘arb musiqasiga, jumladan
jazga ham qiziqish bildira boshlagan. O‘zbekistonda jaz musiqasiga qiziqish ayniqsa 1960-1979-
yillarda oshdi. Moskva va boshqa ittifoq respublikalarda o‘tkazilgan jaz festivallari Toshkent
musiqachilariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
5
1968-yilda Toshkentda birinchi jaz festivali bo‘lib
o‘tdi. Bu festivalda “Turkiston yulduzi” ansambli chiqish qildi va ansamblda fortepianoda
Sardor Muxtorov ijro qildi.
6
Bu festival fortepiano jazining rivojlanishida katta turtki bo‘ldi.
1996-yilda tashkil etilgan Karim Zaripov nomidagi Respublika Estrada va Sirk kollejida, 1995-
yilda tashkil etilgan R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida va 2001-
yilda tashkil etilgan V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan maktab internatida
ham Estrada chog‘ulari aynan fortepiano yo‘nalishining ochilishi jaz fortepiano san’atining
rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
7
Bu dargohlarda o‘quvchilar klassik ta’lim asosida jaz garmoniyasi, improvizatsiya va
ansambl ijrosi sirlarini mukammal egallashdi. Bu maktablar o‘zbek professional jaz ta’limining
shakllanishida katta hizmat qildi. Bundan tashqari musiqa maktablarda ham Estrada cholg‘ulari
bo‘limi ochildi. O‘zbek jaz fortepiano maktabining shakllanishi bevosita fidoyi ustozlarning
sa’y-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lib, aynan Rumil Vildanov, Eduard Qalandarov, Enmark
Salixov, Valeriy Saparov, Oybek Salixov, Vitaliy Safanov, Tamara Xalikova, Ra’no
Atabekova, Jamilya Naimova, va Alina Alibekova kabi pedagoglar yurtimizda tanilgan ko‘plab
jaz pianinochilarini voyaga yetkazganlar. Aynan jaz fortepiano yo‘nalishida o‘ziga xos ijodiy
yo‘nalishga ega Sanjar Nafikov ham ustoz-shogird an’analarini davom ettirmoqda. Jaz
ansambllarda jo‘rnavozlik san’atini ham rivojlantirib.
8
1
Konen. V. “Рождение джаза” М: Советский композитор, 1984. 312 с.
2
Ганиева Л. Вклад кафедры эстрадно-инструментального исполнительства в процесс формирования
эстрадно-джазового музыканта. Тамбов: “ТOГБOУ” 427 в.
3
Ганиева Л. Вклад кафедры эстрадно-инструментального исполнительства в процесс формирования
эстрадно-джазового музыканта. 427 в.
4
Ганиева Л. Вклад кафедры эстрадно-инструментального исполнительства в процесс формирования
эстрадно-джазового музыканта. 428 в.
5
O‘zbek sovet entsiklopediyasi. T.9.1976.y.
6
«Turkiston yulduzi» ansambli ishtirok etgan Toshkeny jaz festivali(1968).//O‘zbekiston davlat
konservatoriyasining arxiv materiallari.
7
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat va san’at muassasalari faoliyatiga oid qarorlar
(1990-2020-yillar).
8
Ganiyeva Lola Development of sheet reading skiils in a pop-jazz piano ensemble/ Eoropean Journal of Arts. №4.
Vienna 2024. 32 p.
530
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
O‘zbek musiqa sahnasida jaz san’ati hali keng ommalashmagan bo‘lsada, istedodli
musiqachilar bu yo‘nalishda yangi izlanishlar olib bormoqda. Jaz musiqasini yangi zamonaviy
davri-deb ataladi.
9
Shulardan biri Sanjar Nafikovdir. Sanjar Nafikov – O‘zbekistonda tanilgan
pianinochi va jaz ijrochisi. U 1990-yil Toshkentda tug‘ulib, shu yerda ulg‘aygan va butun
hayotini musiqaga bag‘ishlab kelmoqda. Uning ijodi va ijrochilik mahorati jaz san’atini yangi
bosqichga olib chiqishga, uni o‘zbek folklori bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Suhbatimiz
davomida S. Nafikov o‘zining musiqaga ilk qadamlaridan tortib kelajakdagi rejalari haqida
so‘zlab berdi. Sanjar Nafikovning musiqaga muhabbati oilasidan boshlangan. Onasi fortepiano
ijro etgan, otasi - musiqaga juda qiziqqan inson bo‘lgan va bu yosh Sanjarning ham qiziqishini
uyg‘otgan. U 5 yoshidan musiqa maktabida fortepiano cholg’usini siru asrorini o‘rgana
boshlagan. 12 yoshida rok musiqasiga, 16 yoshidan esa jazga qiziqa boshlagan.
20 yildan buyon u jaz bilan shug‘ullanib va chuqur o‘rganib, o‘z ijodini shu yo‘nalishga
bag‘ishlagan. S. Nafikovning fikricha: “Jaz ijrochisi bo‘lish uchun qat’iy belgilangan “eng
muhim ko‘nikma” aniq yo‘q. Har bir musiqachi o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi. Shunga qaramay
kuchli texnik va klassik baza katta ahamiyatga ega. Yoshlikda texnikani o‘zlashtirish eng to‘g‘ri
yo‘ldir”.
10
U shuningdek, jazni o‘rganishda eng muhim jihatlardan biri-tinglash ekanligini aytadi.
Musiqachining eshituv tajribasi qancha keng bo‘lsa, uning improvizatsiyasi ham shuncha
boy bo‘ladi. S.Nafikovning ta’kidlashicha, jazni faqat nazariya yoki notalar orqali o‘rganib
bo‘lmaydi, chunki bu musiqaning 90 foizi tinglash va amaliyotga asoslanadi. U jazni
o‘rganayotganlarga improvizatsiyani o‘rganishda eng yaxshi usul – buyuk jaz musiqachilariga
taqlid qilish, ularning ijrosini tinglash, nota shakliga keltirish, yodlash va tahlil qilish ekanligini
alohida ta’kidlaydi. “Ba’zan bir motiv, riff yoki qisqa kuy paydo bo‘ladi. Uni fortepianoda turli
yo‘l bilan o‘ynab ko‘raman va undan yangi g‘oya tug‘iladi” deydi u.
11
Shuningdek, u ingliz
tilidagi qo‘llanmalarni eng ishonchli manba deb hisoblaydi. Mark Levinning “Jazz Piano Book”
va “Jazz Theory Book”, shuningdek, Jerry Bergonzining 7 jilddan iborat kitoblari uning
amaliyotida muhim o‘rin tutadi.
12
Sanjar Nafikov “Jazirama” ansamblida o‘z do‘stlari bilan
birgalikda o‘zbek folklori va jazni uyg‘unlashtirish ustida ishlab kelmoqda. Uning ijodiy
izlanishlari asosan o‘zbek xalq musiqasi bilan jazni sintez qilishga qaratilgan. U buni
“integratsiya” emas, balki teng asosli sintez deb ataydi. Ya’ni folklore ham, jaz ham bir-birini
boyituvchi teng huquqli element sifatida qaraladi. Bunda sharq musiqasining maqomlari, ritmik
murakkabliklari jazning improvizatsion erkinligi bilan uyg‘unlashadi. Agar musiqachining
eshitish qobiliyati kuchli bo‘lsa va u yaxshi ijrochilar bilan birlashsa, bu uyg‘unlik tabiiy
ravishda yuzaga keladi. Sanjar Nafikov o‘zining asosiy maqsadini quyidagicha ta’riflaydi; “Men
o‘zbek sharqona musiqasi va jazni uyg‘unlashtirishda davom etaman. Mening o‘ziga xos
uslubim – tinglovchilarni quvontirishga hizmat qiladi”.
13
Sanjar Nafikovning yondashuvi mashxur amerikalik pianinochi Chick Corea ijodiga
yaqin jihatlarga ega. Chick Corea (1941-2021)—jaz tarixidagi buyuk innovator. U XX asrning
eng yirik jaz pianinochilardan biri bo‘lib, u fyujn jaz oqimini shakllantirishda muhim ro‘l
o‘ynagan. U o‘z faoliyatini 1960-yillarada salsa va bop yo‘nalishlarida boshlagan. 1968-yilda
mashxur trumpetist Miles Davis ansambliga qo‘shilib, Bitches Brew kabi mashxur fusion
albomlarida ishtirok etgan.
9
Ганиева Л. Возрождение эстрадного искусства. T.: “Олимп”. 74 в.
10
Muallifning ijrochi Nafikov Sanjar bilan muloqotdan axborot materiallari. Т. 15.09. 2025
11
S.Nafikov bilan muloqotdan axborot materiallari. Т. 15.09. 2025
12
Levine, M. “The Jazz Theory Book”2
nd
Edition, Berklee Press, 1995.
13
Muallifning S.Nafikov bilan muloqoti. Т. 15.09. 2025
531
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Aynan shu davr Corea ijodida burilish bo‘ldi va u jaz- fyujn
harakatining
peshqadamlaridan biriga aylandi. Corea jazni rok, lotin, funk va klassik musiqalar bilan
aralashtirib yangi oqim yaratdi. Uning improvizatsiyalari ritmik murakkabligi va melodik boyligi
bilan ajralib turadi. U flamengo, Ispan musiqasi, Braziliya ritmlari va klassik musiqadan ilhom
olgan. Eng mashhur kompozitsiyalari: “Spain”, “La Fiesta”, “500 Milas High”, “Armando’s
Rhumba” va “Windows”. U 23 marta Grammy mukofotini qo‘lga kiritgan. Bu jaz musiqachilari
orasida rekord ko‘rsatkichlardan biri. Jaz ustasi sifatida AQSH va boshqa davlatlarda ko‘plab
faxriy unvonlar bilan taqdirlangan. U jaz tarixida nafaqat buyuk ijrochi va bastakor, balki yangi
avlod musiqachilariga ilhom manbai sifatida qolmoqda. Uning ijodi bugungi kungacha jaz
pianistlari uchun o‘quv qo‘llanma vazifasini bajaradi.
S.Nafikov yosh musiqachilar uchun klassik asos zarurligini ta’kidlaydi, bu jihat C. Corea
faoliyatida ham yaqqol ko‘rinadi. C.Corea ham klassik va tehnik bazani improvizatsiya bilan
uyg‘unlashtirgan. Nafikov o‘zbek folklorini jaz bilan qo‘shsa, C.Corea ispan va lotin Amerika
musiqachilaridan ilhom olgan. Har ikkisi ham o‘z madaniy ildizini global jaz sahnasiga olib
chiqgan. S. Nafikov jazni asosan eshitish va taqlid qilish orqali o‘rganishni yoqlasa, C.Corea
ham improvizatsiyada ko‘proq tinglash va sahnadagi tajribani asosiy vosita deb bilgan. Nafikov
jazni O‘zbekistonda yangi yo‘nalish sifatida rivojlantirayotgan bo‘lsa, C.Corea uni butun
dunyoga mashhur qildi. Ularning umumiy maqsadi milliylikni jaz bilan uyg‘unlashtirib global
auditoriyaga yetkazish. Demak, jazning universalligi shundaki, u turli madaniyatlarni o‘ziga
singdirib, yangicha badiiy shakllar yaratishga imkon beradi.
O‘zbekistonda fortepiano jaziga bo‘lgan ta’lab hozircha keng emas, biroq Sanjar Nafikov
singari pianinochilar faoliyati ushbu yo‘nalishga ilmiy va ijodiy e’tiborning ortishiga hizmat
qiladi. Jazning rivoji uchun nafaqat davlat siyosati, balki individual ijodkorlarning tashabbusi va
jamoatchilikning qiziqishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shunday qilib, Sanjar Nafikovning
tajribasi ko‘rsatadiki, mahalliy musiqachilar global jaz an’analaridan o‘rnak olib, ularni milliylik
bilan boyitish orqali o‘zbek jaz fortepiano maktabini yaratishi mumkin. Bu jarayon, o‘z
navbatida, O‘zbekistonni Xalqaro fortepiano jaz xaritasida o‘z o‘rnini topishga olib keladi. Chick
Corea misolida ko‘rish mumkinki, individual musiqachi ijodi butun bir madaniy oqimni
shakllantirishi
mumkin.
Nafikovning sa’y-harakatlari O‘zbekistonda ham shunday
jarayonlarning boshlanishiga zamin yaratmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda estrada va fortepiano ijrochiligi uchun keng
imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining
tashkil etilishi bu borada yangi davrni boshlab berdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: “Avvalo, mana shunday dargoh bilan sizlarni, butun san’atsevar yoshlarimizni
tabriklayman.! Biz bu ishlarni nima uchun qilyapmiz? San’atimizning buyuk merosini,
yoshlarimizning nimalarga qodirligini dunyoga tarannum etish uchun”.
14
Mazkur institut nafaqat
jaz va estrada ijodkorlarini tayyorlashda, balki yosh avlodni milliy meros va zamonaviy san’at
uyg‘unligi ruhida tarbiyalashda ham muhim maskanga aylanmoqda.
15
Shu bois, Sanjar Nafikov
kabi iste’dodli pianinochilarning izlanishlari o‘zbek estrada va jazz fortepiano san’ati istiqbolida
alohida o‘rin tutadi.
14
Mirziyoyev SH.M. “Avvalo, mana shunday dargoh bilan sizlarni, butun san’atsevar yoshlarimizni
tabriklayman…” – Prezidentning nutqidan. president.uz (https://president.uz/oz/lists/view/7237)
15
Mirziyoyev SH.M. “Avvalo, mana shunday dargoh bilan sizlarni, butun san’atsevar yoshlarimizni
tabriklayman…” – Prezidentning nutqidan. president.uz (https://president.uz/oz/lists/view/7237)
532
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Kelgusida ushbu yo‘nalishda yanada keng imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda. Zaripov
nomidagi Estrada va sirk kolleji, R. Gliyer va V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa
maktablari, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamda musiqa maktablari
yosh ijodkorlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kelajakda:
• estrada va jaz fortepiano bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi;
• Xalqaro hamkorlik asosida ustoz-shogird va mahorat darslari tashkil etiladi;
• yosh pianinochilarni xorijiy tanlov va festivallarga tayyorlash orqali ularni dunyo
sahnasiga olib chiqish imkoniyati kengayadi.
Sanjar Nafikov kabi iste’dodlarning o‘zbek folklori va jazni sintez qilishga qaratilgan
ijodiy tajribalari bu yo‘nalishning istiqbolini yorqin namoyon etmoqda. Natijada, o‘zbek estrada
va jaz fortepiano maktabi Xalqaro miqyosda ham tan olinishi va O‘zbekistonning musiqiy
brendlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Mirziyoyev SH.M. “Avvalo, mana shunday dargoh bilan sizlarni, butun san’atsevar
yoshlarimizni
tabriklayman…”
–
Prezidentning
nutqidan.
president.uz
(https://president.uz/oz/lists/view/7237)
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining madaniyat va san’at muassasalari
faoliyatiga oid qarorlar (1990-2020-yillar).
3.
Ganiyeva Lola Development of sheet reading skiils in a pop-jazz piano ensemble/
Eoropean Journal of Arts. №4. Vienna 2024. 32- 36 p.
4.
Ганиева Возрождение эстрадно-джазового искусства. Т. : «Олимп» с.74-78.
5.
Ганиева Л. Вклад кафедры эстрадно-инструментального исполнительства в процесс
формирования эстрадно-джазового музыканта.// Mатериалы ХII Международной
науно-практической
конференции.
Тамбов:
ТOГБOУ.(
Тамбовский
Государственный педагогический институт имени С. Рахманинова). С. 426-434
6.
Turkiston yulduzi» ansambli ishtirok etgan Toshkeny jaz festivali(1968).//O‘zbekiston
davlat konservatoriyasining arxiv materiallari.
7.
Konen. V. “Рождение джаза” М: Совtncrbq rjv композитор, 1984. 312 с.
8.
Levine, M. “The Jazz Theory Book”2
nd
Edition, Berklee Press, 1995.
