550
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
XORIJIY TILLARNING RAQAMLI MEDIADISKURSGA TA'SIR QILUVCHI
OMILLAR
Khalimjonova Shaxnoza Mamurdjonovna
Xalqaro Qishloq Xo’jaligi Universiteti
Ingliz tili assistent o’qituvshisi.
khalimjonovashaxnoza@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17248650
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xorijiy tillarning raqamli mediadiskurs shakllanishiga
ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Globalizatsiya, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng
ommalashuvi natijasida xorijiy tillardan, ayniqsa ingliz tilidan kirib kelayotgan atamalar,
kommunikativ uslublar va madaniy unsurlar raqamli axborot maydonining shakllanishida
muhim o‘rin tutmoqda. Tadqiqotda xorijiy tillarning mediadiskursdagi lingvistik, pragmatik va
sotsiokulturologik jihatlari o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
xorijiy tillar, raqamli mediadiskurs, globalizatsiya, ingliz tili, internet,
lingvistik ta’sir, kommunikativ madaniyat.
Kirish
So‘nggi yillarda raqamli mediadiskurs insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylandi.
Ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, onlayn nashrlar va multimedia platformalarida
shakllanayotgan matn va muloqot turlari zamonaviy til taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xususan, xorijiy tillar, ayniqsa ingliz tili, xalqaro kommunikatsiya tili sifatida nafaqat
ilmiy-texnik sohada, balki kundalik raqamli diskursda ham faol qo‘llanilmoqda. Bu holat milliy
mediadiskursga yangi lingvistik birliklar, uslubiy shakllar va madaniy kodlarning kirib kelishiga
sabab bo‘lmoqda.
Asosiy qism
Xorijiy tillarning raqamli mediadiskursdagi lingvistik ta’siri
Internet muhitida ingliz tilidan o‘zlashgan so‘z va iboralar: “like”, “post”, “comment”,
“trend”, “stream” kabi birliklar.
Neologizmlarning tez kirib kelishi milliy til leksikasini boyitadi, biroq o‘zlashtirish
jarayonida fonetik va morfologik moslashuv yuz beradi. chat (inglizcha) → chatlashmoq
(o‘zbekcha fe’l yasovchi qo‘shimcha qo‘shilgan), like → layk → layklamoq, layk bosmoq (ot va
fe’l shakllari hosil qilingan), post → post qilmoq (fe’llashgan shakl), stream → strim → strim
qilish (o‘zbekcha affiks orqali morfologik moslashuv yuz beradi), online → onlayn dars, onlayn
savdo, offline → oflayn uchrashuv, trend → trend mavzu, trend bo‘lish.
Shu tariqa, xorijiy so‘zlar milliy tilga kirib kelganda talaffuz, yozuv va grammatik
tizimga moslashadi. Bu jarayon milliy til leksikasini boyitadi, lekin haddan tashqari ko‘p
o‘zlashmalar tilning o‘z tabiiy me’yoriga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.
Pragmatik omillar
Onlayn muloqot tezkorligi sabab qisqartmalar va inglizcha iboralarning keng qo‘llanilishi:
“IMO” (In My Opinion), “LOL” (Laughing Out Loud). BRB (Be Right Back) → “Hozir
qaytaman”, tezkor suhbatlarda qo‘llaniladi, BTW (By The Way) → “Aytgancha”, OMG (Oh My
God) → “Voy xudo!”, “Voy!”, Zoom uchrashuv – onlayn yig‘ilish.
Bu hol tilning iqtisodiyligi, vaqt tejash va auditoriyaga tez yetib borish ehtiyoji bilan
bog‘liq.
551
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Sotsiokulturologik omillar
Global madaniyat elementlari raqamli platformalar orqali mahalliy diskursga kirib keladi.
Xorijiy tillarda yaratilgan kontent yosh avlod dunyoqarashini kengaytiradi, biroq milliy
madaniy qadriyatlarning so‘nish xavfini ham keltirishi mumkin.
Globalizatsiya jarayonida raqamli platformalar (YouTube, TikTok, Instagram, Netflix va
boshqalar) nafaqat lingvistik, balki madaniy oqimlarni ham bir hududdan boshqasiga tez va keng
ko‘lamda olib o‘tmoqda. Xorijiy tillarda yaratilgan kontent yosh avlod uchun yangi g‘oyalar,
turmush tarzi va madaniy qadriyatlarni targ‘ib qiladi. Hozirgi kunda yoshlar xorijiy madaniyat
bilan tanishadi, dunyoqarashi kengayadi. Turli xalqlarning urf-odatlari, taomlari, san’ati va hayot
tarzi bilan tanishish orqali multimadaniy kompetensiya shakllanadi. Ingliz tilidagi TED Talks
yoki koreys tilidagi ta’limiy vloglar yoshlar uchun bilim manbai sifatida xizmat qiladi. Shu bilan
birga uning salbiy jihatlari ham shakllanmoqda, mahalliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar va
an’analar yoshlar orasida ikkinchi darajaga tushib qolishi mumkin. O‘zbekona mahalla yig‘inlari,
hashar yoki choyxonadagi muloqot kabi qadriyatlar asta-sekin raqamli muloqot (onlayn chatlar,
gaming platformalari) bilan almashtirilmoqda.
TikTok va Instagram orqali keng tarqalgan “challenge” va “trend”lar ko‘pincha mahalliy
mentalitetga zid bo‘lishi mumkin (masalan, raqs, kiyinish uslubi, inglizcha va koreyscha aralash
nutq). Yoshlar onlayn suhbatda tez-tez inglizcha yoki koreyscha so‘zlarni aralashtirib ishlatadi:
“Bugun new trend chiqibdi”, “K-pop concertga bormoqchiman”. Bu global
madaniyatning til orqali kirib kelishidir.
Bu nafaqat tilde balki kiyim-kechakda ham ko‘rinadi. K-drama yoki turk seriallari
ta’sirida yoshlarda xorijiy kiyinish uslublari keng yoyilmoqda. Milliy liboslar kamroq
ishlatilmoqda, ularning o‘rnini brendli kiyimlar egallamoqda.
Milliy taomlarimizda o‘zgarishlarni kuzatamiz: fast-food (pizza, burger, sushi) iste’moli
milliy taomlar – somsa, lag‘mon, palovdan ko‘ra yoshlar orasida ko‘proq “zamonaviy” deb
qabul qilinmoqda.
An’anaviy gap-gashtak, ko‘rik-tanlov o‘rniga yoshlarda Netflix seriallarini birgalikda
ko‘rish yoki onlayn o‘yinlarda (PUBG, Fortnite) muloqot qilish odati keng tarqalmoqda.
Xorijiy tillarda yaratilgan kontent yosh avlodni dunyoga ochadi, lekin mahalliy madaniy
qadriyatlarning susayishiga ham olib kelishi mumkin. Shu bois raqamli madaniyatni boshqarish
– milliy qadriyatlarni global oqimlar bilan uyg‘unlashtirish muhim masalalardan biridir.
Tahlil va natijalar
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy tillarning, ayniqsa ingliz tilining ta’siri ikki
tomonlama xususiyatga ega:
Ijobiy jihatlar: milliy mediadiskursni boyitish, xalqaro integratsiyani kuchaytirish,
texnologik yangiliklarni tez qabul qilish.
Salbiy jihatlar: milliy til me’yorlarining buzilishi, keraksiz o‘zlashmalar ko‘payishi,
mahalliy kontentning xorijiy standartlarga bo‘ysunishi.
Xorijiy tillar ta’siri muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatish emas, balki boshqarish
muhimdir. Shu bois milliy mediadiskursni rivojlantirishda til siyosatini kuchaytirish, milliy til
asosidagi muqobil atamalar yaratish, hamda raqamli savodxonlikni oshirish orqali xorijiy
atamalardan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish.
Xulosa
Xorijiy tillarning raqamli mediadiskursga ta’siri global jarayon sifatida namoyon bo‘lib, u
lingvistik, pragmatik va sotsiokulturologik jihatlarda o‘z aksini topmoqda.
552
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
Bu jarayon milliy til taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shu bilan birga
muayyan tahdidlarni ham yuzaga keltiradi. Shuning uchun xorijiy tillarning ta’sirini o‘rganish va
boshqarish milliy mediadiskurs barqarorligi uchun dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Crystal D.
Language and the Internet
. Cambridge University Press, 2011.
2.
Fairclough N.
Media Discourse
. London: Arnold, 1995.
3.
Jenkins H.
Convergence Culture: Where Old and New Media Collide
. New York: NYU
Press, 2006.
4.
Karimov M.
Raqamli mediadiskurs va til o‘zgarishi
. Toshkent: Fan, 2022.
5.
Xudoyberganova D.
Globalizatsiya jarayonida o‘zbek tilining rivoji
. Toshkent:
Ma’naviyat, 2021.
