2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
161
SHARQ RENESSANSINING YIRIK NAMOYANDASI MIRZO ULUGʻBEK HAYOTI VA
ILMIY MEROSI
Axmatova Dilnoza Dilshod qizi
Buxoro davlat pedagogika institute O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17249103
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Sharq renessansining buyuk vakili Mirzo Ulugʻbekning
hayoti va ilmiy merosi tahlil qilinadi. Unda olimning astronomiya, matematika va ta’lim
sohasidagi beqiyos xizmatlari, Samarqand rasadxonasi va “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarining
jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Ulugʻbek ilmiy maktabining ahamiyati va uning
keyingi avlod olimlari faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Ulugʻbek, Sharq renessansi, astronomiya, matematika, rasadxona, ilmiy
meros.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются жизнь и научное наследие Мира
Улугбека – выдающегося представителя Восточного Ренессанса. Анализируются его
достижения в области астрономии, математики и образования, вклад Самаркандской
обсерватории и труда «Зидж-и Джадид-и Курагони» в мировую науку. Отмечается
значение научной школы Улугбека и её влияние на деятельность последующих поколений
учёных.
Ключевые слова:
Улугбек, Восточный Ренессанс, астрономия, математика,
обсерватория, научное наследие.
Abstract.
This article explores the life and scientific legacy of Mirzo Ulugh Beg, a
prominent figure of the Eastern Renaissance. It highlights his outstanding contributions to
astronomy, mathematics, and education, as well as the global significance of the Samarkand
observatory and his work Zij-i Jadid-i Kuragoni. The importance of Ulugh Beg’s scientific school
and its influence on subsequent generations of scholars is also emphasized.
Keywords:
Ulugh Beg, Eastern Renaissance, astronomy, mathematics, observatory,
scientific legacy.
Sharq renessansi davri insoniyat tafakkuri tarixida alohida o‘rin tutadi. Bu davrda ilm-fan,
madaniyat va ma’naviyatning yangi bosqichga ko‘tarilishi Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Ayniqsa, Movarounnahr zaminida yetishib chiqqan
buyuk mutafakkirlar, olimlar va davlat arboblari jahon ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shdilar.Buyuk
astronomik olim,mutafakkir , temuriylar sulolasi vakili Ulugʻbek ,asl ismi Mirzo Muhammad
Taragʻay, 1394- yil 22- mart Samarqandda tugʻilgan.U temuriylar sulolasining mashhur
hukmdori Amir Temurning suyukli nabirasi boʻlib, sohibqiron uning tarbiyasini katta rafiqasi
Saroymulkxonimga topshiradi va shundan keyingi 11 yillik tarbiya natijasida Ulugʻbek buyuk
inson boʻlib shakllanadi.
1409- yil temuriyzoda Shoxrux oʻgʻli Ulugʻbekni Samarqand hokimi etib tayinlaydi va
1411- yildan boshlab esa Mirzo Ulugʻbek butun Movarounnahr boshqaruvini qoʻlga olib,
Samarqandni ilm- fan markaziga aylantiradi va uning eng katta yutugʻi ham Samarqandda barpo
etgan ulkan astronomik observatoriya edi .U 1420- yilda qurilgan boʻlib, bu yerda yulduzlarning
harakatlarini kuzatish uchun zarur boʻlgan asboblar ishlab chiqilgan .Observatoriyada Ulugʻbek va
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
162
uning shogirdlari 1018 ta yulduzning aniq koordinatalarini hisoblab chiqganlar . Bu izlanishlar
natijasida Ulugʻbek 1437- yilda " Ziji jadidi Koʻragoniy" asarini yozadi.Mutaxassislarning
taʼlimotiga koʻra , ushbu yulduzlar jadvali grek olimlaridan miloddan avvalgi ll asrda yashagan
Gipparx va milodiy l - ll asrlarda ijod qilgan Ptolomey tuzgan jadvallardan keyingi davrda
yaratilgan eng aniq va shaffof astronomik manba hisoblanadi .Uning bu tadqiqotlari
matematikaning rivojiga ham katta taʼsir koʻrsatdi.
Mirzo Ulugʻbek " Ulugʻbek rasadxonasi" dagi ilmiy kuzatishlari natijasida " Tarixi arbaʼ
ulus" ( Toʻrt ulus tarixi) nomli mashhur asarini yozgan.Bu kitobda Odam Ayolning yaratilishi va
turklarning afsonaviy ota-bobolari hisoblangan Yusuf ibn Nuh va uning farzandi Turkxon,
shuningdek , turk- moʻgʻul qabilalari va Chingizxon tarixi batafsil bayon etilgan .Ushbu kitob
Ulugʻbek isteʼdodining yana bir qirrasi tarixchilik sohasidagi faoliyatining mahsulidir.Uni mutolaa
qilganlar nafaqat yetti ajdodinini ,balki butun shajarasini bilib olsa ajab emas .Chunki asarda
"oʻzbek" etnonimining kelib chiqish vaqti xususida qimmatli maʼlumotlar uchraydi va kitobning
faqat qisqartirilgan tahrirdagi 4 ta qoʻlyozmasi bizgacha yetib kelgan.
Ulugʻbek faqatgina astronomiya va matematika bilan cheklanmagan , adabiyot va sanʼatga
ham oʻz hissasini qoʻshgan. U oʻz saroyida olimlar, shoirlar va sanʼatkorlarni
toʻplagan.Ulugʻbekning saroyida faoliyat yuritgan mashhur shoirlardan biri - Navoiydir
.Ulugʻbekning ilm- fanga boʻlgan qiziqishi uning nomini tarixda abadiy qoldirdi va nomi dunyo
fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitildi.
Xulosa qilib aytganda, Ulugʻbek yulduzlar ilmining sultoni edi .Buyuk munajjimga
cheksiz hurmat hosilasi sifatida yurtimizning bir qancha shaharlarida haykallar qad koʻtardi va
shu bilan birga uning ilmiy va madaniy merosi nafaqat Oʻzbekistonda ,balki chet mamlakatlarda
ham haligacha oʻz qiymatini yoʻqotgan emas.Mirzo Ulugʻbek kelgusi avlod vakillari uchun ilhom
manbai boʻlib xizmat qiladi desak , shubhasiz, yanglishmagan boʻlamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., Hojiyeva, N., & Rajabova, G. Z.
(2024). Statistical analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school
students. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.
2.
Sharipova, M. (2024, May). O’TKIR HOSHIMOVNING «IKKI ESHIK ORASI»
ROMANIDA PERSONAJ RUHIY HOLATINI IFODALOVCHI VOSITALAR
TAHLILI. In
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF
PEDAGOGY AND LINGUISTICS
(Vol. 1, No. 5, pp. 3-7).
3.
Шарипова, М. Б. (2024, February). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ
ФОРМИРОВАНИЯ
ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ
КОМПЕТЕНЦИЙ
У
СТУДЕНТОВ. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC E-CONFERENCE “PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DIGITAL TRANSFORMATION ECONOMIES IN THE CONDITIONS
OF DEEPENING INTEGRATION PROCESSES OF DEVELOPING COUNTRIES”-
Kraków, Poland
(Vol. 1, pp. 54-57).
4.
Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning
ahamiyati.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
2025
SENTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 9
163
5.
Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI
O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.
Scientific progress
,
2
(7), 1102-1108.
6.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
7.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
8.
Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
,
2
(7), 1135-1138.
9.
Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры
воспитанников дошкольных образовательных учреждений.
Вестник магистратуры
,
(3-3 (102)), 113-114.
10.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
11.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
12.
Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1145-1148.
13.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В
ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
14.
Шарипова,
М.
Б.,
&
Хусаинова,
З.
Х.
ВЕСТНИК
НАУКИ
И
ОБРАЗОВАНИЯ.
ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп
, 106-
108.
15.
Sharipova,
M.
(2024).
EPOS
HAMDA
MAROSIM
MUNOSABATINING
QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
16.
Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The
Example of the Epic “Alpomish”).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
46
(46).
17.
Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE
DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION
SYSTEM.
THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN
WORLD
,
3
(1), 21-29.
18.
Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK
TA’LIMOTI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
