Authors

  • Sarvar Sattorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136935

Keywords:

Mir Arab Afg‘oniston G‘ijduvon Hamro Polvon BXSR Metan Polvon Mulla Laqlaqa Qasri Orifon.

Abstract

Ushbu maqola g‘ijduvonlik mashhur qo‘rboshi Mullo Abdulqahhorning qizil imperiyaga qarshi kurashi haqida yozilgan bo‘lib, qo‘rboshining Rus bosqinchilariga qarshi olib borgan harakati, Buxoro hududlarida bo‘lib o‘tgan kurashlar haqida bag‘ishlangan. Shuningdek, Mullo Abdulqahhоr bilan birgalikda va unga yordam bergan qo‘rboshilar haqida havda Mullo Abdulqahhorning to‘rt yildan ortiqroq qarshilik harakatlari davomida uning ko‘rsatgan jasorati haqida ma’lumotlar berilgan.

background image


Sentabr, 2025-Yil

226

MULLA ABDULQAHHORNING YURTGA XIZMATI

Sattorov Sarvar

ssattorov2406@gmail.com

+998919731787

https://doi.org/10.5281/zenodo.17249365

Annotatsiya.

Ushbu maqola g‘ijduvonlik mashhur qo‘rboshi Mullo Abdulqahhorning qizil

imperiyaga qarshi kurashi haqida yozilgan bo‘lib, qo‘rboshining Rus bosqinchilariga qarshi olib
borgan harakati, Buxoro hududlarida bo‘lib o‘tgan kurashlar haqida bag‘ishlangan. Shuningdek,
Mullo Abdulqahhоr bilan birgalikda va unga yordam bergan qo‘rboshilar haqida havda Mullo
Abdulqahhorning to‘rt yildan ortiqroq qarshilik harakatlari davomida uning ko‘rsatgan jasorati
haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Mir Arab, Afg‘oniston, G‘ijduvon, Hamro Polvon, BXSR, Metan Polvon,

Mulla, Laqlaqa, Qasri Orifon.

Kirish.

XX asrning 20-30 yillarida Turkiston mintaqasida qizil armiya bosqinchilariga

qarshi minglab yurt himoyachilari ya’ni qo‘rboshilar maydonga chiqdi. Bunday yurt
qahramonlarini o‘tgan asrimizda “bosmachi” deb xalqqa tanishtirb, ular haqida uydurma va
yolg‘onlar to‘qishar edi. Vaqt o‘tib, haqiqat yuzaga chiqdi. Shunday yurt qahramonlaridan biri
G‘ijduvon farzandi Mulla Abdulqahhor hisoblanadi. Mulla Abdulqahhorning faolliyati haqida
tanishar ekanmiz yoshligidan ham diniy, ham dunyoviy ilmlari puxta o‘rganib, butun umrini yurt
tichligi uchun bag‘ishlagan. Mullo Abdulqahhor rus imperiyasiga mardlarcha qarshilik ko‘rsatib,
ruslarning g‘arazli maqsadlaridan xalqni himoya qilishga harakat qilgan edi.

Muhokama va natija.

Buxoro hududini qizil qo‘shindan xolos etish uchun ko‘plab yurt

fidoyilari, mashhur qo‘rboshilari harakatda bo‘lishgan. Shunday qo‘rboshilardan biri bu Mulla
Abdulqahhor hisoblanadi. Asli G‘ijduvon tumani, Soktari (hozirgi Saidkent qishlog‘i) qishlog‘ida
tug‘ulgan va mamlakat hurriyati uchun dushmanga qarshi mardlarcha kurashgan.

Mulla Abdulqahhor (1884 – 1924 y.y.) hozirgi Saidkent qishlog‘ida o‘rta mulk oilasida

tug‘ulgan[1;335]. Yoshligida ilmga chanqoq va ilmli inson bo‘lganligi uchun uni “Mulla” deb
atashgan. Mulla Abdulqahhor Mir Arab madrasasida tehsil olgan.

Qizil armiya tomonidan Buxoro amirligi tugatilgach, Mulla Abdulqahhor ham Amir

Olimxon bilan birgalikda Afg‘onistonga jo‘naydi, ammo 1921 yilda Buxoroga qaytib kelgan.
Amir Olimxon o‘zining esdaligida Abdulqahhor haqida shunday eslaydi “Mullo Abdulqahhor
dorussaltanat Qobuldan bu bandaning ruxsati bilan Buxoro va uning tumanlari atrofida fidokor
mujohidlarga rahbarlik qilib, askarlar orasida tartib-intizom o‘rnatgach, G‘ijduvon tumanini ozod
qilish niyatida dushman ustiga bostirib bordi, shu bilan, G‘ijduvon tumanini dushman qo‘lidan
qutqardi va uni o‘z tasarrufiga kirgazdi. Shu bilan u yerdan anchagina din va bu banda tarafdorlari,
fidoyi kishilar unga hamroh bo‘ldilar”[2;15].

Mulla Abdulqahhor Buxoro shahriga qaytganidan keyin o‘ziga ittifoqdoshlarni to‘plashdan

boshlaydi. Buxoro atrofidan taxminan olti ming nafar, Vobkent tumanidan ikki ming nafar,
Vag‘anza tumanidan ikki ming nafar, Shofirkon tumanidan ikki ming nafar, Pirmast tumanidan
ikki ming nafar, Xutfar va Laqlaqa tumanidan ikki ming besh yuz nafar, Bahouddindan ikki ming
nafar askar yig‘ildi. Umumiy qilib olganda, yigirma besh ming nafardan ortiqroq kishi yig‘ilgan.


background image


Sentabr, 2025-Yil

227

Mulla Abdulqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotaning o‘nlab qo‘rboshi dastalari
birlashgan. Arxiv hujjatlarida yozilishicha, uning qo‘l ostida Buxoroning g‘arbiy qismidan 20 ta
qo‘rboshi to‘plangan. O‘rmon Polvon, Shukur Xo‘ja, Jo‘ra Amin, Hayit Amin, Oston
Qorovulbegi, Hamro Polvon, Ortiq To‘qsabo, Ortiqcha, Azim Xo‘ja, Said Mansur, Xushvaqt va
Siroj Xo‘ja kabi sardorlar uning eng nufuzli qo‘rboshilari sanalgan.

Buxoro Xalq Respublikasi Nozirlar Sho‘rasining raisi nomiga 1922 yil 12 noyabrda

yuborilgan “mutlaqo maxfiy” ma’lumotda aytilishicha, “Abdulqahhor qishini tarkibida Sharqiy
Buxoro va Afg‘onistondan kelgan qandaydir turk Afandi va Abdurahmon qori bor, ular oktyabr
oyining oxirida G‘arbiy Buxoroda bosmachi guruhlari tashkil qilish uchun bu yerga kelishgan edi,
shuningdek, Abdulqahhorni butun G‘arbiy Buxorodagi mujohidlarning Oliy bosh qo‘mondonni
qilib tayinlanganligi haqidagi buyruqni ham olib kelishgan edi. Oktyabr oyining so‘ngi kunlarida
Nurotadan janubi-sharqqa joylashgan Chuy qishlog‘idagi Mustafo Hayitbek qo‘rboshining dastasi
30-35 nafar jangchisi bilan oltinchi guruh bo‘lib Abdulqahhor ixtiyoriga o‘tdi” deb qayd
qilinadi[3;106]. Harakatning dastlabki davrida ittfoqchilar ko‘payib rus bosqinchilariga qarshi
yetarlicha qarshilik harakatini ko‘rsatilgan.

Mulla Abdulqahhor qo‘shinida sovetlarning ayg‘ochilari ham izg‘ib yurargan. Ana

shunday josuslardan bo‘lgan bir qozoq yigit qizil armiya qo‘mondonligiga juda muhim
ma’lumotlarni yetkazib turgan. Bu ma’lumotlar asosida eng yuqori davlat muassasalari va harbiy
tashkilotlar nomiga 1922 yil 14 dekabrda “mutlaqo maxfiy” tamg‘asi bilan batafsil axborot
tayyorlanadi. Ushbu hujjatda Mulla Abdulqahhor qo‘shini, uning qo‘rboshilari va askar kuchlari,
shaxsiy tarjimai holiga oid dalillar va boshqa muhim fikrlar keltirilgan.

Abdulqahhor qo‘shinida ushbu qo‘rboshilar dasta boshliqlari edi:
1.O‘rmon Polvon - 46 yoshda, Denov qishlog‘ining fuqarosi.
2.Metan Polvon (Abdulqahhorning ukasi, G‘ijduvonlik fuqaro).
3.Naim Polvon - bu ham Abdulqahhorning ukasi, 27 yoshda, koֹ‘kragiga o‘q tegib, jarohat

olgan.

4.Urmon Polvon - 35 yoshda, Xargo‘sh tumanidagi Shanba qishlog‘ining fuqarosi.[3;109].

Ruslar ushbu xabarlar orqali qo‘rboshilar haqida yetarlicha ma’lumotlar to‘plashgan.

1922 - yilning martida Buxoroga hujum uyushtiriladi. Zarafshon daryosining Mehtar

Qosim (Vobkent hududida) ko‘prigi atrofida BXSRning qizil askarlari mag‘lubiyatga uchradi. Bu
yerda ikki kun davomida qattiq janglar bo‘lib o‘tgan. Shundan keyin Mulla Abdulqahhor Eski
Buxoroga hujum qilib, qisqa fursatda shaharning 6 ta darvozasini egalladi [4;224]. Erishilgan
ustunlikni mustahkamlash maqsadida o‘z qo‘shinini ikkiga bo‘lib, birinchi qismini Kogonga
yo‘naltiradi, ikkinchi qismi bilan o‘zi Eski Buxorodagi vaziyatni to‘rt soat davomida ushlab turadi
va keyin Qasri Orifon (Kogon)ga harakat qiladi. Biroq bu muddat ichida qizil qo‘shin o‘zining
katta kuchlarini bu yerga to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va istiqlolchilarni mag‘lub etdi. Shu
vaqtgacha Anvar Poshoning qo‘shini Shahrisabz va Qarshi orqali Buxoro viloyatiga yetib kelishi
kerak edi. Afsuski bunday bo‘lmadi va qo‘shimcha kuchlar yetib kelolmadi. Aynan shu fursatda
Eski Buxoro atrofida vaziyat murakkablashdi. Buxoro shahrini Jabbor qo‘rboshi hamma
tomondan qurshab olgan edi (1922-yil 5-mart)[5;334]. BXSR hukumati Turkiston ASSRdan
yordam so‘raydi va Samarqanddan, Toshkentdan qo‘shimcha kuchlar, Zakaspiydan esa otliqlar
polk yordamga etib keladi. Oqibatda Jabbor qo‘rboshining qo‘shini ham mahv etiladi. Bir necha


background image


Sentabr, 2025-Yil

228

kunlik shiddatli janglardan so‘ng Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon va boshqa shaharlar birin-ketin
qizillar tomonidan bosib olindi. Shunday bo‘lsada, harakat davom etgan. Masalan, 1922-yilning
aprel oyi boshlarida Buxorodan 15 chaqirimlik masofadagi Jondorda qizil qo‘shin bilan ayovsiz
to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan.

1923- yilning bahori-yozida qurolli harakat markazi Nurotada bo‘lib, Mulla

Abdulqahhorning qarorgohi shu yerda edi. Bu paytga kelib unga Metan Polvon, Latif Devonbegi,
Abdurasul Afandi, Xushvaqt, Og‘a Gulbek, Yodgor Xo‘ja, Siroj Xo‘ja, Musaboy, Azim Yuzboshi,
Mulla Qarshi, Nazir Yuzboshi, Asadulla Qorovulbegi, Oqil Qorovulbegi, Mustafo Qorovulbegi,
Mulla Mansur kabi qo‘rboshilar bo‘ysunardi. Qorako‘l tumanida harakat qilayotgan Murod
Polvon safdoshlari Jo‘ra Amin va Hayit Polvonlar bilan birgalikda aprel oyining oxirida
Jondordagi qizil askarlar garnizoniga muvaffaqiyatli hujum uyushtirib, dushmanning ikkita
aeroplani (samolyoti)ni urib tushirishdi. 10 iyunda Tosh Murdasho‘y va A’zam Xo‘janing 300
otliq otryadi Xargo‘sh atroflariga hujum qilib, bu yerdagi qizillar garnizonini qirib tashladi. Jo‘ra
Amin (1889-1926)ning yigitlari Jondor va Qorako‘l tumanlarida Pavlov qo‘mondonligidagi 13-
o‘qchi korpusiga qarshi shafqatsiz janglar olib borishdi [4;226].

1924-yilning boshlarida G‘arbiy Buxoroda, Zandanada (Mulla Abdulqahhor), Qorako‘lda

(Jo‘ra Amin), Jondorda (A’zamxo‘ja), Buxoro shahrining shimoliy g‘arbida (Tosh Murdasho‘y),
Vobkentda (Ko‘r Ota), G‘ijduvonda (Islom Qorovulbegi), Shofirkonda (O‘rmon Polvon, Metan
Polvon va Naim Polvon) kurashni davom ettirdilar. Ammo 1924-yilning 5-iyulida boshlangan
“Bosmachilikni tugatish oyligi” natijasida 17 qo‘rboshi va 250 yigit qo‘lga olindi. Mulla
Abdulqahhor 1924- yilning noyabrida Qizilqumda o‘ldiriladi.

Xulosa.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, G‘ijduvonning mard o‘g‘loni Mullo

Abdulqahhor o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan ado etgan. Mulla Abdulqahhorning
janglarda olib borgan taktikasi va qo‘shinning boshqaruvidan Turkiston xalqining jangovar uslubi
o‘ziga xos ekanligini tushinimiz mumkin. U umrining so‘ngiga qadar o‘z yurtiga sadoqat bilan
xizmat qilgan. Bunday mashhur kishilar yurt himoyachisini hayotini va jasoratini chuqur
o‘rganmoq va qilgan xizmatlarini xalqqa batafsilroq tanishtirmoq lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. Форсийдан А. Ирисов
таржимаси. Тошкент: Фан, 1991. – Б. 15.

2.

Rajabov.Q.Buxoro Mang‘it amirlari. – T .: “FAN” – OCHUN.2025, – B.384

3.

Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих ҳақиқати
(1920-1924 йиллар). Тошкент: Маънавият, 2002. – Б. 112-113.

4.

To‘rayev H. Buxoro tarixi (o‘quv qo‘llanma). Buxoro:Durdona, –B225

5.

To‘rayev.H. O‘zbekiston tarixi (X jild). –T.: “O‘zbekiston”,2023, –B334


References

Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. Форсийдан А. Ирисов таржимаси. Тошкент: Фан, 1991. – Б. 15.

Rajabov.Q.Buxoro Mang‘it amirlari. – T .: “FAN” – OCHUN.2025, – B.384

Ражабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш: тарих ҳақиқати (1920-1924 йиллар). Тошкент: Маънавият, 2002. – Б. 112-113.

To‘rayev H. Buxoro tarixi (o‘quv qo‘llanma). Buxoro:Durdona, –B225

To‘rayev.H. O‘zbekiston tarixi (X jild). –T.: “O‘zbekiston”,2023, –B334