Authors

  • Doniyor Sultonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136982

Keywords:

Muammoli kreditlar kredit riski qaytarilish darajasi restrukturizatsiya kredit portfeli tijorat banklari moliyaviy barqarorlik “Hamkorbank” ATB.

Abstract

Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari, “Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

32

BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI

OSHIRISH YO'LLARI (HAMKORBANK ATB MISOLIDA)

Sultonov Doniyor Ro’ziboyevich

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17270808

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-

performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan
bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy
barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni
boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb
vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari,
“Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan.

Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit

tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya
jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni
mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Muammoli kreditlar, kredit riski, qaytarilish darajasi, restrukturizatsiya,

kredit portfeli, tijorat banklari, moliyaviy barqarorlik, “Hamkorbank” ATB.

Abstract.

This scientific article is devoted to the issue of increasing the efficiency of work

with problem loans (non-performing loans – NPL) in commercial banks, analyzed on the
example of “Hamkorbank” JSCB. Problem loans have a negative impact on the financial
stability, profitability and customer confidence of banks. Therefore, their management and
ensuring their repayment is one of the most urgent tasks facing banks today. The article studies
the causes of the emergence of problem loans, the current practice at “Hamkorbank” JSCB,
international experience and advanced approaches. Also, proposals are developed to deepen
credit analysis, introduce digital monitoring systems, simplify the restructuring process and
widely use credit insurance as effective mechanisms for reducing problem loans. The results of
the research will serve to reduce risks in the activities of banks, strengthen financial stability and
further strengthen cooperation with customers.

Keywords:

Problem loans, credit risk, recovery rate, restructuring, loan portfolio,

commercial banks, financial stability, Hamkorbank JSCB.

Kirish:

Tijorat banklari faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy daromad manbai

hisoblanadi. Shu bilan birga, ular banklar uchun eng yuqori risk darajasiga ega faoliyat turi
sanaladi. Kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmasligi, qarzdorlar tomonidan to‘lov intizomining
buzilishi yoki iqtisodiy sharoitlar ta’siri ostida yuzaga keladigan muammolar natijasida
banklarda muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) paydo bo‘ladi. Bu holat nafaqat
bankning moliyaviy barqarorligi, balki butun moliya tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston bank tizimida oxirgi yillarda muammoli kreditlarni kamaytirish bo‘yicha

sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kreditlash siyosatini qat’iylashtirish, kredit
riskini baholash tizimlarini takomillashtirish, qarzdorlarni qayta restrukturizatsiya qilish va ijro


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

33

mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay, muammoli
kreditlar hajmining ortishi hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va
jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarda qaytarilish intizomi banklar uchun sinov bo‘lib
qolmoqda.

Mazkur tadqiqot “Hamkorbank” ATB misolida muammoli kreditlar bilan ishlash

samaradorligini oshirish yo‘llarini tahlil qiladi. Bank kredit portfelida muammoli qarzlarning
shakllanishi, ularni qaytarishdagi muammolar va mavjud mexanizmlar o‘rganiladi. Shuningdek,
xalqaro amaliyot va ilg‘or tajribalar asosida muammoli kreditlarni kamaytirish, qarzdorlar bilan
ishlash jarayonlarini soddalashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqiladi. Ushbu tadqiqot natijalari nafaqat “Hamkorbank” ATB, balki butun bank tizimi
uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

O‘zbekiston olimlari muammoli kreditlar masalasini

iqtisodiy o‘sish, bank tizimining barqarorligi va kredit siyosati bilan bog‘liq holda o‘rganib
kelmoqda. Isakov (2024) tijorat banklarida muammoli kreditlar hajmiga ichki ko‘rsatkichlar –
leverage, kredit-depozit nisbati va foiz daromadlari, shuningdek, YaIM o‘sishi va valyuta kursi
kabi tashqi omillar qanday ta’sir ko‘rsatishini dinamik panel tahlili orqali isbotladi. Shuningdek,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari VAR modeli asosida olib borgan izlanishlarida
muammoli kreditlarning ko‘payishi milliy iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasi va pul-kredit
siyosatiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib berishdi. Bu natijalar mamlakat banklarida
makroiqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda kredit riskini boshqarish zarurligini ta’kidlaydi.

Rossiya va Yevropa olimlari kredit portfeli sifatini baholashda muammoli kreditlar

ulushini asosiy ko‘rsatkich sifatida belgilashgan. Rossiyada olib borilgan tadqiqotlar (2024)
korporativ kreditlardagi NPL ulushi o‘rtacha 4,8% ni, iste’mol kreditlarida esa 7,9% ni tashkil
etayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, Avgouleas va Goodhart (2017) Yevropa bank tizimi
bo‘yicha “bad bank” (AMC – Asset Management Company) modeli yordamida muammoli
kreditlarni alohida tashkilotlar orqali boshqarish samarali bo‘lishini taklif qilgan. ESRB (2017)
ham muammoli kreditlarni hal qilishda zaxira yaratish, ikkilamchi bozorlarda sotish, tashqi
servising kompaniyalari va bankrotlik tizimini kuchaytirish muhimligini ko‘rsatgan.

Osiyo va AQSh olimlari muammoli kreditlar bilan ishlashda xalqaro saboqlarni ilgari

surishgan. Xitoy bo‘yicha Management Science jurnalida (2024) chop etilgan tadqiqot
muammoli kreditlarni sotib olish jarayonlarining ayrim hollarda ularni vaqtincha yashirishga
xizmat qilishini ta’kidlagan. Fiji misolida Chand, Kumar va Stauvermann (2023) bank-spetsifik
omillar – kapital yetarliligi va o‘lcham muammoli kreditlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini
ko‘rsatgan. Hindistonda Mishra va hammualliflar (2021) iqtisodiy o‘sish sekinlashuvi va real
sektor shoklari NPLni keskin oshirishini, shu sababli prudensial kapital yostiqlarini kuchaytirish
zarurligini ta’kidlab o‘tgan. Shu bilan birga, AQSh va Yevropa bank tizimi bo‘yicha olib
borilgan IMF va ECB tadqiqotlari (2017–2020) muammoli kreditlarni erta aniqlash,
restrukturizatsiya jarayonini tezlashtirish va shaffof hisobotlarni joriy qilish eng muhim yechim
ekanini tasdiqlagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotning metodologik asosida muammoli kreditlarning

iqtisodiy mohiyatini va bank faoliyatidagi ahamiyatini nazariy jihatdan tahlil qilish yotadi. Shu
maqsadda xalqaro ilmiy adabiyotlar, Basel qo‘mitasi tamoyillari, Jahon banki va Xalqaro valyuta


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

34

jamg‘armasi tavsiyalari o‘rganildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan
normativ-huquqiy hujjatlar hamda tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar
asos sifatida qabul qilindi. Ushbu yondashuv muammoli kreditlarni nazariy asosda to‘liq yoritish
imkonini berdi.

Empirik qismda “Hamkorbank” ATB misolida muammoli kreditlar bilan ishlash

jarayonlari tahlil qilindi. Bankning 2020–2024-yillarda e’lon qilingan yillik moliyaviy
hisobotlari, aktiv va passivlar tarkibi, kredit portfeli sifati hamda qaytarilmagan kreditlar hajmi
statistik usullar yordamida ko‘rib chiqildi. Dinamik tahlil orqali muammoli kreditlarning vaqt
bo‘yicha o‘zgarishi, ularga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar aniqlashga harakat qilindi.
Shuningdek, bank amaliyotida qo‘llanilgan restrukturizatsiya va undirish mexanizmlarining
samaradorligi baholandi.

Tadqiqotda taqqoslama va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Xalqaro tajriba – Janubiy Koreya, Malayziya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Rossiya

tajribasi bilan O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilayotgan mexanizmlar qiyoslandi. Bundan tashqari,
muammoli kreditlarning kamayishi va bank moliyaviy barqarorligining oshishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni aniqlash uchun korrelyatsion tahlildan ham foydalanildi. Ushbu metodologik
yondashuv tadqiqot natijalarini ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minladi.

Tahlil va natijalar.

Birinchidan, muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL)

banklar moliyaviy barqarorligiga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biridir.
“Hamkorbank” ATBda ham kredit portfelining sifati va qaytarilish intizomi bankning foydaliligi
hamda aktivlari barqarorligini belgilab beradi. 2020–2024-yillar davomida bank kredit portfelida
muammoli kreditlarning ulushi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. Bu davrda makroiqtisodiy
sharoit, valyuta kursining tebranishlari, inflyatsiya darajasi va pandemiya oqibatlari ham
muammoli kreditlar hajmining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan.

1-jadval

“Hamkorbank” ATB kredit portfeli va muammoli kreditlar hajmi (2020–2024-yillar)

Yil

Umumiy kredit portfeli

(mlrd so‘m)

Muammoli kreditlar

(mlrd so‘m)

NPL ulushi (%)

2020

18 450

620

3,4

2021

22 780

890

3,9

2022

27 300

1 120

4,1

2023

32 560

1 350

4,2

2024

38 200

1 290

3,4

Manba: https://hamkorbank.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2020–2023-yillarda muammoli kreditlar hajmi yildan-yilga

o‘sib borgan, 2024-yilda esa qayta restrukturizatsiya va nazorat kuchaytirilishi natijasida
ularning ulushi keskin pasaygan. Bu esa, bankning muammoli kreditlar bilan ishlashdagi yangi
strategiyasi – qarzdorlikni qayta grafigini belgilash, kreditlarni sug‘urtalash va mijozlar bilan
muzokaralarni kuchaytirish samarali natija berganini ko‘rsatadi.

“Hamkorbank” ATBda muammoli kreditlarning tarkibiy tuzilishi ham tahlil qilindi. Unda

kichik biznes, jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar kreditlari o‘rtasidagi farq yaqqol
namoyon bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

35

Ayniqsa, pandemiya yillarida (2020–2021) jismoniy shaxslar tomonidan o‘z vaqtida

to‘lovlarning amalga oshirilmasligi bankning NPL ko‘rsatkichiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Keyingi
yillarda esa kichik biznes kreditlarida ham muammolar ko‘paygan.

2-jadval

“Hamkorbank” ATB muammoli kreditlari tarkibi (2020–2024-yillar, mlrd so‘mda)

Yil

Jismoniy

shaxslar

Kichik

biznes

Korporativ

mijozlar

Jami muammoli

kreditlar

2020

290

220

110

620

2021

400

320

170

890

2022

500

430

190

1 120

2023

590

520

240

1 350

2024

470

520

300

1 290

Manba: https://hamkorbank.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.


Jadvaldan ko‘rinadiki, muammoli kreditlarning asosiy qismi jismoniy shaxslar va kichik

biznesga to‘g‘ri kelmoqda. 2020–2021-yillarda jismoniy shaxslarning kreditlarini qaytarishda
muammolar ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa, 2022–2024-yillarda kichik biznes kreditlarida muammoli
kreditlarning salmog‘i oshib borgan. Bu holat kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy
barqarorligi yetarlicha mustahkam emasligini ko‘rsatadi. Korporativ mijozlarda ham muammoli
kreditlar hajmi asta-sekin ortib borgan bo‘lsada, ularning umumiy ulushi bank uchun nisbatan
past bo‘lib qolmoqda.

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “Hamkorbank” ATBda muammoli kreditlarning

kamayishi uchun kompleks yondashuv qo‘llanilmoqda. Jumladan, mijozlar bilan ishlashda
raqamli monitoring tizimlari joriy qilinib, qarzdorlarning moliyaviy intizomi muntazam
kuzatilmoqda. Shuningdek, kreditlarni qayta restrukturizatsiya qilish va muddatlarini cho‘zish
orqali bank mijozlarning moliyaviy barqarorligini tiklashga yordam bermoqda. Natijada, 2024-
yilda muammoli kreditlar ulushi 3,4% gacha kamaygan. Bu esa bankning kredit riskini
boshqarish samaradorligi oshganini va xalqaro standartlarga yaqinlashayotganini anglatadi.

Muhokama:

Muammoli kreditlarning asosiy qismini jismoniy shaxslar va kichik biznes

subyektlari tashkil qilgani e’tiborga molikdir. Bu holat qarzdorlarning moliyaviy savodxonligi
yetarli emasligini, biznes loyihalarining yetarlicha barqaror emasligini va tashqi iqtisodiy
omillarning ta’siri kuchli ekanini ko‘rsatadi. Banklar uchun kreditlash jarayonida nafaqat
moliyaviy resurs ajratish, balki qarzdorlarga maslahat, konsalting va trening xizmatlarini ham
ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Restrukturizatsiya jarayonlari bank amaliyotida muhim rol o‘ynadi. To‘lov muddatlarini

uzaytirish, foiz stavkalarini pasaytirish, qarzdorlik grafigini qayta tuzish kabi choralar ko‘plab
mijozlarning qarzlarini qaytarish imkoniyatini oshirdi. Shu bilan birga, sud-ijro mexanizmlarini
kuchaytirish, ijro jarayonlarini tezlashtirish va kreditlarni sug‘urtalashni keng qo‘llash ham
bankning muammoli aktivlarini kamaytirishga xizmat qildi.

Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Hamkorbank” ATBda qo‘llanilayotgan chora-

tadbirlar ijobiy natija bergan bo‘lsa-da, yanada mukammallashtirish talab etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

Kelgusida kredit risklarini baholashda sun’iy intellekt va prognozlash algoritmlaridan

foydalanish, real vaqt rejimida mijozlarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini kuzatib borish hamda
kredit sug‘urtasini kengaytirish muammoli kreditlar ulushini yanada qisqartirishi mumkin. Shu
jihatdan, bankning kelgusi strategiyasi xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarga asoslanishi
zarur.

Xulosa.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muammoli kreditlar

banklarning moliyaviy barqarorligi va kreditlash samaradorligini belgilovchi eng muhim
omillardan biridir. “Hamkorbank” ATB misolida 2020–2023-yillarda muammoli kreditlar hajmi
ortib borgan bo‘lsa-da, 2024-yilda ularning ulushi kamaygani bank tomonidan amalga oshirilgan
restrukturizatsiya, monitoring tizimlarini raqamlashtirish va mijozlar bilan faol muzokaralar olib
borish natijasida erishilgan ijobiy natija sifatida baholanishi mumkin. Shu bilan birga, muammoli
kreditlarni kamaytirish jarayonida mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, kichik biznes
subyektlariga moslashuvchan kredit siyosatini qo‘llash, kredit risklarini sun’iy intellekt
yordamida prognozlash va kredit sug‘urtasini keng joriy etish kelgusida muhim yo‘nalishlar
bo‘lib qoladi. Mazkur yondashuvlar nafaqat “Hamkorbank” ATB, balki butun bank tizimi uchun
moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va mijozlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Isakov, O. (2024). Factors Affecting Non-Performing Loans: Evidence from Commercial
Banks in Uzbekistan. Journal of Economics and Financial Analysis, 8(2), 1–21.

2.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari (2022). VAR modeli asosida muammoli
kreditlarning makroiqtisodiy determinantlari. TDIU Ilmiy axborotlari, 4(1), 55–68.

3.

Kurbonov, S. (2022). Compliance, Risk Management and Audit in Uzbekistan Banks.
Kursiv Media, Tashkent.

4.

Avgouleas, E. & Goodhart, C. (2017). Utilizing AMCs to tackle Eurozone’s legacy non-
performing loans. European Economy – Banks, Regulation and the Real Sector, 1(2017),
97–112.

5.

European Systemic Risk Board (2017). Resolving non-performing loans in Europe.
Frankfurt: ESRB Publications.

6.

Karadima, M. & Louri, H. (2020). Does bank market power affect non-performing loans?
International Review of Financial Analysis, 72, 101567.

7.

European Central Bank (2020). COVID-19 and non-performing loans: Lessons from past
crises. ECB Research Bulletin, 61, 1–12.

8.

Balgova, M., Nies, M. & Plekhanov, A. (2017). The economic impact of reducing non-
performing loans. EBRD Working Paper No.193. London: EBRD.

9.

Chand, S.A., Kumar, R.R. & Stauvermann, P.J. (2023). Determinants of Non-Performing
Loans in a Small Island Economy of Fiji. Journal of Risk and Financial Management,
16(10), 436.

10.

Mishra, A.K., Jain, S., Abid, M. & Manogna, R.L. (2021). Macro-economic determinants
of NPAs in India: A panel data analysis. International Journal of Finance & Economics,
26(3), 3819–3834.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

11.

Management Science (2024). Nonperforming Loan Disposals Without Resolution:
Evidence from China. Management Science, 70(5), 2950–2971.

12.

World Bank (2021). Non-Performing Loans in East Asia and the Pacific: Practices and
Lessons in Times of COVID-19. Washington, D.C.: World Bank.

13.

Federal Reserve Bank of New York (2019). Loan Performance and Bank Stability:
Evidence from U.S. Commercial Banks. FRBNY Staff Reports, No. 885.

14.

https://hamkorbank.uz/

15.

https://cbu.uz/

References

Isakov, O. (2024). Factors Affecting Non-Performing Loans: Evidence from Commercial Banks in Uzbekistan. Journal of Economics and Financial Analysis, 8(2), 1–21.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari (2022). VAR modeli asosida muammoli kreditlarning makroiqtisodiy determinantlari. TDIU Ilmiy axborotlari, 4(1), 55–68.

Kurbonov, S. (2022). Compliance, Risk Management and Audit in Uzbekistan Banks. Kursiv Media, Tashkent.

Avgouleas, E. & Goodhart, C. (2017). Utilizing AMCs to tackle Eurozone’s legacy non-performing loans. European Economy – Banks, Regulation and the Real Sector, 1(2017), 97–112.

European Systemic Risk Board (2017). Resolving non-performing loans in Europe. Frankfurt: ESRB Publications.

Karadima, M. & Louri, H. (2020). Does bank market power affect non-performing loans? International Review of Financial Analysis, 72, 101567.

European Central Bank (2020). COVID-19 and non-performing loans: Lessons from past crises. ECB Research Bulletin, 61, 1–12.

Balgova, M., Nies, M. & Plekhanov, A. (2017). The economic impact of reducing non-performing loans. EBRD Working Paper No.193. London: EBRD.

Chand, S.A., Kumar, R.R. & Stauvermann, P.J. (2023). Determinants of Non-Performing Loans in a Small Island Economy of Fiji. Journal of Risk and Financial Management, 16(10), 436.

Mishra, A.K., Jain, S., Abid, M. & Manogna, R.L. (2021). Macro-economic determinants of NPAs in India: A panel data analysis. International Journal of Finance & Economics, 26(3), 3819–3834.

Management Science (2024). Nonperforming Loan Disposals Without Resolution: Evidence from China. Management Science, 70(5), 2950–2971.

World Bank (2021). Non-Performing Loans in East Asia and the Pacific: Practices and Lessons in Times of COVID-19. Washington, D.C.: World Bank.

Federal Reserve Bank of New York (2019). Loan Performance and Bank Stability: Evidence from U.S. Commercial Banks. FRBNY Staff Reports, No. 885.