Authors

  • Alisher Abdullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136984

Keywords:

Tokhtaboyvachcha Juma Mosque Tashkent epigraphy Thuluth Naskh mosque history Hadith Qur’anic inscriptions architecture Islamic culture.

Abstract

Maqolada Toshkent shahrida joylashgan “To‘xtaboyvachcha” jome masjidining tarixi va me’moriy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, masjid devorlari va peshtoqlariga bitilgan epigrafik yodgorliklar, ya’ni Qur’on oyatlari va hadislar tahlil etilgan. Unda qo‘llangan xat turlari (suls va nasx), ularning ma’naviy va estetik ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Masjid tarixi orqali mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy hayoti ham ochib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

«ESKI SHAHARNING MA’NAVIY TIMSOLI - “TO‘XTABOYVACHCHA” MASJIDI»

Abdullayev Alisher

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

mustaqil tadqiqotchisi. (93:516-45-46)

https://doi.org/10.5281/zenodo.17270835

Annotatsiya.

Maqolada Toshkent shahrida joylashgan “To‘xtaboyvachcha” jome

masjidining tarixi va me’moriy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, masjid devorlari va
peshtoqlariga bitilgan epigrafik yodgorliklar, ya’ni Qur’on oyatlari va hadislar tahlil etilgan.

Unda qo‘llangan xat turlari (suls va nasx), ularning ma’naviy va estetik ahamiyati

haqida fikr bildirilgan. Masjid tarixi orqali mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy hayoti ham
ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

To‘xtaboyvachcha jome masjidi, Toshkent, epigrafika, suls, nasx, masjid

tarixi, hadis, Qur’on oyatlari, me’morchilik, islomiy madaniyat.

Abstract.

The article explores the history and architectural features of the

“Tokhtaboyvachcha” Juma Mosque located in Tashkent. Particular attention is given to the
epigraphic inscriptions on the mosque’s walls and portals, including Qur’anic verses and
Hadiths. The study highlights the calligraphic styles used (Thuluth and Naskh), their spiritual
and aesthetic significance, as well as their role in shaping the religious and cultural identity of
the local community. Through the analysis of these inscriptions, the article sheds light on the
historical and spiritual life of Tashkent’s Old City.

Keywords:

Tokhtaboyvachcha Juma Mosque, Tashkent, epigraphy, Thuluth, Naskh,

mosque history, Hadith, Qur’anic inscriptions, architecture, Islamic culture.

Аннотатсия.

В статье рассматривается история и архитектурные

особенности соборной мечети “Тухтабойвачча”, расположенной в городе Ташкент.

Особое внимание уделено эпиграфическим надписям на стенах и порталах мечети,

включающим аяты Корана и хадисы. Анализируются применённые виды почерка (сулюс и
насх), их духовное и эстетическое значение, а также роль в формировании религиозной и
культурной идентичности местного сообщества. Через изучение данных надписей
раскрываются исторические и духовные аспекты жизни Старого города Ташкента.

Ключевые слова:

Соборная мечеть Тухтабойвачча, Ташкент, эпиграфика, сулюс,

насх, история мечети, хадис, коранические надписи, архитектура, исламская культура.


O’tmish qadriyatlari xalqning bebaho madaniy merosi. Ularda asrlar tajribasi jamlangan,

bobolarimiz ijodiy mehnati mujassam bo’lgan. O’tmishning biror yorqin “ziyo” zarrasi asrlar
zimistonini yoritishi mumkin. Mustaqillikka erishgan xalqimiz san’atshunoslaridan madaniy
meros xazinasiga munosib yodgorlik yoki yodnomalarni izlab topish, ularni chuqur o’rganib
mag’zini chaqish, ular tashkil etgan ijod pilla-poyalaridan ko’tarilib yangi zamon madaniyati
ravnaqiga xizmat etishi kabi g’oyat mas’ul va e’tiborli ishlar ko’lami kutib turibdi. O’zi bir olam
bo’lgan me’morlik san’ati va u bilan chambarchas bog’liq xalq amaliy san’ati, xususan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

39

naqqoshlik, o’ymakorlik, ganchkorlik, kandakorlik

1

kabi sohalardagi ijod namunalarini o’rganish

yo’lida anchagina samarali tadqiqotlar mavjud

2

. Me’morlik san’ati nafaqat xalq amaliy san’at

bilan balki, epigrafik – xattotlik yozuvlari bilan ham to’la-to’kis boyitilgan.

Me’mor san’atiga doir tadqiqotlarda me’mor, muhandis, binokor, ganchkor, najjor,

naqqosh kabi juda ko’p soha ustalari ijodiy faoliyatiga aloqador turli so’z va atamalar e’lon
qilingan. Bu atamalarning eng asosiylaridan xattot so’zini ham alohida ta’kidlab o’tish lozim.

Xattotlik san’atidan me’morchilik va xalq amaliy san’atida ham keng foydalanilgan.
Yurtimizda azaldan me’moriy inshootlar – masjidlar, madrasalar va maqbaralarning

tashqi va ichki devorlari, peshtoqlari turli naqshlar bilan birgalikda xattotlik uslublarida yozilgan
bitiklar – Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatli so’zlar va she’riy parchalar bilan bezatilgan.

Ma’lumki, xattotlar azal-azaldan Qur’oni karim va hadisi sharif hamda tarixiy bitiklarni

qo’llashlik o’rnini mustahkam bilganlar. Xususan, masjid, madrasa va qabristonlardagi bitiklarda
foydalanilgan yozuvlar bunga misol. O’lkamizdagi xattotlar har bir o’ringa xos va mos so’zlarni
tanlab, ularni muhrlab qo’yganlar. Biroq, bu an’ana Islom dini kirib borgan xar bir o’lkada ham
mavjud emas. Markaziy Osiyo hududlarida mavjud barcha obidalar peshtoq va devorlarida o’z
hududga monand oyatlar va hadislar keng qo’llanilgan. Bu xattotlik san’atining Markaziy
Osiyoda azal-azaldan katta e’tibor bilan o’rganilib, rivojiga sabab bo’ldi. Yurtimizda, asosan,
obidalar peshtoqlariga arab va fors xatlarida bitiklar bitilib, masjid, madrasa va qabristonda keng
foydalanilgan

3

.

Ushbu tadqiqotimizda shahrimizdagi “Toʻxtaboy” jome masjidini bezashda foydalanilgan

suls va nasx yozuvi namunalarini tahlil qildik. Oʻ.Sultonov oʻzining “Toshkent masjidlari tarixi”
kitobida olib borilgan tadqiqotlarda bu masjid tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirilmaganini
aytib oʻtgan.

“To‘xtaboy” jome masjidi qadimgi Toshkent shahrining to‘rtta asosiy dahalaridan biri

Eski shahar dahasi Farobiy ko‘chasi, 13 uyda joylashgan. Masjid binosi 1906 milodiy sanada
qurilishi boshlanib, 1908 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Xalq orasida “To‘xtaboyvachcha
masjidi”, “Chaqichmom” yoki “Saqichmom” nomlari bilan mashhurdir. Masjid XX asr boshiga
oid tarixiy me’moriy yodgorlik hisoblanadi. Bino shu mahallalik mashhur tijoratchi boylardan
bo‘lgan To‘xtaboy ismli kishining shaxsiy mablag‘lari hisobidan qurilgan. Ma’lumotlarga
qaraganda, To‘xtaboyning ruhiy ma’naviy ustozi Abdurahmonmiyon Eski shahar dahasida
joylashgan Hofiz Ko‘xakiy masjidi orqasidagi tor ko‘chada, eski va xaroba holatga kelgan uyda
yashagan. Ustozini xarob va vayrona joyda yashayotganini ko‘rib, uyini tomini yopib, xonalarni
ta’mirlab berishni taklif qilgan. Ustozi unga javoban, oxiratdagi tomni isloh qilib olishni taklif
qilgan va dahadagi tepalik bo‘lgan joyga masjid qurishni buyuradilar. O‘sha davrdagi mashhur
binokor-ustalarni taklif qilgan holda ishga kirishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, masjid xonaqoh,
imom va mutavalliyot ishlari uchun bir xona va atrofida taxminan 60 sotix vaqf еri bo‘lgan.

Xonaqoh ustida gumbaz, binoning chap tomonida 30 metrlar atrofida minorasi bo‘lgan va

u Beshyog‘och dahasidan ko‘rinib turgan.

1

O‘ymakor usta. Ko‘pincha miskar ustaga nisbatan aytiladi.

2

Ahmedova E., Gabidulin R., Kulturologiya, mirovaya kultura. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2001. – B. 10.

3

Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. – Toshkent.: O‘zD Badiiy adabiyoti nashri, 1961. – B. 86.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

40

Uning atrofida 100 dan oshiq mahalliy va masjid-madrasalar faoliyat yuritgan. To‘xtaboy

masjidi dahaning asosiy markaziy masjidi sifatida Qatag‘on yillarigacha ishlagan. Masjidga eng
bilimli mullolar imom qilib tayinlangan.

Aytishlaricha, To‘xtaboy masjidida uzoq vaqt imom bo‘lib ishlagan imomlardan birlari

tirikchiliklari uchun masjid eshigi oldida charx o‘rnatib, pichoq, bolta, arra kabilarni charxlab
bergan ekanlar. Shu boisdan, xalq Charxchi imom deb e’tirof eta boshlashgan va xalq masjidni
ham, uni imomini ham shu nom bilan atay boshlashgan. Keyinchalik odamlar qulayroq talaffuz
qilish uchun “Chaqichmom”, “Saqichmom” deb ayta boshlashgan.

Keksa otaxonlar o‘z otalari va o‘zlaridan oldin o‘tgan keksa kishilarning aytishicha:

To‘xtaboy halol mablag‘laridan masjid binosini qurgan, shubhali va boshqa mablag‘larni
mutlaqo aralashtirmagan ekan. U vaqtlarda hozirgi asosiy xonaqoh qismi qurilgan bo‘lib,
Beshyog‘och dahasidan ko‘rinadigan gumbazi va 30 metr atrofida minorasi bo‘lgan. Imom
uchun gumbazli yana bir xona masjidning g‘arbiy tomoniga qurib topshirilgan. Keyinchalik
namozxonlar soni ko‘payib, rasmiy faoliyat yurituvchi masjidlar yеtishmagan vaqtda qo‘shimcha
xonaqoh, ayvonlar va maishiy xonalar, tahoratxonalar asosiy bino atrofiga qurilgan.

Masjid ikkinchi jahon urush yillarida askarlar ko‘rikdan o‘tkaziladigan joy, keyinchalik

maktab, hattoki shisha idishlar saqlanadigan omborxona ham bo‘lgan. Mustaqillik yillari
arafasida, 1989 yilda qayta ochilib, mo‘min musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. Mustaqillik
yillarida, hozirga kunimizgacha bir necha marotaba qayta ta’mirlandi. Avvallari ushbu bino
masjidlik ko‘rinishini mutlaq yo‘qotganligi, ya’ni gumbazlari, naqshlari, koshinlar, mehroblar,
ustunlari olib tashlangan bo‘lsa, mazkur ta’mirlanishlar asnosida masjid har taraflama yana
o‘zining asl holatiga qaytarildi, atrofida yangi qo‘shimcha binolar, asosiy kirish darvozasi qurildi
va yana boshqa qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Masjidning old qismi 30x4,5 metrlik ayvon,
15x5 metrlik peshayvon, 4 ta namozxona, 3 ta kichik xonalar: imom-xatib xonasi, qorovulxona,
noib imomlar xonasi va mutavalliyot hamda oshxonadan iborat. Hovli sathi 25x16 metrni tashkil
qiladi. Masjid 1500–2000 namozxonga mo‘ljallangan, 1998 yil avgustda Davlat adliya
boshqarmasi ro‘yxatidan o‘tgan. Masjid, asosan, Hofiz Ko‘hakiy, “Eski shahar” mahallalariga
xizmat qiladi.

Masjid atrofidagi mahallalarda o‘z davrining ilm ahllari istiqomat qilganlar va masjid

faoliyatini jonlantirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ulardan Yosinqori (mashhur Fozilqori
ustozning otalari), Abdulazizqori doda, Hakimqoriota va boshqalarni yodga olish mumkin.
Masjidga saylangan barcha mutavallilar sidqidildan xizmat qilishgan. Masjid binolarini obod
qilishda o‘z hissalarini qo‘shganlar. Iminjon ota va hozirda faoliyat yuritayotgan Abdulasadhoji
otalarni keltirish mumkin. 1989 yil masjid sifatida musulmonlar foydalanishiga ruxsat
berilganda. Dastlab Muhammadbobur domla Yo‘ldoshev keyinchalik marhum Zokirjon domla
Rahbarqori o‘g‘li Tojiboev, Obidqori Nazarov, Muhammadlatif domla Jumanov, Is’hoqjon
domla Begmatov va Ergashali domla Rustamovlar hamda Zokirjon domla Sharifov imom-
xatiblik vazifasini sharaf bilan o‘tab, xalqimizning diniy ma’rifatini, ma’naviyatini yuksaltirishga
xizmat qilganlar.

Masjid Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari

uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan bo‘lib, ko‘plab tolibi ilmlarning ilmga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

41

Masjid asosiy darvozasi peshtoqiga oq rangli suls xatida Qur’oni karimning “Jin” surasi

18-oyati bitilgan.
ميظعلا الله قدص اًدَحَأ ِ َّلِلّٱ َعَم ْاوُعۡدَت َلََف ِ َّ ِلِلّ َد ِج ََٰسَمۡلٱ َّنَأ َو :ىلاعت الله لاق

Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron

kimsaga duo-iltijo qilmanglar!

4

Darvoza peshtoqining o‘ng tomoniga oq rangli suls xatida:

الله لاا هلا لا - “Allohdan boshqa iloh yo‘q”

Chap tomoniga esa:

الله لوسر دمحم - “Muhammad Allohning Rasulidir” deb bitilgan.

Masjid darvozasi tepasiga esa suls xatida «masjidga kirish» duosi yozilgan:

َكِتَمْح َر َبا َوْبَأ يِل ْحَتْفا َّمُهَّللا – “Yo Alloh, menga rahmat eshiklaringni och!”

Masjid xonaqohi va ayvonida jami 3 ta mehrob bo‘lib, bu mehroblar tepasiga basmala va

iymon kalimalari bitilgan.

Xonaqohning hovlini ichiga qaragan deraza romlariga nasx xatida (Xonaqohga kirishdagi

eshikning o‘ng tomonidagi deraza romlariga) ikki dona hadis bitilgan

Birinchi hadisni Abu Hurayradan roziyallohu anhudan Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

َمَلََّسلا اوُشْفَأ ؟ ْمُتْبَباَحَت ُهوُمُتْلَعَف اَذِإ ٍءْيَش ىَلَع ْمُكُّلُدَأ َلا َوَأ ،اوُّباَحَت ىَّتَح اوُنِم ْؤُت َلا َو ،اوُنِمْؤُت ىَّتَح َةَّنَجْلا اوُلُخْدَت َلا ( : ِالله ُلوُس َر َلاَق

)ْمُكَنْيَب.
«Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: Mo‘min bo‘lmaguningizcha jannatga
kirmaysizlar. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha mo‘min bo‘lmaysizlar. Sizlarni bir
amalga yo‘llab qo‘ymaymi? Agar uni qilsangizlar, bir-biringizni yaxshi ko‘rasizlar:
o‘rtalaringizda salomni yoyinglar.

5

Ikkinchi hadisni esa Abu Sa’id roziyallohu anhudan Imom Termiziy rivoyat qilgan.

6

ِناَميِلإاِب ُهَل اوُدَهْشاَف َد ِجْسَمْلا ُدَهاَعَتَي َلُج َّرلا ُمُتْيَأ َر اَذِإ

Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Vaqtiki, bir kishining masjidga qatnashga ahd

qilganini ko‘rsangiz, uning iymoni haqida guvohlik beringiz”.

Xonaqohga kirishdagi eshikning chap tomonidagi deraza romlariga Zumar surasining 73-

74 oyatlari yozilgan:
ۡمُهَل َلاَق َو اَهُب ََٰوۡبَأ ۡت َحِتُف َو اَهوُءٰٓاَج اَذِإ َٰٰٓىَّتَح ۖا ًرَم ُز ِةَّنَجۡلٱ ىَلِإ ۡمُهَّب َر ْا ۡوَقَّتٱ َنيِذَّلٱ َقيِس َو
)73( َنيِدِل ََٰخ ا َهوُلُخۡدٱَف ۡمُت ۡبِط ۡمُكۡيَلَع ٌمََٰلَس اَهُتَن َزَخ
)74( َنيِلِمََٰعۡلٱ ُر ۡجَأ َمۡعِنَف ُۖءٰٓاَشَن ُثۡيَح ِةَّنَجۡلٱ َنِم ُأ َّوَبَتَن َض ۡرَ ۡلۡٱ اَنَث َر ۡوَأ َو ۥُهَد ۡع َو اَنَقَدَص يِذَّلٱ ِ َّ ِلِلّ ُد ۡمَحۡلٱ ْاوُلاَق َو

Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga “haydaladilar”. To

qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib еtganlarida va uning qo‘riqchilari:
«Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi bo‘lgan
hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar). Va “Bizlarga va’dasini rost qilgan
va bizlarni bu (jannat) еriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda o‘rin

4

Shayx Alouddin Mansur. Qurʼoni azim muxtasar tafsiri. — Toshkent.: “Munir”, 2021 – B. 883.

5

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi 4-juz. –

Toshkent.:

Hilol-Nashr, 2023

. – B.23

6

Ali bin Sulton Muhammad. Mirqotul mafotih 3-juz. – Damashiq.: Darul fikr, 2016. - b.424


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

42

olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin”, derlar. Bas, (chiroyli) amal
qilguvchi zotlarning ajr-mukofoti naqadar yaxshidir!

7

Xonaqohning shimol tomonidagi kichik hujraga olib chiquvchi eshik tepasiga suls xatida

quyidagi bitiklar yozilgan.

هلوسرو هدبع ادمحم نا دهشاو الله لاا هلا لا نا دهشا

Guvohlik beraman, Allohdan boshqa iloh yo‘q va yana guvohlik beramanki, Muhammad

Allohning bandasi va rasulidir.

هتكئلَمو ِللهاِب ُتْنَمآ

ِت ْوَمْلاَدْعَب ِثْعَبْلا َو ىلاَعَت ِالله َن ِم ه ِِّرَش َو ه ِرْيَخ ِرْدَقْلا َو ِر ِخ ْلاا ِم ْوَيْلا َو هِلُس ُر َو هِبُتُك َو

Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, yaxshilik va

yomonlik qadardan ekaniga hamda o‘lgandan so‘ng qayta tirilishga iymon keltirdim.

“To‘xtaboyvachcha” jome masjidi tarixi va unda saqlangan epigrafik bitiklar xalqimiz

ma’naviy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu yozuvlar nafaqat diniy-ma’naviy
mazmunga ega, balki o‘sha davr madaniy hayoti, ijtimoiy muhitini o‘rganishda ham muhim
manba sifatida xizmat qiladi.

Foydalangan adabiyotlar

1.

Ahmedova E., Gabidulin R., Kulturologiya, mirovaya kultura. – Toshkent.: O‘zbekiston,

2001. – B. 10.

2.

Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. – Toshkent.: O‘zD Badiiy adabiyoti nashri, 1961.

– B. 86.

3.

Shayx Alouddin Mansur. Qurʼoni azim muxtasar tafsiri. — Toshkent.: “Munir”, 2021 –

B. 883.

4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. –

Toshkent.:

Hilol-Nashr,

2023

. – B....

5.

Ali bin Sulton Muhammad. Mirqotul mafotih 3-juz. – Damashiq.: Darul fikr, 2016. -

b.424

6.

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent.:

Sano-standart, 2021. – B.466

7

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent.: Sano-standart, 2021. –

B.466

References

Ahmedova E., Gabidulin R., Kulturologiya, mirovaya kultura. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2001. – B. 10.

Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. – Toshkent.: O‘zD Badiiy adabiyoti nashri, 1961. – B. 86.

Shayx Alouddin Mansur. Qurʼoni azim muxtasar tafsiri. — Toshkent.: “Munir”, 2021 – B. 883.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. – Toshkent.: Hilol-Nashr, 2023. – B....

Ali bin Sulton Muhammad. Mirqotul mafotih 3-juz. – Damashiq.: Darul fikr, 2016. - b.424

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – Toshkent.: Sano-standart, 2021. – B.466