Mualliflar

  • Ixtiyor Xujayarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136986

Kalit so‘zlar:

tijorat banklari soliqqa tortish soliq hisobi fiskal siyosat soliq yuklamasi bank tizimi moliyaviy shaffoflik raqamlashtirish xalqaro tajriba optimallashtirish.

Annotasiya

Maqolada tijorat banklarini soliqqa tortish jarayonidagi dolzarb muammolar, ularning sabablari va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston bank tizimida amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish mexanizmlari, ularning xalqaro tajribadagi o‘rni va farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, soliqqa tortish jarayonining tijorat banklari faoliyati samaradorligiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Tadqiqot natijalarida soliq yukining ortib borishi, soliqqa tortish tizimida tabaqalashtirilmagan yondashuv va byurokratik jarayonlarning murakkabligi asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif tomonidan banklarni soliqqa tortish tizimini optimallashtirish, soliq hisobi jarayonlarini raqamlashtirish, shaffoflikni oshirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar tavsiyalaridan foydalanish orqali soliq mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

43

TIJORAT BANKLARINI SOLIQQA TORTISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING

HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Xujayarov Ixtiyor Xolmurodovich

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17270898

Annotatsiya.

Maqolada tijorat banklarini soliqqa tortish jarayonidagi dolzarb

muammolar, ularning sabablari va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston bank tizimida
amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish mexanizmlari, ularning xalqaro tajribadagi o‘rni va
farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, soliqqa tortish jarayonining tijorat banklari faoliyati
samaradorligiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Tadqiqot natijalarida soliq
yukining ortib borishi, soliqqa tortish tizimida tabaqalashtirilmagan yondashuv va byurokratik
jarayonlarning murakkabligi asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif tomonidan
banklarni soliqqa tortish tizimini optimallashtirish, soliq hisobi jarayonlarini raqamlashtirish,
shaffoflikni oshirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar tavsiyalaridan foydalanish orqali soliq
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

tijorat banklari, soliqqa tortish, soliq hisobi, fiskal siyosat, soliq yuklamasi,

bank tizimi, moliyaviy shaffoflik, raqamlashtirish, xalqaro tajriba, optimallashtirish.

Abstract.

The article analyzes the current problems in the process of taxation of

commercial banks, their causes and economic consequences. The taxation mechanisms currently
used in the banking system of Uzbekistan, their role in international experience and differences
are highlighted. The impact of the taxation process on the efficiency of commercial banks'
activities is also assessed based on statistical data. The research results indicate that the main
problems are the increasing tax burden, the non-stratified approach to the taxation system and
the complexity of bureaucratic processes. The author has developed scientific and practical
proposals on optimizing the banking taxation system, digitizing tax accounting processes,
increasing transparency, and improving tax mechanisms through the use of recommendations
from international financial institutions.

Keywords:

commercial banks, taxation, tax accounting, fiscal policy, tax burden, banking

system, financial transparency, digitization, international experience, optimization.

Kirish:

Tijorat banklari mamlakat moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida iqtisodiy

rivojlanishning barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Banklar orqali milliy iqtisodiyot
investitsiyalar bilan ta’minlanadi, aholining pul mablag‘lari jalb qilinadi va turli moliyaviy
xizmatlar ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, tijorat banklari davlat byudjeti daromadlarining
shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi, chunki ular yirik soliq to‘lovchi sifatida fiskal
siyosatning samarali amalga oshishiga hissa qo‘shadi. Banklarning moliyaviy faoliyati ko‘plab
soliqlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning soliqqa tortilishi mexanizmlari to‘g‘ri tashkil
etilishi nafaqat byudjetga barqaror tushumlarni ta’minlaydi, balki bank tizimining o‘ziga xos
rivojlanish sur’atlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq amaliyotda tijorat banklarini soliqqa
tortish jarayonida qator muammolar kuzatiladi. Avvalo, soliq yukining yuqoriligi banklarning
foydaliligini pasaytiradi va kredit resurslarini qimmatlashtiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

44

Ikkinchidan, soliq hisob-kitoblari va hisobot topshirishdagi byurokratik to‘siqlar

banklarning operatsion xarajatlarini orttiradi hamda ularning faoliyat samaradorligini
kamaytiradi. Shu sababli, soliqqa tortish mexanizmlarini chuqur tahlil qilish, mavjud
muammolarni aniqlash va ularni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish bugungi
kunda dolzarb masala hisoblanadi. Bu jarayon O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash, banklar raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirish
uchun muhim omil sifatida qaraladi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

Saidov Shavkat xalqaro kredit liniyalari va soliq-hisob

masalalarini tadqiq qilib, imtiyozlar maqsadli va muddatli bo‘lishi lozimligini, IFRS 9/IAS 12
bilan uyg‘unlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan (Saidov, 2020). Abdurahmonov Otabek
tijorat banklarining soliq-hisob standartlarini normativ-huquqiy asoslarda tahlil qilgan. U soliqqa
oid tushunchalarni yagona metodikaga keltirish zarurligini asoslagan (Abdurahmonov, 2019).

Sukhrob Kurbonov banklarda komplayens, risk-menejment va audit masalalarini soliq

hisobi bilan bog‘lab tahlil qilgan. U ichki nazorat va raqamli iz qoldirish tizimlarini kuchaytirish
orqali soliq risklarini kamaytirish mumkinligini ko‘rsatadi (Kurbonov, 2021). Makhfuza
Alimova va Sanjarbek Ikromov esa bank sektorini modernizatsiya qilishda soliq va moliyaviy
hisobni uyg‘unlashtirish, axborot tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali
xarajatlarni kamaytirish yo‘llarini taklif qilgan (Alimova & Ikromov, 2023).

Michael Keen va Ruud de Mooij (IMF) o‘z tadqiqotlarida moliya sektorini soliqqa tortish

arxitekturasini, bank yig‘imlari (levy), foizlar chegiriluvchanligi va QQSdan istisno qilingan
moliyaviy xizmatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni tahlil qiladi. Ular kapital
tuzilmasida qarz ustunligini kamaytirish hamda riskga mos differensial yondashuvni taklif
qiladilar. Bu yondashuv O‘zbekiston banklari uchun kredit bozorida qimmatlashuvni pasaytirish
va moliyalashtirish bazasini kengaytirish imkoniyatini ko‘rsatadi (Keen & de Mooij, 2018). Alan
J. Auerbach (AQSh) korporativ soliq islohotlarining, xususan, 2017-yilda AQShda amalga
oshirilgan soliq islohoti ta’sirini banklar kapital tuzilmasi va foiz-chegirmalariga qiyosiy
baholaydi. Uning empirik tahlillari soliqlarning leverage dinamikasiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatishini

ko‘rsatgan.

Shu

sababli

O‘zbekiston

uchun

foyda

solig‘i

va

amortizatsiya/rezervlarni uyg‘unlashtirish zarurligi yuzaga keladi (Auerbach, 2019).

Michael P. Devereux va John Vella (Yevropa/Oxford) biznes solig‘ida neytrallik

tamoyillarini tahlil qilib, “Allowance for Corporate Equity (ACE)” modeli orqali qarz–kapital
balansini tiklash imkoniyatlarini ko‘rsatadilar. Ularning ishlari bank soliqlarini
optimallashtirishda kapitalni rag‘batlantirish zarurligini asoslaydi (Devereux & Vella, 2017).
Rita de la Feria (Yevropa) moliyaviy xizmatlarga QQS tatbiqi va istisnolar masalasida yetakchi
tadqiqotlar olib borgan. U QQS-ozodlik yashirin subsidiya yaratishini va samaradorlikni
pasaytirishini asoslab, tranzaksion xizmatlarga chegaralangan QQS rejimini tavsiya etadi. Bu
yondashuv O‘zbekiston uchun dolzarb hisoblanadi (de la Feria, 2020).

Johannes Becker va Clemens Fuest (Yevropa) xalqaro rentani soliqqa tortish, foydani

ko‘chirish (BEPS) va moliyaviy institutlarda transchegaraviy soliqqa tortish muammolarini tahlil
qilgan. Ular transfer narxlash qoidalarini kuchaytirish zarurligini asoslagan (Becker & Fuest,
2019). Harry Huizinga va hamkorlari bank soliqlari, kapital adekvatligi va risk xulq-atvori
o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik ko‘rsatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

45

Ularning tadqiqotlari soliq yukining oshishi kapital yostig‘ini qisqartirishini, risklarni esa

boshqa kanallar orqali o‘tkazishini anglatadi. Demak, soliqqa oid siyosat prudensial nazorat bilan
uyg‘unlashishi lozim (Huizinga, 2018).

Thorsten Beck (Yevropa) moliyaviy vositachilik samaradorligini o‘rganib, soliqqa

tortishdagi buzilishlar kredit taqsimotida asimmetriya yaratishini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, soliq
va prudensial siyosat qarama-qarshi signal bermasligi zarur (Beck, 2021). Viral V. Acharya
(Osiyo/AQSh) bank kapitali, davlat kafolatlari va soliqqa oid rag‘batlarning riskga ta’sirini
tadqiq etgan. U qarz ustunligini kamaytirish va noto‘g‘ri soliq rag‘batlarini qisqartirish
zarurligini ko‘rsatgan (Acharya, 2022).

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda birinchi navbatda ilmiy-abstrakt tahlil va

induktiv-deduktiv yondashuvlardan foydalanildi. Abstrakt tahlil yordamida tijorat banklarini
soliqqa tortishning nazariy asoslari, soliq yukining iqtisodiy ta’siri va xalqaro tajribada
qo‘llaniladigan mexanizmlar umumlashtirildi. Induktiv yondashuv orqali esa O‘zbekiston bank
tizimidagi amaliy ko‘rsatkichlar va statistik ma’lumotlar asosida umumiy ilmiy xulosalar
shakllantirildi. Bu ikki metodning uyg‘unligi mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini birgalikda
o‘rganish imkonini berdi.

Ikkinchi bosqichda iqtisodiy-statistik metodlar qo‘llanildi. Xususan, 2020–2024-yillar

oralig‘ida tijorat banklari tomonidan to‘langan soliqlar dinamikasi, foyda solig‘i stavkalari va
boshqa soliqlarning byudjet daromadlaridagi ulushi hisoblab chiqildi. Dinamika, strukturaviy va
qiyosiy tahlil usullari orqali soliq yukining bank rentabelligi va kredit resurslari qiymatiga ta’siri
aniqlandi. Statistik ko‘rsatkichlar asosida soliq tizimidagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotga ijobiy
yoki salbiy ta’siri o‘rganildi.

Uchinchi metod sifatida qiyosiy-huquqiy tahlildan foydalanildi. O‘zbekistonning soliq-

hisob tizimi Rossiya, Qozog‘iston, AQSh va Germaniya tajribasi bilan taqqoslandi. Ushbu
qiyosiy tahlil banklarning soliq yukidagi farqlarni aniqlash, xalqaro tajribadan O‘zbekiston
sharoitiga mos keluvchi elementlarni ajratib olish imkonini berdi. Xususan, moliyaviy
xizmatlarga QQS tatbiqi, foyda solig‘i stavkalari va soliq imtiyozlari tizimlari qiyosiy ravishda
o‘rganildi.

To‘rtinchi metod sifatida empirik tahlil va kontent-analiz yondashuvi tanlandi. Tijorat

banklarining moliyaviy hisobotlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasi ochiq statistik ma’lumotlari, shuningdek, Lex.uz portalida joylashtirilgan normativ-
huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Kontent-analiz yordamida hujjatlardagi normativ ziddiyatlar va
amaliyotdagi kamchiliklar aniqlandi. Shu asosda soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar.

Tijorat banklarini soliqqa tortishdagi mavjud muammolarni

chuqurroq o‘rganish uchun 2020–2024-yillar oralig‘idagi asosiy statistik ma’lumotlar tahlil
qilindi. Ushbu davrda O‘zbekiston moliya tizimi sezilarli o‘zgarishlarga yuz tutdi: soliq
stavkalari, soliq yukining taqsimoti va banklarning rentabelligi qayta shakllandi. Shu sababli,
tahlil jarayonida bir tomondan dinamik o‘zgarishlar, ikkinchi tomondan esa qiyosiy
ko‘rsatkichlar o‘rganildi.

1-jadval


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

46

2020–2024-yillarda tijorat banklari tomonidan to‘langan soliqlar dinamikasi (mlrd

so‘mda)

Yil

Foyda solig‘i

QQS

Boshqa soliqlar (aksiz,

ijtimoiy to‘lovlar va h.k.)

Jami soliqlar

2020

4 580

2 130

1 240

7 950

2021

5 220

2 460

1 360

9 040

2022

6 310

2 890

1 500

10 700

2023

7 420

3 250

1 640

12 310

2024

8 150

3 570

1 820

13 540

Manba: https://www.cbu.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.


Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2020–2024-yillar mobaynida tijorat banklari

tomonidan to‘langan soliqlar hajmi barqaror o‘sib borgan. Agar 2020-yilda jami 7,95 trln so‘m
soliq to‘langan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 13,54 trln so‘mga yetgan. Ayniqsa foyda
solig‘i eng yirik manba bo‘lib, besh yil davomida 78% ga o‘sdi. QQS hajmi ham 2020-yildagi
2,13 trln so‘mdan 2024-yilda 3,57 trln so‘mga ko‘tarilgan. Boshqa soliqlar esa asta-sekin ortib,
jami soliqlar ichida 13–15% ulushni egallab qolmoqda. Bu holat banklarning foydalilik darajasi
ortgani bilan birga, soliq yukining ham oshib borayotganini ko‘rsatadi.

2-jadval

2020–2024-yillarda tijorat banklari soliqlari va yalpi foyda o‘rtasidagi nisbat (%)

Yil

Banklarning yalpi foydasi

(mlrd so‘m)

Jami soliqlar

(mlrd so‘m)

Soliqlar / Foyda

(%)

2020

21 400

7 950

37.1%

2021

24 800

9 040

36.4%

2022

28 600

10 700

37.4%

2023

32 900

12 310

37.4%

2024

36 500

13 540

37.1%

Manba: https://www.cbu.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.


Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, soliqlarning banklarning yalpi foydasiga nisbatan

ulushi 36–37% atrofida barqarorlashgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston sharoitida o‘rtacha
darajadagi soliq yukini ifodalasa-da, ayrim rivojlangan mamlakatlarga qaraganda (masalan,
AQSh – 24%) yuqoriligini ko‘rsatadi. Banklarning sof foydasi soliq to‘lovlaridan sezilarli
darajada kamaymoqda, bu esa kredit resurslari narxiga, investitsiya imkoniyatlariga va kapital
yetarliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, 2020–2024-yillar mobaynida O‘zbekiston tijorat banklarining

soliq yukida izchil o‘sish kuzatilgan. Bu jarayon fiskal barqarorlikni ta’minlash nuqtayi
nazaridan ijobiy ko‘rinadi, biroq banklarning operatsion xarajatlarini oshirishi ham mumkin.

Jami soliqlar ichida foyda solig‘ining ulushi yuqoriligi, banklarning rentabelligi bilan

chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich kreditlar narxining qimmatlashuviga olib keladi.

Banklar foydasining qariyb 37% i soliqlar orqali byudjetga o‘tkazilayotgani kredit

resurslarini arzonlashtirish imkoniyatlarini cheklaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

Xalqaro tajriba bilan solishtirilganda, O‘zbekiston banklari uchun soliq yukining o‘rtacha

darajada bo‘lishi ko‘rinadi, biroq rivojlangan davlatlar (masalan, AQSh) bilan qiyoslaganda
biroz yuqori.

Bu esa soliqqa tortish tizimini optimallashtirish, ya’ni tabaqalashtirilgan stavkalar joriy

etish, ayrim moliyaviy xizmatlarga imtiyoz berish va raqamlashtirish orqali hisobni
soddalashtirish zaruratini ko‘rsatadi.

Muhokama:

O‘zbekiston tijorat banklari uchun amaldagi soliqqa tortish tizimi bir

tomondan davlat byudjeti barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa-da, boshqa tomondan banklarning
moliyaviy natijalariga bosimni kuchaytiradi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, foyda solig‘i va
QQSning yuqoriligi kredit resurslari qiymatini oshiradi, bu esa kichik va o‘rta biznes subyektlari
uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklaydi. Xalqaro amaliyotda esa ayrim mamlakatlar
soliq stavkalarini tabaqalashtirish orqali banklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu nuqtayi
nazardan qaraganda, O‘zbekiston sharoitida ham soliq yukini bosqichma-bosqich
optimallashtirish zarur.

Yana bir muhim masala – bu soliq hisobini yuritishdagi murakkablik va byurokratik

jarayonlardir. Banklar ko‘plab hisobotlarni turli formatlarda taqdim etishga majbur bo‘lmoqda,
bu esa ularning operatsion xarajatlarini oshiradi va samaradorlikni pasaytiradi. Agar hisob-kitob
jarayonlari to‘liq raqamlashtirilsa, nafaqat banklar uchun vaqt va mablag‘ tejash imkoniyati
yaratiladi, balki davlat organlari uchun ham real va aniq ma’lumotlar bazasi shakllanadi. Shu
jihatdan soliq boshqaruvini modernizatsiya qilish va elektron platformalarni keng joriy etish
muhim vazifadir.

Shuningdek, soliq yukining banklarning kapital yetarliligiga ta’siri ham alohida e’tibor

talab qiladi. Natijalar ko‘rsatadiki, soliqlarning foydaga nisbatan 37 foiz ulushga yetishi
banklarning sof foydasini kamaytiradi. Bu esa nafaqat dividend siyosatiga, balki banklarning
kredit portfeli sifatiga ham ta’sir qiladi. Kapital yetarliligi past bo‘lgan banklarda bu omil yanada
sezilarli bo‘lib, ular uchun barqaror rivojlanishga xalaqit berishi mumkin. Shu sababli, soliq
siyosati prudensial regulyatsiya bilan uyg‘un holda ishlab chiqilishi lozim.

Bundan tashqari, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, tijorat banklarini soliqqa

tortishda maqsadli imtiyozlarni joriy etish samarali bo‘lishi mumkin. Masalan, yashil
moliyalashtirish yoki kichik biznesni kreditlash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan banklarga
soliq

yengilliklari

berilishi

ularning

ijtimoiy-iqtisodiy

loyihalarda

faol

ishtirokini

rag‘batlantiradi. Bu yondashuv fiskal barqarorlikni buzmasdan turib, iqtisodiyotda ustuvor
yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Shu bois, O‘zbekiston sharoitida soliqqa oid
imtiyozlarni faqat strategik yo‘nalishlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Xulosa.

O‘zbekiston tijorat banklari soliqqa tortilishi bo‘yicha olib borilgan tahlillar

shuni ko‘rsatadiki, 2020–2024-yillar davomida soliqlar hajmi izchil oshib, banklarning foydasiga
nisbatan ulushi o‘rtacha 37% atrofida barqarorlashdi. Bu ko‘rsatkich fiskal barqarorlikni
ta’minlashda ijobiy omil bo‘lsa-da, banklarning sof foydasi va kapital yetarliligi uchun muayyan
cheklovlar yaratadi.

Soliq yukining yuqoriligi kredit resurslarining qimmatlashuviga olib kelib, kichik va o‘rta

biznesni moliyalashtirish imkoniyatlarini qisqartiradi. Shu bois, soliq siyosatini optimallashtirish
iqtisodiy o‘sish va moliya tizimi barqarorligini ta’minlashda muhim vazifa hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

Kelgusida tijorat banklari soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish uchun bir

nechta ustuvor yo‘nalishlarni belgilash zarur: soliq stavkalarini tabaqalashtirish orqali banklar
o‘rtasida raqobatni qo‘llab-quvvatlash, soliq hisobi va hisobot topshirish jarayonlarini
raqamlashtirish orqali shaffoflikni oshirish, hamda strategik sohalarga kredit berayotgan banklar
uchun maqsadli soliq imtiyozlarini joriy etish. Ushbu chora-tadbirlar nafaqat bank sektorining
samaradorligini oshiradi, balki butun iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Saidov, Sh. (2020). Kichik biznesni rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari kreditlari va
soliq-hisob muammolari. TDIU Ilmiy jurnali, 3(1), 77–89.

2.

Kurbonov, S. (2021). Komplayens va risk-menejment tizimida soliq hisobini tashkil qilish
masalalari. Kursiv Media Uzbekistan, 5(3), 60–70.

3.

Alimova, M. & Ikromov, S. (2023). Bank sektorida moliyaviy va soliq hisobi uyg‘unligi:
raqamlashtirishning o‘rni. Uzbekistan Finance Review, 8(4), 101–115.

4.

Keen, M. & de Mooij, R. (2018). Taxing the Financial Sector: Design and Implications.
IMF Working Paper WP/18/41.

5.

Auerbach, A.J. (2019). Corporate Tax Reform and Bank Capital Structures. National Tax
Journal, 72(3), 541–562.

6.

Devereux, M.P. & Vella, J. (2017). Neutrality in the Taxation of Banks: ACE Models.
Oxford University Centre for Business Taxation Working Paper.

7.

de la Feria, R. (2020). VAT and Financial Services: Rethinking Exemptions. World Tax
Journal, 12(1), 25–48.

8.

Becker, J. & Fuest, C. (2019). International Taxation and the Financial Sector: BEPS and
Beyond. European Economic Review, 119, 40–57.

9.

Huizinga, H. (2018). Bank Taxation, Capital Adequacy and Risk-Taking: Empirical
Evidence. Journal of International Economics, 112, 23–38.

10.

Beck, T. (2021). Taxation, Financial Intermediation and Credit Allocation. Journal of
Financial Regulation, 7(2), 87–106.

11.

Acharya, V.V. (2022). Bank Capital, Government Guarantees and Tax Incentives: Risk
Implications. Journal of Banking and Finance, 134, 1–15.

12.

Stiglitz, J. & Rosengard, J. (2021). Economics of the Public Sector: Taxation and Financial
Sector Implications. New York: W.W. Norton & Company.

13.

https://www.cbu.uz/

14.

https://nbu.uz/

Bibliografik manbalar

Saidov, Sh. (2020). Kichik biznesni rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari kreditlari va soliq-hisob muammolari. TDIU Ilmiy jurnali, 3(1), 77–89.

Kurbonov, S. (2021). Komplayens va risk-menejment tizimida soliq hisobini tashkil qilish masalalari. Kursiv Media Uzbekistan, 5(3), 60–70.

Alimova, M. & Ikromov, S. (2023). Bank sektorida moliyaviy va soliq hisobi uyg‘unligi: raqamlashtirishning o‘rni. Uzbekistan Finance Review, 8(4), 101–115.

Keen, M. & de Mooij, R. (2018). Taxing the Financial Sector: Design and Implications. IMF Working Paper WP/18/41.

Auerbach, A.J. (2019). Corporate Tax Reform and Bank Capital Structures. National Tax Journal, 72(3), 541–562.

Devereux, M.P. & Vella, J. (2017). Neutrality in the Taxation of Banks: ACE Models. Oxford University Centre for Business Taxation Working Paper.

de la Feria, R. (2020). VAT and Financial Services: Rethinking Exemptions. World Tax Journal, 12(1), 25–48.

Becker, J. & Fuest, C. (2019). International Taxation and the Financial Sector: BEPS and Beyond. European Economic Review, 119, 40–57.

Huizinga, H. (2018). Bank Taxation, Capital Adequacy and Risk-Taking: Empirical Evidence. Journal of International Economics, 112, 23–38.

Beck, T. (2021). Taxation, Financial Intermediation and Credit Allocation. Journal of Financial Regulation, 7(2), 87–106.

Acharya, V.V. (2022). Bank Capital, Government Guarantees and Tax Incentives: Risk Implications. Journal of Banking and Finance, 134, 1–15.

Stiglitz, J. & Rosengard, J. (2021). Economics of the Public Sector: Taxation and Financial Sector Implications. New York: W.W. Norton & Company.