Authors

  • Shahnoza Ko‘chkeldiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136994

Keywords:

Janubiy Amerika Kolumbiya Ekvador Peru Boliviya Rossiya Federatsiyasi Turkiya Chili Argentina

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi kunda oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal etishda o‘z o‘rnini egallayotgan kvinoa o‘simligining umumiy tavsifi ya’ni uning umumiy xususiyatlari, dunyo bo‘yicha tarqalishi, tarkibiy jihatidan foydalanish sohalari keltirilgan. Shuningdek ushbu maqolada kvinoa o‘simligi to‘g‘risida dunyo olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida olingan fikr-mulohazalar ham keltirilgan.

background image

46

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

KVINOA (CHENOPODIUM QUINOVA WILLD.) VA UNING UMUMIY TAHLILIY

TAVSIFI

Ko‘chkeldiyeva Shahnoza Chorshanbiyevna

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti.

shahnozachorshanbiyevna.@gmail.uz

https://orcid.org/0009-0006-7657-9962

https://doi.org/10.5281/zenodo.17273867

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hozirgi kunda oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal

etishda o‘z o‘rnini egallayotgan kvinoa o‘simligining umumiy tavsifi ya’ni uning umumiy
xususiyatlari, dunyo bo‘yicha tarqalishi, tarkibiy jihatidan foydalanish sohalari keltirilgan.

Shuningdek ushbu maqolada kvinoa o‘simligi to‘g‘risida dunyo olimlari tomonidan

o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida olingan fikr-mulohazalar ham keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Janubiy Amerika, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Rossiya

Federatsiyasi, Turkiya, Chili, Argentina, "oltin don", Chenopodiaceae oilasi.

Аннотация.

В этой статье приводится общее описание растения квиноа,

которое в настоящее время занимает свое место в решении проблем безопасности
пищевых продуктов. то есть его общие характеристики, распространение по всему
миру, области применения в структурном отношении. В этой статье также
представлены отзывы о растении квиноа, полученные на основе исследований,
проведенных учеными всего мира.

Ключевые слова:

Южная Америка, Колумбия, Эквадор, Перу, Боливия, Российская

Федерация, Турция, Чили, Аргентина, "золотое зерно", семейство Chenopodiaceae.

Abstract.

This article presents the general description of the quinoa plant, which is

currently taking its place in solving food safety problems, that is, its general characteristics,
distribution by world, areas of use in structural terms. This article also provides feedback on the
quinoa plant based on research by scientists around the world.

Keywords:

South America, Colombia, Ecuador, Peru, Bolivia, Russian Federation,

Turkey, Chile, Argentina, "golden grain", family Chenopodiaceae.

Kirish.

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kvinoa ( Chenopodium

quinoa Willd.) ekinini oqsilga boy ekanligini hisobga olgan holda yetishtirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan Janubiy Amerika, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya, Rossiya
Federatsiyasi, Turkiya, Chili, Argentina kabi davlatlarda ushbu ekinni yetishtirish keng yo‘lga
qo‘yilgan.

2. Kvinoa (Chenopodium quinoa Willd.) umumiy xususiyatlari.
2.1.O‘simlik umumiy xususiyatlari.

Kvinoa (Chenopodium quinoa Willd) - ekini

Janubiy Amerika mintaqalarining eng muhim o‘simliklaridan biri hisoblanadi. Shuningdek
ushbu o‘simlik cho‘l sharoitlariga, issiq va quruq, ayozli va sovuq iqlimga mos keladi va namlik
40-88% bo‘lgan joylarda o‘sishi mumkin. Havo harorati -4 dan +45

0

C gacha haroratga bardosh

beradi.

Kvinoa qadim zamonlardan beri Janubiy Amerika And tog‘larida yetishtirilgan va

mahalliy aholi uchun asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Kvinoa odatda ko‘proq proteinni o‘z
ichiga oladi. Bu insonni uzoq vaqt davomida tetiklikni to‘liq his qilishini ta’minlaydi.

Janubiy Amerikadagi And tog‘lari yonbag‘irlarida Peru, Boliviya, Chili va Ekvadorning

baland qismlarida o‘sadigan Chenopodiaceae oilasining bir don ekinining nomi.


background image

47

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Inklar kvinoani "barcha donlarning onasi" va "oltin don" deb atashgan, bu ularning

ratsionining asosini kartoshka va makkajo‘xori bilan tashkil etganligi sababli ajablanarli emas.
Inka jangchilari kinoani yog‘ bilan iste'mol qilishadi va bu uzoq yurishlar va janglarda ularga
kuch berishiga ishonishgan.[2.4.6]

Kvinoa – bu bir jinsli bir yillik o‘simlik va soxta don ekini hisoblanadi. O‘simlik

balandligi tuproq va iqlim sharoitiga bog‘liq holda 0,6 - 3 metrgacha yetadi. Poyasi tik, dumaloq
yoki kesmada silindrsimon. Barglari oddiy, polimorf. Gullari ko‘zga tashlanmaydi, oddiy
periant, biseksual yoki bir jinsli, panikulyarlarda to‘plangan. Gullar o‘z-o‘zidan changlanadi
(chetdan 10-15% hollarda changlanadi). Mevasi – bir urug‘li yong‘oq. Vegetatsiya davri hudud
tuproq va iqlim sharoitiga ko‘ra 110-170 kunni o‘z ichiga oladi. Unib chiqishi uchun kerak
bo‘ladigan optimal harorat 15-200, pH darajasi 4,5pH dan 9 pH gacha bo‘lgan tuproqlarda
yaxshi o‘sib, rivojlanadi. [2;3;5;6]

Kvinoa juda ko‘p agroiqlim sharoitlariga moslasha olish xususiyatiga ega. Qulay o‘sishi

uchun va rivojlanish uchun optimal harorat 15-20°C. Sovuqqa chidamlilikning pastki chegarasi
harorat -4°C. Yuqori harorat chegarasi harorat 45°C o‘simlik uchun hisoblanadi.

2.2.Foydalanish

sohalari.

E.E.Gridneva,

G.Sh.Kaliakparova,

S.U.Abdibekov

ma’lumotlariga ko‘ra, kvinoaning bir qancha xususiyatlari keltirilgan. Jumladan:

-sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi ya’ni tarkibidagi oqsillar,

aminokislotalarning yuqori miqdori kislotalar, minerallar, vitaminlar, yog‘lar, shuningdek,
boshqa oziq moddalar ko‘p miqdorda uchraydi.

Y.Tang tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda kvinoa hamda amarant o‘simligi

urug‘laridagi fitokimyoviy moddalar va ularning antioksidantlik xossalari,

2.3.Dunyo bo‘yicha yetishtirilishi.

Kuxarenkova O.V va Kurenkova Ye.M tomonidan

kvinoa ekinining biologik xususiyatlari ushbu ekinni barcha turdagi agroekologik va
agroiqlimlarda yetishtirish imkonini beradi. Tarkibidagi organik moddalar vitaminlar ko‘pligi
sababli qishloq xo‘jaligida ham ushbu ekinni yetishtirishga talab yuqori. [3]

Hozirgi vaqtda dunyoning 123 mamlakatida kvinoani faol o‘rganish va tijorat

maqsadlarida foydalanish davom etmoqda.

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra dastlab ushbu o‘simlik turi faqatgina Janubiy Amerika

aholisiga ayon bo‘lgan va ushbu o‘simlikning foydali xususiyatlaridan baxramand bo‘lib
kelishgan. 1900 yilga kelib bunday davlatlar soni 6 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1941 yilda 11 dan
oshiq davlatlar, 2020 yildan boshlab esa 123 dan ortiq davlatlarda yetishtirilib, iste’molga
kiritilgandir.[6;7]

3.Xulosa.

Kvinoa o‘simligi qadimgi ekin turi bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha

ko‘plab yetishtirilib kelinmoqda. Tarkibi jihatidan inson salomatligi uchun juda foydali.

O‘simlik urug‘i tarkibida oqsil miqdori boshqa donli o‘simliklarga nisbatan yuqori

hisoblanadi. Shuningdek ushbu o‘simlik turi turli tuproq sharoitlarida o‘sa olish xususiyati bilan
ham ajralib turadi. Bu esa hozirgi noqulay iqlim sharoitida tuproqlarning sho‘rlanish darajasi
oshib borayotgan bir vaqtda juda ahamiyatli ekin turi ekanligini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2024 dagi “ Respublikada oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-36 son
farmoni.T-2024


background image

48

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

2.

Абдуллаева Малика Саяфатовна, Надточий Людмила Анатольевна “Оценка пищевой
ценности културы киноа” МЕЖДУНАРОДНЫЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ «СИМВОЛ
НАУКИ» №1/2016 ISSN 2410-700Х

3.

Куренкова Евгения Михайловна, Кухаренкова Ольга Владимировна “МИРОВОЙ
РЫНОК КИНОА”. Ст.901-905

4.

Rao, N. K. (2016). “Quinoa: a future-proof crop for climate smart agriculture,” in Global
Forum for Innovations in Agriculture-2016, ed R. Choukr-Allah (Abu Dhabi).

5.

Rabiei, B., Valizadeh, M., Ghareyazie, B., Moghaddam, M. & Ali, A. J. Identification of
QTLs for rice grain size and shape of Iranian cultivars using SSR markers. Euphytica 137,
325–332. https:// doi. org/ 10. 1023/B: EUPH. 00000 40452. 76276. 76 (2004).

6.

www.refseek.com (http://www.refseek.com/)

7.

www.worldcat.org (http://www.worldcat.org/)

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2024 dagi “ Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-36 son farmoni.T-2024

Абдуллаева Малика Саяфатовна, Надточий Людмила Анатольевна “Оценка пищевой ценности културы киноа” МЕЖДУНАРОДНЫЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ «СИМВОЛ НАУКИ» №1/2016 ISSN 2410-700Х

Куренкова Евгения Михайловна, Кухаренкова Ольга Владимировна “МИРОВОЙ РЫНОК КИНОА”. Ст.901-905

Rao, N. K. (2016). “Quinoa: a future-proof crop for climate smart agriculture,” in Global Forum for Innovations in Agriculture-2016, ed R. Choukr-Allah (Abu Dhabi).

Rabiei, B., Valizadeh, M., Ghareyazie, B., Moghaddam, M. & Ali, A. J. Identification of QTLs for rice grain size and shape of Iranian cultivars using SSR markers. Euphytica 137, 325–332. https:// doi. org/ 10. 1023/B: EUPH. 00000 40452. 76276. 76 (2004).

www.refseek.com (http://www.refseek.com/)

www.worldcat.org (http://www.worldcat.org/)