49
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA VITAGEN
TAJRIBANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Pirniyazova Malika Kenesbaevna
Nizomiy nomidagi O‘zMPU v.b.dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17273984
Annotatsiya.
Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini
rivojlantirish jarayoni diagnostik (tashxisiy) xarakterga ega bo‘lib, u talabalarni maxsus ishlab
chiqilgan test sinovlari hamda sohaga oid amaliy topshiriqlarni bajarishga jalb qilish orqali
tashkil etildi. Ushbu jarayon talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan
uyg‘unlashtirish, shuningdek, ularning tadbirkorlikka oid kompetensiyalarini baholash va
bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik kompetensiyalari, vitagen tajriba, test, “Tadbirkorlik
qobiliyatiga egaman” testi, “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi), “Biznes potensialiga
egalikni aniqlovchi” test, “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini
baholovchi indikator”.
Bugungi tezkor ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida yoshlarning tadbirkorlik
kompetensiyalarini – ya’ni biznesni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatni yuritish, innovatsion
g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini
rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida talabalarda
ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun maxsus o‘quv-metodik yondashuvlarni ishlab chiqish
dolzarb masala sanaladi. Shu nuqtai nazardan vitagen tajriba tushunchasi ta’lim jarayoniga tatbiq
qilinmoqda.
Vitagen tajriba
— bu talabalarning shaxsiy hayotiy tajribalari, ularning atrof-muhit bilan
o‘zaro ta’sirida shakllangan bilim va ma’lumotlarga asoslangan o‘qitish usuli hisoblanadi. Ushbu
tajriba yordamida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliyotda sinovdan
o‘tgan, real hayotda samarali qo‘llaniladigan ko‘nikmalarni ham mustahkamlash imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Vitagen tajribasi talabalarga o‘z bilimlarini real vaziyatlarda sinab ko‘rish,
hayotiy misollar orqali tahlil qilish va ulardan ijodiy foydalanish imkonini beradi. Mazkur
yondashuv natijasida talabalar tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirib, mustaqil qaror qabul
qilish, mas’uliyatni his etish hamda yangicha g‘oyalarni ilgari surish ko‘nikmalariga ega
bo‘ladilar.
Shuningdek, vitagen tajribadan foydalanish talabalarning o‘z-o‘zini anglash darajasini
oshiradi, ularni jamiyat ehtiyojlari va zamonaviy iqtisodiy talablar bilan bog‘lab boradi.
Natijada, ushbu tajriba nafaqat kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltiradi, balki yoshlarning
mehnat bozorida raqobatbardoshligini, ijtimoiy faolligini va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini
kuchaytirishga xizmat qiladi.
“Shaxs o‘zining hissiy holati va ichki kechinmalarini har doim ham to‘liq va aniq
ifodalay olmaydi. Shuningdek, atrofdagilar tomonidan bildirilgan shaxs haqidagi mulohazalarga
ham mutlaq ishonib bo‘lmaydi. Chunki shaxs holatini tashqaridan kuzatish har doim ham uning
haqiqiy kechinmalari va xatti-harakatlarini ishonchli tarzda ochib bera olmaydi” [2]. Bu
holatning asosiy sababi shaxs xulq-atvori va ichki kechinmalarining izchil, davomiy hamda
tizimli o‘rganilmasligidadir.
“Test” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganida sinab ko‘rish, sinov, tekshirish
ma’nolarini anglatadi [7].
50
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Pedagogikada test nazoratidan foydalanish ta’lim oluvchi shaxsiga xos bo‘lgan sifatlarni
yoki uning muayyan faoliyatni yuritishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshlang‘ich yoki yakuniy
ma’lumotlarga ega bo‘lishga yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi va xarakteridan kelib
chiqqan holda kerakli testlarni to‘g‘ri tanlash pedagogik nazoratning samarali bo‘lishini
ta’minlaydi. Bu o‘rinda A.N.Mayorov [52-53] tadqiqotchi yoki pedagoglarning puxta o‘ylangan
ish rejasiga ega bo‘lishni, shuningdek, ilmiy izlanish mazmuniga mos, tadqiqot maqsadiga
erishishga yordam beradigan testlarni tanlash olishi zarurligi ko‘rsatib o‘tadi.
Ushbu ko‘rsatmalarga asoslangan holda vitagen tajribaning talabalarda tadbirkorlik
kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini aniqlash maqsadida diagnostik testlarni
tanlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot jarayonida bir nechta psixologik-pedagogik testlar
tanlab olindi, jumladan: “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi [9], T.Matveeva tomonidan
ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik qobiliyati” testi [9], shuningdek, “Biznes potensialiga egalikni
aniqlovchi” test [10]. Ushbu testlar yordamida talabalar tadbirkorlik faoliyatiga oid shaxsiy
xususiyatlari, tashabbuskorlik darajasi va biznes yuritishga bo‘lgan tayyorgarligi aniqlab borildi.
Testlarni samarali o‘tkazish maqsadida maxsus ish qog‘ozlari tayyorlanib, talabalar bilan
amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Test savollari nafaqat shaxsiy psixologik sifatlarni aniqlashga, balki talabalar tomonidan
biznes asoslari bo‘yicha egallangan bilimlarni baholashga ham qaratildi. Xususan, ular soliq
qonunchiligi, ish haqi to‘lash tartibi, buxgalteriya hisobini yuritish shartlari, mahsulot yoki
xizmatlarga hududiy talabni aniqlash, marketing va moliya sohalarida boshlang‘ich
tayyorgarlikka egalik darajasini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, testlar tadbirkorlik faoliyatining
hududiy holatini o‘rganish, moliyaviy mablag‘larning yetarliligi, mutaxassislar salohiyati, ijara,
xomashyo va ishchi kuchi masalalarining hal etilishi kabi amaliy jihatlarni ham oydinlashtirishga
xizmat qildi.
“Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva)
Test savollari va javob variantlari
Test savollari va javob variantlari
1. Mavjud to‘siqlarga qaramay boshlagan
ishni oxiriga еtkazasizmi?
2. Ahdingizda turasizmi yoki Sizni boshqa
qaror qabul qilishga ko‘ndirish osonmi?
Ha
Yo‘q
Ha
Yo‘q
3. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishni,
boshqarishni yoqtirasizmi?
4. Hamkorlarning hurmat va ishonchlarini
suiste’mol qilasizmi?
Ha
Yo‘q
Ha
Yo‘q
5.
O‘zingizni
mutlaqo
sog‘lom
deb
hisoblaysizmi?
6. Natijaga erishmaguncha shomdan
sahargacha ishlashga tayyormisiz?
Ha
Yo‘q
Ha
Yo‘q
7. Ko‘pchilik bilan muloqotda bo‘lish va
ishlashni yoqtirasizmi?
8.
Tanlangan
yo‘lning
to‘g‘riligiga
boshqalarni ishontira olasizmi?
Ha
Yo‘q
Ha
Yo‘q
9. Boshqalarning g‘oyalari va fikrlarini
tushuna olasizmi?
O‘zingiz xohlagan sohada biznesni tashkil
qilish uchun ish tajribasiga egamisiz?
Ha
Yo‘q
Ha
Yo‘q
11. Soliq qonunchiligi, ish haqqini berish
tartibi,
buxgalterlik
hisobini
yuritish
shartlaridan xabardormisiz?
12. Siz taklif etmoqchi bo‘lgan mahsulot yoki
xizmatlarga tegishli hududda talab bormi?
51
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Ha
Yo‘q
Ha
Yo‘q
13. Marketing va moliya sohalari bo‘yicha
boshlang‘ich tayyorgarlikka egamisiz?
14. Yashayotgan hududingizda Siz tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha boshqa turdagi tadbirkorlik
faoliyatlari yaxshi ketayaptimi?
Baholash jarayonining natijalariga tayangan holda respondentlar ega bo‘lgan tegishli
kompetensiyalarning mavjud darajasi ularni tadbirkorlik faoliyati turlariga yo‘naltirish uchun
еtarli emasligiga ishonch hosil qilindi. Zero, mavjud testlar talabalarning tadbirkorlik faoliyatini
olib borishga ma’naviy-axloqiy hamda psixologik tayyorligiga oid ma’lumotlarni qo‘lga
kiritishga imkon berdi. Biroq, talabalarni tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bo‘yicha alohida
qobiliyatga ega ekanligiga oid axborotga еtarli darajada ega bo‘lish imkoniyatini ta’minlay
olmadi. Shu sababli talabalarni tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bo‘yicha amaliy
yo‘naltirish uchun sohalar bo‘yicha vitagen tajriba (bilim, ko‘nikma, malaka)ga egaliklarini
aniqlashga e’tibor qaratildi.
Talabalarning ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘llovchi vitagen tajriba (bilim, ko‘nikma,
malaka)ga egaliklarini aniqlash maqsadida tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyat ham ikki
yo‘nalishda amalga oshirildi:
1-yo‘nalish: respondentlarning tadbirkorlik faoliyati turlariga oid tushunchalarga
egaligini aniqlash; mazkur jarayonda respondentlarning e’tiborlariga ular tomonidan bajarilishi
zarur bo‘lgan topshiriqlarni o‘zida aks ettirgan quyidagi ish qog‘ozi taqdim qilindi:
Bu o‘rinda “indikator” tushunchasining mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
“Oxford Languages” (“Oksford tillari” lug‘ati) [6] da “indikator” tushunchasi shunday
izohlangan: qandaydir fizik kattalikning kiritilgan o‘lchamlar va hokazolar, jumladan, kimyoviy
reaktiv sanaladigan moddaning o‘zgarishini o‘lchashga mo‘ljallangan asbob.
Tushunchaning mohiyatini yorituvchi boshqa ta’riflar ham mavjud. Masalan, indikator
(lot. “indicator” – ko‘rsatkich;
“indico” – ko‘rsataman, aniqlayman
): nazorat jarayonining
qandaydir o‘lchovlari o‘zgarishini aks ettiruvchi ob’ekt yoki ob’ektning holatini shaxs
tomonidan bevosita vizual, akustik, tana orqali his qilish mumkin bo‘lgan yoki boshqa oson
qabul qilinadigan usul yordamida bir qadar qulay shaklda ifodalovchi asbob, qurilma, axborot
tizimi, modda [3]; biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan ob’ektning holatini
inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element) [4].
Pedagogik jarayonda indikatorlar ta’lim natijalarini baholash va monitoring qilish vositasi
sifatida qo‘llaniladi. Ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Resurs indikatorlari
– ta’lim jarayonini tashkil etish uchun sarflangan moddiy,
moliyaviy va mehnat resurslarini aks ettiradi. Masalan, o‘quv laboratoriyalarining jihozlanishi,
o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi.
Jarayon indikatorlari
– ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini baholaydi. Masalan,
mashg‘ulotlarning muntazamligi, interfaol metodlar qo‘llanishi, talabalar faolligi.
Oraliq natija indikatorlari
– talabalarda shakllanayotgan ko‘nikma va malakalarning
joriy bosqichdagi holatini aniqlashga xizmat qiladi. Masalan, test sinovlari, amaliy topshiriqlarni
bajarish natijalari.
Yakuniy natija indikatorlari
– o‘quv jarayonining umumiy samaradorligini ifodalaydi.
Masalan, talabalarning bitiruv darajasidagi kompetensiyalari, mehnat bozorida
raqobatbardoshligi.
52
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Ta’sir (impact) indikatorlari
– ta’lim faoliyatining uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy
samaralarini ko‘rsatadi. Masalan, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi, jamiyatdagi
innovatsion faoliyatda ishtiroki.
Baholovchi indikator bilan ishlashda respondent-talabalar tomonidan topshiriqlarni
bajarishda dehqonchilikka asoslangan fermerlik bo‘yicha fikrlarni tadbirkorlikning boshqa
turlariga nisbatan to‘liqroq yoritishga muvaffaq bo‘lishgan.
Buning asosiy sababi shundaki, O‘zbekiston agrar mamlakat hisoblanadi va respondent-
talabalar uchun qishloq xo‘jaligi, xususan, dehqonchilik sohasi begona emas. Ular yoshlik
chog‘idan ota-onalariga ushbu sohada ko‘maklashib kelganliklari sababli mazkur yo‘nalish
bo‘yicha ma’lum hayotiy tajribaga ega. Shu bois baholovchi indikatorlar asosida topshiriqlarni
bajarishda talabalar fermerlik (dehqonchilik) faoliyatining mazmunini izchil yoritib bera oldilar.
Vitagen tajribaga asoslangan yondashuv esa talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini
shakllantirishda zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb va samarali metodlaridan biri sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Bu usul nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlaydi, balki amaliy tajriba
asosida o‘z-o‘zini anglash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal etish va
tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, vitagen tajriba
talabalarning iqtisodiy hamda tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirib, ularni kelajak
mehnat bozorida raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi va mustaqil tadbirkorlar sifatida
shakllanishiga zamin yaratadi.
Vitagen tajriba talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali
usullardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki u talabalarni shaxsiy hayotiy tajribalariga, atrof-
muhit bilan o‘zaro ta’sirda orttirilgan bilim va ko‘nikmalarga tayanishga undaydi. Tadqiqot
jarayonida testlar va topshiriqlar yordamida talabalar nafaqat o‘z shaxsiy sifatlarini, balki biznes
asoslari, iqtisodiy bilimlar, marketing va moliyaviy imkoniyatlarga oid tayyorgarliklarini
namoyon etishdi. O‘zbekiston agrar mamlakat ekani sababli respondent-talabalar orasida
dehqonchilik va qishloq xo‘jaligiga oid vitagen tajribalar ko‘proq uchradi va bu ularning
topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishida namoyon bo‘ldi. Shunday qilib, vitagen tajriba asosida
olib borilgan ta’limiy faoliyat talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish,
mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal etish, tashabbuskorlik va innovatsion fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Demak, vitagen tajriba talabalarning kasbiy tayyorgarligini yuksaltiradi, ularni mehnat
bozorida raqobatbardosh, tadbirkorlik salohiyatiga ega, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida
shakllanishiga keng imkoniyat yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Болшая энциклопедия психологических тестов / Электронная книга. ДиректМедиа,
2005. – С. 5.
2.
Индикатор
(Индиcатор)
–
это
//
ҳттпс://еcономиc-дефинитион.cом/
3.
Индикатор нима? // ҳттпс://қомус.инфо/енcйcлопедиа/cат-и/индикатор-уз.
4.
Маёров А. Н. Теория и Практика создания тестов для системы образования (Как
выбират, создават и исползоват тесты для селей образования). – М.: Интеллект
сентр, 2002. – С. 52-53.
5.
Охфорд ЛангуаГЭС // ҳттпс://лангуаГЭС.оуп.cом/гоогле-диcтионарй-ру.
6.
Сущност понятий “тест”, “тестирование” //
. ру/14259.
53
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
7.
Тест
“Предпринимателские
способности”
(Т.Матвеева)
//
ҳттпс://фмc.
ҳсе.ру/миррор/пубс/шаре/
205924843.
8.
Тест “Предпринимателские способности” //
бизнесмена.
9.
Тесты
на
определение
предпринимателских
способностей
//
ҳттп://ксчоол1.cом/ММC/ мониторинг.пдф.
