2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
16
O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING
HOZIRGI HOLATI
Xazratkulov O’ktamjon Xikmatullayevich
https://doi.org/10.5281/zenodo.17277918
Annotatsiya.
Ushbu maqola O’zbekistonda turizm sohasiga jalb qilingan
investitsiyalarning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi.Turizmda
investitsiyalarning hajmi, manbalari va ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish,xizmatlar
sifatini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sohadagi ichki va tashqi investitsiyalar,
davlat siyosati va iqtisodiy omillarning turizm sektoriga ta’siri kabi jihatlari tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar:
Turizm, investitsiya, mamlakat,rivojlanish, infratuzilma, xizmatlar, davlat
siyosati, iqtisodiy omillar, investitsiya hajmi, investitsiya manbalari, ichki investitsiyalar, tashqi
investitsiyalar, istiqbollar, tendensiyalar,sarmoya, turizm sektori, investitsiya samaradorligi.
Аннотация.
В статье анализируется современное состояние и тенденции
развития инвестиций в сферу туризма в Узбекистане. Рассмотрены объемы, источники
инвестиций в туризм, их роль в развитии туристической инфраструктуры и повышении
качества услуг. Также были изучены такие аспекты, как внутренние и иностранные
инвестиции в отрасль, государственная политика и влияние экономических факторов на
туристический сектор.
Ключевые слова:
Туризм, инвестиции, страна, развитие, инфраструктура, услуги,
государственная политика, экономические факторы, объем инвестиций, источники
инвестиций, внутренние инвестиции, иностранные инвестиции, перспективы, тенденции,
капитал, туристический сектор, эффективность инвестиций.
KIRISH
Iqtisodiyotdagi
tarkib
o’zgarishlarning
ahamiyati
ortib
borayotganligi
milliy
iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblangan turizmni rivojlantirishni taqazo etmoqda.
Turizm dunyo miqyosidagi katta daromad keltiruvchi biznes turlaridan biri bo’lib, u
iqtisodiyotning drayver sohasi va hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa
aylanib ulgurgan.
Turizm nafaqat rivojlangan va rivojlanayotgan, hattoki, rivojlanishi past bo’lgan
tetsiyalarninghisoblanadi.Sababi,turizm sohasida yangi ish o'rinlari yaratiladi va yaratilgan bitta
ish o’rni sanoat tarmog’iga nisbatan 20 barobarga arzonga tushadi.
Dunyoda turizm va rekreatsiya
rivojlangan davlatlarning YaIM tarkibida juda katta ulushga ega hisoblanadi. YaIM tarkibida
yuqori katta ulushga ega boʻlgan mamlakatlar asosan orol mamlakatlar, ekoturizm imkoniyatlariga
ega davlatlar shuningdek uzoq tarixga ega boʻlgan davlatlar iqtisodiyotida turizm yetakchi tarmoq
hisoblanandi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada turizmda investitsiyalarning rolini o’rganish maqsadida iqtisodiy tahlil va
statistik ma’lumotlardan foydalanildi.Shuningdek,xalqaro va mahalliy turizm rivojlanishiga oid
hisobotlar,Davlat statistika qo’mitasi va Jahon turizm tashkilotining(UNWTO) ma’lumotlari tahlil
etildi.Maqolda O’zbekistonning turizm sohasidagi ilg’or tajribalari va muvaffaqiyatli loyihalari
misol sifatida keltirildi.
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
17
TADQIQOT NATIJALARI
O'zbekistonda turizm sohasi oxirgi yillarda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat
boy tarixiy merosi, madaniyati va tabiiy go'zalliklari bilan sayyohlar uchun jozibador manzilga
aylanmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb
qiladi. O'zbek hukumati turizmni rivojlantirish uchun infratuzilmani yaxshilash, mehmonxonalar,
transport va xizmat ko'rsatish sohasida investitsiyalarni ko'paytirish bo'yicha qator dasturlarni
amalga oshirmoqda.
Investitsiya faoliyati - investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni to‘plash,
o‘zgartirish, joylashtirish, qo‘yish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan,
iqtisodiy tizimda maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan munosabatlari
yig‘indisi hisoblanadi.
Turizm moliyasida investitsiyalarning roli juda muhim bo'lib, u sohaning uzoq muddatli
rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligini ta'minlash uchun asosiy omillardan hisoblanadi.
Hukumatimiz turizm sektorida olib borilayotgan islohotlar bu borada katta yutuqlarga erishishga
yordam bermoqda. Kelgusida investitsiyalarni yanada kengroq jalb qilish orqali mamlakat o'zining
turizm salohiyatini to'liq amalga oshirishi mumkin.
J
ahonda turizm sohasidagi investitsiya loyihalari va kapital xarajatlarining pasayishi
mintaqalar bo'yicha farq qiladi. G'arbiy Evropada turizm kapitali 2020 va 2021 yillar oralig'ida
atigi 2 foizga kamaydi, Yaqin Sharqda esa ayni shu davrda 70 foizga o'sdi. Bundan tashqari,
Afrika 2021-yilda 2020-yilga nisbatan ikki baravar koʻproq investitsiya loyihalarini eʼlon qilib,
investitsiyalarning tiklanishining dastlabki belgilarini boshdan kechirdi. Boshqa tomondan,
Xitoyning “0-COVID” siyosati butun Osiyo va Tinch okeani boʻylab tiklanishiga toʻsqinlik qildi
va hududdagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya loyihalari 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 60 foizga
kamaydi.
Ko'proq investitsiyalar jalb qilingan kichik tarmoqlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, e'lon
qilingan loyihalarning 59 foizi bilan turar joy eng dolzarb bo'lib qolmoqda. Biroq, boshqa
rivojlanayotgan kichik tarmoqlar mavjud, jumladan, sayohat texnologiyalari va dasturiy ta'minot,
ular kapital oqimi nuqtai nazaridan ortib bormoqda. Misol uchun, sayohatlarni tashkil etish va
bron qilish xizmatlari 2019-2021 yillar oralig'ida sarmoya kiritish uchun asosiy yo'nalishlar
ma'lumotlarini hisobga olgan holda e'lon qilingan investitsiyalarning umumiy 21 foizini tashkil
etdi.
So‘nggi yillarda O’zbekistonning turizm eksporti 1,6 marta oshib, 3 milliard 500 million
dollarga yetdi, bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. 2024-yili xorijiy sayyohlar
tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi.
Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda tez
rivojlanmoqda. Xususan, o‘tgan yillarda 6 milliard 500 million dollar sarmoya kiritilib, 130
mingta mehmon o‘rni ochildi. Mamlakatimiz turizm sektoriga jalb qilinayotgan investitsiyalar
infratuzilma rivojlanishini ta'minlamoqda. Jumladan, "Uzbekistan Airways" havo flotining
modernizatsiyasi, xalqaro aeroportlarning yangilanishi va yangi mehmonxona tarmoqlarining
qurilishi sayyohlarni oqimini sezilarli darajada oshirdi.
XULOSA
Keyingi yillarda iqtisodiy jarayonlarning globallashib borayotganligi turizm sohasining
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahonda iqtisodiy taraqqiyotning yuksalishi kishilarning
ma’lum maqsadlarda bir mamlakatdan ikkinchisiga qatnab turish ko‘lamining kengayishini taqozo
2025
OKTABR
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 10
18
etadi. Bu esa turizmni milliy iqtisodiyotning eng istiqbolli yo’nalishlaridan biriga aylantirmoqda.
Turizm sohasiga investitsiyalar hajmining sezilarli darajada ortishi sharoitida ularni samarali
taqsimlash va ulardan foydalanish, investitsiya faoliyati mexanizmini shakllantirish yo‘nalishlarini
belgilash masalalarini hal etishning dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Turizm sohasida
investitsion faoliyatni rivojlantirish, faol investitsiyalar jalb etishni takomillashtirishda turizm
infratuzilmasi faoliyatini taraqqiy ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, turizmda
investitsion faoliyatni rivojlantirish orqali sohani iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga
aylantirishga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
United Nations World Tourism Organization (UNWTO). (2022). Tourism Trends and
Statistics 2022
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023–2025 yillarda turizmni rivojlantirish
strategiyasi. Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar bo‘yicha qarorlar.
3.
Рахимбердиева, З. А., & Артикова, Д. М. (2020). Шагазатова Барно
Хабибуллаевна. EDITOR COORDINATOR, 468.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (2023). Turizm sektori bo‘yicha
hisobotlar
5.
Matkabulova, D. (2022). The Relationship Between Investment And Tourism: Insights
From The Literature // Theoret¬ical & Applied Science Uchrediteli: Teoreticheskaya i
prikladnaya nauka
6.
Xazratqulov, O. K. (2024). THE MECHANISM OF FORMATION OF THE
NATIONAL MODEL OF TOURISM. Modern Science and Research, 3(1), 123-129.
7.
Djurayev, M. E., & Kurbanova, C. T. (2024). Protected areas in wilderness landscapes
and ensuring ecological security in Uzbekistan. Journal of Geography and Natural
Resources, 4(01), 146-152.
8.
Egamberdiyevich, D. M., & Jahongir Qo‘shmurod o‘g, H. (2025). TURIZM
SOHASIDA GAT TEXNOLOGIYASINING O ‘RNI. YANGI O ‘ZBEKISTON,
YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(1), 256-257.
