Authors

  • Lazizbek O‘ralov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137072

Keywords:

Ikki qatlamli trikotaj to‘qima naqshli trikotaj fizik-mexanik xossalar qalinlik havo o‘tkazuvchanlik uzilish kuchi cho‘ziluvchanlik deformatsiyaga chidamlilik qaytar deformatsiya ishqalanishga chidamlilik to‘qima tuzilishi naqsh hosil qilish usuli trikotaj mato sifati.

Abstract

Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi. fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga bog‘liqligi aniqlandi.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

30

NAQSHLI TRIKOTAJ TO‘QIMALARNING FIZIK-MEXANIK KO‘RSATKICHLAR

TAHLILI

O‘ralov Lazizbek Sayibnazar o‘g‘li

Namangan Davlat texnika universiteti, katta o‘qituvchisi

Email:

lazizbekoralov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17291985

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik

ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi.
fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga bog‘liqligi
aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

Ikki qatlamli trikotaj to‘qima, naqshli trikotaj, fizik-mexanik xossalar,

qalinlik, havo o‘tkazuvchanlik, uzilish kuchi, cho‘ziluvchanlik, deformatsiyaga chidamlilik, qaytar
deformatsiya, ishqalanishga chidamlilik, to‘qima tuzilishi, naqsh hosil qilish usuli, trikotaj mato
sifati.

Mazkur tadqiqotda ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida tayyorlangan, turli

tuzilma va naqshga ega bo‘lgan uch xil ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qima namunalarining
qalinligi va tuzilishining havo o‘tkazuvchanlik, uzilish kuchi, cho‘ziluvchanlik, deformatsiyaga
chidamlilik, kirishish, ishqalanishga chidamlilik kabi asosiy fizik-mexanik ko‘rsatkichlarga ta’siri
o‘rganildi.

Tadqiqot davomida har bir trikotaj namunasi GOST hamda xalqaro ISO standartlariga

muvofiq maxsus laboratoriya uskunalari yordamida sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar asosida
trikotaj to‘qimalarining sifati ularning qalinligi, naqsh hosil qilish usuli va tuzilishiga bevosita
bog‘liq ekani aniqlanib, bu holat matolarni amaliy qo‘llanilish sohasiga qarab to‘g‘ri tanlash va
ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda muhim omil hisoblanadi.

Tanlab olingan ikki qavatli naqshli to‘qimalari bir-biridan to‘qima tuzilishi, naqshi va

rapportlari ketma-ketligi va xom ashyosi bilan farqlanadi.

I Variant

II variant

III variant

1-rasm. Naqashli trikotaj to‘qima namunalarining ko‘rinishi

Naqshli trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari



background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

31

1-jadval

Ushbu tadqiqotda ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarining qalinligi ularning fizik-

mexanik xossalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Turli tuzilma va naqshga ega bo‘lgan, har
xil qalinlikdagi uch xil namunalar asosida olib borilgan tajriba natijalari asosida quyidagi
xulosalarga kelindi:

1.

Havo o‘tkazuvchanlik

ko‘rsatkichi to‘qimaning qalinligiga teskari bog‘liqlikda

ekanligi aniqlandi. Qalinligi katta bo‘lgan II variantda eng past havo o‘tkazuvchanlik (32,903
sm³/sm²·sek), eng yupqa bo‘lgan I variantda esa eng yuqori havo o‘tkazuvchanlik (44,989
sm³/sm²·sek) kuzatildi.

2.

Uzilish kuchi

va

cho‘ziluvchanlik

jihatidan II va III variantlar yuqori

ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, to‘qima qalinligining ortishi matoning pishiqligi va cho‘zilish
qobiliyatini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi.

3.

Qaytar deformatsiya

ulushi barcha variantlarda yuqori bo‘lib, trikotaj

to‘qimalarning dastlabki holatga tez qaytish xususiyati borligi aniqlandi. Bu, ayniqsa, elastiklik
talab qilinadigan mahsulotlar uchun muhim hisoblanadi.

Ko‘rsatkichlar

Variantlar

Standartlar

I

II

III

Iplarni turlari,

chiziqli zichligi

Orqa

qatlam

Paxta ipi

Paxta ipi

Paxta ipi

Old

qatlam

Paxta ipi

Paxta ipi

Paxta ipi

Arqoq

Polyester

Havo o‘tkazuvchanligi V

(sm

3

/sm

2

∙sek)

44,989

32,903

44,081

GOST 12088-22

30-100

Uzilish kuchi R

(N)

bo‘yiga

416

533

425

Kamida 80 N
GOST 28554

eniga

540

724

813

Uzilishgacha

cho‘zilish L (%)

bo‘yiga

99,8

101

87,65

0 dan 100 % gacha

GOST 28554 I va

II

eniga

56,4

45

35,85

Qaytmas

deformatsiya ε

н

(%)

bo‘yiga

11

21

20

GOST 28882

20 % gacha

eniga

14

17

18

Qaytar

deformatsiya ε

о

(%)

bo‘yiga

89

79

80

GOST 28882

80 % dan yuqori

eniga

86

83

82

Matoning

kirishishi К (%)

bo‘yiga

3

4

3

GOST 26667 ko‘pi

b-n 5-8%

eniga

3

5

5

Ishqalanishga chidamliligi I

(ming.aylana)

45,9

33,2

37,8

GOST 16486 30-

60


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

32

4.

Kirishish ko‘rsatkichlari

3–5% oraliqda bo‘lib, trikotaj matolarining issiq-nam

ishlov berish jarayonlariga nisbatan nisbatan barqaror ekanligini ko‘rsatdi.

5.

Ishqalanishga chidamlilik

bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 45,9 ming aylana bilan

I variantda kuzatildi, bu uning amaliy foydalanishda nisbatan uzoq muddat xizmat qilishini
anglatadi.

Ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarning fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga,

naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga kuchli bog‘liq bo‘lib, bu parametrlar mahsulotning
maqsadga muvofiqligini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari trikotaj matolarini
loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Uralov L. et al. Study of technological performance of two-layer knitted fabrics
//American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040127.

2.

Uralov L. et al. Comprehensive evaluation of dictations of two layer knitted textile fabrics
from cotton and polyester yarn //Universum: Technicheskie nauki. – 2022. – №. 6. – С. 99.

3.

Umarjonovna R. S. et al. Analysis of the Effect of Physical-mechanical Performance of
Two-level Knitted Fabrics on Shape Stability //International Journal on Orange
Technologies. – 2021. – Т. 3. – №. 2. – С. 43-47.

References

Uralov L. et al. Study of technological performance of two-layer knitted fabrics //American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040127.

Uralov L. et al. Comprehensive evaluation of dictations of two layer knitted textile fabrics from cotton and polyester yarn //Universum: Technicheskie nauki. – 2022. – №. 6. – С. 99.

Umarjonovna R. S. et al. Analysis of the Effect of Physical-mechanical Performance of Two-level Knitted Fabrics on Shape Stability //International Journal on Orange Technologies. – 2021. – Т. 3. – №. 2. – С. 43-47.